METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT STRATEGY IN THE RISE OF INNOVATIVE CULTURAL RELATIONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Iminov, B. ., & Fozilova, S. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT STRATEGY IN THE RISE OF INNOVATIVE CULTURAL RELATIONS. Modern Science and Research, 2(6), 1112–1117. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the methodological basis and importance of the development strategy in the rise of innovative cultural relations. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1112

UDK:10+168.9

INNOVATSION MADANIY MUNOSABATLAR YUKSALISHIDA TARAQQIYOT

STRATEGIYASINING METODOLOGIK ASOSI

Iminov Begzod Begijonovich

Farg’ona davlat universiteti Katta oʻqituvchisi

Fozilova Shalola

Tarix ta’lim mutaxassisligi I bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8067996

Annotatsiya.

Mazkur maqolada innovatsion madaniy munosabatlar yuksalishida

taraqqiyot strategiyasining metodologik asosi va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida
asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

yangi rivojlanish bosqichi, fuqarolik jamiyati, madaniy munosabatlar,

ijtimoiy hayot.

METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT STRATEGY IN THE RISE

OF INNOVATIVE CULTURAL RELATIONS

Abstract.

This article talks about the methodological basis and importance of the

development strategy in the rise of innovative cultural relations. During the article, reasonable
opinions and considerations are mentioned.

Key words:

new stage of development, civil society, cultural relations, social life.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ В УСЛОВИЯХ

ПОДЪЕМА ИННОВАЦИОННЫХ КУЛЬТУРНЫХ СВЯЗЕЙ

Аннотация.

В данной статье говорится о методологических основах и значении

стратегии развития в становлении инновационных культурных отношений. В статье
упоминаются обоснованные мнения и соображения.

Ключевые слова:

новый этап развития, гражданское общество, культурные

отношения, социальная жизнь.

Mamlakatimizning yangi rivojlanish bosqichida, ya’ni fuqarolik jamiyati rivojlanayotgan,

millatlararo munosabatlarda uyg’unlikka erishilgan, yurtimizda yashayotgan millatlar
vakillarining yaratuvchilik faoliyati, ijtimoiy turmushi uchun o’zaro huquqiy tenglik asosida
barcha imkoniyatlar yaratilayotgan davrda, madaniy munosabatlar masalasi mohiyatini tadqiq
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik jamiyati rivojida madaniy munosabatlar
rivojlanayotgan davlatlar taraqqiyotida o’ziga xos o’rin egallashi faylasuflar tomonidan e’tirof
etilgan, chunki bu jarayon hozirgi zamon sivilizatsiyasi va bizga qo’shni bo’lgan mamlakatlarning
barqaror rivojlanish sharoitiga o’tishi jarayoni, ijtimoiy hayot rivojidagi ustuvor yo’nalish
hisoblangan milliy taraqqiyot, inson ma’naviy dunyosi tuShunchalarining islohotlardagi nazariy
o’rni, amaliy ahamiyatiga bog’liqdir.

Millatlararo munosabatlarning o’rganish va uning ilmiy tahlil qilish, innovatsion

madaniyatni rivojlantirishning falsafiy omillarini ochib berish yosh olimlarning oldiga qo’ygan
dolzarb masaladir. Millatlar mavjud ekan, ular o’rtasida o’zaro munosabatlar ham bo’ladi.
Shunday ekan, globallaShuvning bu jarayonga o’tkazayotgan salbiy ta’sirining oldini olish haqida
bosh qotirish va samarali mexanizmlarni topish o’z mustaqilligini, erkini, o’ziga xosligini
qadrlashga qodir bo’lgan barcha millatlar oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1113

uchun ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifi bilan qabul qilingan va amalga
oshirilayotgan O’zbekiston Respublikasini Taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda tinchlikni
saqlash, millatlar va mamlakatlar orasidagi madaniy munosabatlarni yuksaltirish ustuvor vazifa
sifatida e’tirof etilgan [1.B.1].

Taraqqiyot strategiyasi madaniy munosabatlar ravnaqi, globallashuv sharoitida rivojlanish

tendentsiyalarini belgilashda muhim metodologik missiya o’rnini bajarmoqda. Jamiyatning jadal
rivojlanishi sharoitida harakatlar strategiyasida ifoda etilgan kontseptual vazifalar, islohotlar
ishtirokchilari uchun nazariy asos, uni amaliyotga kirib borishi jarayonida, yangi yo’nalishida
muhim ilmiy manba o’rnini bajaryapti. Jamiyatda Harakatlar strategiyasi madaniyatlarning o’zaro
aloqadorligidagi muhim o’rni, uning jamiyat a’zolari uchun zarur ahamiyat kasb etadigan
baynalmilal, tolerantlik g’oyalarini ilgari surayotganligida ham o’z aksini topmoqda. Bu
jarayonning islohotlar natijasida yaqqol namoyon bo’layotganligini, qo’shni mamlakatlar, ya’ni
bizning an’anaviy, asrlar mobaynida hamkorlarimiz bo’lgan O’rta Osiyo mintaqasidagi xalqlar
bilan mustaqillik davrida esa suveren davlatlar bilan o’zaro madaniy aloqalarimizning yangi
yuksalish pallasiga kirganligida ko’rish mumkin. Ushbu jarayonning ilmiy metodologik asosini
Taraqqiyot strategiyasi tashkil etadi. Madaniy aloqalar kengayishini ilmiy-nazariy negizini tashkil
etgan ushbu tarixiy hujjatda madaniy munosabatlarning hozirgi reformatsion jarayon bilan uzviy
bog’liqligi, uning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot uchun zaruriyati ilmiy asoslangan, yaqin
kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalari, ushbu jarayonning oldimizdagi strategik vazifalar
yechimidagi tarixiy o’rniga urg’u berilgan. Ta’kidlash lozimki, yangi rivojlanish bosqichida
ma’naviy madaniyat va madaniy munosabatlar islohotlar tizimda millatlararo qardoshlik aloqalari
rivojini tiklagan, uni zamonaviy bosqichga olib chiqish mexanizmini takomillashtirgan hujjat
vazifasini bajardi. Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo’lgan millatlararo bag’rikenglik
borasida 1995 yil 16 noyabrda BMTning Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan
tashkiloti “Bag’rikenglik tamoillari Deklaratsiyasini” qabul qilishi, 2000 yil “Xalqaro tinchlik
madaniyati yili”, 2001 yil esa “Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili” deb e’lon qilinishi dunyo
hamjamiyatida ham millatlararo munosabatlar dolzarb masala ekanligini ko’rsatadi. Shuning
uchun ham yangi rivojlanish bosqichida madaniy munosabatlarning huquqiy asoslari yangilandi,
fuqarolik

jamiyati

rivojlanishi

uchun

jamiyatdagi

ijtimoiy

tashkilotlar

faoliyatini

modernizatsiyalash, takomillashtirish, xalq diplomatiyasi faoliyatini yanada kengaytirish uchun
zarur imkoniyatlar yaratildi. Buning uchun yangi rivojlanish davrida qo’shni mamlakatlar bilan
vizasiz mamlakatlar hududiga kirib chiqish imkoniyati yaratildi[2.B.148]. Ayniqsa, qo’shni
davlatlarda yashayotgan o’zbek diasporasi vakillarining malakatimizga kelib ketishi, an’anaviy
qo’shnichilik, qarindosh urug’chilik munosabatlarini yanada mustahkamlash mumkin bo’ldi.
Chegara hududlari yaqinida, unga tutash bo’lgan hududlarda azaldan o’zbek, tojik, qirg’iz, qozoq,
turkman millati vakillari istiqomat qilgan. Harakatlar strategiyasining amaliyotga kiritilishi
qo’shni davlatlarda yashayotgan aholi vakillari uchun savdo ishlarini, tadbirkorlikni, qo’shma
korxonalar tashkil etish, madaniyat sohasidagi aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratdi.

Globallashuv va axborotlar asri sharoitida, mamlakatimizning hozirgi taraqqiyot

bosqichida madaniy jarayonlar murakkabligi, uning rivojiga jiddiy yondashuv, mutaxassislar
xulosalari asosida tashkil etilishi lozimligi bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayon bir tomondan aloqa
kommunikatsiyalarining rivoji, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga umumiy ta’sir ko’rsatib,
mavjud an’anaviy madaniy munosabatlarning yangi transformatsiyasiga olib kelmoqda va sharq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1114

xalqlari madaniyati integratsiyasini muayyan bo’lagini tashkil qiladigan jarayon ekanligini
ko’rishimiz mumkin. Bunday ijobiy jarayon o’z navbatida ob’ektiv sur’atda mintaqa xalqlari
orasidagi do’stlik, hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Shu bilan birgalikda,
globallashuv sharoitida milliy madaniyatlarning saqlanishi, milliy o’zlikning tub mohiyati,
bag’rikenglik, millatparvarlik g’oyalarining mumtoz adabiyot, teatr, musiqa, rassomchilik va kino
san’ati namunalarida o’z aksini topganligi va mintaqa halqlari orasida yangicha usulda tarannum
etilishi, madaniy aloqalar tizimida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Madaniy munosabatlardagi,
yangi rivojlanish bosqichiga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni milliy madaniyat namunalarining xorijiy
mamlakatlardagi o’zbek millati vakillari orasida namoyish etilishi, yangi strategik
munosabatlarning zarur sahifasidir[3.B.78]. Shuningdek, ushbu jarayon qardosh xalqlar
madaniyatlari tarixiga, ularning shakllanish, rivojlanish jarayonini tadqiq qilishda, hamkor
davlatlar jamiyatshunos olimlaridan iborat tadqiqotchilar guruhini tuzish zaruriyatini
shakllantiradi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan xalqaro munosabatlar, tarbiya topayotgan
yangi avlod vakillariga mintaqa xalqlari madaniyati tarixi, adabiyot va san’at namoyondalari
haqidagi ilmiy asoslangan yangi fikrlar, ob’ektiv axborot berish maqsadga muvofiq. Ushbu
jarayonning yana bir vazifasi shundan iboratki, madaniy munosabatlarning yangi bosqichi xalq
diplomatiyasini yanada kengaytirish, mashhur san’atkorlar, yozuvchilar, olimlarning ijodiy
muloqoti, do’stona suhbatlari, uchrashuvlari xalqlar orasidagi munosabatlarni muntazam su’ratda
ma’naviy jihatlarini boyitgan. Yoshlar orasida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy, Mirzo
Ulug’bek va Ali Qushchi, Chingiz Aytmatov va Asil Rashidov orasidagi, Abay Qo’nonboev, Berdi
Kerbaboevning o’zbekistonlik adiblar bilan aloqalari, do’stona munosabatlari tushuntirilishi,
xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik munosbatlarining tarixiy ildizlaridan dalolat beradi.
Madaniy aloqalar rivojidagi yangi davrga xos bo’lgan xususiyatni Qozog’iston Respublikasida
2018 yil O’zbekiston yili sifatida e’lon qilinishi, 2019 yilning O’zbekistonda Qozog’iston yili deb
nomlanishida ko’ramiz. Ushbu munosabat bilan har ikkala mamlakat san’at arboblarining
kontsertlari, teatr jamoalarining chiqishlari, badiiy jamoalar ijodiy jamoalari tomonidan
tayyorlangan yangi spektakllarning shaharlardagi, sanoat va madaniyat markazlaridagi chiqishlari
uyushtirildi, mo’yqalam ustalarining san’at asarlari ko’rgazmalari tashkil etildi. Qardosh xalqlar
orasidagi madaniy munosabatlar jarayonida zamonaviy kadrlar tayyorlash ishiga ham muhim
e’tibor berildi. Shu munosabat bilan Qozog’iston oliy o’quv yurtlariga o’n ming talabani grant
asosida qabul qilish dasturi e’lon qilindi. O’zbekistonda turli millat vakillarining oliy ma’lumot
olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, jumladan 2019-2020 o’quv yilidan boshlab
O’zbekiston oliy o’quv yurtlariga mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo davlatlar fuqarolari
suhbat natijasi bilan o’qishga qabul qilinadi, ya’ni ular test sinovlaridan ozod etilgan. 2019 yildan
boshlab kasb-hunar ta’limi muassasalariga, ya’ni kasb-hunar kollejlariga ham to’lov-kontrakt
asosida xorijiy talabalar qabuli e’lon qilindi.

Madaniyatlar almashuvi jarayoni har ikkala qardosh davlatlar ommaviy axborot vositalari

tomonidan yoritilishi an’anaga aylandi. O’zbekistonda qardosh xalqlar tili va madaniyatining
yoritilishiga bo’lgan e’tibor kuchaytirildi. Mamlakatimizda maktab ta’limi 7 ta tilda olib boriladi.
Shu jumladan turkman tilidagi maktablar 43 tani, qirg’iz tilidagi maktablar soni 42 tani, tojik
tilidagi maktablar soni 244 tani, qozoq tilidagi maktablar soni 370 tani, rus tilidagi maktablar soni
862 tani, qoraqalpoq tilidagi maktablar soni 366 tani tashkil etadi. Ta’kidlash lozimki,
mamlakatimizda o’n bir tilda gazetalar chop qilinadi, o’n ikki tilda teleradio eshittirish va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1115

teleko’rsatuvlar tashkil qilingan. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan qardosh millatlar
vakillarining bolalariga mo’ljallangan darsliklar qozoq, rus, tojik, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq
tillarida nashr qilinadi. [4.B.178]. Demokratik islohotlar davrida mamlakatimizda tashkil qilingan
138 ta milliy madaniy markazlar, 34 ta do’stlik jamiyatlari ushbu jarayonga munosib hissa
qo’shmoqdalar. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xalqlar orasidagi do’stlik
rishtalarini mustahkamlashga, yosh avlod tafakkurida bag’rikenglik tamoyillarini shakllantirishga
munosib hissa qo’shganligi uchun 14 nafar qardosh xalqlar vakillariga mustaqillik yillarida
“O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Harakatlar strategiyasining ilmiy metodologik asosining asosiy yo’nalishidan biri,

mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadigan milliy madaniyatlar ravnaqini
ta’minlash zaruriyati masalasini ilgari surganligidadir. Milliy madaniyatlarning ravnaqi,
etnomadaniyatlarni hozirgi davrdagi rivojlanish jarayoniga yordam berish, uning akseologik
ahamiyatini qadrlashi lozim, Shuningdek, fuqarolik jamiyati sharoitida milliy madaniyatlar
mohiyati, ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish zaruriyati bilan xarakterlanadi. Shu munosabat
bilan ta’kidlash lozimki, milliy madaniyat shaxsning atrof muhitga, o’zining ma’naviy dunyosini
anglashida ifodalanadi, Shu bilan birgalikda inson boshqa madaniyatlarning islohotlar tizimidagi
o’rni, uning teran mazmunini inkor qilmaydi. Ushbu maqsadga yo’naltirilgan tadbirlar sirasiga
mamlakat poytaxtida o’tkazilgan Turkmaniston Prezidenti kitobining taqdimotini keltirish
mumkin.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning “Turkmaniston - Buyuk

Ipak yo’lining yuragi” nomli kitobida

ikki davlat o’rtasidagi an’anaviy do’stlik va hamkorlik

aloqalari yangi zamon ruhida rivojlanayotganini ta’kidlagan. Turkmaniston Prezidentining yangi
kitobi “Jayhun bo’ylab”, “Qadimgi Marv”, “Saraxs va Anau oralig’ida”, “Nisadan
Dehistongacha”, “Qadimiy Dashovuz yerlarida” hamda “Mo’jizaviy dunyo” deb nomlangan olti
bobdan iborat bo’lib, Buyuk Ipak yo’lining rivojlanish tendentsiyasi, tarixiy dinamikasi va yaxshi
qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli hamda xalqlar o’rtasidagi ijtimoiy,
iqtisodiy aloqalarining ravnaqi haqida ma’lumot berilgan.

O’zbekistonning yangi rivojlanish davrida milliy madaniyatimizning ravnaqiga, madaniy

munosabatlarga o’tkazilayotgan demokratik islohotlarning jiddiy qismi sifatida qaraldi. Shuning
uchun ham Harakatlar strategiyasida madaniyatning inson tarbiyasi va islohotlar ko’lamini
ta’minlashdagi o’rni alohida belgilangan.

Rivojlanishning hozirgi davrida milliy amaliy madaniyatimiz durdonalariga mansub

asarlarining targ’iboti, ma’naviy madaniyatida va uning kelajakdagi rivojida muhim ahamiyatga
egadir. Xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi asrlar davomida avloddan avlodga o’tib
kelmoqda. Ayniqsa, yangi rivojlanish davrida ushbu sohaga alohida e’tibor berildi, uning
tarbiyaviy, xalqlar orasidagi o’zaro hamkorlikdagi o’rni ta’kidlandi. Ushbu maqsadda,
“O’zbekiston madaniy merosi - xalqlar va davlatlar o’rtasidagi muloqotga yo’l” mavzuidagi
xalqaro ilmiy-madaniy kongress o’tkazildi. Anjuman O’zbekistonning madaniy merosini xalqaro
maydonda targ’ib etish va asrab-avaylash maqsadida YUNESKO va Germaniyaning Konrad
Adenauer nomidagi jamg’armasining hamkorligida tashkil qilindi. Mazkur kongress davomida
o’zbek xalqining moddiy va ma’naviy tarixini ochilmagan sahifalarini o’rganish, mamlakatimizda
istiqomat qilayotgan turli millat hamda elatlar vakillari, diniy konfessiyalar o’rtasidagi o’zaro
hamjihatlikni, yurtimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzli o’rni va obro’sini targ’ib qilishga
e’tibor berildi. Sharqshunoslik, arxeologiya, tarix, numizmatika, to’qimachilik, kulolchilik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1116

sohalariga ixtisoslashgan 120 dan ortiq xorijiy va 100 dan ziyod mahalliy ekspertlar orasida
Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Janubiy Koreya, Belьgiya,
Gollandiya, Frantsiya, Germaniya, Chexiya, AQSH, Xitoy, Turkiya, Gretsiya, Ozarbayjon va
boshqa mamlakatlardan kelgan sharqshunos olimlar, muzeylar va ilmiy-tadqiqot institutlari
hodimlari ishtirokida “Dunyo to’plamlarida O’zbekistonning madaniy merosi” eksklyuziv
madaniy-ma’rifiy media-loyihasi taqdimoti o’tkazildi. Bunda “O’zbekistonning madaniy merosi”
turkumida uch tilda nashr etilgan kitob-albomlarning dastlabki besh jildi - “Sharq davlat muzeyi
to’plami” (Moskva), “Rossiya etnografiya muzeyi to’plami” (Sankt-Peterburg), “Tretyakov davlat
galereyasi to’plami” (Moskva), “O’zbekiston gilamlari va kashtalari dunyo to’plamlarida”
(Rossiya, AQSH, Kanada, Avstraliya), Shuningdek, “Alisher Navoiy asarlari Rossiya milliy
kutubxonasi to’plamlarida” (Sankt-Peterburg) kabi kitoblar namoyish etildi. Shuningdek, nashrga
tayyorlanayotgan 6 jildli “O’zbekistonning musiqiy merosi”, “Davlat Ermitaji to’plami”, “Davlat
tarix muzeyi to’plami”, “Sharq qo’lyozmalari instituti to’plami”, “O’zbekiston gilamdo’zligi:
asrlar osha saqlangan an’analar” va “Germaniya muzeylari to’plamlari” xususida ham fikr
almashildi[5.B.1]..

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan millatlararo madaniy aloqalarning barchasida Harakatlar

strategiyasining hayotga tatbiq etilishga asosiy poydevor bo’lib hizmat qiladi. Ko’rinib turibdiki,
millatlararo munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish borasida O’zbekiston o’ziga xos tajriba ortirdi.
Bunda faqat milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor tuyg’usini tarbiyalash, millatlarning
tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmaslik lozim[6.B.4].

Yuqoridagilarga asoslanib, ushbu maqolada quyidagilarni xulosa kilishimiz mumkin.
Yangi rivojlanish davrida tarixiy madaniy taraqqiyotning o’zini-o’zi tashkil etishga

asoslangan zamonaviy modeli shakllanmoqda. Shu munosabat bilan madaniy munosabatlar
demokratik taraqqiyot bosqichida o’z-o’zini tashkil etuvchi tizim sifatida namoyon bo’lib, unda
iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning o’zaro bog’liqligi kuzatiladi, ijtimoiy-madaniy hamkorlik
yuksaladi. Madaniy munosabatlar rivojlanishi o’ziga xos omillar mazmunida namoyon bo’ladi.
Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi tarixiy taraqqiyot zaminida moddiy va nomoddiy
sub’ektlarning o’zaro chambarchas bog’liqligining dolzarb jihatlarini tadqiq qilish vazifasini ilgari
surdi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respubikasi Prezidentining farmoni. “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”ni tasdiqlash
tug’risida. Xalq so’zi, № 21 son, 2022 yil 28-yanvar, 1 bet.

2.

Shavkat Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. –Toshkent. “O’zbekiston”, 2016. 456 bet.

3.

Rahimbekov.S. Bag’rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili. . –Toshkent.
“O’zbekiston”, 2017. 123 bet.

4.

Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari:ijtimoiy va ma’naviy jihatlar. –Toshkent.
“Ma’naviyat”, 2017. 253 bet.

5.

www.kun.uz. 2019 yil 1 iyul

6.

Xajiyeva M.S. Milliy ongda tolerantliknishakllantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili.
Fal.f.dokt. avtoref. –Toshkent. 2011. 12 bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1117

7.

Yusupov Z.U. O’zbekiston madaniyatida milliylik va baynalmilalik. –Toshkent. “Fan”,
2017. 287 bet.

8.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia
Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

9.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.

10.

Vosiljonov,

A.

(2022).

PRAGMALINGVISTIKA

VA

UNING

TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

11.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

12.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).

13.

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR

DIQQATINI

RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI

NAZARIY

OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

14.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT
FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT.

Scientific and Technical Journal of Namangan

Institute of Engineering and Technology

,

2

(3), 263-270.

15.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND
CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

1

(5), 157-162.



References

O’zbekiston Respubikasi Prezidentining farmoni. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”ni tasdiqlash tug’risida. Xalq so’zi, № 21 son, 2022 yil 28-yanvar, 1 bet.

Shavkat Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –Toshkent. “O’zbekiston”, 2016. 456 bet.

Rahimbekov.S. Bag’rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili. . –Toshkent. “O’zbekiston”, 2017. 123 bet.

Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari:ijtimoiy va ma’naviy jihatlar. –Toshkent. “Ma’naviyat”, 2017. 253 bet.

www.kun.uz. 2019 yil 1 iyul

Xajiyeva M.S. Milliy ongda tolerantliknishakllantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili. Fal.f.dokt. avtoref. –Toshkent. 2011. 12 bet.

Yusupov Z.U. O’zbekiston madaniyatida milliylik va baynalmilalik. –Toshkent. “Fan”, 2017. 287 bet.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(3), 263-270.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(5), 157-162.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов