PROSPECTS OF PROVIDING AND DEVELOPING INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS IN OUR COUNTRY

HAC
Google Scholar
To share
Shomuradova, M. (2023). PROSPECTS OF PROVIDING AND DEVELOPING INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS IN OUR COUNTRY. Modern Science and Research, 2(12), 388–390. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26725
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on intellectual property rights and their international protection. The role and importance of intellectual property in the modern world, the attention to intellectual property in our country and the various efforts being made for its development. It talks about the decrees adopted for the development of the industry in our country and the work being done in practice, as well as the organizations and conventions of which our country is a member after independence. Suggestions are also given in this area.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

MAMLAKATIMIZDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQINI TA’MINLASH VA

RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI

Shomuradova Malika Alisher qizi

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi

Telefon: +998919430544

shomuradovamalika@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10357532

Annotatsiya.

Ushbu maqolada intellektual mulk huquqlari va ularning xalqaro himoyasi

haqida ma’lumot berilgan. Zamonaviy

dunyoda

intellektual mulkning roli va ahamiyati,

mamlakatimizda intellektual mulkga bo‘lgan e’tibor

va uning rivojlanishi uchun qilinib

kelinayotgan say harakatlar.Yurtimizda soha rivoji uchun qabul qilinayotgan farmonlar va
amalda bajarilayotgan ishlar hamda mustaqillikdan keyin davlatimiz a’zo bo‘lgan tashkilotlar,
konvensiyalar haqida so‘z boradi. Bu soha bo‘yicha takliflar ham berilgan.

Kalit so‘zlar:

Intellektual mulk, yalpi ichki mahsulot, investitsiya, kontrafakt mahsulot,

BIMT.

PROSPECTS OF PROVIDING AND DEVELOPING INTELLECTUAL PROPERTY

RIGHTS IN OUR COUNTRY

Abstract

. This article provides information on intellectual property rights and their

international protection.The role and importance of intellectual property in the modern world,the
attention to intellectual property in our country and the various efforts being made for its
development.It talks about the decrees adopted for the development of the industry in our country
and the work being done in practice,as well as the organizations and conventions of which our
country is a member after independence.Suggestions are also given in this area.

Keywords.

Itellectual property, GDP, investmen, counterfeit, counterfeit product, BIMT.

ПЕРСПЕКТИВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ И РАЗВИТИЯ ПРАВ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ

СОБСТВЕННОСТИ В НАШЕЙ СТРАНЕ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о правах

интеллектуальной собственности и их международной защите. Рассказывается о роли и
значении интеллектуальной собственности в современном мире, о внимании, уделяемом
интеллектуальной собственности в нашей стране, и усилиях, прилагаемых для ее
развития. В этой области также даются предложения.

Ключевые слова:

Интеллектуальная собственность, валовой внутренний продукт,

инвестиции, контрафакт, ВТО.


Intellektual mulk deganda inson ijodining mevasi bo‘lgan g‘oyalar va texnologiyalar

tushuniladi. Intellektual mulk ijodiy va innovatsion faoliyatdan daromad olish huquqini
belgilovchi va himoya qiluvchi siyosatdir. Ushbu huquqlar yangi ma’lumotlar va g‘oyalarning
tarqalishi va tijoratlashtirilishini nazorat qilish uchun qonuniy vakolat beradi. Insonlar tomonidan
yaratilgan faoliyat natijasi bo‘lmish intellektual mulk mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi va
o‘sishida katta ahamiyat kasb etadi. Mikroiqtisodiy darajada patent mualliflik huquqi va shunga
o‘xshash intellektual mulkni himoya qilish shakllari innovatorlar va investorlar uchun xalqaro
bozorlarga yangi mahsulot olib kirish uchun zarur bo‘lgan pul va investitsiyalarni ta’minlash


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

vositasi. Dunyodagi iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar intellektual mulk sohasiga katta e’tibor
berganligi bois, ularning investitsiyalar va yalpi ichki mahsulotdagi ulushi keskin oshgan.
Jumladan,Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizni, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni
tashkil etadi. Lekin bizning davlatimizdagi bir qancha kamchiliklar mamlakatimizda intellektual
mulk sohasining rivojlanishiga, jahon bozoriga mahsulotlarimizning eksport qilishining ortishiga,
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishiga katta to‘sqinlik
qilmoqda edi. Bularga misol qilib, intellektual mulk obyektlarini ishlab chiqarish jaroyonlariga
jalb qilish ko‘rsatkichi juda pastligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari intellektual mulk sohasi
bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z
faoliyatiga intellektual faoliyat natijalarini joriy qilishdan manfaatdor emasligi, ixtirochilar va
novatorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmaganligidir. Ammo, mamlakatimizda bunday
kamchiliklarni bartaraf etish va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi” 2022-yil 26-apreldagi PQ-221 sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq intellektual mulkni yanada ishonchli himoya qilish, intellektual mulk

sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy
jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish, shuningdek,
Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan
vazifalardan intellektual mulk sohasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga
muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda shuningdek, strategiya bo‘yicha
intellektual mulk obyektlari oldi-sotdisiga qulay sharoit yaratish uchun “Intellektual mulk-barcha
uchun” maxsus internet savdo platformasi ishlab chiqilmoqda. Intellektual mulk obyektlarini
huquqiy himoya qilish bo‘yicha barcha davlatlarda mexanizmlar ishlab chiqilgan. Davlatlararo
xalqaro hamkorlikni ta’minlash uchun universal hukumatlararo tashkilotlar tuzilgan.

Bular sirasiga Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) kiradi. U davlatlar va

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali butun dunyo bo‘ylab intellektual mulkni targ‘ib
qilish va himoya qilish uchun yaratilgan bo‘lib,bu tashkilotning asosiy vazifasi dunyodagi
davlatlar o‘rtasida kelishuv va bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni
muvofiqlashtirish hamda shu sohadagi turli shartnoma va konvensiyalarning ma’muriy
boshqaruvini ta’minlashdan iborat . Ayni vaqtda unga a’zo davlatlar soni 180 dan
ortiq.O‘zbekiston ham 1991-yil 25-dekabrda teng huquqli a’zosi bo‘lgan mamlakatimiz
BIMTning 14ta xalqaro hujjatini tasdiqlagan. Davlatimiz sanoat mulkini himoya qilish borasida
salmoqli harakatlar amalga oshirgan va 1993-yildan Parij konvensiyasiga qo‘shilgan. Bu ham
mamlakatimizning mustaqillikga erishgach qisqa vaqt davomida intellektual mulk himoyasi uchun
qilgan dastlabki qadamlaridan biridir.

Inson aqliy faoliyati mahsulining himoya qilinishi, ommaga taqdim etilishi,

moliyalashtirilishi ayniqsa uning muhofaza etilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va
Fuqarolik kodeksida belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik kodeksida tegishli bo‘limlar intellektual mulk
uchun ajratilgan. Masalan to‘rtinchi bo‘limi intellektual mulk deb nomlanib,u o‘z ichiga mualliflik
huquqi, sanoat mulkiga bo‘lgan huquq, haqidagi boblarni oladi. Bir misol aynan ushbu kodeksning
1032-moddasida Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi
tufayli yoxud shbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi. Xususan,
O‘bekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi’’Qarori imzonlandi. Qarorda keltirilishicha
O‘zbekiston Respublikasi Itellektual mulk agentligi Adliya tizimiga o‘tkaziladi va “O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” deb qayta nomlandi.
Agentlik amaliy tajribaga ega bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirildi va ularni moddiy rag‘batlantirish
choralari kuchaytirildi.intellektual mulk huqularini himoya qilish jarayoniga ilk marotaba 200 dan
ortiq hududiy adliya organi jalb qilindi.

Davlatimiz rahbari soha muammolari va kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida, soha

zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklagan. Bular sirasiga Intellektual mulk agentligi, barcha
tarmoq va sohalar hamda hududlarga intellektual mulk muhitini tubdan yaxshilash, bunda har bir
idora, tarmoq va sohaga intellektual mulk obyektlarini kiritish yuzasidan qonunchilikni
takomillashtirish, barcha vazirlik va idoralar,oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va
hududlar bilan birga, keng muhokamalar asosida intellectual mulk sohasini rivojlantirishning aniq
vazifalarini qamrab olgan uch yillik dasturni ishlab chiqish vazifasi topshirilgan edi. Mana
shunday soha yo‘lidagi ketma-ket qilinayotgan tadbirlar o‘z natijasini bermay qo‘ymaydi.

Muxtasar qilib aytganda, intellektual mulkni rivojlantirish va uni himoya qilishga e’tibor

shunday davom etib borsa,o‘ylaymanki yaqin yillar ichida o‘zimizning intellektual mulklarimiz
orqali dunyo miqyosida o‘z o‘rnimizni mustahkamlab yanada oldinga siljiymiz.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

3.

Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid qo`shimcha chora tadbirlar
to‘g‘risidagi’’2022-yil 26-apreldagi PQ-221sonli qarori

4.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”

gi

PF-60

-son Farmoni


References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid qo`shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi’’2022-yil 26-apreldagi PQ-221sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов