ADAPTATION OF WEIGHTLIFTERS TO TRAINING IN OUR COUNTRY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Elboyeva , U. (2023). ADAPTATION OF WEIGHTLIFTERS TO TRAINING IN OUR COUNTRY. Modern Science and Research, 2(7), 78–80. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21782
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article reflects on some aspects of the adaptation of the athlete to the loads in training with weightlifting athletes.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

78

MAMLAKATIMIZDA OG‘IR ATLETIKACHILARNI

MASHG‘ULOTLARGA MOSLASHTIRISH

Elboyeva Umida Rahimjon qizi

Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat

fakultetining 2 - D guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8118841

Annotatsiya.

Ushbu maqolada og’ir atletikachi sportchilar bilan olib boriladigan

mashg’ulotlarda

sportchini

yuklamalarga

moslashtirishning

ayrim jihatlari haqida fikr

yurtilgan.

Kalit so‘zlar:

yuklama, og’ir atletika, mashg’ulot, haftalik, oylik, musobaqalar,

dast va siltab ko’tarish, tezlik, kuch, jismoniy harakat, mushak.

ADAPTATION OF WEIGHTLIFTERS TO TRAINING IN OUR COUNTRY

Abstract.

This article reflects on some aspects of the adaptation of the athlete to the loads in

training with weightlifting athletes.

Key words:

load, weightlifting, training, weekly, monthly, competitions, set and jerk lifting, speed,

strength, physical movement, muscle.

АДАПТАЦИЯ ТЯЖЕЛОАТЛЕТОВ К ТРЕНИРОВКАМ В НАШЕЙ СТРАНЕ

Аннотация.

В этой статье рассматриваются некоторые аспекты адаптации

спортсмена к нагрузкам на тренировках с тяжелоатлетами.

Ключевые слова:

нагрузка, тяжелая атлетика, тренировка, неделя, месяц, соревнования,

рывок и рывок, скорость, сила, физическое движение, мышцы.


Og’ir atletika sportida hozirda dast va siltab ko’tarish kabi klassik mashqlar to’plami

mavjud bo’lib, bu harakatlarning ikkalasi ham butun vujud bilan amalga oshiriladi va katta
jismoniy kuch, tezlik, harakatni idrok etish, bajarish texnikasi va moslashuvchanlikni o’zida
birlashtiradi. Bundan tashqari bu sport turi mutloq va nisbiy kuch talab qiladi va qo’l, bel, oyoq
va son mushaklari kuchli va tezkor kuchiga tayanadi.

Sportchiga berilgan yuklama to’g’ri yoki noto’g’ri tanlanganligini bilish uchun

sportchilar berilgan yuklamani qay tarzda bajarishini haftalik va oylik mashg’ulot siklini
kuzatish orqali bilib olish mumkin.

Ishning dolzarbligi shundan iboratki, og’ir atletika sport nazariyasida yuqori malakali

sportchilarni mashg’ulot yuklamasiga moslashtirishning metodologik jihatlari hali to’liq ishlab
chiqilmagan va bu yo’nalishda hali yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Sportchilar
bilan mashg’ulotlar olib borishning ayrim muammolariga bag’ishlangan alohida amalga
oshirilgan tadqiqotlarga qaramasdan bu jarayon mamlakatimizda yetarlicha o’rganilmagan. Shu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

79

sababli ushbu ilmiy tadqiqot ishida sportchilarni yuklamalarga moslashtirishning ayrim jihatlari
ko’rib chiqilgan.

Ilmiy adabiyotlarda og’ir atletika mashg’ulotining yuki og’irlik miqdori, takroriy

mashqlar soni, ishlatiladigan mashqlar soni, yukning hajmi, mushaklarning faolligi va
boshqa omillar bilan tavsiflangan. Shuningdek, sport turi bo’yicha mashg’ulotlar sport
mahoratini oshirishga qaratilgan

jarayon

sifatida

tushuniladi.

Sportchilar

bilan

olib

boriladigan mashg’ulotlar asosan yangi narsalarni o’rganish va allaqachon o’zlashtirilgan
narsalarni takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Oliy sport mahorati darajasiga yetgan,
respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashgan sportchilar tayyorgarlik jarayonini
kasbiy tayyorgarlik darajasida olib boradilar. Shuning uchun mashg’ulot uzoq muddatli
jarayon hisoblanib, sportchilar bilan individual shug’ullanish sifatida tushuniladi.

Ilmiy

tadqiqotlarda

og’ir

atletikachilarni

mashg’ulot

yuklamalariga

moslashtirishning 12 haftalik sikllari ishlab chiqilgan bo’lib, ularda musobaqa mashqlari
texnikasini takomillashtirishga qaratilgan mashgʼulot rejasi, yaʼni musobaqa mashqlariga
nisbatan maxsus mashqlardagi shtangani koʼtarish soni va shiddati

boʼyicha

mashgʼulot

yuklamalari

taqsimlangan.

Shuningdek,

ogʼir atletikachilarning dast koʼtarish texnikasini

takomillashtirishda, maxsus mashqlarning parsial mashgʼulot yuklamalari yuzasidan takliflar
va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Unga ko’ra tajriba guruhi malakali ogʼir atletikachilarining oʼn
ikki haftalik tayyorgarlik siklidagi dast koʼtarish mashqlaridagi yuklamalarning hajmi
dinamikasi ishlab chiqilgan va amaliyotda birinchi bor dast koʼtarish mashqining final
tezlanish fazasidagi harakatga oʼxshash harakatda qoʼllar mushaklar kuchini, shtangani
koʼtarilish balandligi va tizza boʼgʼimining yozilish burchagi oshirishga yoʼnaltirilgan hamda
shtanganing

harakat

traektoriyasini boshqarishga ijobiy taʼsir koʼrsatuvchi “XM-tren”

trenajerida asosiy mashgʼulot yakunidan soʼng 1,2,3,4-shiddat zonalarida 1-4 haftada 200 marta,
5-8 haftalarda 176 marta, musobaqa oldi siklining 9-12 haftalarida 54 martadan bajarish tatbiq
etildi.

Har bir sportchi murabbiy tomonidan berilgan yuklamaga to’g’ri amal qilishi va uni

bajarishi lozim. Ma‟lumki sportchiga murabbiy tomonidan beriladigan yuklamalar sportchining
jismonan baquvvat qilishga undaydi. Sportchi murabbiyning bergan yuklamasini bajara olmasa
yoki noto’g’ri bajarsa sportchiga tibbiy jarohat yetishi hech gap emas. Har bir sportda bo’lgani
kabi og’ir atletika sport turida ham sportchiga beriladigan yuklama hajmi sportchining
jismoniy sifatlariga qarab belgilanadi. Sportchilar natijalarining o’sishi ko’p jihatdan
mashg’ulot yuklamasi qanchalik to’g’ri tanlanganligiga bog’liq.

Og’ir atletika sport turida mashg’ulotlar davomida o’tirib-turish mashqlari tananing

baquvvatlashuvi hamda kuch qobiliyatlarining rivojlanishini ta‟minlovchi asosiy mashg’ulotlardan
hisoblanadi. O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda oʼtirib-turish ogʼir atletikachining mushaklari
kuchni tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida qaralib, oʼtirib-turishlarda toʼgʼri tanlab olingan
yuklama kuch hamda sport-texnik koʼrsatkichlarning oʼsishini taʼminlashi isbotlangan.

Og’irlik ko’tarishda og’irlik kattaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omil sportchi

organizmiga ta‟sir qilishning sifat va son jihatlari sifatida qaraladi va bu sportchi organizmining
faoliyat yuritish darajasini qo’zg’atuvchining maxsus ta‟siri kattaligiga asoslandi.

Shug’ullanuvchi yetarli darajada jismoniy tayyorgarlikka ega ekanligiga ishonch hosil

qilganda, og’irlik vaznini hisobga olib o’rgatishga kirishish lozim. O’rgatilayotgan harakat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

80

bilan nazariy jihatdan tanishib olgan, uni tahlil qila oladigan, umumiy vazifalar hamda
harakatning

har

bir

fazasi

vazifalarini tushunadigan

atletlar

o’rgatishga

yaxshi

tayyorlangan hisoblanadi. Umumiy yuklamalar miqdoridan foydalanish mashg’ulot tizimining
ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi, yoki barqarorlashishi, yohud vaqtinchalik
oshirishni nazoratda tutadi.

Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama miqdori shunday bo’lishi

kerakki uning qo’llanilishi sog’liqda salbiy o’zgarishlarini keltirib chiqarmasligi lozim.
Qo’llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya‟ni moslashishli o’zgarishlar barqaror holat
bosqichiga o’tgan sayin umumiy yuklama o’lchamining navbatdagi oshirilishi bajarilishi kerak.
Erishgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, yuklama parametrlari shuncha katta
oshiriladi.


REFERENCES

1.

Дворкин Л. С. Тяжелая атлетика. учебник для вузов. М.: Советский спорт, 2005.

2.

Matkarimov.R.M.

Ogʼir

аtletikаchilаr

texnikаsini

tаkomillаshtirishdа

mаxsus

mаshqlаrning pаrsiаl mаshgʼulot yuklаmаlаrini rejаlаshtirish uslubiyati. Fan sportga
jurnali. №4/2021.

3.

Matkarimov.R.M. Mаlаkаli ogʼir аtletikаchilаrdа

musobаqа

mаshqlаr

texnikаsini

tаkomillаshtirishgа

yoʼnаltirilgаn

pаrsiаl

mаshgʼulot

yuklаmаlаrini

rejаlаshtirish xususiyatlаri. Fan sprotga jurnali. №1/2021.

4.

Salomov.R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T.: ‘ITA-PRESS’,
2015.


References

Дворкин Л. С. Тяжелая атлетика. учебник для вузов. М.: Советский спорт, 2005.

Matkarimov.R.M. Ogʼir аtletikаchilаr texnikаsini tаkomillаshtirishdа mаxsus mаshqlаrning pаrsiаl mаshgʼulot yuklаmаlаrini rejаlаshtirish uslubiyati. Fan sportga jurnali. №4/2021.

Matkarimov.R.M. Mаlаkаli ogʼir аtletikаchilаrdа musobаqа mаshqlаr texnikаsini tаkomillаshtirishgа yoʼnаltirilgаn pаrsiаl mаshgʼulot yuklаmаlаrini rejаlаshtirish xususiyatlаri. Fan sprotga jurnali. №1/2021.

Salomov.R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T.: ‘ITA-PRESS’, 2015.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов