ORGANIZING THE ACTIVITY OF THE PREVENTION INSPECTOR OF PRESSURE AND VIOLENCE AGAINST WOMEN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Choriyev, A. (2023). ORGANIZING THE ACTIVITY OF THE PREVENTION INSPECTOR OF PRESSURE AND VIOLENCE AGAINST WOMEN. Modern Science and Research, 2(6), 59–61. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20849
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

To study the process of organization of activities of prevention inspector against harassment and violence against women.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

59

PROFILАKTIKА INSPEKTORINING XOTIN-QIZLАRGА NISBАTАN TАZYIQ VА

ZOʼRАVONLIKLАRNI OLDINI OLISH FАOLIYATINI TASHKIL ETISH

Choriyev Asqarali Bayramali o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8000920

Annotatsiya.

Profilаktikа inspektorining xotin - qizlаrgа nisbаtаn tаzyiq vа

zoʼrаvonliklаrdаn himoya qilish fаoliyatini tаshkil etish jarayonini o’rganish.

Kalit so‘zlar:

Profilaktika inspektori, huquqbuzarlik zoʼravonlik, epidemiya, iqtisodiy

zoʼravonlik, jismoniy zoʼravonlik

ORGANIZING THE ACTIVITY OF THE PREVENTION INSPECTOR OF

PRESSURE AND VIOLENCE AGAINST WOMEN

Abstract.

To study the process of organization of activities of prevention inspector against

harassment and violence against women.

Key words:

Prevention inspector, criminal violence, epidemic, economic violence,

physical violence.

ОРГАНИЗАЦИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРА ПО ПРОФИЛАКТИКЕ

ДАВЛЕНИЯ И НАСИЛИЯ В ОТНОШЕНИИ ЖЕНЩИН

Аннотация.

Изучить процесс организации деятельности инспектора по

профилактике домогательств и насилия в отношении женщин.

Ключевые слова:

инспектор по профилактике, уголовное насилие, эпидемия,

экономическое насилие, физическое насилие.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni,

xususan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, bu borada davlat organlari va
fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida keng koʼlamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, ichki ishlar organlari faoliyatiga ilgʼor ish usullarini joriy
etish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash boʼyicha fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali
hamkorlikni tashkil etishni taqozo etadi.

Bugungi kunda huquqni qoʼllash amaliyoti, xususan ichki ishlar organlari faoliyatiga

qoʼyilayotgan asosiy talablardan biri, huquqbuzarliklarning oqibati bilan qarshi kurashish emas,
balki ularning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish, har bir jinoyatning adolati va haqiqatini
taʼminlashdan iboratdir. Shuning uchun ham, huquqbuzarlik-larning barvaqt oldini olishga,
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, fuqarolarga qonunga hurmat va qonun
buzilishining har qanday koʼrinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga alohida eʼtibor
qaratilmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida ichki ishlar

organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning
oldini olish olish faoliyati samaradorligini oshirish boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda hududlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari

va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan
amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadqiqotlar shuni koʼrsatmoqdaki, jinoyatlarning sodir etilishi sabablari, shaxsda

gʼayriijtimoiy xulq-atvor va xususiyatlarning shakllanishiga hamda turli koʼrinishdagi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

60

huquqbuzarliklar sodir etilishiga, qonunga yoki qonun ijrosiga putur yetkazadigan, unga rioya
qilishga toʼsqinlik qiladigan omillar oiladagi muhit taʼsirida yuzaga keladi. Zero, har qanday
huquqbuzarlikning kelib chiqishida oiladagi nosogʼlom ijtimoiy-ruhiy muhit muhim rol oʼynaydi.

Maʼlumki, har qanday huquqbuzarlik va salbiy illatlarning tomiri oilada shakllanadi. Oila

shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash, maʼnaviy va axloqiy tarbiyalash, shaxslar bilan boʼladigan
ijtimoiy munosa¬batlar jarayonida oʼzini tutish kabi insoniy xususiyatlarni shakl-lantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunday qilib, muayyan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishigiga yoʼl qoʼymaslikka

qarshi qaratilgan ogohlantirish faoliyatining dastlabki bosqichi profilaktikadir.

Bizningcha, profilaktika inspektorining xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonliklarni

oldini olishda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni
mustahkamlash boʼyicha mutaxassislar bilan huquqbuzarliklarning yakka profilaktikasi deganda -
ushbu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etgan yokisodir etishga moyil boʼlgan shaxslarni aniqlash,
ularni hulq-atvorini, huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelgan sabab va sharoitlarni oʼrganish orqali
ularga taʼsir etish choralarini qoʼllashdan iborat boʼlgan faoliyatdeb taʼrif berish mumkin.

Profilaktika inspektorining xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonliklarni oldini olishda

xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʼyicha
mutaxassislar bilan hamkorligi samarali tashkil etish uchun rivojlangan davlatlarning milliy
qonunchiligini oʼrganish orqali xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonliklarni oldini olishni
samarali tashkil etish mumkin.

Taʼkidlash kerakki, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi doirasida maʼmuriy

hududda yashovchi spirtli ichimlikka ruju qoʼygan shaxslarn oʼz vaqtida aniqlab, ularni majburiy
davolashga yuborish muhim ahamiyatga ega boʼlib, spirtli ichimlik taʼsirida kelib chiqadigan
huquqbuzarliklar profilaktikasining eng samarali profilaktikasi hisoblanadi.

Tibbiy yoʼsindagi majburlov choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan

qoʼllanilgandan soʼng, sud davolash bilan birga yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barvaqt profilaktikani tashkil etish kriminogen oilalar
haqidagi axborotlarni oʼz vaqtida olinishini va kerakli profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishni
talab qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Inson huquqlari va erkinliklari

toʼgʼrisidagi deklaratsiyaning 13-moddasida davlat fuqarolarni hayoti, sogʼligʼi, shaxsiy erkinligi
va xavfsizligiga boʼladigan gʼayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qiladi, deb qatʼiy belgilab
qoʼyilgan.

Milliy qonunchiligimizda ham inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning hayoti,

sogʼligʼi, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari ustuvorlik kasb
etadi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-modda¬sida: «Hech kimning
qiynoqqa solinishi, zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa
tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas»ligi haqidagi normaning mustahkam¬langanligi
shaxsning hayoti, sogʼligʼi va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilganligini koʼrsatadi.
Аyniqsa, qonunchi¬ligimizda shaxsning huquq va erkinligini taʼminlash masalalariga alohida
eʼtibor qaratilgan.

Shaxsning huquq va erkinliklari huquqning turli sohalari normalari bilan himoya qilinadi,

jumladan jinoyat qonunlarida fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilganligi uchun jinoiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

javobgarlik belgilangan boʼlib, huquqning bu sohasi ana shu javobgarlikni qoʼllash orqali ularning
huquq va erkinliklarini himoya qiladi.

REFERENCES

1.

https://akadmvd.uz/

2.

https://lex.uz/

3.

http:ziyoNet.uz

4.

http:biblioteka.com

References

https://akadmvd.uz/

https://lex.uz/

http:ziyoNet.uz

http:biblioteka.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов