MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL LEGAL EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Yuldashova, Q. (2023). MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL LEGAL EDUCATION. Modern Science and Research, 2(10), 337–340. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25119
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

An important direction of the reforms implemented in our country is the reform of the education system, aimed at adapting it to modern requirements. The place and role of higher education, including legal education, in the education system is unique. The establishment of legality in the country, the rise of the legal consciousness and culture of the population, and the establishment and strengthening of justice in the society largely depend on how effectively the task of training highly qualified legal personnel is carried out.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

337

PROFFESIONAL YURIDIK TA’LIM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY

TENDENSIYALARI

Yuldashova Qunduz Bozorovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi

“Xususiy- huquqiy fanlar” kafedra mudiri

Телефон: +998(91)4160639

kunduzbazarovna85@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10089537

Annotatsiya.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim bir yo‘nalishi

– ta’lim tizimini isloh qilish, uni zamonaviy talablarga moslashga qaratilgan. Ta’lim tizimida oliy
ta’lim jumladan yuridik ta’limning o‘rni va roli o‘ziga xosdir. Zotan yuqori malakali yuridik
kadrlarni tayyolash vazifasining nechog’lik samarali amalga oshirilishidan mamalakatda
qonuniylikning qaror topishi, aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksalishi, jamiyatda
adolatning qaror topishi va mustahkamlanishi ko‘p jihatdan bog’liqdir.

Kalit so‘zlar

: Milliy yuridik ta'lim, innovatsiyon, texnalogiylar,yurisprudensiya, o'quv-

tarbiya, veb-sayti, shaffoflik, ilmiy-pedagogik, Kredit-modul.

MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL LEGAL

EDUCATION

Abstract.

An important direction of the reforms implemented in our country is the reform

of the education system, aimed at adapting it to modern requirements. The place and role of higher
education, including legal education, in the education system is unique. The establishment of
legality in the country, the rise of the legal consciousness and culture of the population, and the
establishment and strengthening of justice in the society largely depend on how effectively the task
of training highly qualified legal personnel is carried out.

Key words:

National legal education, innovation, technologies, jurisprudence, education,

website, transparency, scientific-pedagogical, Credit module.

СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО

ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

Важным направлением реформ, реализуемых в нашей стране, является

реформирование системы образования, направленное на адаптацию ее к современным
требованиям. Место и роль высшего образования, в том числе юридического, в системе
образования уникальны. От того, насколько эффективно будет решаться задача
подготовки высококвалифицированных юридических кадров, во многом зависит
установление законности в стране, подъем правосознания и культуры населения,
установление и укрепление справедливости в обществе.

Ключевые слова:

Национальное юридическое образование, инновации, технологии,

юриспруденция, образование, веб-сайт, прозрачность, научно-педагогический, Кредитный
модуль.


Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va

fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonining ayni
vaqtda imzolangani bejiz emas. Mazkur Farmon mamlakatimizda milliy yuridik ta'limning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

338

samaradorligini oshirishga, yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlashga, yuridik
fanni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf
etishga qaratilgan. Avvalo, milliy yuridik ta'lim samaradorligi xususida so'nggi yillarda bir qator
amaliy ishlar amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimizda huquqiy madaniyat yuksalayotganidan
dalolat bermoqda. Mazkur farmon bilan tanishib chiqarkanmiz maqsad yuridik ta'lim va fanni
takomillashtirish negizida qonun ustuvorligiga erishish chinakam huquqiy davlat - yangi
O'zbekistonni barpo etishdir. Bunday jamiyatni huquqiy madaniyatli har bir hatti-harakati huquqqa
asoslangan shaxslargina tashkil etishi barchamizga ma'lumdir. Shu bilan birga yuridik ta’limning
sifati va samaradorligi va tayyorlanayotgan kadrlarning malakasi ko‘p jihatdan o‘quv
jarayonining tegishli o‘quv adabiyotlari, innovatsiyon texnalogiylar bilan ta’minlanish darajasiga
bog’liq holda shakllanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirishda
o‘quv jarayonini sifatli zamonaviy o‘quv adabiyotlari va pedagogik texnalogiyalar bilan
ta’minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Keyingi yillarda yuridik ta’limni
rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarida ham ushbu masalaga alohida urg’u berilishi
bejis emas, albatta Yuridik institut universitetga aylantirilganidan so'ng, yillar davomida yuridik
ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga oshirildi «O'zbekiston
Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida»gi Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik
texnikumlari qayta tashkil etilishi, professional yuridik ta'lim faoliyatini yangi bosqichga ko'tardi.
Mazkur qarorga ko'ra, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul
qilish davlat xizmatlari markazlari, O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali yoki DTMning rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilishi boshlandi. Bu esa abituriyenlarga
ortiqcha vaqti va harajatlarini tejash imkoniyatini berdi. Qolaversa, TDYU huzuridagi akademik
litseyni tamomlagan o'zlashtirish ko'rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega
bitiruvchilar hamda respublika OTMda "yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishi bo'yicha test
sinovlarida ishtirok etib, unda to'plash mumkin bo'lgan umumiy ballning 60 va undan yuqori
foizini to'plab, o'qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish
imtihonlarisiz, to'lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinishi yo'lga
qo'yildi. Yuridik texnikumlariga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida Nizomga ko'ra O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan to'lov-kontrakt asosida qabul
parametrlariga muvofiq kirish sinovlari natijalariga ko'ra to'plangan ballarning reyting tizimi
bo'yicha amalga oshirilishi boshlandi. Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi 359-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tizimidagi ta'lim muassasalarining o'quv jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda
yuridik texnikumlarning reytingini yuritish mexanizmini joriy etish orqali ularda ta'lim sifatini
yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi
tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi
Qarorining qabul qilinishi yuridik ta'limda katta o'zgarishlarning boshlanishiga huquqiy asos
bo'ldi. Qarorning asosiy maqsadi yuridik texnikumlar orasida sog'lom raqobat muhitini
shakllantirish, ularning ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni rag'batlantirish,
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, o'qitish sifati bo'yicha xalqaro


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

339

mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko'rsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyotning real
sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish reytingni
aniqlashdan iboratdir. Yuridik texnikumlar faoliyatini muntazam takomillashtirib borish asosida
mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni tayyorlash, yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish, yuridik texnikumlarda
ko'rsatilayotgan ta'lim xizmatlari sifati, ulardagi ilmiy va o'quv-tarbiya jarayonlari hamda
imkoniyatlar haqida tegishli davlat organlari, kadrlar buyurtmachilari va keng jamoatchilikni xolis
axborot bilan ta'minlash, yuridik texnikumlarning dunyodagi reytingi yuqori bo'lgan ta'lim
muassasalari bilan hamkorligini ta'minlash hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori
ko'rsatkichlarga erishishiga ko'maklashish texnikumlar reytingini aniqlashning asosiy vazifalari
etib mazkur qarorda ko'rsatildi. Qarorda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini
"yurisprudensiya" mutaxassisligi bo'yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy
ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizom chiqarilib unga
asosan, hududiy adliya organlari tomonidan yuridik texnikumlar bitiruvchilariga yo'llanmalar
berish, yo'llanma berilgan bitiruvchilar hujjatlarini OTMga qabul qilish, yakka tartibdagi suhbatni
o'tkazish, OTMga qabul qilishni rasmiylashtirish, o'qish uchun to'lovni amalga oshirish,
taqsimotga muvofiq OTM bitiruvchilarining uzluksiz ishlab berishini tashkil etish tartiblari
belgilab berildi. Yuridik texnikumlarning o'zaro yillik reytingini aniqlash o'qituvchilarning nafaqat
pedagogik, balki ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishga undaydi. Texnikumda chet tilini bilish
o'quvchilar balki o'qituvchi-xodimlarning ham chuqur o'rganib belgilangan sertifikatga ega bo'lish
ishtiyoqini oshiradi.

Chunonchi, yuridik o'qitish tizimiga birinchilardan bo'lib "modul" tizimi joriy etildi va

tizim yil sayin takomillashtirilib borilmoqda. Yangi tizimning talabalar uchun afzalliklari. Mazkur
tizimning oliy ta‘lim va proffesinalga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni
ta‘minlash, korrupsiyaga barham berish, ta‘lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish
hamda talabaning mustaqil o‘qib o‘rganib, o‘zi ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda
Yevropa kredit tizimi qit‘aning deyarli barcha oliy o‘quv yurtida amalga qo‘llab kelinmoqda.
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim rol
o‘ynaydi. Modulli ta‘limda pedagog talabaning o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi,
maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng
katta urg’u ham talabalarning mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi. Bu juda ham yaxshi va samarali
usuldir. Chunki talaba darsliklardan, adabiyotlardan va internet saytlarida mavzuga oid
materiallarni izlab topadi, o’z ustida ishlaydi va chiqargan xulosalarini o‘qituvchi yetkazadi,
mavzuni o’qituvchi tomonidan umumlashtirilish bilan uni mustahkamlab oladi.

Xulosa qilib aytganda, kredit-modul tizimi talabalarga ko‘plab imkoniyatlar yaratadi.

Kredit-modul tizimining ahamiyati ham talabalarning ta‘lim olishlarida yuqori bo’ladi.

REFERENCES

1.

Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy
etishchora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

340

farmoni, 2017 yil 7-fevral.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni.

4.

https://xs.uz/uz/post/toshkent-davlat-yuridik-universiteti-dunyoning-top-500-
oliygohlari-royhatiga-kirdi.

References

Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etishchora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli “O’zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi

farmoni, 2017 yil 7-fevral.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni.

https://xs.uz/uz/post/toshkent-davlat-yuridik-universiteti-dunyoning-top-500-

oliygohlari-royhatiga-kirdi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов