Noyabr, 2024-Yil
528
“OMMAVIY MADANIYAT” VA UNING YOSHLARGA TA’SIRI
Eshquvatova Nasiba
NavDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14214294
Zamonaviy dunyo globallashuv jarayonida turli madaniyatlar va qadriyatlarning o‘zaro
ta’sirlashuvining murakkab va ko‘p qirrali jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu jarayon, bir
tomondan, xalqlar o‘rtasida hamkorlik va tushunishni kuchaytirish imkonini beradi, ikkinchi
tomondan esa, mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning kuchli vositasiga aylanib, bir qator siyosiy
kuchlarning manfaatiga xizmat qilmoqda.
Xususan, ommaviy madaniyat niqobi ostida zo‘ravonlik, konformizm, individualizm va
egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, boshqa xalqlarning qadriyatlari va an’analari bilan bepisand
munosabatda bo‘lish, ayniqsa yoshlarning ongini va qalbi ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan
harakatlar tobora kuchayib bormoqda. Bu esa, xalqlarning o‘ziga xos madaniy identifikatorlarini
yo‘qotish va global standartlarga ko‘rishga qarab harakatlanish xavfini tug‘diradi.
Bu hodisa axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ommaviy axborot vositalarining
inqilobiy o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liq. Insoniyat yangi axborot inqilobini boshdan
kechirmoqda, bu esa nutqdan yozuvga, keyin esa gazeta va jurnallarga, radio va
televideniyelegacha davom etadigan axborot uzatishning tezkorlashuv va kengayish jarayonini aks
ettiradi. Internetning paydo bo‘lishi esa bu jarayonga yanada tezlik va global qamrov bag‘ishladi.
U butun dunyoni birlashtirib, bir vaqtning o‘zida har qanday axborotni er yuzining istalgan
burchagiga yetkazish imkonini yaratdi.
Yoshlar yangilikka intilish va o‘z tengqurlariga havasmand bo‘lish, shuningdek, tashqi
madaniyat va standartlarga nisbatan oson qabul qilishga moyillik namoyish qilishadi. Bu ijtimoiy-
psixologik holat ularning o‘z milliy qadriyatlari va an’analarini tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini
cheklaydi. O‘zgaruvchan va oson o‘zlashtiriladigan ommaviy madaniyat mahsulotlari esa ularning
qalb va ongi ustidan osonlikcha ta’sir o‘tkazishga imkon yaratadi.
Bunday mahsulotlar hayotning muammolaridan “berkinish” va oson yo‘llar bilan
maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qish, o‘rganish va bilim olishga nisbatan befarqlikni
uyg‘otadi. Mamlakatimizda yoshlar aholining sezilarli qismini tashkil etadi, ommaviy
madaniyatning yaratilishi ham aynan shu auditoriyani nazarda tutilganligi, bu muammoning
dolzarbligini va zaruratini ta’kidlaydi.
Noyabr, 2024-Yil
529
Bu masala ko‘plab ommaviy axborot vositalarining kengayishida ham aks etadi. Reklama
ommaviy madaniyat mahsulotlarini tarqatishning ajralmas qismi bo‘lib, bozor qonunlariga
moslashish va foyda olish maqsadida ishlatiladi.
Zamonaviy texnologiyalar, audio-video qurilmalar, ovoz yozish va kuchaytirish vositalari
ham shu tarqatish jarayonida ajralmas rol o‘ynaydi.
Shunday ekan, yoshlarni bu salbiy ta’sirlardan himoya qilish va ularning milliy qadriyatlari
va madaniyatiga sodiq qolishini ta’minlash uchun turli strategik choralar ko‘rish muhimdir. Bu
choralarga yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ularning badiiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash, san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish,
shuningdek, ommaviy madaniyat mahsulotlarini tanqidiy qabul qilishga o‘rgatish kiradi. Bu
muammoga samarali va o‘z vaqtida javob berish davlat va jamiyatning birgalikdagi sa’y-
harakatlarini talab qiladi.
