THEORIES ON THE GLUTTONIC DOMAIN ARE TAXABLE

HAC
Google Scholar
To share
Eliboyeva, Z. (2023). THEORIES ON THE GLUTTONIC DOMAIN ARE TAXABLE. Modern Science and Research, 2(10), 337–339. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24359
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article will provide information and react to research on the issue of the lexicon of gluttonium. The specific structure of the gluttonian lexicon is analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

337

GLYUTTONIK SOHAGA OID NAZARIYALAR TAXLILI

Eliboyeva Zarnigor Normo‘minovna

SamDChTI magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8428799

Annotatsiya.

Maqolada glyuttoniya leksikasi masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar

haqida ma’lumot beriladi va munosabat bildiriladi. Glyuttoniya leksikasining o‘ziga xos
strukturasi tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

glyuttoniya, leksik birlik, stilistika, madaniyat, mentalitet, tahlil, talqin.

THEORIES ON THE GLUTTONIC DOMAIN ARE TAXABLE

Abstract.

The article will provide information and react to research on the issue of the

lexicon of gluttonium. The specific structure of the gluttonian lexicon is analyzed.

Keywords:

gluttony, lexical unit, Stylistics, culture, mentality, analysis, interpretation.

АНАЛИЗ ТЕОРИЙ ГЛЮТОНИЧЕСКОГО ПОЛЯ

Аннотация.

В статье дается информация и дается реакция на исследования,

посвященные проблеме словарного запаса глютонии. Анализируется специфическая
структура лексики глютония.

Ключевые слова:

глютония, лексическая единица, стилистика, культура,

менталитет, анализ, толкование.


Dunyoda globallashuv jarayoni turli xalqlarning milliy va etnik o‘ziga xosligi asoslarini

tadqiq qilishning kuchayishi sharoitlarida amalga oshmoqda. Universallashuv jarayoni bilan bir
vaqtda madaniyatlar tabaqalashuvi tendensiyasi ham rivojlanmoqda.

Oziq-ovqat har kungi hayotning ajralmas qismidir. Shu sababli ham dunyoning barcha

tillarida “glyuttoniya va gastronomiya” mavzusiga oid leksik birliklarni eng keng tarqalgan va eng
qadimgi leksika sifatida ko‘rish mumkin. Ushbu leksik birliklar tilga har bir darajada
(leksikologiya, grammatika, stilistika va boshqalar) ta’sir qiluvchi maxsus mikraolamni yaratadi.

Har bir til millat va uning madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, xalq milliy

xarakterining o‘ziga xosligini va boshqa xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun, misol
tariqasida, fransuzlar madaniyatini to‘g‘ri talqin qilish uchun fransuzlarning milliy oshxonasining
ramzi, uning mental tili, oshxona terminologiyasiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Ingliz va o‘zbek
tillarida glyuttonik terminologiyasining milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish ushbu
xalqlarning madaniyati, mentaliteti, turmush tarzi, etnografiyasi kabilarni keng tadqiq qilishga va
bu boradagi bilimlarni kengaytirishga imkon yaratadi. Shu o‘rinda chog‘ishtirilayotgan tillarda
gastronomiya sohasi terminologiyasining lingvomadaniy aspektda o‘rganishning ilmiy-amaliy
ahamiyatini tadqiq qilish barobarida jahon tilshunosligidan glyuttoniya sohasiga oid terminlarning
turli aspektlarda o‘rganilishi yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirib o‘tish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.

O‘zbekiston glyuttoniya leksikasi masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar tilshunoslik nuqtai

nazardan amalga oshirilgan. Jumladan, K.Shaniyazov, M.Qurbonova, K.Mahmudovlar izlanishlar
olib borganlar. M.T.Xudayarovaning “O‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik tahlili
(Qoraqolpog‘iston hududi materiallari asosida)” deb nomlangan tadqiqot ishida Qoraqolpog‘iston
o‘zbek shevalaridagi yuzdan ortiq taom nomlari ilk marotaba tahlil qilingan, qadimiy taom nomlari
xronologik tartibda o‘rganilgan, ayrim xalq marosimlarining taom nomi bilan atalishiga izoh


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

338

berilgan, taom nomlarining qisqacha izohli lug‘ati tuzib chiqilgan, taom nomlarining hududiy
tarqalishi belgilangan va kartada shartli belgilar yordamida ko‘rsatilgan, shuningdek, sohaga oid
tadqiqotlarga tanqidiy yondashib, taom nomlarining etimologiyasiga oid yangi qarashlar
belgilangan.

Glyuttoniya sohasiga bag‘ishlangan yana bir tadqiqot G.Odilovaning “Xususiy diskurslar

lingvomadaniy talqinining nazariyasi va amaliyoti (glyuttonik diskurs misolida)” nomli tadqiqot
ishi bo‘lib, olima unda glyuttonik diskurs istilohi, uning menyu, retsept, taomnoma kabi
janrlarining lingvistik xususiyatlarini aniqlagan, olamning milliy lisoniy manzarasini anglashda
glyuttonik diskurs tahlilining ahamiyatini ochib bergan, ilk bor glyuttonik diskursning tarix,
lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika va boshqa sohalar bilan bog‘liqligini asoslgan,
o‘zbek va ingliz adabiyotida glyuttonik diskursni tahlilga tortgan hamda o‘zbek adabiyotidagi non,
suv, bug‘doy, dasturxon, o‘choq kabi glyuttonik stereotiplarning genezisini isbotlagan, badiiy
asarlardagi glyuttonik diskursni tarjimada qayta yaratish muammolarining nazariy va amaliy
jihatlarini asoslab bergan, «menyu» – taomnoma hamda «retsept» ilk bor o‘zbek tilidagi glyuttonik
diskursning mustaqil janri sifatida o‘rganib, kulinariyaga oid terminologik lug‘at yaratish
tamoyillarini ishlab chiqqan, O‘zbekiston va AQSH, Britaniya restoranlari taomnomalarining
lingvokulturologik tipologik va pragmatik xususiyatlarini asoslab bergan hamda O‘zbekistondagi
xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi restoran va oshxonalar uchun taomnoma va taomnoma
tarjimasining lingvistik va stilistik baholash mezonlarini yoritib bergan.

Jahon tilshunosligida F.Gardafe, Xu Venying, Kara Killing va Skott, Brad Kessler, Leyns,

Vendi va Romona Perez va boshqalar «food» («ovqat») konseptining badiiy matnlarda
qo‘llanishini tadqiq qilganlar.

Pamela Feber o‘zining “Food terminology as a system of cultural communication:

Expressing sensory experience in several languages” tadqiqotida non va guruch kabi oziq-ovqat
kategoriyalarida madaniyatga xos bo‘lgan terminlardan foydalanishni o‘rganish uchun freymga
asoslangan terminologiya nazariyasini korpus tahliliga bog‘lagan. Uning xulosasiga ko‘ra, non va
guruch, garchi umumistemol so‘zlari bo‘lsa ham, ular terminlar sifatida qaraladi, chunki ular
o‘zlarining toifalarida boshqa o‘ziga xos oziq-ovqat terminlarning giponimlari hisoblanadi
(Pamela). Tadqiqotchi umumiy til korpusidagi non va guruch terminlarini tahlil qilishda Sandra
Sisneros, Najat El Hachmi, Chimamanda Adichiye va boshqalarning romanlarida foydalangan.

Tilshunoslikda rus olimlaridan A.V.Olyanich, M.V.Undritsova, L.R.Yermakova,

I.A.Derjavetskaya, N.P.Golovnitskaya kabilar glyuttonik diskursning leksik-semantik, pragmatik
va lingvokulturologik muammolari rus va ingliz tillari misolida qiyosiy tadqiq qilgan.

D.Yu.Gulinovning “Национальная специфика французской лингвокультурной сферы

“гастрономия” deb nomlangan tadqiqotida qiyosiy lingvistikani metodologik vosita sifatida
lingvomadaniyatshunoslikning milliy o‘ziga xos sohalarini aniqlash uchun mezonlarini ishlab
chiqqan, shuningdek so‘rovnoma o‘tkazish orqali fransuz milliy o‘ziga xos komponentlarning
muhimlik darajasini va ularning ustuvorligini belgilab bergan hamda madaniyat bilan bog‘liq
nomlarni aniqlash, madaniy belgilar bilan atalgan gatsronomiyaga oid nomlarni rus tiliga tarjima
qilishda qo‘llanadigan tarjima transformatsiyalarining turlarini aniqlash masalalarini o‘rganib
chiqqan. D.Gulinovning fikricha, fransuz gastronomiya terminologiyasining lingvokulturologik
xususiyati mintaqaviy oshxona sohasidagi an’analarga, Fransiyada restoran bajaradigan
funksiyalar(nafaqat ovqatlanish joyi, balki fransuzlar uchun eng keng mavzu asosida muloqot


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

339

qilish uchun joy)ga, istemol qilinadigan sharoblar, souslar va shuningdek, oziq-ovqat iste’mol
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan gastronomik asbob-uskunalarning boy ko‘rinishlarida aks etadi (1).

L.Ermakova o‘z tadqiqotida insonning pragmatik faoliyatini xar xil turlarini aks ettiruvchi

pragmatonimlar guruhini tipologik xususiyatlarini taniflagan va ular quyidagilar: nominal
pragmatonimlar, haqiqiy antroponimlar: ism, familiya, otasining ismi, murojat formalari,
taxalluslar, qaxramonlarning ismlari va asar nomlari, pragmatonim-arxaizmlar, gender belgili
nomlar, ottonimlar, eyfemizmlar, universal pragmatonim belgilar, milliy-madaniy belgili
pragmatonimlar. Milliy-madaniy prgamatonimlarni o‘z navbatida pragmatonim-konseptlar, til
klishelari, muqobilsiz leksika, maxsus orfagrafiyaga asoslangan pragmatonimlar, moslashtirilgan
varvarizmlar, moslashtirilmagan varvarizmlar, pragmatonim ottenkalar, pragmatonim zoonimlar
va xokozalarga tasniflaydi (2).

S.Edilov o‘zining “Функционально-семантическая характеристика названий пищи в

чеченском языке” deb nomlangan tadqiqot ishida chechen tilidagi taomlarning nomlari birinchi
marta leksik, frazeologik va paremiologik sathlarda tavsiflagan, ularning semantik xususiyatlarni
har tomonlama tahlil qilgan, turg‘un birikmalar, maqol va matallar semantik xususiyatlarini
kompleks tahlili va ularning lingvomadaniy xususiyatlari aniqlagan, ushbu toifadagi so‘zlarning
shakllanish manbalari, kelib chiqishi va o‘zlashma qatlamlarini o‘rgangan, oshxona mahsulotlari
nominatsiyasining asosiy usullari va so‘ yasash modellarini aniqlagan. S.Edilovning fikricha,
Chechenlarning marosimlari bilan bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat nomlarini tahlil qilish jarayonida
oziq-ovqat nomlarning aksariyati non va non mahsulotlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ular
an’anaviy madaniyatda muhim o‘rinni egallashgan va hozirgacha ushbu jarayon davom etmoqda.
Ko‘plab oilaviy bayram marosimlarida ular hal qiluvchi o‘rinni egallashadi.

Demak, glyuttoniya sohasi terminologiyasining lingvomadaniy aspektda o‘rganishning

ilmiy ahamiyati O‘zbekiston, Rossiya va jahon tilshunosligidan olib borilgan turli xil
tadqiqotlarning ilmiy-nazariy qiymati belgilansa, uning amaliy ahamiyati maxsus soha
terminologiyasida oziq-ovqat va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, oziq-ovqat maxsulotlari,
ovqatlarning nomlarida turli madaniy belgilarning ifodalanishi bilan belgilanadi.


REFERENCES

1.

Гулинов Д.Ю. Национальная специфика французской лингвокультурной сферы
“гастрономия (переводческий аспект). Автореф. дис. ... канд. пед. наук. –
Екатеренбург, 2004. –С.3 (24)

2.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2007. – Б.200.

3.

Эрмакова Л.Р. Глюттонические прагматонимы и национальный характер (на
материале русской и английкой лингвокультур). –Белгорд: 2011. –С.10-11.

References

Гулинов Д.Ю. Национальная специфика французской лингвокультурной сферы “гастрономия (переводческий аспект). Автореф. дис. ... канд. пед. наук. –Екатеренбург, 2004. –С.3 (24)

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.200.

Эрмакова Л.Р. Глюттонические прагматонимы и национальный характер (на материале русской и английкой лингвокультур). –Белгорд: 2011. –С.10-11.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов