ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В НАЦИОНАЛЬНУЮ ЭКОНОМИКУ

Аннотация

В данной статье будут рассмотрены особенности привлечения иностранных инвестиций в национальную экономику, правовые, экономические и организационные аспекты вопроса.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Жуманова G. (2023). ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В НАЦИОНАЛЬНУЮ ЭКОНОМИКУ. Современная наука и исследования, 2(9), 401–403. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24216
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье будут рассмотрены особенности привлечения иностранных инвестиций в национальную экономику, правовые, экономические и организационные аспекты вопроса.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

MILLIY IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH

Jumanova Gavhar Abdurazzoq qizi

Toshkent Moliya institutida magistratura bitiruvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8387669

Annotatsiya.

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb

etishning o`ziga xos jihatlari, masalaning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatlari muhokama
etiladi.

Kalit so‘zlar:

Xorijiy investitsiya, investor, iqtisodiyot, metod, kapital.

ATTRACTING FOREIGN INVESTMENT IN THE NATIONAL ECONOMY

Abstract.

This article will discuss specific aspects of attracting foreign investment to our

national economy, legal, economic and organizational aspects of the issue.

Keywords:

Foreign Investment, investor, economy, method, capital.

ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В НАЦИОНАЛЬНУЮ

ЭКОНОМИКУ

Аннотация.

В данной статье будут рассмотрены особенности привлечения

иностранных инвестиций в национальную экономику, правовые, экономические и
организационные аспекты вопроса.

Ключевые слова:

иностранные инвестиции, инвестор, экономика, метод, капитал.

KIRISH

Xorijiy investitsiyalar chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish,

samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, qonun bilan taqiqlanmagan
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual
boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish
manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag‘batlantirgan holda jalb
qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham moliyalashtirishning tashqi
manbai bo‘lmasligi mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk

huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati

benihoya katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va

texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

ikkinchidan, o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun

xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining
me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;

uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini

jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;

to‘rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnika

bazasini yangilaydi va texnik qayta kurollantiradi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

402

beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko‘maklashadi

va h. k.

Investitsiyalar, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport,

energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikasiya
tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga,
turizm sohalarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Jahon iqtisodiyoti tajribasidan xorij kapitalini, xususan to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish investitsiyalashda eng samarali vosita ekanligi ma’lum. Aynan chet el
investitsiyalari mamlakatda iqtisodiy va texnologik yangilanish jarayonini harakatlantiruvchi omil
bo‘lib xizmat qiladi.

Moliyalashtirish manbalari tarkibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2022 yilda umumiy

investitsiyalar hajmida davlat budjeti mablag‘lari 7,4 foiz; chet el investitsiyalari 28,8 foiz;
korxonalar va aholi mablag‘lari 47,3 foizni tashkil etgan. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha
asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan (1-jadval).

1-jadval


Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha investitsiyalar tarkibi, foizda
* Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va

iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi
muhim ustuvor yo‘nalish asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik
ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan
iborat.

Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya

faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir.

Bunda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda

mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati
yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi
mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib xizmat
qiladi.

Moliyalashtirish
manbalari

2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.

(prognoz)

Davlat budjeti

12,7

10,7

9,0

9,0

8,1

7,4

5,1

Chet el investitsiyalari 19,2

19,0

22,8

25,8

32,4

28,8

25,3

Korxonalar va aholi
mablag‘lari

60,3

60,0

59,0

53,9

46,9

47,3

49,0

Boshqa manbalar

7,8

10,3

9,2

11,3

12,6

16,5

20,6


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

XULOSA VA MUNOZARA

Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya

qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan
avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmasevtika,
axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yo‘nalishlardagi yangi va zamonaviy
ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga
ustuvor e’tibor berilmoqda.

Bu imtiyozlarni berishdan maqsad - horijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish orqali

iqtisodiyotimizning real sektori salohiyatini oshirish, yurtimiz hududlarida yangi, zamonaviy
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini
ko‘paytirish, pirovard natijada mamlakatimizni barqaror va mutanosib tarzda iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirishdir.

REFERENCES

1.

Ruhіddіn Xusnіddіn o‘g`lі “O‘zbekіstonda іnvestіtsіon muhіt jozіbadorlіgіnі oshіrіsh
borasіda іlg`or xorіjіy tajrіbalardan foydalanіsh yo‘llarі” “Іqtіsodіyot va іnnovatsіon
texnologіyalar” іlmіy elektron jurnalі. № 5, sentyabr-oktyabr, 2020 yіl 91-b.

2.

G`ozіbekov D.G`., Nosіrov E.І. O‘zbekіston іqtіsodіyotіga xorіjіy іnvestіtsіyalarnі jalb
qіlіsh. Rіsola. – T.: «Іqtіsod-molіya», 2007. – 92 b.

3.

Vahabov A.V., Tadjіbaeva D.A., Xajіbakіev Sh.X. Jahon іqtіsodіyotі va xalqaro іqtіsodіy
munosabatlar: darslіk. -T.: Baktrіa press, 2015. -584 b.

4.

A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajіbakіev, N.G.Mumіnov. Xorіjіy іnvestіtsіyalar. O‘quv qo‘llanma.
Toshkent – 2010 «Molіya». 103-b.

5.

A.S.Azіzov. (2021) To‘g’rіdan to‘g’rі xorіjіy іnvestіtsіyalar jalb qіlіshda
molіyavіyіqtіsodіy va mamlakat xatarlarіnі kamaytіrіsh. Іqt. fan. bo‘y. fals. dokt. (PhD)
dіss. Avtoref. – Toshkent: 2021. – 11 b.


Библиографические ссылки

Ruhіddіn Xusnіddіn o‘g`lі “O‘zbekіstonda іnvestіtsіon muhіt jozіbadorlіgіnі oshіrіsh borasіda іlg`or xorіjіy tajrіbalardan foydalanіsh yo‘llarі” “Іqtіsodіyot va іnnovatsіon texnologіyalar” іlmіy elektron jurnalі. № 5, sentyabr-oktyabr, 2020 yіl 91-b.

G`ozіbekov D.G`., Nosіrov E.І. O‘zbekіston іqtіsodіyotіga xorіjіy іnvestіtsіyalarnі jalb qіlіsh. Rіsola. – T.: «Іqtіsod-molіya», 2007. – 92 b.

Vahabov A.V., Tadjіbaeva D.A., Xajіbakіev Sh.X. Jahon іqtіsodіyotі va xalqaro іqtіsodіy munosabatlar: darslіk. -T.: Baktrіa press, 2015. -584 b.

A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajіbakіev, N.G.Mumіnov. Xorіjіy іnvestіtsіyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2010 «Molіya». 103-b.

A.S.Azіzov. (2021) To‘g’rіdan to‘g’rі xorіjіy іnvestіtsіyalar jalb qіlіshda molіyavіyіqtіsodіy va mamlakat xatarlarіnі kamaytіrіsh. Іqt. fan. bo‘y. fals. dokt. (PhD) dіss. Avtoref. – Toshkent: 2021. – 11 b.