FOUNDER OF REALISTIC STORYTELLING

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yoʻldashova , S., & Xojamuratov , U. (2023). FOUNDER OF REALISTIC STORYTELLING. Modern Science and Research, 2(8), 253–254. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22963
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article shows the life path of the founder of realistic storytelling, the works he wrote and what he did. His works are described as small but lifelike, rich in content and characterized by making a remarkable impression.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

253

REALISTIK HIKOYACHILIK ASOSCHISI

Yoʻldashova Sevara

Urganch davlat pedagogika instituti

Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi

2- bosqich talabasi

Xojamuratov Umar

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8267812

Annotatsiya.

Ushbu maqolada realistik hikoyachilik asoschisining hayot yo‘li, yozgan

asarlari va qilgan ishlari koʻrsatilgan. Uning asarlarida kichik ammo hayotiy, mazmunga boy va
ajoyib taassurot qoldirishi bilan ajralib turishi tasvirlangan.

Kalit soʻzlar:

realistik hikoyalar, Adabiyot -atomdan kuchli, hayotiy va mazmunga boy

asarlar.

FOUNDER OF REALISTIC STORYTELLING

Abstract.

This article shows the life path of the founder of realistic storytelling, the works

he wrote and what he did. His works are described as small but lifelike, rich in content and
characterized by making a remarkable impression.

Key words:

realistic stories, literature-strong, vital and content-rich works from the atom.

ОСНОВОПОЛОЖНИК РЕАЛИСТИЧЕСКОГО ПОВЕСТВОВАНИЯ

Аннотация.

В этой статье описывается жизненный путь основателя

реалистического повествования, произведения, которые он написал, и то, что он сделал.
Его произведения изображают маленького, но живого, богатого смыслом человека,
который производит прекрасное впечатление.

Ключевые слова:

реалистические рассказы, литература-мощные, жизненные и

насыщенные смыслом произведения из атома.


Dastlabki realistik hikoyalarni adabiyotimizga olib kirgan buyuk adibimiz Abdulla

Qahhor hayot yoʻli tengsiz asarlari haqida yozar ekanman behosdan koʻz oldimga kichik
sinflarimizda oʻqigan hikoyalarim keladi va biroz katta boʻlgach oʻqigan "Sarob" romani menda
juda katta taassurot qoldirgan. Abdulla Qahhor kichik ammo hayotiy va mazmunga boy asarlar
yaratgan aynan shu jihatlari bilan menda oʻzgacha taassurot qoldira bilgan.

Menimcha eng keraklisi ham shu, kitobxon qalbiga kira bilish, bir kichik hikoya bilan unda

ajoyib taassurot qoldirish. Yozuvchilar koʻp, mening fikrimcha haqiqiy yozuvchi oldim qochdim
narsalar haqida emas balki haqiqatni ochiqchasiga ayta bilgan yozuvchidir, gapni choʻzmasdan
qisqa, va sodda ammo tushunarli hammaga yetib boradigan. Va yana men eshitgan iqtiboslarim
ichida adabiyot haqida aytilgan Abdulla Qahhorning gaplari hech esimdan chiqmaydi "Adabiyot
-atomdan kuchli, lekin uning kuchini oʻtin yorishga sarflamaslik kerak" haqiqatda adabiyotoning
kuchi katta. Bu soʻzlarga amal qilgan holda adibning oʻzi ham adabiyotning kuchidan unumli
foydalana oldi deb oʻylayman Abdulla Qahhor 1907 yil 17- sentyabrda shamol shahri
hisoblanmish Qoʻqon shahridan uncha uzoq boʻlmagan Asht qishlogʻida temirchi usta
Abduqahhor oilasida dunyoga kelgan.

Uning yoshligi biroz qiyinchilikda oʻtganligini u oʻzing avtobiografik asari "Oʻtmishdan

ertaklar"qissasida shunday eslaydi "kunlar gʻurbat bilan boshlanib gʻurbat bilan tugardi "degan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

254

jumla bilan yorqin ifodalab bergan. U 1930- yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti hozirgi (OʻzMU)
ning pedagogika fakultetini tugatdi. U ijodga 1924-yil kirib keldi. U turli xil taxalluslardan
foydalangan, Norimshilpiq, Mavlono Kufur, Erkaboy E boy, Nish, Gulyor, Sarimsoq. Uning
kichik ammo mazmunga toʻla hikoyalari juda mashhur, ayniqsa ,,Bemor'' ,,Oʻgʻri''. ,,Anor''
,,Daxshat'' ,,Asrorbobo'' ,,Adabiyot muallimi ''. U ajoyib dramaturg ham uning mashhur dramalari
,,Shohi soʻzana'' Tobutdan tovush " ,,Ayajonlarim". Avtobiografik qissasi hisoblanmish
"Oʻtmishdan ertaklar,, yozuvchi ijodining choʻqqisi va oʻziga xos yakuni boʻldi. Qissada
yozuvchining bolaligi toʻgʻrisida batafsil hikoya qilingan. Abdulla Qahhor mohir tarjimon ham u
koʻplab yoznuvchilar asarlarini rus tilidan ona tiliga tarjima qilgan. Pushkinning ,,Kapitan qizi,,
Gogolning ,,Uylanish ,,Revizor,, Tolstoyning,, Urush va Tinchlik,, asarlari. 20 - asr oʻzbek
adabiyotida realistik hikoyaning shakllanishi va rivoji Abdulla Qahhor nomi bilan bogʻliq. 20- asr
oʻzbek adabiyotida shaxs erki, huquqi, qullik, psixologiyasi ifodasi, talqini bobida Qahhor,
Choʻlpon, anʼanalarini izchil davom ettirgan adibdir. Uning "Oʻgʻri,, hikoyasi ham aynan 20- asr
boshlarida Oʻrta Osiyodagi boshqaruv siyosatini chirkin holatini ochib bergan va oʻzgalar
baxtsizligini tirikchilik manbayiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi tasvirlangan. Uning
,,Dahshat" hikoyasi ham eʼtiborga loyiqli hikoyada insoniy haq-huquqlari toptalgan ayolning oʻz
erki,shaxs hurligini ulugʻlash gʻoyalari yetakchi. Adibning ,,Bemor" hikoyasi ham chuqur ma'no
mazmunga ega. Hikoyada iqtisodiy - madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati johillik quyuq
boʻyoqlarda aks ettirilgan. Abdulla Qahhor bir asarida shunday yozadi,, Agar yozuvchi
turmushdan nusxa koʻchirishdan iborat boʻlsa,dunyoda bundan osonroq ish boʻlmas edi. Hayotdan
aynan koʻchirish kitobdan koʻchirishday gap. Nusxa nusxa boʻlib qolaveradi. bunday narsalarda
orginallik boʻlmaydi. Orginallik hayot haqiqatini dildan oʻtkazish, unga oʻylab yurgan dardni
singdirish, tilaklaringni qoʻshib ifodalash bilan yuzaga keladi''.

Adibning "Sarob" romani ham unga katta shuhrat keltirdi "Sarob"ni adib 1934- yil 27

yoshida yozgan. Asar kitob holida 1937- yilning oxirida bosilib chiqdi. Bu roman adibni
jamoatchilikka yetuk yozuvchi sifatida tanitdi. Roman 4 yilda yozilgan. Adib "Sarob" romani
haqida shunday yozadi: "Uni kitobxon xush qabul qildi, lekin ba'zan arzon shuhratparastlik, ba'zan
siyosiy demogogik, ba'zan esa toʻgʻridan - toʻgʻri jaholat natijasi boʻlgan tanqid nayza koʻtarib
qarshi oldi. Bu narsa hatto farosatli odamlarni ham chalgʻitadi''. Asardagi Saidiy obrazi meni
oʻziga tortdi, Saidiy obrazi haqida Choʻlpon shunday deydi: U muhit girdobida bir somon parcha,
hayot oqimida bamisoli oqar suv yuzasidagi poxol choʻpdek qalqib boradi, har amal, har ishni
"haq"deb biladi va shu tariqa oʻz vazni qadrini boy beradi '',-deb baholaydi "Sarob"-xazon boʻlgan
muhabbat, uvol boʻlgan umr dostoni. Romanda Saidiy va Munisxonlarning muhabbati
tasvirlangan."Sarob" - ikki koʻrkam yoshning bir - birlariga munosib, aslida baxt uchun tugʻilgan,
ammo shaxsiyatidagi, tabiatidagi ojizliklar, qolaversa, jamiyatdagi ziddiyatlar tufayli hayotda oʻz
oʻrnini topa olmagan navqiron, yosh avlodning achchiq qismati, ruhiy iztiroblari, oh-u zorlari
toʻgʻrisidagi asar.


REFERENCES

1.

Abdulla Qahhorning avtobiografik asarlari.

References

Abdulla Qahhorning avtobiografik asarlari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов