LEADING WOMEN ARE THE BACKBONE AND PILLAR OF THE DEVELOPMENT OF SOCIETY

HAC
Google Scholar
To share
To’rayeva, M. (2023). LEADING WOMEN ARE THE BACKBONE AND PILLAR OF THE DEVELOPMENT OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 289–292. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24347
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

For thousands of years, the cultural level and spiritual perfection of any society has also been determined by the attitude towards women. The veneration and veneration of a woman is a characteristic feature of Eastern peoples, including the Uzbek people. The article analyzes the problems of Leading Women In The New Uzbekistan, focusing on them in society, as well as the further development of the activities of leading women in our society

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

289

LIDER AYOLLAR JAMIYAT RIVOJINING TAYANCHI VA USTUNIDIR

To'rayeva Munavvar Raxmatovna

O'zbekiston milliy universiteti, tarix fakulteti, "davlat va fuqarolik jamiyati institutlari

boshqaruvi" yo'nalishi1-kurs magistranti.o'zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8424384

Annotatsiya.

Ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy

barkamolligi ham ayollarga bo’lgan munosabat bilan belgilangan. Ayolni e’zozlash, unga ehtirom
ko’rsatish Sharq xalqlariga, jumladan, o’zbek xalqiga xos xususiyatdir. Maqolada Yangi
O’zbekistonda lider ayollar, ularga jamiyatda e’tibor qaratish hamda jamiyatimizda lider ayollar
faoliyatini yanada keng rivojlantirish muammolari tahlil etilgan.

Kalit so’zlar:

lider, ayol, faoliyat, jamiyat, lider ayollar, ayollarni qadrlash.

LEADING WOMEN ARE THE BACKBONE AND PILLAR OF THE

DEVELOPMENT OF SOCIETY

Abstract.

For thousands of years, the cultural level and spiritual perfection of any society

has also been determined by the attitude towards women. The veneration and veneration of a
woman is a characteristic feature of Eastern peoples, including the Uzbek people. The article
analyzes the problems of Leading Women In The New Uzbekistan, focusing on them in society, as
well as the further development of the activities of leading women in our society.

Key words:

leader, woman, activity, society, leader Women, appreciation of women.

ЖЕНЩИНЫ-ЛИДЕРЫ-ОПОРА И СТОЛП РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА

Аннотация.

На протяжении тысячелетий культурный уровень и духовное

совершенство любого общества также определялись отношением к женщинам.
Почитание женщины, почтение к ней-характерная черта народов Востока, в том числе
узбекского. В статье анализируются проблемы женщин-лидеров в новом Узбекистане,
уделение им внимания в обществе и дальнейшее развитие деятельности женщин-лидеров
в нашем обществе.

Ключевые слова:

лидер, женщина, деятельность, общество, женщины-лидеры,

Оценка женщин.


Lider deganda, odatda, ko‘z oldimizda erkak kishining timsoli jonlanadi. Ammo dunyo

siyosati va biznes maydonida nom qozongan ayollar soni oz emas. Xo‘sh, ayol rahbarlarning
o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Zamonaviy dunyoda boshqaruvning an’anaviy
modellardan uzoqlashishi, texnologiyaning rivojlanishi va ma’lumotlarga kirishning qulayligi har
bir jabhada o‘ziga xos evolyutsiya yaratdi. Ushbu evolyutsiya ayollarga ko‘proq yordam berdi va
ayollar tashkilotlarda rahbar lavozimlariga o‘ta boshladilar. Hozirda S&P 500 (Amerikaning
Standard & Poor’s tomonidan ro‘yxatga olingan 500ta yirik kompaniyasi) reytingida bosh
direktorlik lavozimidagi ayollar soni 4,6 foizni tashkil etadi.

Ayol rahbarlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?

Muloqotdagi tabiiy instinkt egalari

Bugun har bir sohada malakali aloqachilarga ehtiyoj bor va ayollar bu borada juda

muvaffaqiyatlidirlar. Muloqotdagi tabiiy instinktiga ko‘ra, ayollar erkaklarga qaraganda
munosabatlarni boshqarish sohasida ko‘proq strateg bo‘lishlari mumkin. Ushbu xususiyatlar bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

290

ayollar tashkiliy madaniyatni kuchaytirish, tashkilotning obro‘sini oshirish va korporativ ijtimoiy
javobgarlik loyihalarini amalga oshirishni ta’minlaydilar.

O‘z standartlarini o‘rnatadilar

Kuchli ayol yetakchilarga qaraganimizda ba’zi umumiy xususiyatlarni ko‘ramiz:

muvaffaqiyatli ayol rahbarlar o‘z standartlarini o‘rnatadilar va bu uchun kurashadilar. Ba’zan
jiddiy tanqidga duchor bo‘lishlariga qaramay, standartlar kurashida o‘zlarini professionallarga xos
tarzda tuta oladilar.

Ijobiy energiya – ularning hamrohi

O‘zi va o‘zgalarning kuchini oshirishga intiladigan ayol rahbarlar hayotga rang olib

kiradilar. Tartibli ovqatlanish, rang-barang kiyinish, qahqaha otish, raqsga tushish ko‘plab
ayollarga xos xususiyat bo‘lib, bu xususiyatlar ular rahbarlik qilayotgan tashkilotning energiyasini
yuqoriga ko‘taradi.

Stressga qarshi kurashda ustundirlar

Hatto oilaviy muhitda ham juda ko‘p hollarda inqiroz va keskinliklarni boshqarishga

erishadilar: oila a’zolari oldida yuzaga keladigan har qanday xavfli belgilarni oldindan sezib,
ehtiyotkorlik choralarini ko‘radilar. Ayollar sevgi, muvozanat, xavfni sezish, konstruktiv
yondashuv orqali stressni oson yenga oladilar.

Ko‘p qirralilik

Hatto farzandlari, onalik tashvishlari, uy yumushlari haqidagi suhbatlar chog‘ida ham

ishxonadagi vazifalari haqida qayg‘ura olishlari mumkin.

O‘zining ko‘p qirrali bo‘lishini ta’minlash nuqtayi nazaridan ayollar erkak jinsga nisbatan

qat’iyatlidirlar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, individual ta’limda qatnashadigan ayollar ulushi
80 foizni tashkil etadi. O‘z egoizmini boshqarish orqali ko‘proq savollar berib, ilhom olish
istagidagi qiziquvchan ayol rahbarlar mukammallikni izlayotgan ishtiyoqli izdoshlar sifatida
namoyon bo‘ladilar.

Yaxshi tinglovchidirlar

Tabiatan mehribon ayol rahbarlar – yaxshi tinglovchilardir. Yaxshi tinglovchi bo‘la olish

esa muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.

Har doim haq va so‘nggi so‘zni aytishga majbur bo‘lmagan ayollar ekotizimlar yaratish va

fikrlarni umumlashtirish orqali hamkorlikda harakat qilishdan mamniniyat tuyadilar.

Erkak va ayollar: Liderlik uslublarida qanday farqlar bor?

Yetakchilik aloqa qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘liq, shu bois erkaklar va ayollarning

uslubi bir-biridan farq qiladi. Ushbu tafovutlar gender xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Ayollar yetakchilik uslubida erkaklarga qaraganda ko‘proq

jarayon va natijaga e’tibor

qaratadilar

: ishni tashkil qilish, jarayonlarni baholash, yuqori mahorat mezonlarini belgilash,

ishdan ko‘zlangan maqsadga erishib-erishilmaganini doimiy nazaorat qilish, vaqtga e’tibor berish
va natijaga qarab ishlash ularga xosdir.

O‘z navbatida, erkaklar

«strategik fikrlash» tushunchasiga ko‘proq e’tibor

qaratishadi

. Strategik rejalashtirish va dunyoqarash haqida qayg‘urish, yangi g‘oyalar uchun

ochiq bo‘lish, xavfni oson qabul qilish, intellektual boylik, o‘tmishdan saboq chiqarish,
kelajakdagi imkoniyatlarni oson ko‘ra olish ularga xos xususiyatdir.

Ayolni ardoqlash va qadrlash, hurmatini joyiga qo’yishdan iborat Temur va Temuriy

qadriyatlar mustaqillik yillarida yangicha mazmun bilan boyidi. Yurtimizda xotin-qizlarning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

291

davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya ishlari, tadbirkorlikda faol ishtirok etishlari uchun keng
imkoniyatlar yaratib berildi. Fikrimizning yorqin tasdig’ini Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovning mamlakat xotin-qizlariga nisbatan munosabatida ham ko’rish mumkin. Chorak asr
davomida ayollarni qadrlash, ularni har tomonlama qo’llabquvvatlash, davlat siyosati darajasida
turgan ustuvor masala bo’lib kelgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng qabul qilingan qonunlarimizda ayollar

huquqlariga inson huquqining alohida ajralmas qismi sifatida qarala boshlandi. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: «Xotin-qizlar va erkaklar teng
huquqlidirlar» deya e’tirof etilishi mamlakatimizda ayollar jamiyatning faol a’zosi sifatida barcha
sohalarda keng qamrovli ishtirok etishining huquqiy kafolati belgilanganidan dalolat beradi.
Shuningdek, davlatimiz inson huquqlari bo’yicha umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlarga,
jumladan, 1995 yili «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish
to’g’risida»gi Konvensiyaga qo’shilishi ham mamlakatimizda xotin-qizlar masalasiga jiddiy
e’tibor berilganini ko’rsatadi. 1993 yil mart oyida Mustaqil O’zbekistonning birinchi ordeni ta’sis
etilgan va u bevosita ayollarning manfaati bilan bog’liq, “Sog’lom avlod uchun” ordenidir. 1995
yil mart oyida Prezidentning “O’zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-
qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni e’lon qilinadi. Ushbu farmon
asosida O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi raisiga Bosh vazirning o’rinbosari, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi raisiga Qoraqalpog’iston Vazirlar kengashi raisining
o’rinbosari, Toshkent shahri va viloyatlar hamda tuman-shahar Xotin-qizlar qo’mitalari raislariga
hokim o’rinbosari maqomi beriladi.

Shu vaqtga qadar ayollarning jamiyatdagi o’rni va maqomi bu qadar yuksak darajaga

ko’tarilishini hatto tasavvur ham qilib bo’lmas edi. Bu yillar ayollarimiz uchun hech mubolag’asiz
uyg’onish davri bo’ldi. Yana bir bor tarixga nazar solar ekanmiz hamma davrlarda ham ayol va
qizlar uchun jamiyat ahamiyatiga molik qaror va farmonlar qabul qilinib, ularni hayotga tadbiq
etish bo’yicha amaliy ishlar olib borilgan va hozirgi davrda ham jarayon to’xtab qolgani yo’q.
Misol uchun, 1999 yil Birinchi Prezidentning farmoni bilan ayolni muqaddas bilish, unga alohida
ehtirom ko’rsatish, har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o’rnini yana bir bor
e’tirof etish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni
rivojlantirishdagi yutuqlari, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag’batlantirish maqsadida Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. 1999 yil “Ayollar yili”, 2000 yil “Sog’lom avlod” yili,
2001 yil “Onalar va bolalar” yili, 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”,
2013 yil “Obod turmush yili” deb e’lon qilinishida va shu munosabat bilan amalga oshirilgan ezgu
ishlar, tadbirlar zamirida ham ayolga hurmat, ehtirom, jismoniy kamoloti xususida fikrlash,
qayg’urish hissi mujassamligi yaqqol namoyon bo’ldi.

Mamlakatning siyosiy hayotida, davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotning barcha

tarmoqlarida, madaniyat, ilmu – fan, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda
ayollarning o’rni va roli ortib borganini kuzatish mumkin. Biz, ayollar, katta lavozimlarda albatta
ishlashi kerak degan fikrdan yiroqmiz. Chunki bizda ko’pchilik ayollarning o’zi ham xohlamaydi.
O’zi ham uyda o’tirib yoki o’ziga yaqinroq ish joyi tanlashga harakat qiladi. Men farzandlarimga
qarashim kerak, oilamning tinchini ta’minlashim kerak, deydi. Biz buni ham hurmat qilamiz. Bu
ham ayolning huquqi. Shuning uchun xalqaro tashkilotlarda ayollar teng emas ekan, ular bu joyda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

292

kamroq ekan, degan fikrlarga biz mutlaqo qo’shilmaymiz. Hamma davlatda o’ziga xos urf-odatlar
va an’analari bor. Mamlakatimiz ayollarining qarashlarida oila birinchi o’rinda turadi.


REFERENCES

1.

Fridan B. Ayollik jumbog’i. - M., 1994 yil.

2.

Barbieri E. Kelajak jamiyatidagi ayollarning roli 1993. yanvar.

3.

Sokolovskaya M. Ayollarning ijtimoiy rollari (Polshada jamoatchilik fikrini o'rganish
asosida) // Sotsiologik tadqiqotlar. 1978. № 3.

4.

Novikova E.E., Milova O.L., Zalyubovskaya E.V. Ishda va uyda zamonaviy ayol // IVF.
1988. № 8.

5.

Иванова Н. Что раздражает мужчин в женщинах: секреты семейного счастья. –
Ростов на Дону, Феникс, 2007. С.211.

6.

Попова Л.В. Проблема самореализации одаренних женщин // Вопросы психологии.
– 1996. – № 2. С. 31–41;

7.

Пригожина С.В. Женский портрет на фоне Востока и Запада. – М.: Вост. литра, 2006.
С.478.

8.

Убайдуллаева Р.А. Семья в Узбекистане. – Тошкент: Ижтимоий фикр, 2012.Б.164.



References

Fridan B. Ayollik jumbog’i. - M., 1994 yil.

Barbieri E. Kelajak jamiyatidagi ayollarning roli 1993. yanvar.

Sokolovskaya M. Ayollarning ijtimoiy rollari (Polshada jamoatchilik fikrini o'rganish asosida) // Sotsiologik tadqiqotlar. 1978. № 3.

Novikova E.E., Milova O.L., Zalyubovskaya E.V. Ishda va uyda zamonaviy ayol // IVF. 1988. № 8.

Иванова Н. Что раздражает мужчин в женщинах: секреты семейного счастья. – Ростов на Дону, Феникс, 2007. С.211.

Попова Л.В. Проблема самореализации одаренних женщин // Вопросы психологии. – 1996. – № 2. С. 31–41;

Пригожина С.В. Женский портрет на фоне Востока и Запада. – М.: Вост. литра, 2006. С.478.

Убайдуллаева Р.А. Семья в Узбекистане. – Тошкент: Ижтимоий фикр, 2012.Б.164.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов