Authors

  • Gulzina Sharipova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20297

Keywords:

Mother tongue class teaching

Abstract

In this article, the importance of organizing the subject of mother tongue on the basis of a competence approach in the primary classes of general secondary education and increasing the effectiveness of lessons, teaching teachers the normative and mandatory requirements for primary mother tongue education based on the new version of the DTS gives knowledge about the ways of instilling in the minds of students.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

581

LINGVISTIK KOMPETENSIYA – ONA TILI FANINING SIFAT-SAMARADORLIK

GAROVI

Sharipova Gulzina Ikrom qizi

Samarqand Davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich taʼlim

fakulteti 401-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7949662

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarida ona tili

fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishning ahamiyati va dars samaradorligini
oshirish , o’qituvchilarga boshlang’ich ona tili ta’limidan yangi tahrirdagi DTS asosida me’yoriy-
majburiy talablarni o’quvchilar ongiga singdirish yo’llari haqida bilim beradi.

Kalit so’zlar: Ona tili, sinf, o’qitish, boshlang’ich sinf, kompetensiya,ko’nikma, lingvistik

kompetensiya, zamonaviy ta’lim, mustaqil fikrlash.

LINGUISTIC COMPETENCE IS A GUARANTEE OF THE QUALITY AND

EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE SCIENCE

Abstract. In this article, the importance of organizing the subject of mother tongue on the

basis of a competence approach in the primary classes of general secondary education and
increasing the effectiveness of lessons, teaching teachers the normative and mandatory
requirements for primary mother tongue education based on the new version of the DTS gives
knowledge about the ways of instilling in the minds of students.

Key words: Mother tongue, class, teaching, elementary school, competence, skill, linguistic

competence, modern education, independent thinking.

ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ – ЗАЛОГ КАЧЕСТВА И

ЭФФЕКТИВНОСТИ РОДНОГО ЯЗЫКА

Аннотация. В данной статье раскрывается важность организации предмета

родной язык в начальных классах общего среднего образования на основе
компетентностного подхода и повышения эффективности урока, нормативно-
обязательные требования к учителям начального родного образования на основе новой
версии DTS дает знания о способах внедрения в сознание учащихся.

Ключевые слова: родной язык, класс, обучение, начальная школа, компетенция,

умение, языковая компетенция, современное образование, самостоятельное мышление.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev deydilarki: “Oqqan daryo – oqaveradi”, deydi dono

xalqimiz. Bugun buyuk ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib, yangi Renessans poydevorini
yaratish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Hamma gap ana
shu imkoniyatlardan qay darajada oqilona foydalana olishimizga bog‘liq”.

Shunday imkoniyatlardan biri ta’lim – tarbiya olishga yaratilgan keng ko’lamli

imkoniyatlar hisoblanadi. Bugungi kunda ta’limga e’tibor juda ham yuqori darajada desam
mubolag’a bo’lmaydi va shunga munosib tarzda pedagoglarga talablar ham kuchaytirildi. Shu
nuqtayi nazardan Davlat ta’lim standartining yangi tahriri ham buning yaqqol misoli. Qabul
qilingan mazkur DTSning e’tiborli tarafi shundaki, o‘quvchilarda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarga ega bo‘lish
jihatlarini shakllantirish va rivojlantirish alohida inobatga olingan. Kommunikativ, axborotlar
bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

582

savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch
kompetensiyalarning o‘quvchilarda shakllantirilishi bitiruvchilarning aqlan va ruhan barkamol
topishiga, kelajak hayotda dadil va mustahkam qadam tashlashiga zamin hozirlaydi. Avval
“kompetensiya” so’ziga to’xtalsak, kompetensiya – bilim, ko‘nikma va malakalarni hayotda
qo‘llash ko‘nikmasidir. Zamonaviy ta'limdagi kompetensiyaga asoslangan yondashuv - olingan
bilimlarni qo'llash qobiliyatiga e'tiborni qaratish usuli. Ta'limning maqsadlari maktab
o'quvchilarining yangi imkoniyatlarini aks ettiradigan, ularning shaxsiy o'sishini aks ettiradigan
maxsus so'zlar bilan tavsiflanadi. Shakllangan asosiy vakolatlar ta'limning "yakuniy natijalari"
sifatida qaraladi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad o‘quvchini keng
qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta’lim jarayonida egallagan
bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo‘llay oladigan
barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta’lim maktablarning boshlang’ich sinflarida ona tili
fanidan o’quvchilarda lingvistik kompetensiya hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki,
ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar
fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari
bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu
o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni
sifatida qaraladi. Ona tili fanidagi lingvistik kompеtеntsiya o’quvchilarning ona tilida o`z fikrini
bog`lanishli bayon qila olishi hisoblanadi. Buning uchun ona tilining fonеtika, lеksika, grammatika
bo`limlariga oid bilimlarini o`zlashtirishi va nutq faoliyatining asosiy turlari: tinglab tushunish,
gapirish, o`qish, yozish malakalarini egallashi hisoblanadi. Ona tili ta’limining kompetentlik
yondashuviga asoslangan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari bolaning fikrlay olishi,
ifodalangan fikrni anglashi va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olish nuqtayi
nazaridan belgilanadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha
tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametr orqali aks ettiriladi: o‘qish
texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish.

Xulosa qilib aytganda, ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning

ijodiymustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda
ifodalashga, o'zbek tili qonun - qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr
doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga,
milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilganligi biz uchun faxrlidir.
Buning uchun esa har bir o’quvchida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish pedagoglarning
oldidagi ulkan maqsad bo’lishi lozim.

REFERENCES

1.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuniga
bag’ishlagan tantanali marosimdagi nutqi. 2021 yil 1 oktabr

2.

Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna - O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishda
zamonaviy o‘qituvchining roli. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami.
Namangan2020

References

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlagan tantanali marosimdagi nutqi. 2021 yil 1 oktabr

Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna - O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy o‘qituvchining roli. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami. Namangan2020