NEW OPPORTUNITIES IN PRESCHOOL, SCHOOL AND HIGHER EDUCATION SYSTEMS.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Najepova, S. (2023). NEW OPPORTUNITIES IN PRESCHOOL, SCHOOL AND HIGHER EDUCATION SYSTEMS. Modern Science and Research, 2(7), 35–39. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21761
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the upbringing of children in school, preschool and higher systems, there is certainly a great role for archers and educators in maturing them as a mature person in the future. High, highly qualified specialists in schools in different higher schools. So it would be correct to say that the use of new modern techniques in teaching children will be the main factor in raising children in the spirit of a new time, making them mature professionals.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

35

MAKTABGACHA, MAKTAB VA OLIY TA'LIM TIZIMLARIDAGI YANGI

IMKONIYATLAR.

Najepova Sayyora

NDPI ning Fizika-matematika fakultetining 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8113219

Annotatsiya.

Maktab, maktabgacha va oliy tizimlarda bolalarni tarbiyalashda ularni

kelajakda yetuk shaxs sifatida kamol topishida albatta o‘qtuvchi va tarbiyachilarning o‘rni
katta.Turli oliy maktablarda maktablarda yuqori, oliy malakali mutaxassislar tayorlash.Shunday
ekan bolalarni o‘qitishda yangi zamonaviy uslublardan foydalanish bolalarni yangi zamon ruhida
tarbiyalashida,ularni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishida asosiy omil bo‘ladi,desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

Imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimi, islohatlar, kredit modul tizimi.

NEW OPPORTUNITIES IN PRESCHOOL, SCHOOL AND HIGHER

EDUCATION SYSTEMS.

Abstract.

In the upbringing of children in school, preschool and higher systems, there is

certainly a great role for archers and educators in maturing them as a mature person in the future.
High, highly qualified specialists in schools in different higher schools. So it would be correct to
say that the use of new modern techniques in teaching children will be the main factor in raising
children in the spirit of a new time, making them mature professionals.

Key words:

opportunities, higher education system, reforms, credit module system.

НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО, ШКОЛЬНОГО

И ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ.

Аннотация.

B воспитании детей в школьной, дошкольной и высшей системах,

безусловно, велика роль педагогов и воспитателей в их дальнейшем взрослении как зрелых
личностей. Подготовка высококвалифицированных специалистов в школах различных
вузов. Таким образом, правильно сказать, что использование новых современных стилей в
обучении детей будет ключевым фактором в воспитании детей в духе нового времени, их
становлении зрелыми специалистами.

Ключевое словa:

возможности, система высшего образования, реформы,

кредитная модульная система.


Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini

rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos
sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk
insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellectual
salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini
kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy
jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan
ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni
boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim
muassasalaridagi ta’lim –tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan
foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish
hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz
ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Respublikamizda
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha yoshdagi
ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish
mamalakatimiz ilmiy texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlar yoʻnalishlarining bir qismi sifatida
qaralishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota –onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali,
shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim
muassasalarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab
ta’limiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munsoabatlarida anchayin jiddiy
oʻzgarishlarni yuzaga chiqardi. [1]

Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin

boʻlmagan bilim, tushuncha, koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak boʻladi ya’niy
texnologiya. Texnologiya yunoncha ikkita “texno”, „logiya” so’zlaridan tashkil topgan bo’lib,
mohirlik, ustalik to‘g’risidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya esa
shu paytgacha ta’lim-tarbiya berishda foydalanib kelgan an’anaviy uslublardan voz kechgan holda
yangi, qildiradigan, ijodiy izlanishga chorlaydigan uslublar yig’indisidan mohirlik bilan
foydalanishadi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning
faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo‘nalish uyg’unlashtirilib turli xil o‘yinlardan
foydalanish orqali tashkil qilinmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida xalqaro
aloqalarga keng o‘rin berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya
tajribalari o‘rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijodiy
qo‘llanilmoqda. Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiyada
yashab ijod etgan, Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun dunyo xalqlari
biladi U bolalar bilan ishlash jarayonida bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni: ularning
qobiliyatlari, qiziqqishlari, bilim darajalarini o‘rgandi. Shularga asoslanib didaktik o‘yinlar va
didaktik materiallar yaratdi. Uning fikricha pedagogika bolaga yordam bermaydi balki,
tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham shunday. O‘rgatish uslubi bolalarning istagi,
qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog‘lanmas ekan, bu uslubning samarasi to‘g’risida o‘ylamasa
ham bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim sohasida pedogogik jarayonga xozirgi kun talablari bolalarni
erkin fikrlashga undovchi qanday topshiriqlar, ta’limiy o‘yinlardan foydalanish lozimligi
to‘g’risida tushuncha beradi. [2].

Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi. Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining

barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi
hisoblangan ta'lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar
asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa,

yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab
ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi
maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim

tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. [3]Ta'lim
tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo‘g'inlari
o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga
o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq
korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi. Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovi 25 foizdan 50-
60 foizga etkaziladi; OTM davlat granti asosida qabul ikki barobar oshiriladi, shuningdek, qizlar
uchun alohida davlat grantlari joriy etildi;O‘qishga kirish soddalashtiriladi;

Ona tili bo‘yicha bilimlarni baholashning milliy test tizimi paydo bo‘ldi;
Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga kamaydi;
Oliy ta’lim o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etildi;
Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilandi;
10ta OTM o‘zini-o‘zi moliyalash tizimiga o‘tib, kamida 5ta OTM transformasiya

qilindi.Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni bog’chalarga qamrab olish
ko‘rsatkichini 60 foizga etkazish ko‘zlandi. Shu bilan birga, 6 yoshli bolalarni maktabga
tayyorlash tizimini joriy qilish davom ettiriladi. Shu maqsadda 130 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
2020 yilda 36ta yangi maktab qurilib, 216tasi kapital ta’mirdan chiqarildi. Ushbu ishlarga esa 1,7
trln so‘m mablag’sarflanishi rejalashtirilgan edi. Joriy yilda 55ta xususiy maktab tashkil etilishi,
ularning respublikadagi umumiy soni 141 taga etkazilishi bildirildi. Yuqori malakali o‘qituvchilar
maoshini yanada oshirish masalasi davom etadi. Professional kasb-hunar ta’limda yangi tizim
yo‘lga qo‘yildi: 340ta kasb-hunar maktabi, 147ta kollej va 143ta texnikum tashkil etildi. Milliy
malaka tizim ishlab chiqiladi, natijada 9000ga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan
sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital
ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.[4]

"Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimlaridagi vazifalar:
Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e’tibor ta’lim sifatini

oshirishga qaratiladi. 2026-yilga qadar kamida10 ta oily goh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;

Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming

o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;

Oliy ta'limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oilygohlar

soni kamida 50 taga yetkaziladi.

Doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablag’lari

hisobidan to‘lov-grant asosida joriy etiladi," - deb ta’kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
o‘zining saylovoldi dasturida.

Oliy ta’lim muassasalari professor oqituvchilarning malakasini oshirish;
Ta’limning turli yonalishlari uchun yangi o‘quv dasturlari, zamonaviy o‘quv-metodik

adabiyotlar yaratilishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar,

konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;

Professor oqituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda

qatnashuvi;

Xorijiy o‘qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim

jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;Oliy ta’lim
sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi,
Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan
hukumatlararo va …aro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr,

Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator
davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, 2030-yilga
qadar respublikadagi barcha oily ta’lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021-
oʻquv yilining oʻzida 33 ta oily ta'lim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi.
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul
texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda olib boorish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida
ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash hamda
talabalar bilimini reyting asosida baholashga asoslanadi. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari
sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:

— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
— bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;
— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
— ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirishga xizmat qiladi. Bunda dars

mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balki
talabadan mustaqil oʻqib-oʻrganish, ta’limga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori
talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini
shakllantirishga oʻrgatishdan iboratdir.

Shu bila birgalikda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk

Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va
boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib
borishmoqda.

Ushbu shartnomalar professor o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli

konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qoshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy
maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni korib chiqadi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut,

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik boyicha
agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB,
ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan.Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda
oliy ta’limni rivojlantirish, ilgor xorijiy tajribani qollagan holda o‘quv-metodik jarayonni
takomillashtirish, professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini
kengaytirishga yo‘naltirilgan.O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

39

Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz.Ayni paytda
respublikada Evropa Ittifoqining Tempus o‘quv dasturining 20ta loyihasi tadbiq etilib, ularda
O`zbekistonning 40 atrofida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o‘yin mazmuniga

ko‘proq bog’liqdir. CHunki bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham va umumlashgan bo‘lsa, u
kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u
odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o‘tadi va shuning uchun
narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to‘g’ri ifodalashga intiladi.

Oliy ta’lim tizmida esa oliy talim sifatini taminlash borasida shu paytgacha mavjud bo‘lgan

milliy va xorijiy tajribalar shuni korsatadiki, hozirgi paytda OTMlarda alohida, tizimsiz tarzda
otkaziladigan islohotlar va innovatsiyalar samarasiz bo‘lib, bu ko‘pincha oliy ta’lim sohasidagi
umumiy samaradorlikka putur yetkazadi. Shuning uchun oliy talim sifatini oshirish bo‘yicha shu
paytgacha to‘plangan xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimi yutuqlari bilan o‘zaro
uyg’unlashtirgan holda ham faqat majmuaviy, tizimli va bir butun tarzda amalga oshirish
mamlakatimizda oliy ta'lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishi shakshubhasizdir. So‘ngi yillarda
ta'lim tizimida turli xildagi yangiliklar va islohotlar bu oliy ta'lim tizimida ta'lim sifatining
ortishiga yordam beradi. Jumladan, modul kredit tizimi orqali talabaning kasbiy rivojlanish va
kamol otiga ijobiy ta'sir qilish mumkin. Ya’ni ularning mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishlarida
zamonaviy talablarga javob beraoladigan inson kapitalini o‘zlarida shakllantirishga qaratilgandir.
Ta’limda sifatning ortishi salohiyatli kadrlar yetishtirib chiqarishga ham yordam beradi.
Shuboisdan ham, biz oily ta’limdagi barcha islohotlar va yangiliklarni qo‘llab-quvvatlaymiz,
shuningdek, kelgusida tashabbuskorlik bilan biz ham oilygohimizda ko‘plab yangiliklar qilishni
maqsad qilganmiz. Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasidagi islohotlar bugungi kunda o‘zining
dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan also qolishmaydi. Bu
islohotlar bugun allaqachon natijasini ham ko‘rsatyapti.

REFERENCES

1.

“Barkamol avlod – O‟zbekiston Taraqqiyotining poydevori”.

2.

Germaniyalik X.Langvaldning Respublika miqyosida o‟tlazilgan amaliy-kengashidagi
nutqlari.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

4.

konsepsiyasi. 2-bob

5.

https//yuz.uz.

6.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL
THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN
MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

7.

Ganieva, M. (2023, June). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY
SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International
Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

8.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

9.

Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Формирование методов групповой
работы с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и образования,
(10 (22)), 149-151.

References

REFERENCES

“Barkamol avlod – O‟zbekiston Taraqqiyotining poydevori”.

Germaniyalik X.Langvaldning Respublika miqyosida o‟tlazilgan amaliy-kengashidagi nutqlari.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi. 2-bob

https//yuz.uz.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

Ganieva, M. (2023, June). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Формирование методов групповой работы с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и образования, (10 (22)), 149-151.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов