ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
734
O’TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BIR SEMALI VA KO’P SEMALI
BIRLIKLARNING LINGVISTIK TAHLILI
Hamroyeva Maftuna
Termiz davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7880434
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, o’zbek tilshunosligidagi bir semali va ko’p semali birliklar
haqida umumiy ma’lumot va serqirra ijodkor O’tkir Hoshimov asarlaridagi bir semali va ko’p
semali leksemalarning badiiylikda ifodalanishi hamda lingvistik jihatdan tahlili nazariy qarashlar
asosida keltirilgan.
Kalit so’zlar.
Sema, bir semali, ko’p semali, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari.
LINGUISTIC ANALYSIS OF SINGLE-SEMAL AND MULTI-SEMAL UNITS IN
O'TKIR HASHIMOV'S WORKS
Abstract.
In this article, general information about monosyllabic and polysyllabic units in
Uzbek linguistics and artistic expression and linguistic analysis of monosyllabic and polysyllabic
lexemes in the works of the prolific artist O'tkir Hoshimov are presented based on theoretical
views.
Key words.
Sema, one semali, many semali, the work "Inscriptions on the border of the
notebook".
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОДНОСЕМЕННЫХ И
МНОГОСЕМЕННЫХ ЕДИНИЦ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ УТКИРА ХАШИМОВА
Аннотация.
В данной статье представлены общие сведения об однозначных и
многозначных единицах в узбекском языкознании и художественной выразительности и
лингвистический анализ однозначных и многозначных лексем в произведениях плодовитого
художника О'ткира Хошимова на основе теоретические взгляды.
Ключевые слова.
Сема, одна семали, много семали, работа «Надписи на кайме
тетради».
Tilshunoslikda har qanday butunlik qismlarga bo’linganligi yoki qismlardan tashkil
topganligi kabi leksemaning mazmuniy tomoni – sememasi o’ziga xos elementlardan-semalardan
tashkil topadi. Sema termini grek tilidan o’zlashgan bo’lib, “belgi”, “ramz”, “ishora” degan
ma’nolarni bildiradi. Sememani semalarga ajratish amaliy ahamiyatga ega. Ma’nosi yaqin, zid
ma’noli yoki ma’nodosh leksemalarni farqlash va izohlashda semalarga tayaniladi va bu birliklar
matn tarkibida o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Bir semali va ko’p semali birliklarni ko’rib
chiqamiz.Formal tilshunoslikda bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar farqlanadi va turli xil
ma’nolarni ifodalaydi, nazariy leksikologiyada esa bir semali va ko’p semali leksemalar ajratiladi.
Leksema bir tushunchani ifodalasa, u bir sememali leksema deyiladi. Masalan, ro’mol
leksemasi bir tushunchani ifodalaydi va shu sababli u bir semali leksema hisoblanadi. Ro’mol so’zi
orqali boshqa bir ma’nolarni ifodalay olmaymiz. Bundan tashqari daftar, ruchka, stol, stul, shkaf
so’zlari ham bir semalidir.Ularni ko’chma ma’noda ishlata olmaymiz.
Leksema ko’p sememali bo’lsa, har bir sememada boshqa-boshqa tushuncha aks etadi, har
bir sememaning nutqiy voqealanishdagi qurshovi o’ziga xos, har bir sememasi asosida
bog’lanuvchi birliklar paradigmasi turlicha bo’ladi. Masalan, bel leksemasi birdan ortiq
paradigmatik va sintaktik qurshovda kela oladi. Birinchi sememasi ta’na a’zosi ma’nosida keladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
735
M:
Munisa beli og’riganligi sababli, ertalabgacha uxlolmay chiqdi,
ikkinchi sememasi asbob
ma’nosida.
Mo’tabar ertalabdan turib, bel bilan yerlarni yumshatdi.
Leksemaning sememalik
miqdori, paradikmadik, ma’nodoshlik va sintagmatik munosabatlari asosida aniqlanadi. Yana
qulog’iga quymoq iborasi ham ko’p semaliga misol bo’la oladi. O’z ma’nosida biror narsani
qulog’iga quymoq. Masalan,
Munisaning qulog’i og’riganligi sababli onasi qulog’iga dori quydi.
Ko’chma ma’noda biror narsani uqtirmoq ma’nosini ifodalaydi. Masalan,
Ustoz she’rni yod
olishni Risolatning qulog’iga quydi.
O’zbek adabiyotining yirik namoyandasi O’tkir Hoshimov, asarlarida badiiylikni oshirish,
ta’sirchanligini yuksaltirish maqsadida bir semali, ko’p semali so’zlardan mahorat bilan
foydalangan. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarida “Darvinga e’tiroz” sarlavhasi bilan
boshlanadigan satrlarda
Oyog’i yerdan uzilmaganlar odam bo’lib qolgan. Oyog’i yerdan
uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib ketgan…Bu jarayon hamon davom etmoqda…(
5-
bet) degan misralar bor.
Chiqmoq
fe’li ko’p semali. Masalan,
daraxtga chiqmoq, uydan chiqmoq,
ko’chaga chiqmoq, aylanishga chiqmoq
kabi. Bu birikmalarda chiqmoq fe’lining bir nechta
ko’chma ma’nolarda ishlatilishini ko’ramiz.
“Tabiat gultoj” sarlavhasi bilan boshlanadigan satrlarda,
Kiyik och qolmaslik uchun ko’kat
yeydi. Ammo bir-birini o’ldirmaydi.Sher och qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini
o’ldirmaydi.Odam ko’katni ham yeydi. Kiyikni ham yeydi. Ko’ngil xushi uchun sherni ham
o’ldiradi….Keyin…urush qilib ,bir-birining boshini yeydi…
(6-bet) misralariga duch kelamiz.
Kiyikning o’t, sherning kiyik yeyishi o’z ma’nosida kelgan hamda bir semali, odam bir-birining
boshini yeyishi esa ko’p semali.
Yigirmanchi asrda ikki daf’a jahon urushi ro’y berdi va milionlab
insonlarning yostig’i quridi
. (8-bet)
Yostig’i qurimoq
iborasi ko’p semali, o’z ma’nosida
yostiqning quriganligini anglatsa, ko’chma ma’noda yostig’i qurimoq , butun oilasi bilan o’ldirilib
yuborildi ma’nosini ifodalaydi.
Azbaroyi pora olgani uchun emas, bir yoqadan bosh chiqarishni bilmagani uchun.
Azbaroyi tekinxo’rligi uchun emas, noahilligi uchun!
(12-bet) Bunda
bir yoqadan bosh chiqarmoq
iborasi o’z va ko’chma ma’noda qo’llashimiz mumkin. O’z ma’nosida bitta yoqadan boshni
chiqarmoqni anglatsa, ko’chma ma’noda hamjihat bo’lmoq, yakdil bo’lmoq ma’nosini ifodalaydi.
Odam o’z farzandlarining yil sayin o’sib, kamol sari ketayotganini biladi-yu, o’z ota-
onasining yil sayin cho’kib, zavol sari ketayotganini bilmaydi…
(12-bet) Bu satrlardagi cho’kib
fe’lini tahlil qilamiz. Bu fe’l ko’p semali.
Suvga cho’kmoq
o’z ma’nosida. Ota-onasining yil sayin
cho’kib, birikmasi ko’chma ma’noda. Ya’ni bu yerda ota-onasining yil sayin qarib borayotganligi
ma’nosi ifodalangan.
Odam ezgu amallardan manfaat topolmagani uchun ulardan voz kechsa va qilish mumkin
bo’lmagan ishlarni qilsa,noinsof bo’ladi
. (16bet)
Ezgu so’zi
bir semalidir. Ezguni amal, so’z,
fikrga bog’lab, ezgu amal, ezgu so’z, ezgu fikr kabi birikmalar hosil qilishimiz mumkin.
Ota-onasi
tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da, ular o’lganidan keyin ming-ming pul
sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib qo’yadi
…(16-bet)
Shirin so’z
ko’p semali so’zga
misol bo’la oladi.Shirin ovqat o’z ma’nosida, shirin so’z ko’chma ma’noda qo’llanilgan.
Eng toza
tuyg’u nima? Birinchi maoshingizni keltirib berib, otangizning duosini olganingizmi?
(27-bet)
Bunda
toza tuyg’u
ko’p semali. Toza suv, toza ob-havo o’z ma’nosida . Toza tuyg’u ko’chma
ma’noda qo’llanilgan.
Aksiga olib, yomg’ir shivalay boshladi.Avvaliga tomchilab turdi-da, keyin
shiddat bilan yog’ib ketdi. (
28-bet). Bunda
yomg’ir shivaladi
bir semali.Shivalamoqni boshqa
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
736
so’zlar bilan qo’llay olmaymiz. Shivalamoq faqat yomg’ir so’zi bilan ma’no jihatdan mos.
Masalan,suv shivaladi desak, ular ma’no-mazmun jihatidan mos emas, bog’lanishda g’alizlik
bor.Lekin yomg’ir shivalishi ma’no-mazmun jihatidan mos.
Bozorda hayot qaynaydi…Mozor esa
marhumlar makoni…
(75-bet) Bu jumlalarda
qaynaydi
ko’p semali so’zdir.
Bozorda hayot
qaynaydi
…Ko’chma ma’noda qo’llangan, ya’ni bozorda odamlar gavjum bo’lishi, hayotning
davomiyligi ma’nosini ifodalaydi. O’z ma’nosida biror narsaning qaynaganligini anglatadi.
Masalan, suv qaynadi, ovqat qaynadi.
Bugun bayram. Ko’chalar gavjum. Sho’x-sho’x kuylar
yangraydi.
(76-bet) Bu matndagi
yangraydi
fe’li bir semali hisoblanadi. Yangraydi fe’lini boshqa
so’zlar bilan qo’llay olmaymiz. Boshqa so’zlar bilan qo’llansa matnda g’alizlikka sabab bo’ladi.
Unisini ham, bunisi ham bevaqt ko’z yumdi..
….Ajab! Bir onaning qorniga qanday sig’di ekan, aka-ukalar?!(
131-bet)
Ko’z yumdi
ko’p semali
so’zdir. O’z ma’nosida ko’zni yummoq ma’nosini ifodalaydi. Ko’chma ma’noda bevaqt olamdan
ko’z yumdi, ya’ni vafot etdi ma’nosini ifodalayapdi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, bir semali va ko’p semali birliklar orqali
berilayotgan ma’no badiiylik uchun xizmat qiladi.Ular nutqning ifodaliligi va boyligini oshiradi
hamda nutqni bezovchi vosita sanaladi. Tilimizni bir semali va ko’p semali so’zlarsiz tasavvur
qilish qiyin. Bu birliklar asarning obrazli, jozibador va ta’sirchanligi uchun xizmat qiladi va
o’qishliligini ta’minlaydi. Bu jihatlarga“Daftar hoshiyasigai bitiklar” asari tahlilida ham, guvoh
bo’lamiz. Gap tahlilarida bir semali va ko’p semali so’zlarning matn mazmunini ochishga xizmat
qilgani va emotsionalikni ta’minlaganini ko’rishimiz mumkin.
REFERENCES
1.
R.Sayfullayeva “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent-2020.
2.
B.Mengliyev “Hozirgi o’zbek tili” Toshkent-2018.
3.
O’tkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari Toshkent-2013
4.
Ergasheva D.A. Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy
manzarasi // Сўз санъати халқаро журнали. – Тошкент, 2020. №1, 2-jild. ISSN: 2181-
9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)
