ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1353
BANK TASHKILOTIDA XIZMATLARNI TAKOMILLASHTIRISH HAQIDA
Ibragimov Axliyor
Namangan Davlat Universiteti 2 - kurs magistrant
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993178
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
iqtisodiyotda xizmatlar o’sishining asosiy omillarini ilmiy
bilimlar, nomoddiy shakldagi to’plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati
integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini
o’z ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning
yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki ko’rsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat
korxonalarga, balki jismoniy shaxslar – yakuniy iste’molchilarga ham ko’rsatilishi mumkin.
Kalit so’zlar:
narx konyunkturasi, chakana, ko’chmas mulk, xususiy tadbirkor, kredit.
ABOUT THE IMPROVEMENT OF SERVICES IN THE BANKING
ORGANIZATION
Abstract.
In this article, the main factors of the growth of services in the economy are such
factors as the integration of scientific knowledge, intangible collections, information technologies
and business activities. This sector of the economy includes various types of activities and helps
to increase production efficiency. The end result of this activity is not the finished product, but the
services rendered. Services can be provided not only to enterprises, but also to individuals - final
consumers.
Key words:
price situation, retail, real estate, private entrepreneur, credit.
О СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ОБСЛУЖИВАНИЯ В БАНКОВСКОЙ
ОРГАНИЗАЦИИ
Аннотация.
В данной статье основными факторами роста сферы услуг в
экономике являются такие факторы, как интеграция научных знаний, нематериальных
коллекций, информационных технологий и предпринимательской деятельности. Этот
сектор экономики включает в себя различные виды деятельности и способствует
повышению эффективности производства. Конечным результатом этой деятельности
является не готовый продукт, а оказанные услуги. Услуги могут оказываться не только
предприятиям, но и физическим лицам - конечным потребителям.
Ключевые слова:
ценовая ситуация, розничная торговля, недвижимость, частный
предприниматель, кредит.
Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investitsiya
jarayonlarida hamda iqtisodiy tuzilmaviy o’zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. O’sha
kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig’idan ozod qilinishiga banklar
faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga
muvofiq, tijorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog’liq xarajatlari ham soliq undirish
bazasidan chiqarildi. Shu tariqa, asosiy e’tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta,
uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga
qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag’bat uyg’otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada
orttirdi. Aholining banklarda depozit hisob raqamlar ochishga kirishishi bilan bog’liq ijobiy
holatlar ko’paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana
boshladi. E’tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1354
joy ola boshladi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro
bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo’shma banklarning tashkil etilishiga ta’sir
ko’rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning
vujudga kelishi natijasida tubdan o’zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni
kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo’ldi.
Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida
texnikaviy ko’mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag’batlantirib bormoqda.
Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.
Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag’batlantirish raqobatni kuchaytirishga,
ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali
taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o’z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish va
rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Bu
davrda
aholining
bank
tizimiga
ishonchini
mustahkamlash,
banklarni
respublikamizdagi yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo’yildi. Uning
muvaffaqiyati banklarning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni
aktsiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o’zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar
mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o’z rivojlanish
kontseptsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini takomillashtirib bordi. Ularning resurs bazasini
kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi-rish o’z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi
aktsiyadorlarning mablag’larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va
instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi. Valyuta bozorini liberallashtirishni
davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’m konvertatsiyasini ta’minlash uchun
zarur shart-sharoit yaratish bilan bog’liq bo’lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta’sir
ko’rsatdi.
2003 yilning 15 oktyabridan O’zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta jamg’armasi
Bitimining VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar
bo’yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu masala yuzasidan
O’zbekistonning tashqi mablag’larni jalb etmay, amalda o’z resurslariga tayanib maqsadga
erishgani yuksak e’tirofga sazovor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsiyasidan
foydalangan mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi. Bu haqiqatan
ham boy va sermahsul faoliyatning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati
inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebranishining oldini olish
barobarida eksportni rag’batlantirish hamda valyuta resurslaridan samarali foydalanishga
qaratilgan edi. O’zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nisbatan dunyo bozorlarida qulay narx
konyunkturasi, shuningdek, eksportga yo’naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va
oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.
Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Uning asosiyyo’nalishlari
sifatida banklar boshqaruvida aksiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini
mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari
sifatini yaxshilash evaziga kuchaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar
tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat banklarining investitsion
jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarining
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1355
kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo’yicha ham)
foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash
kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash
fondi tashkil etildi. Davlat tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o’z faoliyatini
olib boruvchi barcha banklar unga a’zo bo’ldi. Ishonchlilik, xizmat ko’rsatishning yuqori sifati,
barcha mijozlar bilan o’zaro sheriklik munosabatlari O’zbekiston banklari faoliyatida asosiy
prinsiplarga aylana bordi. Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank
sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko’zda tutib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning
samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini
liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yotadi. Ushbu
tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada
mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini
tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir.
Bank xizmatlarini modernizatsiyalash va soddalashtirish tizimi mamlakat moliyaviy
xizmatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari,
barcha sohalarda bo‘lgani kabi, bank tizimiga ham keng joriy etilgan. Bank tizimida raqamli
bankingni rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning asosiy masalalaridan biri ekanligi, ayniqsa butun
dunyo bo’ylab hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi davrida ham yaqqol yuzaga chiqdi.
Prezidentimiz bank tizimiga to‘xtalar ekan, “Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalardan
foydalanish, yangi bank mahsulotlari va dasturiy ta’minotni joriy etish bo‘yicha zamonaviy
talablardan ortda qolmoqda”, deya ta’kidlagan. Bunda biz raqamli bank xizmatlarini ishlab
chiqilishi kerak bo’lgan masala sifatida tan olishimiz zarur. Muhim masalalardan biri bu
foydalanuvchilarning bank tizimiga ishonchini oshiradigan va qulay xizmatlarni taklif etadiga
raqamli bank tizimini rivojlantirish hisoblanadi.
“Rivojlangan mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, electron banking
operatsion xarajatlarni kamaytiradi va shuning uchun banklar uchun katta foyda keltiradi. Raqamli
banking daromad olish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratadi, chunki ular qo'shimcha foizsiz
manbalardan daromad keltiradi. Qulay bo‘lgan electron bank xizmatlari va mahsulotlarining joriy
etilishi banklarga bo‘lajak mijozlarni jalb qilish imkonini berdi va bu ularning bozordagi ulushini
oshirish imkonini berdi”.
“Raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini
ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi.
Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartib
qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi”.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni, 1998. 24
dekabr.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonuni, 1998. 30
aprel.
3.
O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonuni. 1998. 30 aprel.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1356
4.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 aprel “To’g’ridan- to’g’ri xususiy
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi Farmoni.
5.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni real sektori korxonalarini qo’llab-
quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, 2008 yil, 28 noyabr, PF- 4058-son.
6.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni real sektori korxonalarining
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni 2008 yil,
18 noyabr, PF-4053-son.
