ADVANTAGES OF WORKING WITH THE DICTIONARY IN MOTHER LANGUAGE EDUCATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sharipova, G. (2023). ADVANTAGES OF WORKING WITH THE DICTIONARY IN MOTHER LANGUAGE EDUCATION. Modern Science and Research, 2(5), 1133–1135. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20573
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article will talk about Uzbek language and thinking, about teaching native language lessons on the basis of a new approach in the education system, including the role of dictionaries in teaching the native language.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1133

ONA TILI TA’LIMIDA LUG‘AT BILAN ISHLASHNING AFZALLIKLARI

Sharipova Gulzina Ikrom qizi

Samarqand Davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti

401-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7975165

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’zbek tili va tafakkuri to’g’risida, ona tili darslarini

ta’lim tizimida yangicha yondashuv asosida o’qitilishi, jumladan, ona tilini o’qitishda
lug’atlarning o’rni haqida so’z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

nutq, lug’at, ona tili, ta’lim tizimi, o’qituvchi, o’quvchi, yondashuv.

ADVANTAGES OF WORKING WITH THE DICTIONARY IN MOTHER

LANGUAGE EDUCATION

Abstract.

This article will talk about Uzbek language and thinking, about teaching native

language lessons on the basis of a new approach in the education system, including the role of
dictionaries in teaching the native language.

Keywords:

speech, vocabulary, native language, educational system, teacher, reader,

approach.

ПРЕИМУЩЕСТВА РАБОТЫ СО СЛОВАРЕМ ПРИ ОБРАЗОВАНИИ

РОДНОГО ЯЗЫКА

Аннотация.

В данной статье говорится об узбекском языке и мышлении,

опреподавании родного языка в системе образования на основе нового подхода, в том числе
о роли словарей в обучении родному языку.

Ключевые слова:

речь, лексика, родной язык, образовательная система, учитель,

ученик, подход.


Mamlakat rivojlanishida ko‘pincha yosh avlod asosiy o’rin tutadi. Yoshlarning ma'nan

yetuk va bilimli bo‘lish kabi xislatlarni shakllanishiga bevosita ta'sir qiladigan muhim hayotiy omil
– ta'lim – tarbiya tizimi hisoblanadi. Yosh avlodning ta'lim – tarbiyasiga e'tibor qaratish davlat
rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, ta’lim tizimining ona tili darslarida o‘quvchilar
tilshunoslik bo‘limlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Til millatning ma’naviyat ko’zgusi,
ma’rifat chirog’i, bilim kaliti bo’lganligi uchun uni o’rganish, tahlil qilish va yosh avlodga til
grammatikasi, semantikasi bo‘yicha ta’lim berish tilshunoslik soha vakillari oldida turgan asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Inson borliqdagi jarayonlarni idrok qilishi, anglashi va fikrlashida
ona tilining o’rni beqiyosdir.

Shuning uchun til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi.

Ularning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma shaklda bo’lib, inson ongidagi
o’y-xayollari va fikrlarini shu orqali bilish mumkin. Insoniyatga ibrat bo’la oladigan odamning
nutqi, fikrlari, muomala madaniyati xuddi bahorda esadigan yoqimli shabadaga o’xshaydi.
Aksincha, ongida salbiy fikrlar, yomon niyatlari bo’lgan, hasad, kibr, manmanlik cho’qqisiga
chiqqan kimsaning nutqi qish qahratonidagi sovuq misoli yoqimsizdir. Ona tiliga bo’lgan
muhabbat, hurmat boshlang’ich ta’lim jarayonlaridan boshlanadi.

Ona tili darslari jarayonida o’quvchilarning til malakalari takomillashib, fikrini to’g’ri,

ongli va ifodali bayon etish, badiiy asar g’oyasini tushunish qobiliyatlari o‘sib boradi. [2.28].
Afsuski yuqori sinflarga o’tgan o’quvchilarning aksariyati o’zbek tiliga faqatgina so’zlashuv


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1134

vositasi va ta’lim olish quroli sifatida qaraydi. Darsliklardagi grammatik bilimlarni ham
imtihonlardan o’tish va test yechish uchungina o’rganadi. Zamonamiz yoshlariga darsliklar
zerikarli tuyilishi mumkin. Shu maqsadda umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darsliklarning
mazmuni, dizayni va matnida imlo xatolarsiz nashrga tayyorlash, amaldagi o’quv
qo’llanmalardagi xato va kamchiliklarni tuzatish maqsadida “Darsliklarga taklif” kanali tashkil
etildi, bu kanal ocilishi bilan til haqida uning rivojlanish bosqichlarini takomillashtirish yuzasidan
sakkiz mingdan ortiq talab va takliflar bo‘ldi. Respublika ta’lim markazi tomonidan o’rinli deb
topilgan 1600 ga yaqin taklif qabul qilindi. 2025-yilgacha yangi darsliklar ishlab chiqish
masalalari respublika miqyosida o’tkazilgan seminarda muhokama qilindi. Bu esa til
o’rganishdagi talab va takliflarni amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir tilning faxrlanadigan asosiy jihatlaridan biri uning lug’at boyligidir. O’zbek tili

ham lug’atga boy til bo‘lib, “O’zbek tilining izohli lug’ati”, “O’zbek tilining imlo lug’ati”,
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”, “O’zbek tilining orfografik lug’ati”, “O’zbek tilining
etimologik lug’ati”, “Hozirgi o’zbek adabiy tili faol so’zlarining izohli lug’ati”, “O’zbek ismlari
lug’ati” kabi lingvistik va qomusiy lug’atlar yaratilgan. Ular ona tilimiz xazinasidir. Afsuski,
hozirda ona tili darslari faqat qoida yodlab, mashq bajarish bilan chegaralanib qolgan.
Lug’atlardan maktab darslari tugul, boshqa ta’lim bosqichlarida ham foydalanish miqdori juda
kam. Faqat DTM testlarini yechish uchun imlo lug’atiga ba’zida ko’z tashlanadi, xolos. Ingliz, rus,
arab tili o’rganishga brogan o’quvchidan ilk darslardanoq lug’at kitob xarid qilib, yodlash talab
qilinadi, chunki lug’at bilan ishlash samarali natija beradi. O’quvchilarning savodxonligi yaxshi
rivojlanishi uchun o’zbek tiliga doir lug’atlarni o’rganishni keng yo’lga qo’ysak, maqsadga
muvofiq bo’ladi.

Ona tili fanining vazifasi o‘qituvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, o’z fikrini

batafsil, chiroyli bayon qilishga o‘rgatishdir. Fikr esa til orqali bayon etiladi. Tilshunos olim
Shavkat Rahmatullayev til qurilishida uning ikki holatini - lison va nutq tushunchalarining
farqlanishi haqida yozadi. “Lison, - deb yozadi olim, - kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud
til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan
foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi” [3.4].

Shunday ekan, har bir millat vakili o‘z ona tilni va undan foydalanish taktikasini, albatta,

bilishi kerak. Bu jarayonda tilning grammatikasini o‘rganish bilan birga, tilimizning nutqiy
faoliyatdagi mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlaridan to‘g’ri foydalanib, bayon etilayotgan fikrini,
ham og‘zaki, ham yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli tarzda tinglovchiga yetkazish muhimdir.
Bunda ona tili dasrlarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor berish kerak. Lug‘at ustida ishlash
jarayonida so‘zning imlosi, ma’nosi, talaffuzi e’tiborga olinib, shular ustida ishlashga ehtiyoj
sezilgan paytda o‘quvchilarning nutqda o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlash maqsadga
muvofiq sanaladi. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llanadigan har bir so‘zning,
ta’lim jarayonlarida, ishlatiladigan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning
qaysilarini ustida alohida ishlash kerakligiga aniqlik kiritishi lozim.

Tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida

so‘zlarning quyidagi ma’nolari bilan tanishtiriladi:

- O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.
- O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish.
- O‘quvchilar tilida kam qo‘llaniladigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1135

- Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash.
- Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish.
O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga yangi paydo bo‘lgan so‘z bo‘lmasa ham birinchi

marta duch kelayotgan bo‘lishi mumkin. Ular ko‘p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa,
boshqa ma’nosini bilmasliklari mumkin. So’z ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma - bosqich amalga
oshiriladi. Adabiy tilga oid ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llaniladi. Ularning o‘rnida
oddiy so‘zlarni qo‘llashadi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan almashtirish uchun nutqida
qo‘llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi zarur. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq
bo‘lganlarini ajratib olib “Bilib qo‘ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa o‘quvchining nutqi
zamon bilan baravar rivojlanib boradi.O’quvchilarga grammatik atamalarning to‘g‘ri talaffuzi,
imlosi o‘rgatilgandan keyin misollar asosida uni mazmuni ochiladi. Qoidani o‘qitish va mashqlar
bajarish orqali atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.

O’quvchilar nutqini o’stirish va lug`at boyligini takomillashtirish uchun tilning leksika

bo’limi so’zning o’z va ko’chma ma`nosi, ko’p ma`noli so’zlar, kam ishlatiladigan so’zlar, tasviriy
ifoda va iboralarni o’rganish jarayonida sinonimlarni qo’llash, tilning sinonimik imkoniyatlaridan
foydalanish maqbul usul hisoblanadi. O‘quvchilar yozma savodxonlikni oshirishning muhim jihati
matnlar xilma-xilligini ta’minlashdir. Ona tili darsliklaridagi matnlar va mashqlar asosan, badiiy
asarlardan olinadi, lekin o’zbek tilining lug’at boyligi faqat bu bilan o’lchanmaydi. Jamiyatning
har bir sohasiga tegishli matn bu - o’zbek tili o’rganadigan obyekt hisoblanadi.

Ona tili darslarida o’quvchilarning lug’at bilan ishlash malakasini shakllantirsak, yuqori

natijalarga erishamiz. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni yaxshi o’zlashtirgan mutaxassis
ona tilini chuqur bilmasligi mumkin, aksincha o’zbek tilining yetuk bilimdoni IT sohasini
tushunmasligini guvohi bo’lamiz. Bu ikki shaxsning bilimi birlashsagina, o’zbek tili ham
zamonaviy texnologiyada o’z o’rnini egallab, xalqaro tillar safiga kiradi. Bu uchun har bir yosh
o’quvchi o’zbek tiliga doir lug’atlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

REFERENCES

1.

Mirtojiyev M. O’zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi, Toshkent, 2000

2.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. “Universitet” nashriyoti. – T., 2006, 4 bet.

References

Mirtojiyev M. O’zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi, Toshkent, 2000

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. “Universitet” nashriyoti. – T., 2006, 4 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов