Authors

  • Malika Shomuradova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21051

Keywords:

Презупция невиновности

Abstract

This article presents the changes made to the new constitution on the presumption of innocence and their analysis. Also,some information on the right of citizens to receive qualified legal assistance as defined in the constitution has been provided.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

YANGI KONSTITUTSIYADA AYBSIZLIK PREZUMSIYASI VA MALAKALI

YURIDIK YORDAM OLISH HUQUQI

Shomuradova Malika Alisher qizi

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi

Telefon: +998919430544

shomuradovamalika@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8022431

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aybsizlik prezumsiyasi bo’yicha yangi tahrirdagi

konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar va ularning tahlili bo’yicha fikrlar keltirilgan. Shuningdek,
konstitutsiyada belgilangan fuqarolarning malakali yuridik yordam olish huquqi bo’yicha bir
qancha ma’lumotlar keltirilib o’tilgan.

Kalit so‘zlar:

Aybsizlik prezumsiyasi, miranda qoidasi, alibi, samosud.

ПРЕЗУМПЦИЯ НЕВИНОВНОСТИ И ПРАВО НА

КВАЛИФИЦИРОВАННУЮ ЮРИДИЧЕСКУЮ ПОМОЩЬ В НОВОЙ

КОНСТИТУЦИИ

Аннотация.

В данной статье представлены изменения, внесенные в новую

Конституции о презумции невиновности и их анализ. Также предоставлена информация о
праве граждан получение квалифицированной юридической помощи, закрепленном в
конституции.

Клочевые слова:

Презупция невиновности, правило миранды, алиби, самосуд.

PRESUMPTION OF INNOCENCE IN THE NEW CONSTITUTION AND THE

RIGHT TO QUALIFIED LEGAL ASSISTANCE

Abstract.

This article presents the changes made to the new constitution on the presumption

of innocence and their analysis. Also,some information on the right of citizens to receive qualified
legal assistance as defined in the constitution has been provided.

Key words:

presumption of innocence, the Miranda rule, alibi, samosud.


Barchamizga ma’lumki, joriy yil 30-aprelda o’tkazilgan referendumda qabul qilingan

yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi. Unda inson huquq va erkinligi oliy qadriyat
deb e’tirof etilib, aybsizlik prezumsiyasi va himoya institutiga oid o’zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, amaldagi konstitutsiyaning 26-moddasida shaxsning ishi sudda ko’rib chiqilib

uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi qayd etilgan bo’lsa endilikda yangi
tahrirdagi Konstitutsiyaning 28-moddasida aybsizlik prezumsiyasi keng yoritilib berilgan va unda
shaxsning aybi qonunda nazarda tutilga tartibda oshkora sud muhokamasi yo’li bilan
isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb
hisoblanishi belgilandi. Bu qoida shaxsni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan
o’zboshimchalik bilan ayblash va javobgarlikka tortishdan himoya qiladi shuningdek, so’ngi
yillarda fuqarolar orasida keng tarqalgan “samosud” holatlariga chek qo’yishga xizmat qiladi.
Ayblanuvchiga o’zini himoya qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi bu - ayblanuvchiga
malakali yuridik yordam olish va advokat bilan xoli uchrashish undan maslahatlar olish imkoniyati
bilan ta’minlaydi, belgilangan hollarda esa advokatlar tomonidan ko’rsatilgan yuridik yordam
davlat hisobidan qoplanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

Aybdorlikka oid barcha shubhalar agar ularni bartaraf qilish imkoni tugagan bo’lsa, gumon

qilinuvchining ayblanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shaxsni
aybdorligiga oid har qanday shubhalarga tayanib, ayblash uchun yetarli bo’lmagan dalillar asosida
javobgarlikka tortish mumkin emas. Bordi-yu, tergovda ayb e’lon qilinsa ham bunday vaziyatda
sudda aybini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligi tufayli unga nisbatan oqlov hukmi chiqariladi.

Gumon qilinuvchi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashi shart

emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin “Miranda qoidasi” yangi
tahrirdagi Konstitutsiyaga ham kiritildi, unga binoan, ushlangan shaxs sukut saqlash, so’roq
jaroyinida advokati ishtirokini talab qilish va boshqa huquqlarga egaligi sodda tilda shaxsga ilk
soniyalardan tushuntiriladi. Yana bu qoida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan
o’zining aybsizligi to’g’risida “alibi” va boshqa dalillar talab etilishiga to’sqinlik qiladi.

Hech kim o’ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Sud va

tergovda shaxsni o’ziga va oila a’zolariga guvohlik berishga majbur qilish uning manfaatlariga
aslo to’g’ri kelmaydi. Qolaversa, milliy mentalitetimizda oila a’zolari va qarindoshlar o’rtasida
o’zaro hurmat muhim qadryat hisoblanadi. Otaning o’z farzandiga, farzandning otasiga, aka-uka
va opa-singillar bir-biriga qarshi guvohlik berishi oilaviy qadryatlarimizga ham mos emas. Shu
sababli bu norma aybsizlik prezumpsiyasini miliy mentaletetimiz asosida yanada
takomillashtirishga xizmat qiladi.

Agar shaxsning o’z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo’lsa, u aybdor deb

topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas deb belgilandi. Bu sud va tergovda shaxs
manfaatlarini himoya qilish bo’yicha yangi kafolatlar taqdim etadi.

Gap shundaki, shaxsning aybiga oid dalillar yetarli bo’lmaganda uning o’z aybiga iqror

bo’lganligi to’g’risidagi yagona dalil bilan cheklanish holatlari ham mavjud edi. Birgina o’z
aybiga iqror bo’lganligi bilan shaxsni javobgarlikka tortish va jazoga hukm qilish adolat va mantiq
mezonlariga to’gri kelmaydi. Bundan keyin shaxsni ayblash uchun dalillar yetarli bo’lmaganda
aybiga iqrorlik olish uchun qo’rqitish unga tahdid qilish va bosim o’tkazish yoki qiynoq qo’llash
holatlariga yo’l qo’yilmaydi.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o’ziga nisbatan insoniy muomalada bo’linishi hamda

inson shaxsiga xos bo’lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi ham tarixda
ilk bor konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Qolaversa, shaxsning sudlanganligi va
bundan buyon kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlari huquqlarini
cheklash uchun asos bo’lishi mumkin emasligi belgilandi, bularning hammasi mustabid tuzumdan
qolgan illatga, ya’ni sudlangan shaxs uchun uning yaqinlari jabr tortishiga chek qo’yadi va ko’p
yillardan buyon qiynab kelayotgan aybsiz aybdor bo’lib qolish muammosiga yechim bo’ladi.

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 29-moddasidagi asosan, “Har kim malakali yuridik

yordam olish huquqi kafolatlanadi, Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat
hisobidan ko’rsatiladi”.

Sir emas, zarur hollarda malakali yuridik yordam olishga hammaning ham qurbi yetmaydi.

Shunday vaziyatda, fuqaro o’z muammosi bilan yolg’iz qolmasligi kerak. Davlat baholi qudrat
yordam qo’lini cho’zishi kerak shuning uchun ham, muhtoj fuqarolarga davlat hisobidan yuridik
yordam olish huquqi Konstitutsiyada alohida belgilanishi ham ijtimoiy, ham huquqiy nuqtai
nazardan ulkan ahamiyat kasb etadi. Amaldagi qonunchiligimizda bepul yuridik yordam asosan
jinoyat protsessual qonunchiligi asosida amalga oshirilardi. Fuqarolik ishlari, mehnat nizolari va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

boshqa yo’nalishlarda davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatilmas edi. Endilikda, yangi
kostitutsiyamizga kiritilgan yangi norma asosida fuqarolarimiz nafaqat jinoyat ishlari doirasida,
balki fuqarolik,mehnat va boshqa sohalarda ham yuridik yordam olishi mumkin, shuningdek
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlaydi hamda odil sudlovdan
foydalanish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan AQSH, Buyuk Britaniya Germaniya, Fransiya

Rossiya va Kanada kabi davlatlarda jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma`muriy ishlar
bo`yicha ha davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatilinadi.

Bizning mamlakatimizda ham davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini ilg`or

xorijiy tajriba hamda xalqaro huquqiy normalarni chuqur o`rgangan holda belgilanishi
fuqarolarning yuridik yordamga bo`lgan huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatini kuchaytiradi,
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari davlat tomonidan ijtimoiy qo`llab-quvvatlanadi va xalqaro
standartlarga mos mexanizm joriy etiladi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, yangi konstitutsiyamizga kiritilgan o’zgarishlar

fuqarolar huquqlarini himoyalash, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
rivojlanishiga xizmat qiladi. Chunki, unda eng avvalo “Inson qadri uchun” g’oyasi ustuvor
yo’nalish sifatida belgilangan. Ilgari amal qilib kelingan “davlat-jamiyat-inson’’tamoyilini esa,
endilikda “inson-jamiyat-davlat” deb o’zgartirilgani eng avvalo inson manfaatini har narsadan
ustun qo’yilganligining ifodasidir.

REFERENCES

1.

Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2.

Farhod Primov “Samosud”ga yechim, tuhmatga qarshi chora va chekinayotgan
qiynoq-yangi konstitutsiyada aybsizlik prezumsiyasi.

3.

https://kun.uz/uz/29340940

4.

O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksi(23-moddasi).

5.

Insonhuquqlari umumjahon deklaratsiyasi(11-moddasi)..

6.

https://yuz.uz/uz/news/har-bir-fuqaro-malakali-yuridik-yordam-olishga-haqli.

References

Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Farhod Primov “Samosud”ga yechim, tuhmatga qarshi chora va chekinayotgan qiynoq-yangi konstitutsiyada aybsizlik prezumsiyasi.

O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksi(23-moddasi).

Insonhuquqlari umumjahon deklaratsiyasi(11-moddasi)..