Authors

  • Olimjon Xudayberganov
  • M.D. Xushmuxammadiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21174

Keywords:

Speed

Abstract

In this article, the Academy of the Ministry of Internal Affairs will talk about the importance of the effectiveness of the development of speed-strength qualities of short-distance runners. Reasoned opinion and reasoning were used throughout the article.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

780

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASIDA SHUG`ILLANUVCHI

QISQA

MASOFAGA YUGURUVCHILARNI TEZKOR-KUCH SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI.

Xudayberganov Olimjon Komiljonovich

O`zbekiston Respublikasi

Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi katta o`qituvchisi

M.D.Xushmuxammadiyeva

YA 51-21 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8041130

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ichki ishlar vazirligi akademiyasida shug`illanuvchi

qisqa

masofaga yuguruvchilarni tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish samaradorligi

ahamiyati haqida

so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr hamda mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

Tezkor-kuch, sifat, usuliyat, rivojlantirish, trenirovka, Antropometrik

o’lchovlar, tibbiy nazorat, ta’sir vaqti, tezkorlik qobiliyati, yuklama, mashg’ulot.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗВИТИЯ СКОРОСТНО-СИЛОВЫХ КАЧЕСТВ

БЕГУНОВ НА КОРОТКИЕ ДИСТАНЦИИ, ЗАНИМАЮЩИХСЯ В АКАДЕМИИ

МВД.

Аннотация.

В данной статье говорится об эффективности развития скоростно-

силовых качеств бегунов на короткие дистанции, занимающихся в Академии МВД. На
протяжении всей статьи использовались аргументированные мнения, а также суждения.

Ключевые слова:

Быстродействие, качество, методология, разработка, обучение,

Антропометрические измерения, врачебный контроль, время воздействия, скоростные
качества, нагрузка,обучение.

THE EFFECTIVENESS OF THE DEVELOPMENT OF SPEED-STRENGTH

QUALITIES OF SHORT-DISTANCE RUNNERS IN THE ACADEMY OF THE

MINISTRY OF INTERNAL AFFAIRS.

Abstract.

In this article, the Academy of the Ministry of Internal Affairs will talk about the

importance of the effectiveness of the development of speed-strength qualities of short-distance
runners. Reasoned opinion and reasoning were used throughout the article.

Key words:

Speed, quality, methodology, development, training, Anthropometric

measurements, medical control, exposure time, speed qualities, load, training.

Dolzarbligi:

Bugungi kun sport amaliyotida iste’dodli sportchilarni tayyorlash masalasiga

yangicha nazar bilan yondashish zaruriyatini tug’dirmoqda. Ushbu zaruriyat ayniqsa yugurishda
yaqqol ko’zga tashlanadi. Yuguruvchilarimiz jahon sport maydonlarida muhim g’alabalarni qo’lga
kiritib kelmoqda. Ammo erishilgan yuksak o’rinlarni saqlab qolish uchun trenirovka jarayonini
takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni davom ettirish zarur bo’ladi. Yuguruvchilar va zahira
tayyorgarligini takomillashtirishning yangi mashg’ulot yuklamalarini oqilona rejalashtirish,
nazorat qilish muammosini hal etish bilan bog’liq.

1. Yuguruvchilarning tayyorgarligi bosqichlarida sportchilar organizmiga turlicha

kattalikdagi yuklamali va har xil yo’nalishli mashg’ulotlarning ta’siri xususiyatlarini o’rganish.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

781

2. Yuguruvchilar guruhlarida tayyorgarligi bosqichlarini rejalashtirishda mashg’ulot

jarayonida turli kattalikdagi va yo’nalishdagi yuklamalarni almashlab berish xususiyatlariga
bog’liq samaradorlikni aniqlash.

3. Yuguruvchilarning tayyorgarligi bosqichlarini tuzishda mashg’ulot jarayonida turli

kattalikdagi va yo’nalishdagi yuklamalarni almashlab o’tish xususiyatlariga bog’liq
samaradorlikni aniqlash.

4. Yuguruvchilarda maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va tayyorgarlik bosqichida

ularni rivojlantirish usuliyotini aniqlashda o’quv-trenirovkalardagi mashq yuklamalarini ishlab
chiqish.

5. Yuguruvchilarda maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va tayyorgarlik bosqichida

ularni rivojlantirish usuliyoti bo’yicha trenirovka jarayoni o’rganish. Muammoning o’rganilganlik
darajasi:

Sport fani sohasining taniqli olimlari ta’rificha, sport tayyorgarligi jarayonida

mashg’ulotlarni rejalashtirishda, ayniqsa, sport yugurishida mahoratli sportchilar zahiralarini va
malakali sportchilarni tayyorlashda mashg’ulotlar shiddatini, mashq samaradorligini kuchaytirish
mazmuni bo’yicha har xil nuqtai nazardagi fikrlar farki kuzatilmoqda. Shu nuqtai nazarlarda
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-uslubiy yondashish natijasida
sportchilarning xalkaro musobaqalardagi ishtirokini va yuqori natijalarga erishishlarini
ta’minlashda sport tayyorgarligi mashgulotlarining samaradorligini oshirish bugungi kunda sport
amaliyotida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu jumladan, mutaxassislar tomonidan
o’rganilgan va ishlab chiqilgan maxsus va musobaqaoldi tayyorgarlik mashg’ulotlari yuklamalari
kattaligi va yo’nalishi ilmiy asoslangan mashg’ulotlarga bo’lgan etiyojni ko’rsatmoqda. Sport
mashg’ulotlari jarayonida rasional yuklamalarni bajarish, ish hajmini oshirish borasida
mikrosikllarga asoslangan optimal dasturlar tuzilishi, har bir mashg’ulot vazifasi samaradorligini
takomillashtirish masalasi sport amaliyotida katta o’rin tutadi. Shu singari, malakali yuguruvchilar
guruhlariga rejalashtirilgan mashg’ulotlarni, turli kattalikdagi va yo’nalishdagi yuklamalar bilan
olib boriladigan mashg’ulotlarni rasional darajada muvofiqlashtirish, kuniga bir yoki ikki marta
mashg’ulot o’tkaziladigan mashg’ulotlar bosqichlarining asosiy uslubiy tamoyillarini
rejalashtirish usullari va tuzilishi yetarlicha aniqlanmagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yugurish mashg’ulotlarida turli kattalikdagi va yo’nalishdagi yuklamalarning qo’llanilishi

mazkur masalani hal etishda katta ahamiyatga ega bo’lishidan qat’iynazar, ularning sportchilar
organizmiga ta’siri to’g’risidagi muammo hal qilinmagan 17-19 yoshli yuguruvchilarni maxsus
tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va mashg’ulotlarda rivojlanish samaradorligini tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: yuguruvchilar tayyorlash tizimida organizmiga katta va turli
yo’nalishdagi yuklamalarning ta’siriga talluqli tadqiqot natijalari olinib, yosh yuguruvchilar
guruhlarida mashq yuklamalarining samaradorligini oshirishda quyidagi yangi uslublardan
foydalanildi: - 17-19 yosh yuguruvchilarning mashg’ulot izchilligi, kunlari, kunlik va haftalik
mikrosikllar - yuguruvchilar organizmiga mashg’ulotlar jarayonida harakat mexanizmining ta’siri
samaradorligini

oshirishga

yo’naltirilgan

qo’shimcha

mashg’ulotlarning

uygunligi,

mashgulotlarning umumiy sonini oshirish va uning natijasida maxsus ish qobiliyati samaradorligi
o’rganildi yuguruvchilarning tayyorgarlik bosqichlarini rejalashtirish jarayonida mashg’ulot
yuklamalarining bajarilishini nazorat qilish, yuklamalarning turli kattaligi, yo’nalishi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

782

mashg’ulotlar turining kuchi va ta’sir qilish tavsifi o’rganildi- yuguruvchilarning tayyorgarlik
bosqichlari davomiyligining o’zgaruvchan holatiga va haftalik mikrosikl tizimida turli
yo’nalishlarda bajarilgan yuklamalarning natijalari samaradorligiga baho berildi; Yuguruvchilarda
maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda trenirovka mashq yuklamalarining yangicha
taqsimlash orqali faoliyatidagi natijalarni yuqori darajaga ko’tarish tadqiqot jarayonida
yuguruvchilarning tayyorgarligi bosqichlarining tuzilishi, turli yuklamalar va yo’nalishdagi
usullarda o’rganildi va samaradorligi tadqiqotda isbotlab berildi. 17-19 yoshli yuguruvchilarning
ish qobiliyatini oshirish borasida mavjud bo’lgan omillarning biri sifatida tayyorgarlik
bosqichlarida katta yuklamali mashg’ulotlar sonini izchillik bilan, zo’r bermasdan oshirish
uslublari ishlab chiqilib, yuklamalarning amaliy mashg’ulotlarda keng qo’llanishi tizimlashtirildi
va katta yuklamali mashg’ulotlardan so’ng tiklanish holatlariga faol ta’sirlari aniqlandi;
mashg’ulotlarni rasional almashlash asosida yuguruvchilarning tayyorgarlik bosqichlari
mikrosikllari variantlari, turli kattaligi va yo’nalishiga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil etish
borasida tajribaviy ko’rsatkichlar olindi.

Yosh yuguruvchilar bilan olib boriladigan o’quv trenirovkasida maxsus tezkorkuch

sifatlarini rivojlantirish musobaqalarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi. 17-19 yoshli
yuguruvchilarning tayyorgarlik bosqichlarida mashg’ulotlar kattaligi va yo’nalishi tizimlarini
takomillashtirish, maxsus jismoniy tayyorgarligi sifatlarini rivojlantirish borasida qo’shimcha
mashgulotlarni uyg’unlashtirishda mikrosikl mashg’ulotlarini rasional almashlab o’tkazish, katta
yuklamali mashg’ulotlarning umumiy sonini oshirish va uning natijasida yuguruvchilarning
maxsus ish qobiliyatini samarali rivojlantiradi. Yuguruvchilarda maxsus tezkor-kuch sifatlarini
aniqlash va ularni rivojlantirish uslubiyati orqali trenerovkadagi yuklamalarini optimal
rejalashtirish musobaqalarda yuqori natijalarni beradi.

Yuguruvchilarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish yugurishchining raqib qarshiligini

engib o’tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga qarshilik ko’rsatish qobiliyati tushuniladi.
Kuchning quyidagi turlarini ajartish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, tezkor
va portlovchan, kuch chidamliligi. Yuqoridagilarga asoslangan holda shunday xulosa qilish
mumkin: sportchilar organizmining shaxsiy xususiyatlari va har bir yugurishchining tayyorgarlik
darajasiga qarab mashg’ulot yuklamalarining hajmi, shiddati va takrorlar soni alohida belgilanadi.
Tadqiqot natijasiga har bir yugurishchining mashqlanganlik darajasi va shaxsiy xususiyatlari ta’sir
qilmasligi uchun biz ilmiy tadqiqot ma’lumotlariga mos holda solishtirma tadqiqot variantlaridan
foydalandik. Shu bilan birga yuguruvchilar 24 soatdan keyin uzoq muddatli, 2 kundan keyin qisqa
muddatli shiddat bilan bajariladigan ishlarni bemalol bajarishlari mumkin. Yuguruvchilarning
maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish tahlili: Yuguruvchilarning maxsus tezkor-kuch
sifatlarini aniqlash va tayyorgarlik bsqichida ularni rivojlantirish ustida ish olib bordik.

Oldimizga qo’yilgan masalalarni o’rganish maqsadida yuguruvchilar bilan olib boriladigan

trenirovka jarayoni hamda va etakchi trenerlar, mutaxasislar ish tajribasi umumlashtirildi hamda
tadqiqotlar olib borildi. Olingan natijalar asosida aniqlandiki yuguruvchilarning maxsus tezkor-
kuch sifatlarni muayyan darajada harakatlar tezkor-kuch talab qiluvchi amallarda katta ahamiyatga
ega bo’ladi. yuguruvchilarda turli mushak guruhlari kuchining ortishi bir me’yorda bo’lmaydi va
yuqori shiddatga erishadi. Bunday yugurish bilan shug’ullanish tezkor-kuch sifatlari
topografiyasiga, ya’ni turli mushak guruhlarining maksimal kuchi nisbatiga o’z muhrini bosadi.
Yuguruvchilarni maxsus tezkor-kuch sifatlarini trenirovkadagi mashq yuklama vositalarini hajmi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

783

yig’indilarini tahlil qilish, tekshirilayotgan yuguruvchilarning yuqori sport natijalarini egallashda
maqsadida o’tkaziladi.

Nazorat qilish uchun 22 ta yugurish bilan shug’ullanuvchi yugurishchi tanlab olindi.

Yuguruvchilar bilan olib boriladigan trenirovkaning faqat asosiy qismidagi maxsus tezkor-kuch
sifatlarni tayyorgarlik bosqichida ularni rivojlantiruvchi trenirovka yuklamalari tahlili olindi.
Trenirovka bosqichi tayyorgarligini asosiy vositalarining hajmi har xilligi, o’rtacha hajm, standart
og’ish keltirilgan. Asosiy qilib yuguruvchilarning darajasiga va murakkablik koeffisientiga qarab
trenirovka mashqlarini taqsimlash qabul qilindi. Hamma maxsus mashqlar o’z ichiga yuqori
bo’lgan trenirovka vositalarini olgan, ya’ni sherik bilan yugurishish, shartli yugurish, texnik-taktik
mahoratni takomillashtirish uchun sherigi bilan bajariladigan mashqlar olingan. Ixtisoslashtirilgan
trenirovka mashqlari hajmi jihatidan ularni murakkabligiga qarab taqsimlandi. Kuzatuvlar shuni
ko’rsatadiki, ayrim trenerlar qisqa muddat ichida yuguruvchilarni tayyorlash maqsadida jismoniy
sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni zo’rma-zo’raki qo’llaydilar. Bu borada ayniqsa maxsus
tezkor-kuch sifatini tarbiyalash bolaning jismoniy imkoniyatini e’tiborga olish zaruriyatini
belgilaydi.

Me’yoridan ortiq beriladigan surunkali maxsus tezkor-kuch mashqlari shug’ullanayotgan

bolani zo’riqish holatiga tushirib qo’yishi muqarrar. Shuning uchun maxsus tezkor-kuch
mashqlarini qo’llashdan avval maxsus tezkor-kuch sifatini baholovchi ommabop maxsus test
mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlar natijasida quyidagi asos qilib olindi:
1.Maxsus rezina bilan ishlash 30 soniya. 2.Maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun 15
soniya davomida o’z vazndan kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan chalish usullarni bajarish.
3.20 soniya yotgan holatdan gavdani orqadan ushlab sherigini ko’tarish. 4.10 soniyada gimnastika
qo’shpoyada qo’llarni bukib yoyish. 5.Bir daqiqa davomida katta bolg’ani o’ng va chap tomonga
harakatlantirish. Yuguruvchilar faoliyatida va xususan musobaqa bellashuvlarida barcha turdagi
maxsus tezkor-kuch sifatlari (umumiy va maxsus, mutloq va nisbiy, statik va dinamik, tezkor-
portlovchi) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’quv-trenirovka
jarayonida maxsus tezkor-kuchni rivojlantirishga e’tibor qaratish yuguruvchilar tayyorlashning
muhim shartlaridan biridir. Yuguruvchilarda har xil turdagi maxsus tezkor-kuch sifatlarini
o’rganish qayd etilgan ko’rsatkichlar tadqiqot boshida sezilarli darajada sayoz ekanligini ko’rsatdi.
Jumladan, tajriba va nazorat guruhdagi shug’ullanuvchilarni qo’shib hisoblaganda ham ularning
ko’rsatkichlari tadqiqot boshlanmasdan avval deyarli farq qilmadi.

Yugurish bilan shug’ullanuvchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarini

rivojlanish darajasi natijalari

Chunonchi, maxsus rezina bilan ishlashda tadqiqot guruhi yuguruvchilarda o’rtacha

arifmetik qiymati 24 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati
21 ni tashkil qildi. Maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun 15 soniyada davomida o’z
vazndan kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan chalish usullarni bajarish tadqiqot guruhi
yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 7 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda
o’rtacha arifmetik qiymati 8 ni tashkil qildi. 20 soniya yotgan holdan qo’llarni bukib yoyish
tadqiqot guruhi yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 16 ni tashkil qilodi. Nazorat guruhida
yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 15 ni tashkil qildi. 10 soniya gimnastika qo’shpoyada
qo’llarni bukib yoyish tadqiqot guruhi yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 10 ni tashkil
qildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

784

Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 9 ni tashkil qildi. Bir daqiqa

davomida katta bolg’ani o’ng va chap tomonga harakatlantirish tadqiqot guruhi yuguruvchilarda
o’rtacha arifmetik qiymati 27 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik
qiymati 29 ni tashkil qildi. Olib borilgan tadqiqotlardan so’ng aniqlandiki yosh yuguruvchilarda
tezkor-kuch sifatlari etarli darajada rivojlanmagan deb baholashga asos bo’ldi.

Yuguruvchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish maqsadida olib borilgan

pedagogik tadqiqotlardan so’ng tadqiqotning samarasini baholash maqsadida tadqiqot va nazorat
guruhlariga mansub yuguruvchilar ko’rsatkichlari statistik tahlil qilindi. Chunonchi, maxsus rezina
bilan ishlash da tadqiqot guruhi yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 28 ni tashkil qildi.
Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 23 ni tashkil qildi. Maxsus tezligi
rivojlantirish uchun 15 soniya davomida o’z vazndan kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan
chalish usullarni bajarish tadqiqot guruhi yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 10 ni tashkil
qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 9 ni tashkil qildi. 20 soniya
yotgan holdan qo’llarni bukib yoyish tadqiqot guruhi yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati
18 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 16 ni tashkil qildi.
10 soniya gimnastika qo’shpoyada qo’llarni bukib yoyish tadqiqot guruhi yuguruvchilarda
o’rtacha arifmetik qiymati 13 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik
qiymati 10 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida yuguruvchilarda o’rtacha arifmetik qiymati 30 ni
tashkil qildi. Tadqiqot guruhida ushbu ko’rsatkichlar ustunlikka ega ekanligi ma’lum bo’ldi.
Tadqiqotga jalb qilingan yuguruvchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlanish yuqori deb xulosa
qilishga asos bo’la oladi. ehtimol, mazkur vaziyat pedagogik tadqiqot guruhiga mansub yosh
yuguruvchilarni alohida e’tibor doirasida ekanligi ularning ruhiy- mosional holatini ijobiy
pog’onaga biroz ko’tarilganligidir.

XULOSA

1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, so’nggi yillarda yuguruvchilar

tayyorgarlik bosqichlarining mashg’ulotlari kattaligi va yo’nalish tizimlarini takomillashtirishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Trenirovkadan tashqari shakllarda amaliyot bilan bog’liq xarakat
malakalari va ular bilan bog’liq bo’lgan maxsus tezkor-kuch sifatlarning rivojlantirishga qaratilgan
mashqlarning samaradorligi yugurish bo’yicha etakchi mutaxasis olimlar tomonidan o’rganilgan.

2. Yuguruvchilarda tayyorgarlik

bosqichidagi

maxsus

tezkor-kuch sifatlarini

rivojlantirishda jarayonida alohida ahamiyat berish kerak bu esa yuguruvchilarning
musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi muhim ahamiyat kasb etadi.

3.Yugurish bo’yicha sportchilarni tayyorlashda yuklamalarning kattaligi va yo’nalishiga

ko’ra mashg’ulotlarni rasional almashlash, tajriba natijasi ko’rsatkichlari asosida amaliyotda
tanlangan yo’nalish dasturiga muvofik tuzilgan mikrosikllar sportchilarning maxsus ish
qobiliyatini, sport natijalarining jiddiy ko’tarilishini ta’minlab beradi. Yugurish bilan
shug’ullanuvchilarning maxsus tezkor-kuch ifatlarini rivojlantirishda asosiy yo’nalishlaridan biri
me’yorlangan mashqlardan foydalanishdir.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 мартдаги ПФ-5368-сонли
фармони ―Жисмоний тарбия


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

785

2.

ва спорт соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-
тадбирлари тўғрисида‖ги

3.

Фармони. (Халқ Сўзи. 2018 йил 5- март.)

4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ 5924-сонли фармони ―Ўзбекистон
Республикасида жисмоний

5.

тарбия ва спортни янада такомиллаштириш ва оммалаштириш чора-тадбирлари
тўғрисида‖ги. Фармони

6.

(Халқ сўзи 2020 йил 24-январ).

7.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ 3031-сон қарори ―Жисмоний
тарбия ва спортни янада

8.

ривожлантириш чора тадбирлари тўғрисида‖ги (Халқ сўзи 3 июн 2017 йил)

9.

Soliev I.R, Khaydrov B.SH, Mirzatillayev I.I, Khujamkeldiyev G.S, Ziyayev F.CH.
Functional training level of

10.

Runners student-athletes sprinters. //International Journal of Psychosocial
Rehabilitation,Vol.24,Issue 05,2020,

11.

http://www.psychosocial.com/article/PR201878/17061/ 46-50 бетлар.

12.

Ziyayev F. C. et al. YENGIL ATLETIKA SPORT TURINI RIVOJLANTIRISHDA
UMUMIY O’RTA T’ALIM MAKTABLARINING JISMONIY TARBIYA
DARSLARIDA YENGIL ATLETIKA TURLARINI O ‘RGATISH METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI //Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 3. – С. 348-355.

13.

Xoʻjamkeldiyev G. S. et al. KICHIK RAZRYADLI O’RTA MASOFALARGA
YUGURUVCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI //Central Asian
Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 3. – С. 270-
274.

14.

Ziyayev F. C. et al. O ‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHI YENGIL
ATLETIKACHILARNI MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI SAMRADORLIGINI
OSHIRISH //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). –
2021. – Т. 1. – №. 4. – С. 78-90.

15.

Каримов Ф. М. и др. БОШЛАНҒИЧ ИХТИСОСЛИК ГУРУҲИДАГИ УЗУНЛИККА
САКРОВЧИ ҚИЗЛАРНИНГ ДЕПСИНИШ КУЧИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Central
Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 4. –
С. 119-125.

References

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 мартдаги ПФ-5368-сонли фармони ―Жисмоний тарбия

ва спорт соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги

Фармони. (Халқ Сўзи. 2018 йил 5- март.)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ 5924-сонли фармони ―Ўзбекистон Республикасида жисмоний

тарбия ва спортни янада такомиллаштириш ва оммалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги. Фармони

(Халқ сўзи 2020 йил 24-январ).

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ 3031-сон қарори ―Жисмоний тарбия ва спортни янада

ривожлантириш чора тадбирлари тўғрисида‖ги (Халқ сўзи 3 июн 2017 йил)

Soliev I.R, Khaydrov B.SH, Mirzatillayev I.I, Khujamkeldiyev G.S, Ziyayev F.CH. Functional training level of

Runners student-athletes sprinters. //International Journal of Psychosocial Rehabilitation,Vol.24,Issue 05,2020,

Ziyayev F. C. et al. YENGIL ATLETIKA SPORT TURINI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY O’RTA T’ALIM MAKTABLARINING JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA YENGIL ATLETIKA TURLARINI O ‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 3. – С. 348-355.

Xoʻjamkeldiyev G. S. et al. KICHIK RAZRYADLI O’RTA MASOFALARGA YUGURUVCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI //Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 3. – С. 270-274.

Ziyayev F. C. et al. O ‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHI YENGIL ATLETIKACHILARNI MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI SAMRADORLIGINI OSHIRISH //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 4. – С. 78-90.

Каримов Ф. М. и др. БОШЛАНҒИЧ ИХТИСОСЛИК ГУРУҲИДАГИ УЗУНЛИККА САКРОВЧИ ҚИЗЛАРНИНГ ДЕПСИНИШ КУЧИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 4. – С. 119-125.