ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1089
ZAMONAVIY SHAHARLAR EKOLOGIK INFRASTRUKTURASINI TADQIQ ETISH
Odilova M.Gʻ.
TKTISHF assistent o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8066691
Annotatsiya.
Maqolada zamonaviy shaharlar ekologik infrastrukturasini tadqiq etish
uchun qanday usullardan foydalanish kerakligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
relef, infrastruktura, dolzarb masala, ko‘kalamzorlashtirish, mikroiqlim,
atmosfera bosimi.
STUDY OF ECOLOGICAL INFRASTRUCTURE OF MODERN CITIES
Abstract.
The article provides information on what methods should be used to study the
ecological infrastructure of modern cities.
Key words:
relief, infrastructure, urgent problems, landscape design, microclimate,
atmospheric pressure
.
ИЗУЧЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ СОВРЕМЕННЫХ
ГОРОДОВ
Аннотация.
В статье представлена информация о том, какими методами следует
изучать экологическую инфраструктуру современных городов.
Ключевые
слова: рельеф, инфраструктура, актуальные проблемы, ландшафтный
дизайн, микроклимат, атмосферное давление.
Zamonaviy shaharsozlikning eng katta muammolaridan biri – bu shahar transporti
infrastrukturasini rivojlantirish masalasidir. Bu borada respublikamizda mustaqillik yillarida
diqqatga sazovor ishlarning amalga oshirilayotganligi, hukumatimiz tomonidan Toshkent shahri,
Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyat ma’muriy markazlari transport infrastrukturasini tubdan
yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan ishlari mazkur sohani iqtisodiyot tarmoqlari uchun naqadar
muhimligidan dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda sohada oliy ma’ulumotli kadrlar tayyorlash
ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Daraxtlar shaharlar va boshqa aholi punktlarining mikroiqlimini shakllanishiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Yilning turli vaqtlaridagi havo harorati, atmosfera yog‘inlari miqdori, havo va tuproq
namligi, quyosh turishi holatiga va quyosh radiatsiyasining jadalligi va davomiyligini belgilovchi
bulutli kunlar shamol maromi, atmosfera bosimi – bularning hammasi birgalikda mazkur joyning
iqlimini ifodalaydi. Relef, suv havzalarining, ochiq masofalarning mavjudligiga, tuproqning, yer
osti suvlarining tavsifiga bog‘liq holda ayrim hududlardagi ob-havo ko‘rsatkichlari mazkur
joyning mikroiqlimini yaratib, sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Har qanday joyning issiqlik
maromi quyoshdan olinayotgan nur energiyasining miqdori bilan belgilanib, shu joyda uning
sarflanishi (atmosfera va yer sirti holatining aniq sharoitlarida) turlarini hisobga oladi. Quyosh
radiatsiyasi miqdori yilning turli vaqtlarida o‘zgarib turuvchi kunning davomiyligi va quyoshning
turishi holatiga ma’lum darajada bog‘liqdir. Yer yuzining turli nuqtalarida joylashgan shaharlarda
o‘tkazilgan kuzatishlar quyosh turishining o‘rtacha davomiyligini belgilashga imkon beradi: Sank-
Peterburg -1507, Moskva -1582, Odessa-2230, Yalta-2266, Toshkent-2889, Termiz-3059 kun. Bu
ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, bizning Respublikamizni “Quyoshli O‘zbekiston” deb bejiz
aytishmaydi.[1]
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1090
Agar havo harorati janubiy tumanlardagi 14-30
o
C, o‘rtacha shamolning tezligi 0,5 – 3 m/s,
nisbiy namlik 30-70% bo‘lsa, u holda mehnat qilish va turmush sharoitlari qulay deb hisoblanadi.
Noqulay sharoitlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: havo harorati janubiy tumanlarda 30
o
C dan ortiq, o‘rtacha iqlimli tumanlarda 26
o
C dan ortiq yoki 1,5 m/s shamolda 30-35
o
C, 2 m/s
shamolda 25
o
C, 3,5 m/s dan kam, yuqori haroratda 3 m/s dan yuqori, nisbiy namlik 30% dan kam
va 70% dan ortiq.
Atmosferaning sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanishi oqibatida ultrabinafsha
nurlarining (quyosh radiatsiyasining inson organizmi uchun eng qimmatli bo‘lgan qismi)
yo‘qotilishi 20% dan 40% gacha tashkil etmoqda. Havoning changlanishi bulut paydo bo‘lishiga
imkoniyat yaratadi. O‘simliklar esa atmosferaning tozaligini 20% oshirishi mumkin.
Shaharda issiqlik maromining shakllanishi atrof-muhitdagi qurilishlar, ko‘chalarning
qoplamalarining issiqlik nurlanishi xususiyatlariga ham bog‘liq. Maxus olib borilgan tadqiqotlar
o‘simliklar havo haroratiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Imoratlar qurilayotgan joyda havo
harorati, o‘simliklar ko‘p bo‘lgan joydagiga qaraganda yuqori bo‘lib, haroratning farqi ba’zan 10-
12
o
C ga yetadi. Daraxtlar orasida inson organizmi uchun ancha qulay harorat sharoitlari yaratiladi.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, yer sirtining issiqlik nurlanishi natijasida havoning yerga
yaqin qatlami, yashaydigan qatlam ayniqsa kuchli isiydi.[3]
O‘zbekiston shaharlarining issiq sig‘imli “kiyimi” (asfalt, temirbeton, g‘isht, granit,
marmar) yozgi kunlarda mikroiqlimni shakllantirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yozda - peshinda
tuproqning, qum, asfalt, beton, binolarning tomlari va devorlarning ochiq quruq sirti radiatsion
harorati 35-40
o
C bo‘lganda 70-80
o
C ga yetishi mumkin (Kuzmichev, Pechinitsin-1979). Kun
bo‘yi uzoq vaqt qizigan sirt hatto kun botgandan keyin ham issiqlik chiqarib turadi, bu esa havo
haroratining oshishiga va dim bo‘lishiga olib keladi. O‘simliklarning radiatsion haroratning
pasayishiga ta’siri juda katta. Jumladan, yozda shahardagi binolar o‘rab olgan joyda havo harorati,
kam nurlanadigan va tez soviydigan o‘simliklar bo‘lgan joydagiga qaraganda ancha yuqori
bo‘ladi. Yozda qalin daraxt shoxlari ostida doim ko‘ngilga yoqadigan salqinlik bo‘ladi. Hatto
alohida turgan daraxt soyasida radiatsion harorat ochiq joydagiga qaraganda 3-5
o
C past bo‘ladi,
yashil massivda esa 4,0
o
C past bo‘ladi. Ko‘m-ko‘k daraxtlar ostidagi havo harorati ochiq
joydagiga nisbatan 2-3,5
o
C past bo‘ladi, yirik massivlarda bu farq 16
o
C 972 ga yetishi mumkin.
[2]
Quyoshli kunlarda ochiq shahar xududida umumiy quyosh radiatsiyasining jadalligi
(to‘g‘ri va ochilgan) o‘simliklar orasidan taxminan yetti marta katta. Istirohat bog‘lari va
hiyobonlarda ko‘kalamzorlashtirilmagan shahar ko‘chalaridagiga qaraganda radiatsiya bilan
nurlanish 21% gacha pasayadi. Yo‘lak bilan ko‘chaning qatnov qismi orasidagi besh metrli yashil
qism piyodalarning issiqlik nurlanishini ikki marta va havo haroratini 1-6
o
C ga pasaytirishi
mumkin.
Daraxtlarning barglari o‘ziga xos issiqlik xossalariga ega. Ular issiqlik nurlanishini ham,
quyosh spektrini ham turli daraxtlarda turli darajada yutish, qaytarish va o‘tkazish xususiyatiga
ega. Yosh eman (dub) daraxtlaridan iborat o‘rmon 96,8% quyosh radiatsiyasini tutib qoladi,
qarag‘ayzor 96%, archa, terak, emandan iborat aralash o‘rmon 97-98% quyosh radiatsiyasini tutib
qoladi. Bunga daraxtlarning termokimyoviy vazifasi sababchidir. O‘ta qizishdan eng yaxshi
himoyani zich, baland, gorizontal birlashgan, baland poyali, pastdan havoni yaxshi o‘tkazadigan,
asfalt va binolarning devorlariga soya tashlab turadigan daraxtlar ta’minlaydi. Quyosh yoritgan
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1091
barglar kuchli qiziydi. Biroq soyadagi barglarning harorati atrofdagi muhit haroratidan pastroq
bo‘lib turadi, buning sababi barg plastinkalari namlikni kuchli bug‘lantiradi. Shu sababli katta
daraxt barglari yuzining kattaligi hisobiga kuniga 300 l dan ortiq suvni bug‘lantirish qobiliyatiga
ega. Jadal bug‘lanish natijasida daraxt sirtining va mos ravishda atrof-muhitning sovushi jarayoni
namoyon bo‘ladi.[5]
Bargi keng bo‘lgan daraxt turlari (eman, jo‘ka, katalka) suvni ko‘p bug‘latadi, bargi och
yupqa bo‘lgan daraxtlar (glidechiya, lox va b.) suvni kamroq bug‘lantiradi. Daraxtlar va butalar
havoning namligini oshirib, odamning issiqlik sezishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Namlikning 1%
ortishi haroratning 3,5
o
C pasayishiga mos keladi. O‘simliklarning bug‘lantiruvchi sirti o‘simliklar
bilan band bo‘lgan maydondan 20 marta kattadir. 1ga o‘rmonda vegetatsiya davrida 3
mln.kg.gacha namlik bug‘lanadi. Katta maydonda joylashgan bog‘da yoz kunlari namlik ochiq
maydondagiga qaraganda taxminan 20% yuqoridir. O‘simliklarni havoning namligiga ta’siri
daraxtning 20 ta balandligiga teng masofaga tarqaladi.
Agar daraxtlarni ixcham massivlar tarzida joylashtirib, orasini zich o‘t qoplagan maydon
bilan ajratilsa, yanada yaxshiroq sharoitga eerishiladi. Bunday yechim havoning aylanishiga
imkon beradi, chunki ochiq maydonlar bilan qorong‘i zich daraxtli joylar orasidagi radiatsion
harorat farqi 30
o
C ga yetadi, namlik esa 20% bo‘ladi. O‘simliklar (daraxtlar)ning asosiy
vazifalaridan biri–soya hosil qilish, to‘g‘ri tushayotgan quyosh radiatsiyasini kamaytirish. Bu
yerda daraxt turlarini tanlash muhim ahamiyatga ega: masalan, lipa va kashtan daraxtlari soyasi
shumtol (yasen) va oq akatsiyanikidan ikki marta zichroqdir. Soya maromi quruq va issiq iqlimli
O‘zbekiston shaharlari uchun ayniqsa muhimdir.
Qulay sharoit yaratish uchun ko‘chalar, istirohat bog‘lari, xiyobonlarni ayniqsa, yoz
davrida shamollatish ham muhim ahamiyatga ega. Daraxtlarning juda zich holda ekilishi istirohat
bog‘larida, xiyobonda, ko‘chada havo aylanishiga qarshilik qiladi, bunday joylarda havo dim
bo‘ladi. Yashil massiv barglari ostidagi va ochiq joydagi havo harorati orasidagi farq quyoshli
kunlarda massivning soya tushgan qismida mahalliy shamollarni keltirib chiqaradi. Daraxtlarning
bu xossasidan yaqin joydagi qurilish va turli xil maydonchalar va dam olish maskanlarini
rejalashtirishda havoni almashtirish vositasi sifatida foydalanish kerak.
Daraxtlarning havo tarkibi va tozaligiga ta’siri. Ma’lumki, daraxtlar va butalar havodagi
uglerod ikki oksidi (SO2) gazini yutib, uni kislorod bilan boyitadi. Birgalikda daraxtlar birsoatda8
kg karbonat angidridni yutadi,xuddi shuncha miqdordagi karbonat angidridni shuncha vaqt ichida
ikki yuz kishining o‘pkasi chiqaradi. Boshqacha aytganda, bir kishiga 50m2 ko‘kalamzor
shaharlardagi havoning optimal tarkibda bo‘lishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi sharoitida energetik xom ashyo juda ko‘p
iste’mol qilinayotgan bir paytda, atmosferaning gaz tarkibi, ayrim hollarda radiatsion fon ham
o‘zgarmoqda. Sanoat rivoji va ma’lum joylarda to‘rejasi shi, avtomobil sanoatining rivojlanishi
natijasida havodagi zararli tutun, qurum va gaz miqdori yo‘l qo‘yiladigan me’yorlardan ortib ketdi.
Daraxtzorlar ustidagi havoda ochiq maydonlardagiga qaraganda kam miqdorda oltingugurtli
birikmalar bo‘lar ekan. O‘simliklar shuningdek, sanoat korxonalari chiqarib tashlayotgan azot
oksidlari, shahar transportining serqatnov qismida qoldirayotgan uglerod oksidi miqdorini
pasaytirishga imkon beradi.[4]
O‘zbekistonda aholi punktlarning havosi yoz vaqtlari ortiqcha darajada changlanishi bilan
ajralib turadi, bu lyossimon tuproqning o‘ziga xos fizik xossalari bilan, shuningdek cho‘ldan
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1092
kelayotgan garmselning changni olib kelishi bilan izohlanadi. Daraxtlar shahar ko‘chalari
ventilyatsiyasini yaxshilaydi va havoning tozalanishiga yordam beradi. To‘laqonli
ko‘kalamzorlashtirish havoni changdan tozalashni ta’minlaydi, bunda havoning zararli mikroflora
bilan to‘yinganligi 40-45% pasayadi. Hatto qish oylarida ham, daraxtlarning bargi tushib ketgan
bo‘lsa ham ular changdan himoyalash vazifasini bajaradi. Shu bilan birga havoni changlantirishni
kamaytirishning boshqa muhim chora-tadbirlari – sanoat korxonalarida changni maksimal daraja
tutib qolish, ko‘chalarni obodonlashtirish to‘g‘risida esda tutish lozim. Yoz mavsumimobaynida
daraxtlar va butalar bargiga o‘tirib qolgan changni davriy ravishda yuvib turish lozim. Bunga amal
qilmaslik daraxt va butalarning asta-sekin halok etishi mumkin.
O‘zbekistonning ko‘pchilik tumanlarida yil bo‘yi katta kuchga ega shamollar tez-tez bo‘lib
turadi. Ular osmonga juda ko‘p miqdorda chang, qum zarrachalarini ko‘tarib, ularni katta
masofalarga tarqatadi. Changning bir qismi ko‘cha hovlilar, xonadon ichiga kirib, ifloslantirib
shaharlarda va boshqa aholi punktlarida o‘tirib qoladi. Ko‘kalamzorlar ular orqali o‘tayotgan
shamol oqimi tezligini uch marta kamaytiradi. 50 m kenglikdagi ko‘kalamzorning shamol tezligini
pasaytirishga ta’siri shamol kelayotgan tomondan ham, unga qarshi tomondan ham katta masofada
seziladi. Bu shamol faoliyati kuchli tumanlarda muhim ahamiyatga egadir.
REFERENCES
1.
Шукуров И.С., Луняков М.А., Халилов И.Р. Курсовое и дипломное проектирование
по градостроительству. Издательства АСВ, Москва.: 2015, 328с.
2.
Shodjalilov Sh., Qosimova S.T. Shahar injenerlik inshootlari. Toshkent.: TAQI. 2016 y.
3.
Qodirova A.R. “Avtomobil yo‘llarini loyihalash” 1va2 qism 2001y, 2004 y.
4.
QMQ 2.01.01-94. Avtomobil yo‘llari spravochnigi. – Toshkent.: O‘zDavarxitqurilish
qo‘mitasi, 1994 y.
5.
QMQ 2.01.01-94. Loyihalashtirish uchun iqlimiy va fizikaviy geologik ma’lumotlar. –
Toshkent.: O‘zDavarxitqurilish qo‘mitasi, 1994 y.
