Authors

  • Farida Mizomova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.23375

Keywords:

lexical antonyms, phraseological antonyms, phraseological-lexical antonyms

Abstract

The article scientifically substantiates the linguistic and colloquial phenomena of antonyms and their stylistic features in Uzbek linguistics. The issue of scientific research carried out by various scientists within the framework of language levels, their methodological capabilities were highlighted.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

328

ANTONIMLARDAGI USLUBIY IMKONIYATLAR

Mizomova Farida Abror qizi

JDPU O`zbek tili va adabiyoti fakulteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8285905

Annotatsiya

. Maqolada oʻzbek tilshunosligida antonimlarning lisoniy va nutqiy voqealanishi

hamda ularning stilistik xususiyatlari ilmiy asoslanadi. Turli olimlar tomonidan til sathlari doirasida olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar masalasi, ularning uslubiy imkoniyatlari yoritildi.

Kalit so`zlar:

leksik antonimlar, frazeologik antonimlar, frazeologik-leksik antonimiya, affeksal

antonimiya, konstekstual antonimiya.

METHODOLOGICAL POSSIBILITIES IN ANTONYMS

Abstract.

The article scientifically substantiates the linguistic and colloquial phenomena of

antonyms and their stylistic features in Uzbek linguistics. The issue of scientific research carried out by
various scientists within the framework of language levels, their methodological capabilities were
highlighted.

Keywords:

lexical antonyms, phraseological antonyms, phraseological-lexical antonyms, affexal

antonyms, constextual antonyms.

СТИЛИСТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ В АНТОНИМАХ

Аннотация.

В статье дается научное обоснование языковой и речевой истории антонимов

в узбекском языкознании, а также их стилистическим особенностям. Освещался вопрос научных
исследований, проводимых различными учеными в рамках языковых уровней, их методологических
возможностей.

Ключевые слова:

лексические антонимы, фразеологические антонимы, фразеолексные

антонимы, аффективные антонимы, конститутивные антонимы.


“Antonimlar nutqda katta ahamiyatga ega. Ular predmet va hodisalar orasidagi farqni toʻg‘ri

ifodalay olish imkonini beradi. Antonimlarni toʻg‘ri qoʻllay olmaslik qoʻpol xatoga olib keladi. Masalan,
quyidagi misolni kuzating: ...choyxona mudiri Yusufjon Nozimov koʻrinishdan turmushning issiq-
chuchugini totigan kishiga oʻxshaydi. («G‘alaba» gazetasi.) Antonimlar tilning kuchli stilistik vositalaridan
biridir”.

1

“Antonimiya hodisasi, asosan, bir soʻz turkumi leksemalari doirasida yuz beradi.Antonimiya

hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe'llarda biroz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa
boʻlmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno)”.

2

Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini

bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki
dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta’minlaydi.

Tinglar edim betinim
Uzun tunlar yotib jim.
Seza olardim kuchin,
Koʻpi yolg‘on, koʻpi chin.(H.O.)

“Antonimlar maqol va matal janrlarida ham muhim uslubiy vosita sanaladi — hayotiy tajriba

umumlashmalarini maqol va matallar tiliga xos uslubda ta’sirchan ifodalash imkonini yaratadi”.

3

1

Musayev A./ O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika

institute O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili va uni o`qitish uslubiyati kafedrasi o`zbek tili stilistikasi
fanidan ma’ruza matni./Jizzax-2014-2015.B. —137.

2

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik - Т.: «Talqin», 2005. B—171.

3

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik - Т.: «Talqin», 2005. B—175-176.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

329

Yaxshiga

yondash,

yomondan

qoch.

Og`irning

ostidan,

yengilning

ustidan o`tma.

Do`st

achitib gapirar,

dushman

kuldirib.

Antonimlik hodisasi frazemalar va grammatik kategoriyalar doirasida ham yuzaga keladi.

Antonimlarni ham nutqda toʻgʻri qoʻllay olish yoki qoʻllay olmaslik gapning mazmuniga taʼsir koʻrsatadi.

“Ideografik semalaridan odatda biri zid, qolganlari aynan ikki frazema (frazosemema) biri

ikkinchisiga nisbatan antonim deyiladi. Bunday ma'no munosabati oppozitiv munosabat deb ham
nomlanadi: oq koʻngil - koʻngl(i) oq va ich(i) qora frazemalari oʻzaro, ochiq qoʻl - qoʻli ochiq va tutunini
bulut koʻrmas, yuvindisini it frazemalari oʻzaro kabi.

Antonimik munosabat frazema bilan leksema orasida ham mavjud boʻlib, frazeologik−leksik

antonimiya deyiladi: bosh(i) osmonda frazemasi bilan xafa leksemasi oʻzaro, qoʻl(i) ochiq frazemasi bilan
xasis leksemasi oʻzaro kabi.

Frazeologik antonimiyani belgilashda ham koʻp ma'nolilik bilan hisoblashish zarur. Bir ma'noli

frazemalardagina antonimiya frazema bilan frazema orasida voqe boʻladi: yerga ur – koʻkka koʻtar kabi.

Koʻpma'noli frazemalarda esa har bir frazosememaning oʻz antonimi boʻlishi mumkin. Masalan,

koʻz(i)ga issig‘ koʻrin− frazemasi ikki lug‘aviy ma'noni anglatadi: 1) “tanishdek tuyil”, 2) “oʻziga tort”
−“yoqimli boʻl”. Bu ma'nolarning birinchisiga frazeologik antonim yoʻq, ikkinchisiga esa koʻz(i)ga sovuq
koʻrin− frazemasi antonim:

Kelganiga sal oʻtmay hammaning koʻziga issiq koʻrinib qoldi. (Said Nazar). -

Qori bolalarning koʻziga sovuq koʻrinib qolgan edi (Parda Tursun)”.

4

Qarama-qarshi ma’no anglatuvchi affikslar affiksal antonimiyani keltirib chiqaradi. Tilimizda

affiksal antonimiya, asosan, soʻz yasovchi affikslar doirasida uchraydi: -li - siz: aqlli-aqlsiz; -li - be-: sabrli
- besabr; be- ba-: bedavlat - badavlat. Keltirilgan affiksal juftliklar har doim ham, barcha holatlarda antonim
boʻlib kelavermaydi. Masalan, boshli - bebosh deb ishlatmaymiz.

“-siz affiksi koʻrib oʻtilgan maʼnolarda -li affiksining antonimidir. Qiyoslang: mevali — mevasiz,

imzoli — imzosiz, nurli — nursiz, kuchli — kuchsiz, yoqimli — yoqimsiz, odobli — odobsiz va b. Lekin
bu ikki affiks hamma vaqt bir-birining antonimi sifatida qoʻllanavermaydi. Ayrim leksemalardan -li affiksi
yordamida sifat yasalgani holda ulardan -siz affiksi yordamida sifat yasalmaydi va aksincha. Mas. ,
ayanchli, dahshatli, ziyoli, nafratli soʻzlarining ayanchsiz, dahshatsiz, ziyosiz, nafratsiz kabi antonimi ,
soʻngsiz, ilojsiz, soʻzsiz yuzsiz soʻzlarining sinfli, iloji, soʻzli, yuzli kabi antonimi yoʻq”.

5

Koʻrinib turganidek umumiy fonda antonim boʻlgan baʼzi birliklar kontekstda yoki soʻzlar bilan

oʻzaro birikkanida antonimlik hosil qilmaydi. Agarda ularni antonim sifatida qoʻllasak, qoʻpol uslubiy
xatolikka yoʻl qoʻygan boʻlamiz. Masalan, «ogʻir judolik» birikmasidagi «ogʻir» soʻziga nisbatan «yengil»
soʻzini antonim sifatida qoʻllay olmaymiz. Lekin bu ikkala soʻz asosiy fonda oʻzaro antonimlikni hosil qila
oladi.


REFERENCES

1.

Musayev A./ O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat
pedagogika institute O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili va uni o`qitish uslubiyati kafedrasi
o`zbek tili stilistikasi fanidan ma’ruza matni./Jizzax-2014-2015.B. —137.

2.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik - Т.: «Talqin», 2005.
B—171.

4

Rahmatullayev Sh /Hozirgi o`zbek adabiy tili (darslik)/Toshkent."Universitet" —2006. B—440-441.

5

Hojiyev A. /O`zbek tili so`z yasalishi/ Oliy o`quv yurtlarining filologiya fakultetlari studentlari uchun qo`llanma.

O`zSSR Xalq ta’limi ministrligi tasdiqlagan. Toshkent – “O`qituvchi” – 1989. B – 64.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

330

3.

Rahmatullayev Sh /Hozirgi o`zbek adabiy tili (darslik)/Toshkent."Universitet" —2006. B—440-
441.

4.

Hojiyev A. /O`zbek tili so`z yasalishi/ Oliy o`quv yurtlarining filologiya fakultetlari studentlari
uchun qo`llanma. O`zSSR Xalq ta’limi ministrligi tasdiqlagan. Toshkent – “O`qituvchi” – 1989. B
– 64.





References

Musayev A./ O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institute O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili va uni o`qitish uslubiyati kafedrasi o`zbek tili stilistikasi fanidan ma’ruza matni./Jizzax-2014-2015.B. —137.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik - Т.: «Talqin», 2005. B—171.

Rahmatullayev Sh /Hozirgi o`zbek adabiy tili (darslik)/Toshkent."Universitet" —2006. B—440-441.

Hojiyev A. /O`zbek tili so`z yasalishi/ Oliy o`quv yurtlarining filologiya fakultetlari studentlari uchun qo`llanma. O`zSSR Xalq ta’limi ministrligi tasdiqlagan. Toshkent – “O`qituvchi” – 1989. B – 64.