METHODS AND SYSTEMS OF SEMANTIC ANALYSIS OF TEXTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Soatova, Y. (2023). METHODS AND SYSTEMS OF SEMANTIC ANALYSIS OF TEXTS. Modern Science and Research, 2(8), 72–75. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22348
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the problems of semantic analysis of texts. The article examines various methods: conceptual diagram and semantic networks; approaches based on lexical functions and thematic classes; framework and ontological models; logical models of knowledge representation.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

72

MATNLARNI SEMANTIK TAHLIL QILISH USULLARI VA TIZIMLARI

Soatova Yulduz Saotovna

Erkin tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8217833

Annotatsiya.

Mazkur maqola matnlarni semantik tahlil qilish muammolariga

bag'ishlangan. Maqolada turli xil usullar ko'rib chiqiladi: kontseptual bog'liqlik diagrammasi va
semantik tarmoqlar; leksik funktsiyalar va tematik sinflarga asoslangan yondashuvlar; ramka va
ontologik modellar; bilimlarni namoyish etishning mantiqiy modellari.

Kalit so’zlar:

semantik tahlil qilish, semantika, bilimlarni namoyish etishning mantiqiy

modellari.

METHODS AND SYSTEMS OF SEMANTIC ANALYSIS OF TEXTS

Abstract.

This article is devoted to the problems of semantic analysis of texts. The article

examines various methods: conceptual diagram and semantic networks; approaches based on
lexical functions and thematic classes; framework and ontological models; logical models of
knowledge representation.

Key words:

semantic analysis, semantics, logical models of knowledge representation.

МЕТОДЫ И СИСТЕМЫ СЕМАНТИЧЕСКОГО АНАЛИЗА ТЕКСТОВ

Аннотация.

Данная статья посвящена проблемам семантического анализа

текстов. В статье рассматриваются различные методы: концептуальная схема и
семантические сети; подходы, основанные на лексических функциях и тематических
классах; каркасные и онтологические модели; логические модели представления знаний.

Ключевые слова:

семантический анализ, семантика, логические модели

представления знаний.

Semantika - til birliklarining semantik ma'nosini o'rganadigan tilshunoslik bo'limi. Tilning

tuzilishi haqidagi bilimlardan tashqari, semantika falsafa, psixologiya va boshqa ilmlar bilan
chambarchas bog'liqdir, chunki u so'zlarning ma'nosining kelib chiqishi, ularning borliq va fikrlash
bilan aloqasi haqida savollar tug'diradi. Semantik tahlilda ona tilida so'zlashuvchining ijtimoiy va
madaniy xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Fikrlarni ifoda etish vositasi bo'lgan til kabi insoniy
fikrlash jarayoni juda moslashuvchan va rasmiylashtirilishi qiyin. Shuning uchun semantik tahlil
haqli ravishda matnni avtomatik qayta ishlashning eng qiyin bosqichi hisoblanadi.

Tilda har bir unsurning o`z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan

bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar bo`lgan, so`z sezgisi
va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi.
Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go`zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq
tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida,
lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik
ma'nolar hal qiluvchi rol o`ynaydi.

Agar so’z – bu til birligi bo’lsa, u holda matn – kommunikatsiya (aloqa,fikr almashinuvi)

birligidir. So’zlar muayyan ma’noga, matnlar esa muayyan mazmunga ega. O’quvchi so’z
ma’nolarini bila turib, ularni kontekstdan anglab oladi, tushunib yetadi ya’ni tasavvurida muayyan
mazmunlar hosil qiladi. Ma’no va mazmunlarni anglash – matnni tushunish demakdir.

1


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

73

Yozuvchining so`z qo`llash mahoratini baholash uchun, avvalo, so`z va uning ma'nosi, bu

ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. So`zning qo`llanishi bilan bog`liq holda yuzaga
chiqadigan qo`shimcha ma'no nozikliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi
mumkin. Ammo bunday qo`shimcha ma'no nozikliklari ko`pincha so`z ma'nosining o`zida
imkoniyat tarzida mavjud bo`ladi, ular so`zning ma'no qurilishida ilgaridan qayd etilgan bo`ladi.

Tildagi nominativ birliklarning ma'no tuzilishini o`rganishda tilshunoslikda semantikaning

konnotativ jihati tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. V.N.Teliya ta'rificha, konnotatatsiya-til
birliklari semantikasiga uzual va akkazional ravishda kiradigan, nutq sebyektining borliqni
jumlada ifodalashda uning ayni shu borliqqa bo`lgan hissiy-baholash va stilistik munosabatini
ifodalaydigan hamda shu axborotga ko`ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir.

Til mohiyati, ichki qurilishi jihatdan denotativ (atash, nomlash, nominativ) va konnotativ

(emotsional-ekspressiv) ma'no bildirib shu asosda informatsiya (aloqa) vazifasini bajara oladigan
vosita ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, obyektiv borliqni aks ettiruvchi tafakkurning
shakli;
ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu elementning boshqa elementlar bilan
bo`lgan ichki munosabatidan kelib chiqadigan mustaqil tizim ekanligi bilan chambarchas bog`liq.
Agar tilning atash vazifasi uning tafakkur shakli, tushunchalarni qolipga soluvchi bir vosita
ekanligi bilan bog`liq bo`lsa, uning ekspressiv vazifasi tilning mustaqil sistema ekanligi,
elementlarning mohiyati ularning ichki munosabatlari asosida ochilishi mumkinligi bilan bog`liq.

So`z semantikasida denonativ ma'no bilan birga konnotativ ma'no ham mavjud. Konnotativ

ma'no so`z semantikasidan denotativ ma'no ajralgandan keyin hosil bo`lgan ayirmaga teng: KqS-
D.

O.S.Axmanovaning ta'kidlashicha, so`z semantikasida 2 xil konnotatsiya mavjud: ingerent

konnotatsiya-so`z matndan tashqari holatida unga xos bo`lgan konnotativ ma'no va adgerent
konnotatsiya-so`zda ma'lum kontekstda paydo bo`ladigan konnotativ ma'no.

Nutqdan tashqarida, ma'lum bir matnsiz ham so`zning semantik tarkibiga kiruvchi va

paradigmatik munosabatlar bilan belgilanadigan konnotativ ma'no ottenkalari sifatida
quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

1)so`zlovshining ijobiy-neytral-salbiy munosabati ifodalanadigan so`zlardagni ma'no

attenkalari: chehra-yuz-bashara;

2)munosabat darajasi, miqdoriga ko`ra farqlanadigan attenkalar: chiroyli-go`zal-suluv;
3)so`zning qo`llanish doirasiga ko`ra: ajab-ajib, do`ppi-kallapo`sh.
Adgerent konnotativ ma'no til elementining sintagmatik munosabatini o`zgartirish asosida

hosil bo`ladi. (birikish potentsialini). Neytral konnotativ ma'noli so`zlar kontekst ta'sirida u yoki
bu konnotativ ma'nolarga ega bo`lishi mumkin. Jumladan, ko`chma ma'no so`z semantik
strukturasini buzish, undagi biror semani tushirish, ikkinchi semaning bo`rttirilishi asosida va hok.
M-n, «po`lat» so`zining denototiv ma'nosi metall qotishmasining bir turi ekanligi». Har bir
predmet o`zining ma'lum belgilari bilan xarakterlangani kabi «po`lat» bizning ongimizda
«mustahkamlik», «qattiqlik belgilari bilan xarakterlanadi. Bu «po`lat» so`zining ichki konnotativ
ma'nosini mana shu «qattiqlik», «mustahkamlik» konnotativ semalarni «metall qotishmasi»
semasidan ajratib boshqa bir predmetga nisbatan berilsa, kuchli konnotativ ko`chma ma'no hosil
bo’ladi: po`lat iroda. Yuqoridagi «po`lat iroda» birikmasida «po`lat» so`zining tildagi sintagmatik
munosabati buzilgan. Til bosqichida birikuv yo`li bilan metall nomlarini ifodalovchi otlar faqat
shu metalldan yasalishi mumkin bo`lgan predmetlar nomini anglatuvchi otlar bilan birika oladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

74

po`lat pichoq, po`lat sandiq kabi. «Po`lat iroda» birikmasida esa bu so`z abstrakt tushunchani
ifodalovchi so`z bilan birikkan.

XX asrning so’nggi choragida ma’no ko’chishining usullaridan biri bo’lgan bu hodisaning

inson kognitiv faoliyatiga ham xos ekanligi haqidagi qarashlar ilgari surila boshladi. Matn
semantikasida mavjud bo’lgan kognitiv metaforalarni ularning til sathiga ko’ra tasnifi asosida
tahlil qilish lozim.

2

Ya’ni: a) so’z shaklidagi metaforalar; b) so’z birikmasi shaklidagi metaforalar;

s) gap shaklidagi metaforalar; d) mikromatn shaklidagi metaforalar.

So’z shaklidagi metaforalarning xususiyatlari tilshunosligimizda yetarli darajada

o;rganilgan deyish mumkin. Ularning psixologik va kognitiv jihatlari o’z tadqiqini kutmoqda. So’z
birikmasi shaklidagi metaforalar

7[7]

Ma'lumki, til elementlarining mohiyati bu elementlarning nafaqat paradigmatik,

shuningdek, sintagmatik munosabatlari, ya'ni qanday elementlarga matn tarkibida nisbatan kam
qo’llansa-da, uning semantik tuzilishida muhim o’rin tutadi. So’z birikmasi shaklidagi metaforalar
matn referentlari va lisoniy belgi o’rtasida mazmuniy shartlanganlik vaziyatini yuzaga
keltiradi:

Shohlar bilan bizning oramizda chuqur jarlar bor.Men bu jarga bir marta qulab,

o’lishimga sal qoldi ( P.Qodirov “ Humoyun va Akbar ); Adhamxonga mening qilcha ham
kudratim yo’q. Faqat uning o’zi amalparastlik ko’chasidan chiqmog’i kerak. Bu ko’cha ne-ne
odamlarni adashtirib, mahv qilib yuborganini o’zingiz bilursiz

( P. Qodirov “ Humoyun va Akbar)

Bunda matn boshlanmasida ko’chma ma’noda qo’llangan so’z birikmasi matnning keyingi
jumlalari semantikasiga ham o’z tasirini o’tkazadi, ya’ni semantik mazmunni matn bo’ylab
yoyilishini, obrazli ifodani bir maromda saqlanib turishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Gap shaklidagi metaforalar, ya’ni o’zida boshqa bir nutqiy vaziyat ifodasini implitsit tarzda

namoyon etuvchi gaplar ham badiiy matnga xos xuxusiyatlardan biridir. Masalan: Bosh omon
bo’lsa, do’ppi topiladi; Sanamay sakkiz dema; Osmon yiroq, yer qattiq kabi kabi gap tipidagi
maqollar metaforik mazmunli gaplarning yorqin namunasidir.Matn-metaforalar- o’zbek tili
kommunikatsiyasida metaforik mazmunli matnlar ( yoki matn-metaforalar) o’ziga xos o’rin tutadi.
Bunday matnlarda ifodalangan mazmun global xarakterga ega bo’lib, o’zaro aloqadorlikda
bo’lgan voqea-hodisalarning okkilamchi nominatsiyasi sifatida amal qiladi. Matn-metaforalarga
xos bo’lgan xarakterli xususiyat shundaki, unda matn subyektning metaforik ma’noda qabul
qilinishi matndan anglashilgan makropropositsiyaning ham o’quvchi ongida metaforik xarakter
kasb etishiga olib keladi.

Ma'nodosh so`zlar tilning lug`aviy jihatdan boylik darajasini ko`rsatib beruvchi o`ziga xos

vositadir. Tilda ma'nodosh so`zlarning ko`p bo`lishi tilning estetik vazifasini to`liq bajara olishini
osonlashtiradi. Badiiy matnda ma'nodosh so`zlarni tahlilida asosan, ikki jihatdan e'tibor qaratish
kerak. 1-muallifning ikki yoki undan ortiq ma'nodosh so`zdan ifodalanayotgan mazmun uchun
maqbul birini tanlashi,
2-bir matn tarkibida 2 yoki undan ortiq ma'nodosh birliklarni badiiy tasvir
maqsadiga muvofiq tarzda qo`llash masalasidir. Tilshunoslikda ma'nodoshlikning 3 turi
farqlanadi: leksik, frazeologik, leksik-frazeologik.





background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

75

REFERENCES

1.

Apresyan Yu.D. Leksik semantika. Tilning sinonimik vositalari. - M., 1995 yil.

2.

Vasilev L.M. Semantik sohalar nazariyasi // Tilshunoslik masalalari. - 1971. - No 5. - S.
105-113

3.

Denisenko V.N. Semantik maydon funktsiya sifatida // Filologiya fanlari. - 2001. - No 4. -
S. 44-52

4.

Divina E.A. Rus Til birliklarining nazariy va amaliy semantikasi. Krasnodar, 1997 yil.

References

Apresyan Yu.D. Leksik semantika. Tilning sinonimik vositalari. - M., 1995 yil.

Vasilev L.M. Semantik sohalar nazariyasi // Tilshunoslik masalalari. - 1971. - No 5. - S. 105-113

Denisenko V.N. Semantik maydon funktsiya sifatida // Filologiya fanlari. - 2001. - No 4. - S. 44-52

Divina E.A. Rus Til birliklarining nazariy va amaliy semantikasi. Krasnodar, 1997 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов