Authors

  • Izzatulla Murodullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.24086

Keywords:

Property right, law, inviolability of property

Abstract

This article describes the owner's right to own, use and dispose of his own property, the procedure for state registration of real estate.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

OLDI-SOTTI YOKI HADYA QILINGANDA KO‘CHMAS MULKNI HIMOYA

QILISH USULLARI VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI

Murodullayev Izzatulla

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Mutaxassis fan o`qituvchisi

izzatulla.ooo@gmail.com

+998934233460

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371727

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan

foydalanish va uni tasarruf qilish huquqi, ko’chmas mulk davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Mulk huquqi, qonun, mulkning daxlsizligi, ko‘chmas mulk, mulkdor, xususiy

mulk, ko‘chmas mulk.

PROCEDURE FOR REGISTRATION AND PROCEDURE OF PROTECTION OF

REAL ESTATE IN THE CASE OF FORECLOSURE OR GIFT

Abstract.

This article describes the owner's right to own, use and dispose of his own

property, the procedure for state registration of real estate.

Key words:

Property right, law, inviolability of property, real estate, owner, private

property, real estate.

ПОРЯДОК ОФОРМЛЕНИЯ И ПОРЯДОК ЗАЩИТЫ НЕДВИЖИМОГО

ИМУЩЕСТВА В СЛУЧАЕ ОБРАЩЕНИЯ ЗАЯВЛЕНИЯ ИЛИ ПОДАРКА

Аннотация.

В данной статье описаны право собственника владеть, пользоваться

и распоряжаться собственным имуществом, порядок государственной регистрации
недвижимого имущества.

Ключевые

слова:

Право

собственности,

закон,

неприкосновенность

собственности, недвижимое имущество, собственник, частная собственность,
недвижимое имущество.

Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadi va qonun bilan qo‘riqlanadi: O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan: “Xususiy mulk daxlsiz va
davlat himoyasidadir”.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:

“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan
barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir”.

O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday

belgilangan

:

“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga

nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan
foydalanish va tasarruf qilish bo‘yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor
yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo‘yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.

Dastlab, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

tartibini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-
dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan
“Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq

farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat
beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng
sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish

huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida
ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan
cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.

Ko‘chmas mulkni oldi-sotti qilish natijasida mulk bir shaxsdan boshqasiga o‘tishi

natijasida mulk huquqi ham bir shaxsdan boshqasiga o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq ko‘chmas mulk huquqi, birinchi navbatda, davlat ro‘yxatiga qo‘yish orqali himoyalanadi.
Ya’ni, har bir ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatiga olinadi va shu orqali mulkdorning huquqlari tan
olinadi hamda shu asosga ko‘ra himoya qilinadi. Ushbu holatda, mulkdorlar o‘z mulklariga erkin
egalik qilishlari mumkin. Quyida ko‘chmas mulk savdosi paytida mulk va mulkdorni himoyalash
usullarini tahlil qilamiz.

Birinchidan, xususiy mulkka erkin egalik qilish huquqi orqali mulkdorlar

himoyalangan.“Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi 5-
band to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o‘z
xohishiga ko‘ra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan
garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar tuzishga
haqlidir.“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
O‘RQ–336-son qonunining 4-moddasiga binoan mulkdor o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini va
qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa
shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.
Shuningdek, ushbu qonunning 13-moddasida mulkdorni o‘z mulkiga bo‘lgan huquqidan voz
kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanishi belgilangan.
Yuqoridagi qonuniy asoslardan ko‘rishimiz mumkinki, mulkdor o‘z ko‘chmas mulkidan erkin
foydalanadi va uni hech kim mulkidan voz kechishga majburlashi mumkin emas.

Ikkinchidan,

ko‘chmas mulk savdosi amalga oshirilayotganda harakatlarning notarial

tasdiqlanishi ham mulkdorlarning buzilganyokibuzilishi mumkin bo‘lganhuquqlarini
himoyalashning muhim bir vositasi sifatida qarashimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi

“Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini

idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”

gi 106-son qarori bilan tasdiqlangan

“Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va

hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash
tartibi to‘g‘risida”

gi nizomi ushbu faoliyatni tartibga soluvchi muhim hujjat bo‘lib hisoblanadi.

Ko‘chmas mulk savdosida hujjatlarni notarial tasdiqlanishi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va
elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik, ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki “Notarius” AATda
idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi. Bu esa savdo davomida
firibgarlik yoki boshqa shunga o‘xshash jinoyatlarning oldi olinishigaolib keladi va amaldagi
mulkdor hamda bo‘lajak mulkdorlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarga barham beradi.

Uchinchidan,

sotib olingan ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mulkni

himoyalashning asosiy shakllaridan biri sanaladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan
huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Ushbu soha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan
tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi nizomga asosan tartibga solinadi. Ushbu nizomning 4-bandiga ko‘ra yuridik va
jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqi mazkur Nizomga muvofiq davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilganda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bundan tushunishimiz mumkinki, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish –
bu, ushbu mulkni davlat tomonidan mulkdorga tegishli ekanligini e’tirofi sanaladi va qonuniy
barcha huquqlardan foydalanishga zamin yaratadi.



REFERENCES

I.

Rahbariy adabiyotlar

1.1.

Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017. –102 b.

1.2.

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq – T.: «O‘zbekiston»,
2016. – 56 b.

1.3.

Karimov I.A. O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.:
O‘zbekiston, 1993-yil.

1.4.

Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: 1993-yil.

1.5.

Karimov I.A. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang. T.: O‘zbekiston, 1993-yil.

1.6.

Karimov I.A. Iqtisodiy islohot: mas’uliyatli bosqich. T.: O‘zbekiston, 1994-yil.

II.

Qonun va qonunosti hujjatlari.

2.1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, //
05.09.2019 y., 03/19/563/3685-son.

2.2.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. //O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1996 y., 2-songa ilova ( I qism), 1996 y., 11-12-songa ilova (II qism).

2.3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi
va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609 son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 13.12.2019 y., 06/19/5893/4150-son.

2.4.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi. //O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 24.12.1998-y., 03/19/584/4025-son.

2.5.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 24.01.2018-y., 03/20/607/0279-son.

2.6.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 22.01.2018., 03/20/608/0278-son.

2.7.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun.//
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 37-son, 978-modda.

2.8.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–336-son qonuni. // O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 24-son, 487-modda.

2.9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
4947-sonli Farmoni.// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son,
70-modda.

2.10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi “Iqtisodiyotning strategik
tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3897-son Farmoni.

2.11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010 yillarda xususiylashtirish
jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 20-iyul Qarori.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

2.12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining
jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va
ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-4848-son Farmoni.

2.13.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik
subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5491-son Farmoyishi.

2.14.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni
himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan
takomillashtirish bo‘yicha qo‘chimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik
subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son farmoni.

2.15.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas
mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan
“Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi nizom.

III.

Ilmiy adabiyotlar va maqolalar:

3.1.

Rahmonqulov H., Ro‘zinazarov Sh., Oqyulov O., Azizov X., Imomov N. Xususiy mulk
obyektlarining huquqiy maqomi. –Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, 2007, 55 b.

3.2.

Гражданско-правовые способы защиты права собственности на недвижимость.
Научно-практическое пособие по применению гражданского законодательства. 3-е
издание, переработанное и дополненноеМосква.Юрайт.2014.

3.3.

Ergashev V.Yo. Fuqarolik huquqida xususiy mulk huquqi vujudga kelishi va bekor
bo‘lishining ilmiy-nazariy jihatlari. –Toshket, TDYuI, 2007. 53 b.

3.4.

Ergashev V.Yo. O‘zbekiston Respublikasida mulk huquqining dolzarb muammolari va
rivojlanish istiqbollari. –Toshkent: TDYuI, 2009. 48 b.

IV.

Oliy sud plenumi qarorlari va sud amaliyoti

4.1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi sudlov hay’atining 2015-yil 23-iyundagi
“Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga
muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas
deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida”gi 10-1417/19477-son Qarori (sud amaliyoti).

4.2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi sudlov hay’atining 2016-yil 28-apreldagi
“Xo‘jalik sudlari tomonidan 2015-yilda davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi bochqarish
organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yisha sud
amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan Qarori” (sud amaliyoti).

4.3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi sudlov hay’atining 2015-yil 11- maydagi
“Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat
bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning
muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida”gi 18-1404/921-son Qarori (sud
amaliyoti).

4.4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 269-son
“Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun
hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

4.5.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yi 28-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-
son Qarori.

4.6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sud Plenumining 2002-yil 4-martdagi “O‘zbekiston
respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar
amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi Qarori.

4.7.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi “Mulk
huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari
qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori.

4.8.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi “Yuridik
ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 5-sonli

Qarori.

Internet saytlar

1.1.

http://www.lex.uz

1.2.

http://www.lawcom.gov.uk

1.3.

http://www.gov.uz

1.4.

http://www.norma.uz

1.5.

http://www.cyberleninka.com

1.6.

http://www.law.uk.edu

1.7.

http://www.juristlib.ru

1.8.

http://www.legislationonline.com

References

I. Rahbariy adabiyotlar

1. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017. –102 b.

2. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq – T.: «O‘zbekiston», 2016. – 56 b.

3. Karimov I.A. O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.: O‘zbekiston, 1993-yil.

4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: 1993-yil.

5. Karimov I.A. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang. T.: O‘zbekiston, 1993-yil.

6. Karimov I.A. Iqtisodiy islohot: mas’uliyatli bosqich. T.: O‘zbekiston, 1994-yil.

II. Qonun va qonunosti hujjatlari.

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, // 05.09.2019 y., 03/19/563/3685-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. //O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 2-songa ilova ( I qism), 1996 y., 11-12-songa ilova (II qism).

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609 son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019 y., 06/19/5893/4150-son.

4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi. //O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 24.12.1998-y., 03/19/584/4025-son.

5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2018-y., 03/20/607/0279-son.

6. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2018., 03/20/608/0278-son.

7. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun.// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 37-son, 978-modda.

8. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–336-son qonuni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 24-son, 487-modda.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3897-son Farmoni.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 20-iyul Qarori.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-son Farmoni.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5491-son Farmoyishi.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘chimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son farmoni.

15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

III. Ilmiy adabiyotlar va maqolalar:

1. Rahmonqulov H., Ro‘zinazarov Sh., Oqyulov O., Azizov X., Imomov N. Xususiy mulk obyektlarining huquqiy maqomi. –Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, 2007, 55 b.

2. Гражданско-правовые способы защиты права собственности на недвижимость. Научно-практическое пособие по применению гражданского законодательства. 3-е издание, переработанное и дополненноеМосква.Юрайт.2014.

3. Ergashev V.Yo. Fuqarolik huquqida xususiy mulk huquqi vujudga kelishi va bekor bo‘lishining ilmiy-nazariy jihatlari. –Toshket, TDYuI, 2007. 53 b.

4. Ergashev V.Yo. O‘zbekiston Respublikasida mulk huquqining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari. –Toshkent: TDYuI, 2009. 48 b.

IV. Oliy sud plenumi qarorlari va sud amaliyoti

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi sudlov hay’atining 2015-yil 23-iyundagi “Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida”gi 10-1417/19477-son Qarori (sud amaliyoti).

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi sudlov hay’atining 2016-yil 28-apreldagi “Xo‘jalik sudlari tomonidan 2015-yilda davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi bochqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yisha sud amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan Qarori” (sud amaliyoti).

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi sudlov hay’atining 2015-yil 11- maydagi “Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida”gi 18-1404/921-son Qarori (sud amaliyoti).

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yi 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son Qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sud Plenumining 2002-yil 4-martdagi “O‘zbekiston respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi Qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli Qarori.

Internet saytlar