ORGANIZING THE ACTIVITY OF THE PREVENTION INSPECTOR TO PROTECT WOMEN FROM HARASSMENT AND VIOLENCE.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Choriyev, A. (2023). ORGANIZING THE ACTIVITY OF THE PREVENTION INSPECTOR TO PROTECT WOMEN FROM HARASSMENT AND VIOLENCE. Modern Science and Research, 2(6), 56–58. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20841
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

To study the process of organization of activities of prevention inspector against harassment and violence against women.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

56

PROFILАKTIKА INSPEKTORINING XOTIN-QIZLАRGА NISBАTАN TАZYIQ VА

ZOʼRАVONLIKLАRDАN HIMOYA QILISH FАOLIYATINI TАSHKIL ETISH.

Choriyev Asqarali Bayramali o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8000020

Annotatsiya.

Profilаktikа inspektorining xotin - qizlаrgа nisbаtаn tаzyiq vа

zoʼrаvonliklаrdаn himoya qilish fаoliyatini tаshkil etish jarayonini o’rganish.

Kalit so‘zlar:

zoʼravonlik, epidemiya, iqtisodiy zoʼravonlik, jismoniy zoʼravonlik.

ORGANIZING THE ACTIVITY OF THE PREVENTION INSPECTOR TO

PROTECT WOMEN FROM HARASSMENT AND VIOLENCE.

Abstract.

To study the process of organization of activities of prevention inspector against

harassment and violence against women.

Key words:

violence, epidemic, economic violence, physical violence.

ОРГАНИЗАЦИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРА ПО ПРОФИЛАКТИКЕ

ПО ЗАЩИТЕ ЖЕНЩИН ОТ ДОМОГАТЕЛЬСТВ И НАСИЛИЯ.

Аннотация

.

Изучить процесс организации деятельности инспектора по

профилактике домогательств и насилия в отношении женщин.

Ключевые слова:

насилие, эпидемия, экономическое насилие, физическое насилие.

Dunyodagi barcha davlatlarning milliy qonunchiligida inson huquq va erkinliklarini

taʼminlash, xususan shaxsning hayoti, sogʼligʼi, shaʼni va qadr-qimmatini turli jinoiy
tajovuzlardan himoya qilishga alohida ahamiyat beriladi. Аfsuski, soʼnggi yillarda butun dunyoda
oila-turmush munosabatlari doirasida ayollar, bolalar va qariyalarga nisbatan jabr-zulum va
zoʼravonlik qilish koʼp tarqalgan ijtimoiy hodisalardan biri sifatida namoyon boʼlmoqda. Ushbu
muammo Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollar muammolariga bagʼishlangan toʼrtinchi
anjumani dasturida «oiladagi zoʼravonlik» koʼpgina davlatlarda «epidemiya» deb tan olingan.
Bunday turdagi zoʼravonliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish, zararsizlantirish, oiladagi
zoʼravonliklardan jabrlangan shaxslar bilan ishlash, ayniqsa oila-turmush doirasida huquqbuzarlik
sodir etuvchi shaxslarga nisbatan samarali profilaktik choralarni ishlab chiqish dolzarb
vazifalardan hisoblanadi.

Jahonda oiladagi zoʼravonlik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼyicha ayrim

davlatlarda maxsus qonunlar qabul qilingan boʼlib, mazkur qonun hujjatlari asosida oiladagi
nizolarni hal qilish, undan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy, tibbiy, ruhiy, huquqiy yordam koʼrsatish
boʼyicha maxsus markazlar tashkil etilgan. Lekin, ushbu markazlarga oila aʼzolari tomonidan
zoʼravonlik ishlatilishi oqibatida jabrlangan shaxslarning aksariyati murojaat qilmasligi natijasida
oiladagi zoʼravonlik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar latentlik darajasining yuqoriligi saqlanib
qolmoqda. Bu esa, huquqni qoʼllash amliyotida shu kabi muammolar yuzasidan ilmiy-nazariy va
amaliy yechim topishni taqozo etmoqda.

Respublikamizda mustaqillik yillarida inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini

taʼminlash, turli tahdid va tajovuzlardan ishonchli himoya qilish, xususan, oiladagi zoʼravonlik
bilan bogʼliq huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishning maʼnaviy, huquqiy va
institutsional asoslari yaratildi. Mazkur qonun hujjatlari talablari asosida inson huquq va
erkinliklarini, oila manfaatlarini taʼminlash, ularni qoʼllab-quvvatlash, shuningdek ularni har


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

57

qanday koʼrinishdagi tahdid va tajovuzlardan himoya qilish boʼyicha respublika «Oila»
ilmiyamaliy markazi, Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish
organlari va ularning huzuridagi «Yarashtirish komissiyasi», Xotin-qizlar bilan ishlash va
oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʼyicha mutaxassis lavozimi,
Oʼzbekiston «Yoshlar ittifoqi» kabi maxsus institutlar tashkil etilib, ularning faoliyati
takomillashtirilmoqda.

Shunga qaramasdan, mamlakatimizda har yili 30 mingdan ortiq oilalarning ajralishiga oid

ajrimlar qayd etilib, bu masalalar boʼyicha sudlarga murojaat etganlarning 70 foizidan ortigʼi
oilasida nosogʼlom ijtimoiy-ruhiy muhit, er-xotin, qaynona-kelin oʼrtasida kelishmovchilik va
nizolar mavjudligi kuzatilmoqda .

Tahlillar bugungi kunda shaxs hayoti va sogʼligʼiga qarshi jinoyatlarning, xususan

qotillikning 29 foizi, qasddan badanga shikast yetkazishlarning 20 foizi, haqorat qilish va
tuhmatning 13,5 foizi aynan oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotganligini
koʼrsatmoqda . Shuning uchun ham Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev:

«Oilalarda nosogʼlom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin oʼrtasidagi janjallar, xotin-
qizlarimiz orasida oʼz joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga
solmoqda»

, – deb taʼkidlagan edi.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiqva zo’ravonliklarga oid turli tushunchalar mavjud:

zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki
bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i,
jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari
hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);

jinsiy zoʼravonlik

— xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish
orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zoʼravonlik shakli, shuningdek
zoʼrlik ishlatish yoki zoʼrlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan
shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga
majburlash;

jismoniy zoʼravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ogʼirligi turli darajada boʼlgan tan

jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam
koʼrsatmaslik, zoʼravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy taʼsir
oʼtkazish yoki bunday taʼsir oʼtkazishning oʼzga choralarini qoʼllash bilan tahdid qilish orqali
xotin-qizlarning hayoti, sogʼligʼi, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa
huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zoʼravonlik shakli

iqtisodiy zoʼravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish
joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zoʼravonlik shakli, xotinqizlarning normal

yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan
taʼminlanishga boʼlgan huquqini, mulk huquqini, taʼlim olish hamda mehnatga oid huquqini
amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);

ruhiy zoʼravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish,

ularning shaʼnini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga
qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zoʼravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv
sohada nazorat qilish, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchida oʼz xavfsizligi uchun xavotir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

58

uygʼotgan, oʼzini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sogʼligʼiga zarar yetkazgan
harakat (harakatsizlik);

Oilada jinslarning ruhiy-fiziologik xususiyatlari va ularning jamiyatda oʼynagan roli,

ayollar xarakterining yumshoqligi, ularning chidamliligi va sabr-bardoshliligi hayotdan mahrum
qilish yoki badanga shikast yetkazish bilan bogʼliq holda gʼarazli niyatini amalga oshirish uchun
ayollarning jismoniy imkoniyatlari cheklanganligi bilan izohlanadi . Qaysidir maʼnoda, bunday
holat anʼanaviy tarbiya oqibati boʼlib, erkaklarning agressiv hulq-atvori muammolarni hal
qilishning yagona va samarali vositasi sifatida namoyon boʼladi .

REFERENCES

1.

https://akadmvd.uz/

2.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 1996-yil 29
avgust. – T.: “Adolat”, 2017.

3.

https://lex.uz/

References

https://akadmvd.uz/

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 1996-yil 29 avgust. – T.: “Adolat”, 2017.

https://lex.uz/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов