ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
236
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY RAYONLASHTIRISH: UNING
XUSUSIYATLARI VA O‘ZIGA XOSLIGI
Toirova Zamira Sudonovna
Toshkent viloyati, O’rta Chirchiq tumani
40 - sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Tarix fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8366038
Annotatsiya.
Ushbu tezisda O‘zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirish siyosati, uning
xususiyatlari va o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar keltirildi.
Kalit so’zlar:
Iqtisofiy rayonlashtirish, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni, paxtachilik,
irrigatsiya, agrosanoat kompleksi.
ECONOMIC PLANNING IN UZBEKISTAN: ITS FEATURES AND
CHARACTERISTICS
Abstract.
This thesis contained information about the policy of economic zoning in
Uzbekistan, its features and specificity.
Keywords:
Economic zoning, Central Asian economic region, cotton growing, irrigation,
agro-industrial complex.
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПЛАНИРОВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ: ЕГО
ОСОБЕННОСТИ И ХАРАКТЕРИСТИКИ
Аннотация.
В данной диссертации представлена информация о политике
экономического зонирования в Узбекистане, ее особенностях и уникальности.
Ключевые слова:
Экономическое районирование, Центрально - Азиатский
экономический регион, хлопководство, ирригация, агропромышленный комплекс.
O‘zbekiston sovet ittifoqi xalq xo‘jaligida sanoat jihatidan rivojlangan mintaqalarining
paxtaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdek, yaramas konsepsiyaga qat’iy amal qilib keldi.
O‘zbekiston sanoati yillar davomida avvalo paxtachilikni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasi
hisoblandi. Paxta yetishtirish sohasidagi ishlarni kompleks mexanizatsiyalash uchun kerakli
mukammal mashinalarni yaratishda, irrigatsiya qurilishi va melioratsiya ishlari uchun zarur
mashina va mexanizmlarni hamda paxta tozalash sanoat asbob-uskunalarini ishlab chiqardi.
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining 16 - moddasida ham “O‘zbekiston SSR ekonomikasi
– SSSR territoriyasidagi ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimot va ayriboshlashning barcha
bo‘g’inlarini o‘z ichiga olgan yaxlit xalq xo‘jalik kompleksining tarkibiy qismi deb”, belgilab
qo‘yildi.
Biroq, O‘zbekiston SSR sanoatiga bildirilayotgan yuksak talablar bu yerda yangi
texnologiyalarni, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini joriy qilish bilan hamohang emasdi. Bu
esa muqarrar ravishda belgilangan rejaning bajarilmasligi kabi turli nomutanosibliklarga olib
kelar, ayniqsa bu holat sanoatning yengil, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarida aniq ko‘zga tashlanar
edi. Besh yillik rejalarining bajarilishi esa bir tomonlama xususiyatga ega, katta O‘rta Osiyo
iqtisodiy rayoni bu borada yetakchilik qilar edi.
Dissertatsiya ishimizning birinchi bobida ta’kidlanganidek, SSSR xalq xo‘jaligining
muayyan territorial qismi iqtisodiy rayonlar o‘zining ixtisoslashtirilganligi bilan alohida ajralib
turgan. Sotsialistik ishlab chiqarish qoidalariga amal qilsada, bu rayonlarda ishlab chiqarilgan
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
237
mahsulotlar butun mamlakat xalq xo‘jaligidagi ehtiyojlarini qondirgan. O‘rta Osiyo iqtisodiy
rayoni ham bundan mustasno emas edi.
“Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovet ittifoqi o‘zini yashovchanligini ko‘rsatdi va 1957-
1964 - yillarda xalq xo‘jaligi kengashlari tuzilib, iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga harakat qilindi.
Lekin bu borada ma’muriy buyruqbozlik tizimi saqlanib qolindi. Faqat ba’zi boshqaruv
funksiyalari mahalliy boshqaruvga berildi. Oqibatda mamlakatda ma’muriy va iqtisodiy
rayonlashtirishda qarama – qarshiliklar kelib chiqa boshladi. 1966-yilda xalq xo‘jaligi kengashlari
tugatilgandan keyin ham “hududiy ishlab chiqarish kompleksi” degan qarashlar saqlanib,
“dasturiy-maqsadli komplekslar” termini ham kiritildi”.
1951-yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi
qoshida ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish bo‘yicha kengash tuzildi. Kengash O‘zbekiston SSR
davlat reja qo‘mitasi bilan birga xalq xo‘jaligining o‘ta muhim muammolarini o‘rganishi,
tashkilotlarinng vazifalar bajarishi lozim edi.
O‘zbekiston hukumati ham kengashga xo‘jaligi bilan bog’liq rayonlarning kompleks
muammolarini o‘rganish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borishni topshirdi. Bu topshiriqdan kelib
chiqib belgilangan vazifalar O‘zbekistonning umumittifoq fondiga qo‘shayotgan hissasini
oshirishga, urushdan keyingi iqtisodni rivojlantirishga ko‘mak berishi lozim edi. O‘sha vaqtlarda
Mirzacho‘lni, Farg’ona vodiysini, Angren-Olmaliq tog’-kon sanoati rayonini, Buxoro-Navoiy,
Amudaryoning quyi oqimidagi va boshqa rayonlarni o‘zlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab
chiqish kerak edi.
Tadqiqot ishida respublika Fanlar akademiyasining deyarli barcha ilmiy-tadqiqot
institutlari, ko‘plab idoralarga qarashli muassasalar, loyihalash - qidirish muassasalari, oliy o‘quv
yurtlarining kafedralari, Davlat reja qo‘mitasi va boshqa tashkilotlaridan 35 nafar mutaxassislar
ishtirok etdi. Tadqiqot ishi natijasida O‘zbekiston tog’lari va tog’ etaklarida, cho‘llari va yarim
cho‘llarining iqtisodiy salohiyati va uni ishlatish yo‘llari tahlil qilindi.
Tadqiqotlarga ko‘ra tog’-kon sanoati korxonalarini mavjud foydali qazilmalar bazasida
rivojlantirish, shu orqali yo‘llar, elektr uzatish liniyalari, suv bilan ta’minlash tizimlari, qurilish
bazalariga ega bo‘lgan korxonalardan yana kamida 15 tasini qurish mumkin degan xulosaga
kelganlar. Shuningdek, o‘sha vaqtlardagi hisob-kitoblarga ko‘ra tog’-kon etaklarida agrosanoat
kompleksini rivojlantirish orqali bu yerda kelgusida har-yili 400 ming tonna atrofida uzum, 350
ming tonna meva olish, tirik vaznda 200 ming tonna go‘sht, cho‘l zonasida (cho‘l yaylovlarini
kengaytirgan holda) qorako‘l qo‘ylar sonini 14-20 mln. boshga va go‘sht etishirishni tirik vaznda
140-200 ming tonnaga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.
Bu loyihada bayon etilgan ma’lumotlar respublika tog’-kon etaklari va cho‘l zonalarining
ahvoli, ularni rivojlantirish imkoniyatlari va yo‘nalishlari, muayyan tasavvur bersada, lekin bu
takliflarning ekologiyaga ta’siri, sho‘r bosgan yerlarga ishlov berish, aholi uchun yetarli
sharoitlarni yaratib berish kabi masalalar chetda qolgan edi.
1960-yillarda respublika ittifoqdosh respublikalar orasida aholisining soni bo‘yicha
RSFSR, Ukraina, Qazog’istondan keyin to‘rtinchi o‘rinda turganligi, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni
tarkibidagi to‘rt respublika orasida esa birinchi o‘rinni egallashi kengash diqqat markazida bo‘ldi.
Bu bilan ishlab chiqarishda band bo‘lmagan aholisiga ega bir necha, jumladan, Jizzax, Marg’ilon,
Qarshi, Urganch, Xovos, To‘rtko‘l, Chimboy kabi Shaharlarni sanoatlashtirish vazifalari
belgilanishi lozim edi. Ayni paytda O‘zbekistonning viloyatlari rivojlanishi bo‘yicha turlicha
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
238
bo‘ldi. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Farg’ona vodiysi viloyatlarida sanoat tarmoqlari yaxshi
rivojlangan edi. Kengash faoliyati keyingi-yillarda ham davom etib, O‘zbekistonning mintaqaviy
rivojlanishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Ularda S.K.Ziyadullayev, K.N.Bedrinsev,
K.I.Lapkin kabi olimlar muntazam ishtirok etib keldilar.
Bu munozarali mavzu bo‘lib, 1980-yillarga kelib ham davom etdi. T.M.Axmedov, A.M.
Sodiqov va boshqalarning ishlari mamlakatda rayonlashtirish ishlarini amalga oshirish, ya’ni
respublika hududini mintaqalarga ajratishga qaratildi. Bunda ba’zi olimlar mamlakat hududini 6
yoki 7 taga bo‘lishni taklif etganlar. Bir guruh olimlar O‘zbekistonni Toshkent, Farg’ona, Quyi
Amudaryo, Janubiy Mirzacho‘l va Zarafshon iqtisodiy hududga bo‘lish tarafdori bo‘lib chiqqan
bo‘lsalar, ikkinchi guruh olimlar Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarini bir mintaqa sifatida olib,
rayonlar turini quyidagicha tasnifladilar - Toshkent, Farg’ona, Mirzacho‘l, Samarqand-Navoiy,
Buxoro-Qashqadaryo, Surxondaryo va Quyi Amudaryo. Tabiiyki, O‘zbekistonning tabiiy sharoiti
xilma - xil va asosan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulayligi,
respublikada keng maydonni egallagan vodiylar ham, jazirama qum sahrolari ham, tog’lar, yer osti
va boshqa tabiiy boyliklar mavjud bo‘lib, boshqa ittifoqdosh respublikalar orasida o‘z o‘rniga
egaligi bunday qarashlarga sabab bo‘lganligi sir emas edi.
REFERENCES
1.
Ўзбекистон ССР Совет Социалистик республикасининг конституцияси (Асосий
қонун). – Тошкент. Ўзбекистон, 1979. – 8-бет.
2.
Поросенков Ю.В. Сушкова О.Ю. Советская экономическая география в 60-80 годах
ХХ века //Вестник ВГУ. Серия: География, Геоэкология. 2015. -№1
http://www.vestnik.vsu.ru/pdf/geograph/2015/01/2015-01-15.pdf
3.
Бедринцев К., Мошенко В. Совет по изучению пооизводительных сил Узбекистана. –
Ташкент. Фан, 1981. – С.3.
4.
Бедринцев К., Мирзаев А. Ўзбекистонликларнинг келажак авлодлари қаерда яшайди
// Ўзбекистон коммунисти. 1988 йил, 12 декабрь. – 11-бет.
5.
Развитие и размещение произвоительных сил СССР. ...- С.47.
6.
Хошимов П.З., Жумаев С.К. Минтақалар ижтимоий – иқтисодий ривожланиши
ҳолатининг таҳлили // Иқтисод ва молия.-№10 2012. – 33-бет.
