MORAL, POLITICAL AND LEGAL FACTORS OF ENSURING INTER-ETHNIC HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE IN MODERNIZING UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yuldashova, Q. (2023). MORAL, POLITICAL AND LEGAL FACTORS OF ENSURING INTER-ETHNIC HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE IN MODERNIZING UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(4), 598–602. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19437
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the moral, political and legal factors of ensuring inter-ethnic harmony and religious tolerance in Uzbekistan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

598

YANGILANAYOTGAN O’ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA

DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASHNING MA’NAVIY, SIYOSIY VA

HUQUQIY OMILLARI

Yuldashova Qunduz Bozorovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi

Xususiy - huquqiy fanlar kafedra muduri

kunduzbozorovna85@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7866767

Annotatsiya. Mazkur maqolada yangilanayotgan O’zbekistonda millatlararo totuvlik va

diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning ma’naviy, siyosiy va huquqiy omillari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, siyosiy va huquqiy omillar.

MORAL, POLITICAL AND LEGAL FACTORS OF ENSURING INTER-ETHNIC

HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE IN MODERNIZING UZBEKISTAN

Abstract. This article talks about the moral, political and legal factors of ensuring inter-

ethnic harmony and religious tolerance in Uzbekistan.

Key words: interethnic harmony, religious tolerance, political and legal factors.

НРАВСТВЕННЫЕ, ПОЛИТИЧЕСКИЕ И ПРАВОВЫЕ ФАКТОРЫ

ОБЕСПЕЧЕНИЯ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО СОГЛАСИЯ И РЕЛИГИОЗНОЙ

ТОЛЕРАНТНОСТИ В МОДЕРНИЗИРУЮЩЕМСЯ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье рассматриваются морально-политические и правовые

факторы обеспечения межнационального согласия и религиозной толерантности в
Узбекистане.

Ключевые слова: межнациональное согласие, веротерпимость, политико-правовые

факторы.


Biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda

yashamoqdamiz. XXI asmi haqli ravishda inson tafakkuri, ilmiy-texnik ijodkorligi imkoniyatlarini
namoyon qilayotgan, axborot texnologiyalari taraqqiy etayotgan axborot asri deb atashimiz
o'rinlidir. Haqiqatan ham aql bovar qilmas darajada sodir bo'layotgani jtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy o'zgarishlar nisbatan qisqa davrda kechayotgan jarayonlar inson intellekti mahsulidir.
Ayniqsa, ma'naviyat sohasida sodir bo'layotgan o'zgarishlar inson tafakkurida kechayotgan
yangilanish holati atrof-voqelik hodisalariga yangicha falsafiy mushohada me'yorida yondashuvni
taqozo etadi.

2022-yil 28-yanvarda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2022-2026 yillarga

mo'ljallangan

Yangi

O'zbekistonning

taraqqiyot

strategiyasi

to'g'risida"gi

farmonni

imzoladi.Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"da
mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga
erishish nazarda tutilmoqda.

Beshinchi ustuvor yo'nalish-ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib

chiqishning 74-maqsadi: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik muhitini
mustahkamlash deb nomlanib, unda:

Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada

takomillashtirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

599

Millatlararo

munosabatlar

sohasida

O'zbekiston

Respublikasi

davlat

siyosati

konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta'minlash;

Turli millat yoshlari uchun qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik

burchini anglash, vatanparvarlik, bag'rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini
yuksaltirish;

Xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat

siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab-
quvvatlash choralarini ko'rish;

Xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do'stlik jamiyatlari

faoliyatini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan.

Bu esa, millatlararo totuvlik hamda diniy bag'rikenglik muhitini mustahkamlash

mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning uzviy qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu

jamiyatimizdagi milliy o`ziga xoslikni ifodalaydi.

Millatlararo totuvlik – umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat

qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Bu g’oya – bir jamiyatda
yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar
o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma`naviy
asosidir.

O`zbekiston hududida qadim-qadimdan ko`plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat

qilib keladi. Ular o`rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo`lmagani xalqimizning azaliy
bag’rikengligini ko`rsatadi.

Darhaqiqat har bir millat o`zining betakror madaniy-ma`naviy qadriyatlarga ega. Bunday

millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari. Birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida o`zaro ta`sirda bo`lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini
tezlashtiradi.

Mamlakatimizda statistik ma`lumotlarga ko`ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning

vakillari yashaydi. Ularning har biri o`z milliy madaniy urf-odatlari, an`analari, tiliga
konstitutciyaviy huquqiy tenglikka ega. O`zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliy-
madaniy markaz faoliyat ko`rsatmoqda. Shu yo`nalishda markazlar tuzish bo`yicha 15 ta
tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O`zbekistonda birga millat vakillariga teng huquqli
munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijoboti maktablarimizda 9 ta milliy tilda
o`qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko`rsatayotganligida ko`rinmoqda:

Jahon keng, dunyoda mamlakat ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz,

O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O`zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning
betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkashinsonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat
vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo`lmoqda. Bunday ahillik,
do`stlik va hamkorlik o`zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar
mamlakatimiz Konstituciyasida mustahkamlab qo`yilgan. “Xususan, uning 18-moddasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar qonuni oldida tengdir degan qoida
mustahkamlab qo`yilgan”. e`tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

600

his-tuyg’ulariga daxldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo`yilganiga ishonch
hosil qilish mumkin.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat`iy nazar qonun oldida tengligi

mustahkamlangan:

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e`tiqodidan qat`iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga

egaligi ta`kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma`naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga
oladigan bo`lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan, irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura

va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatla 36

harbiy nizo sodir bo`lgan. Ularning 27 tasi, ya`ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu
nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e`tiborga oladigan bo`lsak, ularning milliy
diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.

Respublika baynalminal madaniyat markazi (RBMM va) milliy madaniyat markazi

(MMM)ning faoliyati bu erda yashovchi xalqlarning milliy an`analari, urf odatlari va
marosimlarini qayta tiklash, ma`naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni
uyg’unlashtirishga qaratilgan.

Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo`lib, ular aslida bir-birlariga zid emas.
Diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga

mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Bizning
mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudoizm kabi dinlar yonma-yon yashab
kelgan, diniy amallar erkin ijro etilib kelingan. O`sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar bir-biridan
o`rganganlar, ustoz-shogird bo`lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday
munosabatlarga halal bermagan.

Aytish mumkinki, diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq anglash bilan diniy

bag’rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bag’rikenglikni yanada
kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistondagi turli konfessiya mansub diniy tashkilotlar o`z
faoliyatini o`zaro teng huquqlilik, hamdo`stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy
bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo`stlik munosabatlarinigina
nazarda tutmaydi, balki e`tiqodidan qat`iy nazar barcha kishilarning tengligi umumiy ezgu maqsad
yo`lida ham hamkorlikni ham qamrab oladi.

Diniy qarashga ko`ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko`ra ham inson eng oliy

mavjudotdir. Hozirgi kunga kelib Respublikamiz bo`yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu
jumladan O`zbekiston musulmonlari iddrosi rus provaslav cherkovi, Toshkent va O`rta Osiyo
eporxiyasi, Evongel` xristian bantotlar cherkovlari ittifoqi, rim katolik cherkovi to`liq injil
xristianlar markazi, O`zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta
yaxudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta krishkani anglash jamiyati va 13 ta diniy o`quv
yurti davlat ro`yxatidan o`tgan. Diniy bag’rikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi
turli xil yo`nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish
asosida amalga oshadi.

Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida milliy bag’rikenglik va dinlararo

bag’rikenglikka asoslanish turli xalqlar va millatlar o`rtasida o`zaro hamjihatlik, totuvlikni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

601

ta`minlash orqali erkin va farovon hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan
mushtarakdir.

“Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi – xilma – xil diniy e`tiqodga ega bo`lgan kishilarning bir

zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo`lida hamkor va hamjihat bo`lib yashashini
anglatadi”

2

. Din qadim-qadimdan aksariyat ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassam etib keladi.

Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ulrni bir-birlari bilan
yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik
g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do`stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik
va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da`vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik
yo`lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a`zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik
va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan
diyorimizda turli diniy ta`limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik
shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo`lishi, turli millat va dinga mansub
qavmlarning o`z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.

Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o`rtasida diniy asosda mojarolar

bo`lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qilib yashab kelganlaridan
dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar
faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok
etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O`zbekiston
Respublikasining Konstituciyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida”gi qonunda
o`z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat
bo`lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo`lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik

sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan
islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Yangi
modelni o'ziga xosligi millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikka tahdid soluvchi turli xavflarga,
jumladan axborot ko'rinishdagi kiberxavflarga qarshi kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga
qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu model turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo
va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga
asoslanadi. Shu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy
bag'rikenglik sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda
yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi.

Qo'yilgan strategik maqsad va vazifalar mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalari bilan

ham uyg'undir. Masalaning mohiyati shundaki, o'tgan davrda davlat rahbarining rahnamoligi va
tashabbusi bilan jamiyat hayotining turli sohalarida ulkan hamda samarali islohotlar amalga
oshirildi. Mazkur islohotlar mamlakat iqtisodiy qudratining oshishiga, ijtimoiy barqarorligining
mustahkamlanishiga, siyosiy nufuzining oshishiga, ma'naviy makonining yangilanishiga olib
keldi. Endilikda O'zbekistonda yangi marralarni egallash, fuqarolar turmushi darajasini
yuksaltirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yuzaga kelib bo'ldi. Taraqqiyot
strategiyasining xalq turmushi farovonligini oshirish bilan bog'liq maqsadi ana shu
imkoniyatlardan kelib chiqib belgilanmoqda.

2

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: “O`zbekiston”, 2000, 60-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

602

REFERENCES

1.

2022-yil 28-yanvarda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2022-2026 yillarga
mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmon.

2.

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “Yangi asr avlodi”, 2001.

3.

Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy – uslubiy yondashuvlar. T.:
“Akademiya”, 2002.

4.

Milliy istiqlol g’oyasi: O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun
darslik. T.: “Akademiya”, 2005.

5.

Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. T.: “Akademiya”, 2007.


References

2022-yil 28-yanvarda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmon.

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “Yangi asr avlodi”, 2001.

Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy – uslubiy yondashuvlar. T.: “Akademiya”, 2002.

Milliy istiqlol g’oyasi: O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. T.: “Akademiya”, 2005.

Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. T.: “Akademiya”, 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов