Authors

  • Nasiba Eshquvatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21567

Keywords:

heroism

Abstract

This article provides information about the semantic structure of the general lexemes of "heroism".

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1121

“QAHRAMONLIK” UMUMIY MA’NOLI LEKSEMALARINING SEMANTIK

STRUKTURASI

Eshquvatova Nasiba

NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8072944

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “qahramonlik” umumiy ma’noli leksemalarining semantik

strukturasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

qahramonlik,

o‘zbek tili, obyektiv olam, Grammatik plan, jasorat, qo‘rquv.

SEMANTIC STRUCTURE OF GENERAL LEXEMES "HEROISM"

Abstract.

This article provides information about the semantic structure of the general

lexemes of "heroism".

Key words:

heroism, Uzbek language, objective world, Grammar plan, courage, fear.

СЕМАНТИЧЕСКАЯ СТРУКТУРА ОБЩЕУПОТРЕБИТЕЛЬНЫХ ЛЕКСЕМ

«ГЕРОИЗМ»

Аннотация.

В данной статье представлена информация о семантической

структуре общих лексем «героизм».

Ключевые слова:

героизм, узбекский язык, предметный мир, Грамматический план,

отвага, страх.


O‘zbek tili leksikasi ham obyektiv olamning sistema ekanligini ifodalovchi sistemadir.

Shuning uchun ham o‘zbek tili leksik sistemasini ongda aks etgan obyektiv olam sistemasining
ifodalovchisi tarzida o‘rganish katta ahamiyatga ega.

Shu kungacha o‘zbek tili tilshunosligida o‘zbek tili leksikasini semasiologik planda –

“shakldan mazmunga” tamoyili asosida o‘rganishga e’tibor kuchaytirildi. Grammatik planda esa
obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning belgi, xususiyat, harakat, holatlarning nomlari
muayyan so‘z turkumlari doirasida o‘rganildi. Bu esa o‘zbek tilini borliqdagi narsa va hodisalarni
ong orqali qanday ifodalay olish imkoniyatlarini ochishga hamda ongimizdan tashqaridagi
obyektiv olamning sistemaliligini ong orqali tilimizda qanday ifodasini topishini aniqlashga
ma’lum darajada monelik qiladi.

1

Ushbu maqolada aynan “qahramonlik” umumiy ma’noli

birliklarini sistemali tizim asosida tasniflash ko‘zda tutiladi.

Qahramonlik deganda, biz shaxsning biror xavfli vaziyatni yengish va unga javob qaytarish

munosabati va qat’iyati, yoxud qo‘rquv yoki xavfini tushunishimiz shubhasizdir. Yanada
chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, jasorat - qo‘rquv va qo‘rquvga qaramay qiyinchilik hamda
xavflarni yengish uchun insonni harakatni amalga oshirishga undaydigan ma’naviy fazilat. Biroq
qahramonlik nafaqat xavf yoki xavfga duch kelgandagi mardlikni anglatadi, shuningdek,
individual qo‘rquvga qarshi kurashishdir. Shuning uchun bu atama majoziy ma’noda ham
ishlatiladi. Bundan ko‘rinadiki, qahramonlik leksemasining o‘zbek ijtimoiy ongida juda ham
faoldir.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da jasorat leksemasiga quyidagicha ta’rif beriladi: jasorat

(a.- mardlik, qo‘rqmaslik; shijoat) qahramonlik, mardlik, botirlik, dovyuraklik.

2

Xususan,

1

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari. Toshkent,1998. – B. 6-7

2

O’zbek tilining izohli lug‘ati. T. : “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 2-jild. B. 75


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1122

“Jasorat” leksemasining ma’nodoshlik hisoblangan jasorat semali leksemalar 400ga yaqin ekanligi
aniqlanganligi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 1-jildida jasorat leksemasining 18 marta, 2-jildida
30 marta, 3-jildida 10 marta, 4-jildida 9marta, 5-jildida 13 marta uchraganligini tahlil qilingan.

3

Biroq bir paradigmatik qatorda turadigan jasorat va qahramonlik leksemalarning semantik

va shakily strukturasida bir necha farqlar mavjud. Ular hozirgacha o‘zbek tilshu tahlil qilinmagan
“Qahramon” leksemasi tarkibidagi semalarga quyidagilar kiradi: “mardlik, qo`rqmaslik, shijoatli,
qaxramonlik, botirlik, dovyuraklik, jasur”. Qahramonlik 1 Mardlik, botirlik; dovyuraklik

4

.

Jasorat leksemasi

Qahramonlik leksemasi

mardlik, qo‘rqmaslik, shijoat

mardlik, botirlik, dovyuraklik

O`zbek tilida qahramonlik umumiy ma’noli atov birliklarni shakl jihatdan

quyidagilarga ajratish mumkin:

1.

So`z shaklidagi qahramonlik umumiy ma’noli birliklar:

Tub so‘z shaklidagi leksemalar: jasorat, mard, botir, jasur.

Vatanga bo`lgan

jasorat

,

ya’ni himoya qilish, uni ko`z qorachig`idek asrayotgan harbiylar bemorlar uchun tunni kunga
ulayotgan shifokorlar, o`t o`chiruvchilar, qutqaruvchilar

jasorat

sohiblaridir.

Yasama so‘z shaklidagi leksemalar: qaxramonlik, jasoratli, jasurona, jasurlanmoq.

Qaxramonlik

har kimning ham qo`lidan kelmaydiga noyob xislat.

Botirlik

-jangning ko`rigi,

Qo`rqoqlik

o`ligi.

Murakkab so‘z shaklidagi so‘zlar:

a) qo‘shma so‘z: oliymaqom, oliyhimmat.

Sharif aka Nodirbek singari horijda

davolanishga muhtoj uch kishiga amaliy yordam berib, o‘zining sahovatpesha,

oliyhimmat

ekanligini yana bir bor isbotladi;

b) juft so‘z: bekam-ko‘st.

2. So`z birikmasi shaklidagi birliklar

: jasorat ko`rsatmoq, shijoatli bo`lmoq,

qaxramonlik ko`rsatmoq, dovyurak bo`lmoq, jur’at qilmoq.

Ammo negadir yigitlardan birontasi

jur’at etib

, Zarifaga yaqinlashmas, dilidagini aytolmas edi.

Amir Temur doim jangda

jasorat

ko‘rsatgan

amir va askarlarga alohida e’tibor bilan qaradi.

3.Frazeologik birliklar bilan ifodalanuvchi birliklar:

yuragida yoli bor, chumchuq pir

etsa, yuragi shir etadigan, yurak yutib harakat qilmoq.

Qani,

yuragida yoli bor

sherlar bo‘lsa,

maydonga chiqsin, kanal qazib, qo‘riq ochamiz. Pichoqni shu Hasan akang uradimi?!

Chumchuq

pir etsa, yuragi shir etadi

-yu, buning!

O‘zbek tilida jasorat umumiy ma’noli atov birliklarni ma’no jihatdan quyidagilarga ajratish

mumkin:

1.

Qahramonlik umumiy ma’noli sinonimlar:

mardlik, qo’rqmaslik, shijoatlilik,

qahramonlik, dovyuraklik va h.k.

Menimcha, Qodir Rustamov

mardlik

bilan dong chiqargan

jangchilarimizdan. Men

dovyurak

Rajabovni tog‘ burgutiga o‘xshatdim. Bu

qo‘rqmas

, qotmadan

kelgan komandir urushning boshidan oxirigacha harbiy xizmatda bo‘ldi.

3

Hurriyat Karimova. “Jasorat” semali leksemalar, semantik-struktur, genetik xususiyatlari. Ilmiy maqola. B. 2

4

O’zbek tilining izohli lug‘ati. T. : “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2008. 5-jild. B. 272


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1123

2.

Qahramonlik umumiy ma’noli antonimlar:

nomard, yuraksiz, qo‘rqoq,

chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan va h.k.

Mard yigit qo‘lida ajdar o‘ladi,

nomard

odam ipni

ajdar biladi. Yonboshlab yotganlar turib, o‘nglanib o‘tirdilar, ba’zi

yuraksizlar

orqa-o‘nglariga

qarab ham oldilar.

Qo‘rqoqqa

ko‘lanka azroil, deydilar.

5

Har bir milliy tilda leksemalar muayyna qonun-qoidalar asosida bir yerga jamlanib,

to‘dalanib boradi. Tilning o‘ziga xos tarixiy taraqqiyoti jarayonida mazkur leksik-semantik
guruhlar sifat va miqdor jihatdan tinmay o‘zgarib boradi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan jasorat
umumiy ma’noli birliklar ham ana shunday tarixiy shakllangan leksemalardir. Shu kabi birliklarni
tadqiq etish bugungi kun uchun ahamiyatlidir.

REFERENCES

1.

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari.
Toshkent,1998. – B. 6-7

2.

O’zbek tilining izohli lug‘ati. T. : “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy
nashriyoti. 2006. 2-jild. B. 75

3.

Hurriyat Karimova. “Jasorat” semali leksemalar, semantik-struktur, genetik xususiyatlari.
Ilmiy maqola. B. 2

5

O’zbek tilining izohli lug‘ati. T. : “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2008. 5-jild. B. 591

References

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari. Toshkent,1998. – B. 6-7

O’zbek tilining izohli lug‘ati. T. : “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 2-jild. B. 75

Hurriyat Karimova. “Jasorat” semali leksemalar, semantik-struktur, genetik xususiyatlari. Ilmiy maqola. B. 2