Authors

  • Shalola Fozilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21467

Keywords:

culture

Abstract

The article analyzes the positive processes taking place in the content of cultural relations during the period of new development, their role in reforms in the social sphere.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1107

UDK:10+159.5

YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA MADANIY MUNOSABATLAR

Fozilova Shalola

Tarix ta’lim mutaxassisligi

I bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8067981

Annotatsiya.

Maqolada yangi rivojlanish davrida madaniy munosobatlar mazmunida

kechayotgan ijobiy jarayonlar, ularning ijtimoiy sohadagi islohatlardagi o’rni tahlil etilgan

Tayanch so’z va iboralar

: madaniyat, munosbat, yangi taraqqiyot, falsafa, ijtimoiy,

sivilizasiya, globalizm, harakatlar strategiyasi, yoshlar.

CULTURAL RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT

Abstract.

The article analyzes the positive processes taking place in the content of cultural

relations during the period of new development, their role in reforms in the social sphere.

Key words and phrases:

culture, attitude, new development, philosophy, social,

civilization, globalism, action strategy, youth.

КУЛЬТУРНЫЕ СВЯЗИ НА НОВОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ

Аннотация.

В статье анализируются положительные процессы, происходящие в

содержании культурных отношений в период нового развития, их роль в реформах в
социальной сфере.

Ключевые слова и фразы:

культура, отношение, новое развитие, философия,

социальное, цивилизация, глобализм, стратегия действий, молодежь.

Global rivojlanish davrida madaniy munosbatlar masalasi falsafiy tadqiqotlar tizimida

muhim o’rin egallamoqda. Jamiyat taraqqiyotida va inson kamolotida tutadigan madaniyat va
madaniy munosobatlar, jahondagi yetakchi mamlakatlar va rivojlanayotgan davlatlar taraqqiyotida
o’ziga xos o’rin egallashi jamiyatshunoslar tamonidan e’tirof etilgan, chunki bu jarayon hozirgi
zamon sivilizasiyasi va mamlakatlarning barqaror rivojlanish sharoitiga o’tishi jarayoni, ijtimoiy
hayot rivojidagi ustivor yo’nalishlar bo’lgan “madaniyat”, “sivilizasiya” tushunchalarining inson
faoliyatidagi o’rni bilan chambarchas bog’liqdir. Jahondagi taraqiyot bosqichida madaniy
jarayonlar murakkabligi bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayon bir tomondan aloqa
kommunikasiyalarining rivovji, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga uning umimiy ta’sir
ko’rsatib, mavjud tradision madaniy munosbatlarning transformasiyasiga olib kelmoqda va jahon
madaniyati integrasiyasini kuchaytirdi, bunday holat madaniy munosobatlarning gumanistik
missiyasida ko’zga tashlandi. Bu jarayon o’z navbatida obyektiv suratda global ong va global
tafakkurning shakllanishiga sabab bo’lmoqda. Shu bilan birgalikda globallashuv sharoitida milliy
madaniyatlarning saqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi, mamlakatlar taraqqiyotida milliy
madaniyatlar yanada ravnaqini ta’minlash zaruriyati masalasini ilgari suradi. Milliy
madanyatlarning saqlanishi, tarixiylik, etnomadaniyatlarni saqlashdan tashqari, uning akseologik
ahamiyatini belgilaydi, shuningdek, globallashuv sharoitida inson manfaatlari va huquqini himoya
qilish zaruriyati bidan xarakterlanadi. Shu munosobat bilan ta’kidlash lozimki, milliy madaniyat
shaxsning atrof muhitga, o’zining ma’naviy dunyosini anglashida ifodalanadi, shu bilan birgalikda
inson boshqa madaniyatlar mazmunini ham inkor qilmaydi. Globalizm sharoitida madaniyatlarni
unifikasiya qilish natijasida betakror madaniy tizimlar barham topishi mumkin. Qadriyatlar,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1108

ideallar turfaligi insoniyatning axborot, ma’naviy boyligi bilan solishtiriladi. Bunday vaziyatdan
tashvishga tushgan YuNESKO milliy madaniyatlar rivoji, taraqqiyotini qo’llab quvatlashga
bag’ishlangan qator deklarasiyalar va dasturlarni qabul qildi. Shunday qilib, jahon
madaniyatinidagi turfa xilma-xillikni aqlanishi, hozirgi globallashuv, axbort xuruji kuchaygan
davrda muhim ilmiy nazariy va ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan masalaga aylandi. Bunday
sharoitda turli madaniyatlarning islohatlar ko’lamidagi o’rniga e’tibor berish, uning inson
ma’naviy dunyosini shakllantirishdagi o’rnini anglash ularning jamiyatda islohatlarga
uyg’unligini ta’minlaydi va fuqoralik jamiyatidagi o’rnini belgilaydi.

O’zbekistonning yangi rivojlanish davrida milliy madaniyatimizning ravnaqiga, madaniy

munosobatlarning kengayishiga o’tkazilayotgan islohatlarning muhim bo’lagi sifatida e’tibor
berildi. Harakatlar strategiyasida madaniyatning inson tarbiyasi va islohatlar ko’lamini
ta’minlashdagi o’rni belgilangan.

1

[1. 1-2 bet.]

Innovasion madaniy munosbatlarning islohatlar tizimidagi, jamiyat taraqqiyotidagi,

milltlararo bag’rikenglikni shakllantirishdagi o’rnining ba’zi jihatlari faylasuf olimlar tomonidan
tadqiq etilgan. Ushbu mavzuga aloqador bo’lgan ya’ni, madaniyat falsafasi, madaniyat tarixi va
nazariyasi nuqtai nazaridan, ilmiy falsafiy muammo sifatida xorijdagi faylasuflar tomonidan ham
tadqiq etilgan.

2

[2. 29-bet.]

Axborot madaniyati, ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot madaniyatini

shakllantirish masalalariga boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. O’zbekistonda
mustaqillik davrida faylasuflar tomonidan ushbu mavzuning ba’zi jihatlari tadqiq etilgan.
Yuqorida nomlari tilga olingan ilmiy tadqiqot ishlari va falsafiy, madaniyatshunoslik
yo’nalishidagi ishlarning o’rganilishi ko’rsatadiki, yangi rivojlanish davrida madaniy
munosobatlarning ijtmoiy taraqqiyotdagi o’rni muammosi O’zbekistonlik faylasuf olimlar
tomonidan yetarlicha darajada o’rganilmagan.

Shu munosbat bilan ta’kidlash lozimki, demokratik islohatlar kesimida milliy qadriyatlar

rivojlanishining o’ziga xos jihatlari, ularni saqlashning, rivojlantirishning nazariy, metodologik,
amaliy ahamiyatini falsafiy jihatdan asoslash, uning yangi davrga xos bo’lgan xususiyatlarini
tadqiq qilish dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi. Yangi rivojlanish davrida milliy madaniyat,
madaniy munosobatlarning umumiy ma’naviy yuksalishdagi o’rnini anglash, uning gumanistik
xarakteri, shu bilan birgalikda jahondagi madaniy jarayonlarga bevosita bog’liqligi, ya’ni xalqlar
orasidgi do’stlikni mustahkamlashdagi, ularning global dunyoda o’zaro hamkorlik asosida
yashashlarini, rivojlanishi, umumjahon taraqqiyotiga daxldorligini ta’minlovchi omillardan biri
sifatida namoyon bo’lmoqda.

Ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda madaniy munosobatlar, ya’ni turfa madaniyatlar o’zaro

aloqasini etika va estetika jihatidan tushinish, ularning islohatlardagi o’rnini anglash, ushbu
jarayon insonning, mutaxassislar shakllanish jarayoni, bilan bog’liqligini ilmiy asoslash dolzarb
masaladir.

3

[3.] Madaniy munosobatlar uyg’unlashish holati, yoshlarga oid davlat siyosatida,

1

Ўзбекистон республикасини ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси

Президентининг Фармони. Халқ сўзи, 8 февраль 2017 йил

2

Межуев В.М. Как возможна философия культуры?// От философии жизни к философии культуры. М., 2000.

С. 22. См.: Материалы ЮНЕСКО о культуре. - М., 1998.

3

Хакимов Н.Х.,.Абдумаликов А.А. Ривожланишнинг янги босқичи шароитида кадрлар тайёрлашни

такомиллаштириш. ФарДу илмий хабарлар. 5 сон , 2018 йил,86- 88 бетлар.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1109

tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarining, shaxs ijtimoiy imkoniyatlarining ma’naviy va huquqiy
qadiyatlarda namoyon bo’lishidir

4

.[4. 94-95 bet.]

Ta’kidlash lozimki, falsafiy tadqiqotlar tizimda yangi rivojlanish davriga xos bo’lgan

madaniy aloqalar, munosobatlar mazmuni, rivojlanish xususiyatlarini mustaqil o’rganish amaliy
ahamiyat kasb etadi.

5

[5. 85-86 bet.]

Innovasion madaniy munosobatlarning mazmuni diniy bag’rikenglik, millatlararo

munosobatlardagi totuvlikni saqlash zaruriyati va ularning o’zaro aloqadorligiga bevosita bog’liq.

Yangi taraqqiyot bosqichidagi innovasion madaniy munosobatlarning o’ziga xos

xususiyatlari va ularning barqaror rivojlanishga ta’siri, milliy munosbatlardagi o’rnining falsafiy
tahlili ijtimoiy sohada o’tkazilayotgan islohatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar yechimiga alohida e’tibor berish
maqsadga muvofiq.

-

madaniyat fenomeni, uning genezisi va asosiy funksiyalari yangi rivojlanish davri nuqtai
nazaridan chuqur tahlil qilish;

-

madaniy munosbatlar jarayonining tarixiy falsafiy jihatlarini mamlakatimizda milliy g’oya
ildizlari, ilmiy asoslarini yangidan o’rganish, ochilmagan qirralariga oid materiallar bilan
boyitish masalarini tadqiq qilish;

-

milliy madaniyatimiz bag’rikenglik xususiyatlarining yangi rivojlanish bosqichida qanday
namoyon bo’layotganligini falsafiy tahlili nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

-

madaniy munosobatlar uyg’unligining barqaror taraqqiyot bilan o’zaro aloqadorligini
ilmiy-falsafiy jihatlarini asoslash ham hozirgi falsafa fanining muhim jabhalari qatoriga
kiradi;

-

madaniy munosobatlar sohasida, harakatlar stategiyasi talabalari asosida o’tkazilyotgan
siyosatning mazmuni va mohiyati tavsifi muhim tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyat kasb
etadigan jarayondir;

-

yangi rivojlanish davriga xos bo’lgan milliy madaniyatlar aloqasini, ya’ni yaxshi
qo’shnichilik, madaniy hamkorlik masallarining falsafiy jihatlari ijtimoiy fanlardagi
dolzarb muammolar sirasiga kiradi.

Innovasion madaniy munosbatlar muommosining chuqur tahlilining nazariy metodologik

asoslarini jamiyat rivojlanishiga yangicha falsafiy ilmiy yondoshuvlar, ya’ni tizimli, sinergetik,
strukturalik usullari tayanilsa kutilgan natijaga erishish mumkin. Shuningdek, tadqiqot
mavzusining fanlararo muammo ekanligini hisobga olib ijtimoiy falsafa, madaniyatshunoslik,
barqaror taraqqiyot nazariyasi, jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichiga doir monografik
tadqiqotlar, xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy amaliy konferensiyalar va boshqa
manbalarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
asarlari, farmonlarini chuqur o’rganish muhim manba hisoblanadi.

6

[6. 2-25 bet.]

4

Закон Республики Узбекистан «О государственной молодежной политике» от 14.09.2016 г. № ЗРУ–406

.

5

Кадирова З.Р Хакимов Н.Х.,. Концептуально-философские, социальные и духовно-нравственные проблемы

анализа и реализации процесса интеграции науки и образования в Узбекистане. Монография.г. Ташкент.
НУУз имени Мирзо Улугбека, 2017 год., с.56.

6

МирзиёевШавкат.Критическии анализ, жесткая дисциплина и персональная ответственность должны стать

повседневной нормой в деятельности каждого руководителя.Доклад на расширенном заседании Кабинета


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1110

Innovasion madaniy munosobatlarga doir vazifalarning tahliliga mustaqil yondoshuv

natijasida madaniyat tushunchasi funksiyalarining demokratik islohatlar davrida madaniy
munosobatlarni chuqurlashtirishdagi o’rni, turfa madaniyatlar o’zaro aloqadorligi, shuningdek
madaniyatning tarixiy jarayonlarni o’zida aks ettirganligi, yangi rivojlanish bosqichiga xos
bo’lgan integrasiyalashuv jarayonining madaniy munosobatlarda aks ettirilish jarayoni falsafiy
jihatdan tadqiq qilish nazariy va amaliy ahamiyatga molik ishdir.

7

[7. 56 bet.]

REFERENCES

1.

1.Ўзбекистон Республикасини ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Халқ сўзи, 8 февраль 2017 йил

2.

2.Межуев В.М. Как возможна философия культуры?// От философии жизни к
философии культуры. М., 2000. С. 22. См.: Материалы ЮНЕСКО о культуре. - М.,
1998.

3.

3.Закон Республики Узбекистан «О государственной молодежной политике» от
14.09.2016 г. № ЗРУ–406

.

4.

4.МирзиёевШавкат.Критическии анализ, жесткая дисциплина и персональная
ответственность должны стать повседневной нормой в деятельности каждого
руководителя.Доклад на расширенном заседании Кабинета Министров,
посвященном итогам социально-экономического развития страны в 2016 году и
важнейшим приоритетным направлениям экономической программы на 2017 год.
Ташкент, «Узбекистан», 2017, стр.94-95

5.

5.Хакимов Н.Х.,.Абдумаликов А.А. Ривожланишнинг янги босқичи шароитида
кадрлар тайёрлашни такомиллаштириш. ФарДу илмий хабарлар. 5 сон , 2018 йил,86-
88 бетлар.

6.

6.Хакимов Н.Х., РузиеваР.Х.. Реформирование науки и высшего образования как
важный фактор в поддержки активного предпринимательства, инновационных идей
и технологий.Узбекистан на пути к инновационному развитию. Сборник научных
трудов. Ташкент, 2018, стр.25-27.

7.

Хакимов Н.Х., Кадирова З.Р. Концептуально-философские, социальные и духовно-
нравственные проблемы анализа и реализации процесса интеграции науки и
образования в Узбекистане. Монография.г. Ташкент. НУУз имени Мирзо Улугбека,
2017 год., с.56.

8.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia
Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Министров, посвященном итогам социально-экономического развития страны в 2016 году и важнейшим
приоритетным направлениям экономической программы на 2017 год. Ташкент, «Узбекистан», 2017, стр.94-
95

7

.Хакимов Н.Х., Р.Х.Рузиева. Реформирование науки и высшего образования как важный фактор в поддержки

активного предпринимательства, инновационных идей и технологий.Узбекистан на пути к инновационному
развитию. Сборник научных трудов. Ташкент, 2018, стр.25-27.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1111

9.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.

10.

Vosiljonov,

A.

(2022).

PRAGMALINGVISTIKA

VA

UNING

TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

11.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

12.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).

13.

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR

DIQQATINI

RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI

NAZARIY

OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

14.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT
FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT.

Scientific and Technical Journal of Namangan

Institute of Engineering and Technology

,

2

(3), 263-270.

15.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND
CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

1

(5), 157-162.





















References

Ўзбекистон Республикасини ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Халқ сўзи, 8 февраль 2017 йил

Межуев В.М. Как возможна философия культуры?// От философии жизни к философии культуры. М., 2000. С. 22. См.: Материалы ЮНЕСКО о культуре. - М., 1998.

Закон Республики Узбекистан «О государственной молодежной политике» от 14.09.2016 г. № ЗРУ–406.

МирзиёевШавкат.Критическии анализ, жесткая дисциплина и персональная ответственность должны стать повседневной нормой в деятельности каждого руководителя.Доклад на расширенном заседании Кабинета Министров, посвященном итогам социально-экономического развития страны в 2016 году и важнейшим приоритетным направлениям экономической программы на 2017 год. Ташкент, «Узбекистан», 2017, стр.94-95

Хакимов Н.Х.,.Абдумаликов А.А. Ривожланишнинг янги босқичи шароитида кадрлар тайёрлашни такомиллаштириш. ФарДу илмий хабарлар. 5 сон , 2018 йил,86- 88 бетлар.

Хакимов Н.Х., РузиеваР.Х.. Реформирование науки и высшего образования как важный фактор в поддержки активного предпринимательства, инновационных идей и технологий.Узбекистан на пути к инновационному развитию. Сборник научных трудов. Ташкент, 2018, стр.25-27.

Хакимов Н.Х., Кадирова З.Р. Концептуально-философские, социальные и духовно-нравственные проблемы анализа и реализации процесса интеграции науки и образования в Узбекистане. Монография.г. Ташкент. НУУз имени Мирзо Улугбека, 2017 год., с.56.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(3), 263-270.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(5), 157-162.