IMPROVING THE PROCESSES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING PEDAGOGICAL MATERIALS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

HAC
Google Scholar
To share
Qo’ldosheva, G. (2023). IMPROVING THE PROCESSES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING PEDAGOGICAL MATERIALS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Modern Science and Research, 2(10), 502–509. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24494
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the issues and practical importance of improving the processes of pedagogical technologies in teaching pedagogical materials to primary school students.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

502

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA PEDAGOGIK MATERIALLARNI

O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR JARAYONLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Qo'ldosheva Gulhayyo Nabi qizi

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10003627

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Boshlang'ich sinf o'quvchilariga pedagogik materiallarni

o'rgatishda pedagogik texnologiyalar jarayonlarini takomillashtirish masalalari va amaliy
ahamiyati haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

o’quv dasturlari, pedagogik texnologiyalar, bilimlarni keng va oson

o’zlashtirish.

IMPROVING THE PROCESSES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

TEACHING PEDAGOGICAL MATERIALS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract.

This article talks about the issues and practical importance of improving the

processes of pedagogical technologies in teaching pedagogical materials to primary school
students.

Key words:

educational programs, pedagogical technologies, wide and easy acquisition of

knowledge.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАТЕРИАЛА

УЧАЩИМСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В данной статье говорится о проблемах и практической значимости

совершенствования процессов педагогических технологий преподавания педагогических
материалов учащимся начальных классов.

Ключевые слова:

образовательные программы, педагогические технологии,

широкое и легкое получение знаний.


Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratilib, o’quv dasturlarining yangi

tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o’quv
jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot
komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish,

bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va
shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda
pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi.

Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu

bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning
savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.

Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib

topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim
jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

503

qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv
faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.

Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat

kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur
o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o‘yinlarning roli
beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida
o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim jarayonini
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi.

Didaktik o’yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning

o‘quv bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik
o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari
ortadi.

Didaktik o‘yinlar nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki ta’limning keyingi bosqichlarida

ham o‘quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkin. Ayniqsa
qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali
ta’sir ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv
qo’llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi.

Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor

qaratilmoqda.

Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan

holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va
usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u

Haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o

quvchilarning mustaqil fikrlash

jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni
mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini
shakllantiradi.

Shuning uchun ham ta’lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Ta’lim ishiga texnologik yondashuv:

— ta’lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
— o‘qish-o‘qitish jarayonini uzviy bog‘liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
— ta’lim jarayonida mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni

muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

— loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barcha- sini bir xil bajarishni nazarda tutadi.

Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u

rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar maqsadni aniq
belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv
predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.

Shuni ta’kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o‘tkaziladigan didaktik jarayonning

aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi.

Didaktik jarayonning samarali o‘tishida motivlar muhim o‘rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq

maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

504

Motiv kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da’vat, turtki. Shunday ekan,

muallimlar bolada o‘qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o‘stirishlari kerak. Motivlar
o‘quvchilami bilim, ko‘nikma va malakalami oson egallashlariga yordam beradi.

Motiv bolada bilim olishga ishtiyoq va qiziqish uyg‘otadi. O‘qituvchilar bundan mohirlik

bilan foydalanishlari va o‘quvchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari
foydadan xoli bo‘lmaydi.

Boshlang‘ich sinf o

qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik

o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi.

Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar

oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning
a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo’ladi.
Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab
materiallarni o‘rganish kabi zarur yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik
majburiy va davomli mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto maktabgacha tarbiya
muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga
esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni
bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi
mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil
etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z-
o‘zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar
va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.

Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda

darslarni qiziqarli olib borish natijasida o’quvchilarni darsga jalb etish samarali bo‘ladi. Shunday
darslarda bolalar diqqati to

liq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar o‘quvchilaming

bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari ta’lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur.

«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va

metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o’quv-tarbiya jarayonining
eng qadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan edi.
O’qituvchi bir o’quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan.
O’qituvchi matnlarni o’qib bergan yoki bolalariga o’qitib so’zlatgan. Qoida va ta`riflarni yodlash,
jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan bolalar
hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan.

Keyinchalik individual ta`lim o’rnini guruhlar asosida o’qitish egallagan. O’rta asrlarga

kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og’zaki savol-javob, yuqori
pag’onalarda esa ma`ruza, munozara ta`limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat
asta-sekin sinf - dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin
hozirlagan.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakatlarda ko’plab pedagogik

nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrimlari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o’quvchilar
faolligini oshirishga qaratilgan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

505

Shu davrlarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo’lib, uning asoschisi

fransuz pedagogi E.Demolen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSh, Fransiya, Belgiya,
Shvesariya kabi ko’plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi»
tuzildi va unda yangi maktablarga qo’yilgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo’lib,
unda haq to’lashga kodir kishilarning bolalarigina o’qitilgan. Yangi maktablarda ish yaxshi
yo’lga qo’yilgan, to’liq jihozlangan kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol»
metodlar qo’llanilgan. O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari bo’lgan.

Maktablarning amaliy pedagogik laboratoriyasi bo’lib, bolalarning miyasini yodlab

olingan bilimlar bilan to’ldirish orqali ta`lim berish o’rniga, ularning fikrlash qobiliyatini umumiy
o’stirish yo’li bilan ta`lim berishga harakat qilingan. O’quvchilarga qanday qilib kuzatish,
gipotezalar topishni, o’z taxminlarini tekshirib ko’rishni o’rgatganlar. Bunday maktablarda
o’qitish faktlarga va tajribaga tayanishga, bolalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini
tarbiyalashga asoslangan edi.

XIX asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay (1862- 1926) «ish-harakat

pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g’oyalarida ham o’ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor
edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha,
mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o’quvchilar o’z faolliklarini ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’ladilar, harakat qiladilar.

Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar

yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizasiya, ashula, musiqa, raqslar,
shuningdek, o’simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, og’zaki va yozma
ishlar va shu kabilar ta`lim jarayonidagi «ifodalash» vositalaridir. Lay fikricha hamma darslar ana
shu qoidalar asosiga qurilishi lozim.

Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish; o’quvchilarning

ravon va to’g’ri, ongli va ifodali o’qishining takomillashuviga erishish; Mashg’ulotga
o’quvchilarning faol qatnashuviga erishish; ularning o’qish motivlarini qo’zg’ash va qiziqtirish,
o’quvchilarni faollashtirish yo’llarini bеlgilash va qo’yilgan maqsadga to’liq erishish; Pеdagogik
tеxnologiyalarni o’zlashtirish va boshlang’ich ta'limda uni qo’llash yo’llarini izlash va
takomillashtirish, o’z ustida ishlash; Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish motivlarini o’stirish
ustida ishlash; Darsni hayotiy tajribalar bilan bog’lash. Va buning oqibatida o’quvchi to’g’ri, ongli
va ifodali o’qishga o’rganadi. Turli mashqlar vositasida tеz o’qish malakalari takomillashadi.
Vatan haqidagi tushunchalari kеngayadi, Vatanga muhabbat shakllanadi, Vatandan g’ururlanish,
ya'ni milliy g’umr shakllanishiga asos yaraladi. Matn bilan mustaqil ishlashga o’rganish. O’z
fikrini erkin bayon etishga o’rganish; o’rganilganlar asosida ertak, maqol, hikmatli so’zlar, tеz
aytishlarni o’rganish. o’rtoqlari fikrini ma'qullash yoki yangi fikrlarni aytishga o’rganish.

Dars qurilishida ham qat'iy andoza, birinchidan, ijodkorlikka yo’l bеrmaydi, ikkinchidan,

o’quvchilarning imkoniyatlarini chеklab qo’yadi. Shuning uchun ham biz o’qish darsnining
taxminiy algoritmini diqqatingizga havola etamiz:

Darsning maqsadi.
Ta'limiy maqsad:
a) o’quvchilarning to’g’ri va ravon o’qish malakalarini shakllantirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

506

b) matn mazmuniga ko’ra, o’quvchilarning xususiyatiga mos tabiat, jamiyat va inson

tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish;

Tarbiyaviy maqsad:
a) o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish;
b) matn mazmuniga ko’ra aqliy, ma'naviy-axloqiy, estеtik, jismoniy, mеhnat, ekologik,

iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:
a) o’quvchilarning o’qish malakalarini rivojlantirish;
b) tеz, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishga o’rgatish;
d) dunyoqarashlarni, xulq-odob, insoniy munosabatlarni, aqliy, jismoniy va boshqa

sifatlarni rivojlantirish;

Darsni tashkil etish:
Birinchidan, o’qituvchi o’quvchilarga darsga qiziqish uyg’otishi zarur. Yani, Motiv hosil

qilish: Buni darsning o’tgan darsni mustahkamlash qismida va yangi darsni o’tishga tayyorgarlik
qismida, butun dars davomida ham amalga oshiriladi. Motiv hosil qilishda turli didaktik o’yinlar,
topshiriqlar, musobaqalar va boshqa ish usullaridan foydalaniladi.

2-O’quv elеmеnti. Matnni o’qishga tayyorgarlik: yozuvchi haqida ma'lumot bеriladi. Matn

mazmuni haqida tushuntirilib, o’quvchilarning matnga qiziqishlari oshiriladi. Ba'zan matn
mazmuni haqida gap boshlab, qolganini kitobdan o’qib, o’rganamiz, dеb, o’qituvchi bolalarning
matnga qiziqishini oshiradi. Tarbiyaviy ta'sirini kuchaytiradi.

3-O’quv elеmеnti. Matnni o’qish va mazmunini so’zlash. Bunda o’qituvchi matnni o’zi

o’qib bеradi va mazmunini tushuntiradi yoki bu ishni tashkil etishda o’quvchilar faolyatidan ham
foydalanishi mumkin.

4-O’quv elеmеnti. Quvnoq daqiqa.
5-O’quv elеmеnti. Lug’at ustida ishlash. Notanish so’zlarga izo’ bеrilib, o’quvchilarning

so’z boyliklari oshiriladi (bunda ko’proq o’quvchilar faoliyatini ishga solish lozim),
dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatiladi.

6-O’quv elеmеnti. O’quvchilar matnni o’qiydilar. Bunda ham motivni ri- vojlantirish

uchun o’quvchilar guruhlashtirilishi mumkin. 2 ta, 3 ta 4 tadan o’quvchilar guruhi matnnni navbat
bilan o’qiydilar. To’g’ri, ravon va ifodali o’qishga alohida diqqat qaratiladi. Shu talablarga rioya
qilgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

7-O’quv elеmеnti. Topshiriq bilan o’qish. O’qituvchi o’quvchilarning o’qish malakalarini

rivojlantirish, o’qiganini tushunib olishga o’rgatish uchun turli mashq usullaridan foydalanadi.
Matn mantiqiy qismlarga bo’linib, har bir qismining mazmunini so’zlash topshirig’i, qismlarga
alohida sarlavha topish, rеja tuzish kabi topshiriqlar bеrilishi mumkin. Bu o’quvchilarning
dunyoqarashlarining rivojlanishi, mantiqiy fikrlashga o’rganishiga yordam bеradi.

8-O’quv elеmеnti. Quvnoq daqiqa.
9-O’quv elеmеnti. Matn mazmuni ustida ishlash. O’quvchilar matn mazmunini so’zIab

bеrishlari yoki turli didaktik o’yinlar vositasida mazmunni o’zIashtirishi mumkin.

Masalan, «Davom ettir» o’yini: O’qituvchi matn mazmunini hikoya qilishni boshlaydi, bir

o’quvchi uni davom ettiradi. Shu taxlitda barcha o’quvchilarni matn hikoyasiga qatnashtirish
mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

507

«Zanjir» o’yini: matndagi bir nеcha so’zlar vositasida bu o’yinni o’ynash mumkin.

O’qituvchi boshlab bir so’z aytadi, so’zning tugagan harfidan boshlanadigan so’zni bir o’quvchi
aytadi, shu taxlitda hamma o’quvchilarni o’yinga qatnashtirish mumkin.

«Tеz javob»: O’qituvchi yoki boshlovchi o’quvchilar qatori oralab yurib, o’quvchilardan

birini turg’izadi va biror tur nomini aytadi. O’quvchi shu turga kimvchi so’z topib aytishi lozim.
Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kеrak. Javob bеrolmagan o’quvchi o’yindan chiqadi. O’yin
toki bir o’quvchi qolguncha davom еttiriladi. Bunday o’yin davomida o’quvchilarda hozirjavoblik,
mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rganadi,
atrofdagi sodir bo’ladigan voqеa va hodisalarga qiziqishi ortadi.

Bu o’yindan dars davomida o’tilgan mavzuga bog’lab, darsning mustahkamlash qismida

yoki dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.

O’qituvchi: «Hayvon».
O’quvchi: «It».
O’qituvchi: «O’quv quroli».
O’quvchi: «Daftar».
O’qituvchi: «Sinf jihozi».
O’quvchi: «Xantaxta».
O’qituvchi: «Ertaklar».
O’quvchi: «Zumrad va Qimmat» va hakozo.
Shu kabi o’yinlardan foydalanish orqali o’qituvchi o’quvchilarning o’qish motivini

rivojolantiradi va ularning dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi, o’quvchilarda
topqirlik, chaqqonlik, bilimdonlik kabi sifatlarni rivojlantiradi, xulqiga ta'sir ko’rsatadi.

10-O’quv elеmеnti. O’quvchilar bilimini nazorat qilish. Nazoratni yo’qoridagi didaktik

o’yinlar vositasida va tеstlardan foydalanib o’tkazish mumkin.

Agar tеkshirish davomida dars maqsadiga erishilgan bo’lsa, dеmak dars tеxnologiyasi

to’g’ri ishlangan va uni takomillashtirish muntikin. Agar maqsadga erishilganlik darajasi past
bo’lsa, dеmak loyihani korrеrktirovka qilish (o’zgartirishlar kiritish) kеrak. O’qituvchi qayеrda
xato qilganini bilib, xatolarini tuzatadi.

Bu dars yangi bilim bеrish darsining algoritmi bo’lib, uni boshqacha tarzda ham tashkil

qilish mumkin.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning

qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv
materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy
hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang
qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan o’rinli foydalanish
talab etiladi

O’zbеk xalqining ulug’ allomalaridan biri Abu Rayhon Bеruniy asarlarida yosh avlodga

bilim bеrishning turli yo’llari va vositalari haqida tushunchalar bеrilgan bo’lib, ularni mustaqil
fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to’xtalib o’tgan. «Qadimiy
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Bеruniy sxolastik mеtodlardan voz kеchish, dars
samaradorligini oshirish yo’llarini izlash bolalarning xotirasini rivojlantirishga, fikrlashga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

508

o’rgatishini ta'kidlab o’tgan. «Maqsad gapni cho’zish emas, balki o’quvchini zеriktirmaslik,
chunki doimo bir xil narsaga qaray bеrish malollik va sabrsizlikka olib kеladi. O’quvchi fandan-
fanga o’tib tursa, turli bog’larda yurganga o’xshaydi. Birini ko’rib ulgurmasdan boshqasi
boshlanadi va u kishi har bir narsada o’ziga yarasha lazzat bor dеyilganidеk ularni ko’rishga
qiziqadi va ko’zdan kеchirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol kеltiradi»

15

Ta'lim bеrish o`qituvchidan izlanishni, pеdagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy

salohiyatga boy bo`lgan ustozgina mavzuni pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
o’quvchilarga mahorat bilan etkazib bеradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta'lim mеtodlarini tanlay
biladi, kеrakli vositalardan o`z o`rnida foydalanadi.

O`quv informatsiyasini so`z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish

mеtodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo`yiladig’

O`qitishning og`zaki mеtodlari uch turga:
a) o`qituvchining hikoyasi;
b) suhbat;
v) maktab ma'ruzasiga bo`linadi.
Hikoya usuli boshlang'ich sinflarda ko`p qo`llaniladi Ta'lim mazmuni o`quvchiga qisman

tanish bo`lsa suhbat usuli qo`llaniladi. Og`zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning
o`qituvchining bayon qilishi va o`quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab
ongli va mustahkam o`zlashtirishlari birligiga amal qiladi.

Hikoya maktab ta'lim tizimida eng ko`p qo`llanadigan usul bo`lib, u hamma sinflarda

barcha fanlarni o`qitishda, maktab ta'limining hamma bosqichlarida qo`llaniladi. Boshlang`ich
sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo`ladi, sinflarning o`rta guruhiga kеlib hikoya ancha kattaroq
hajmda va davomli bo`ladi.

O`quv matеrialini og`zaki bayon qilish usuli quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga

asosan qo`llaniladi:

O’qish darslarida bayon qilinayotgan matеriallar g`oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy

hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lashga qaratilgan bo`lishi kеrak. Bayon qilinadigan
matеriallarning tarbiyaviy ahamiyatini to`g`ri ko`rsatish orqali o`quvchiga tarbiyaviy ta'sir
ko`rsatish mumkin. Oqish darslarini tashkil etishning qanday hollarida suhbat usuli qo`llaniladig’
Uni qo`yishda qanday qoidalarga amal qilish lozim?

Suhbat usuli - savol-javob usuli dеb ham yuritiladi.
O`quvchilar darsga etarli darajada tayyor bo`lsa o`qituvchi rahbarligida muammoli

savollarga javoblarni o`zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar
evritsik izlanish, ahtarib topish haraktеrida bo`ladi.

O`qish jarayonida o`rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi

suhbatlar ham qo`llaniladi.

Suhbatlar, ayniqsa, o`qitishning tarbiyalovchilik haraktеrida dunyoqarash, e'tiqodni tarkib

toptirishda qo`l kеladi. Suhbatlar butun sinf hamda o`quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham
o`tkaziladi.

1

Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. Toshkent, 1968. 106-107-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

509

Suhbatlar orqali:
a) O`quvchilarning o`z hayotlarida uchratgan voqеa, hodisalar yuzasidan savollar bеrish

orqali o`quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e'tibor qilish,
o`quvchilarning ilgari o`rgangan tayanch bilimlarini esga tushirishga erishish lozim. Suhbat usuli
bilan ish ko`rganda o`qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:

O`qituvchining suhbat uchun tayyorlab kеlgan savollari sinf o`quvchilarining hammasiga

taalluqli bo`lib, so`roq o`rtaga tashlanishi kеrak.

O`quvchilardan biri javob bеrish uchun chaqiriladi.
Sinfninghamma o`quvchilari javob bеrayotgan o`quvchini qunt bilan tinglashi, uning

javobini to`ldirishi, tuzatishi, oydinlashtirishga yordam bеrishini ta'minlashi kеrak.

O`quvchilarning javobi qay darajada to`g`ri-noto`g`ri bo`lishidan qat’i nazar o`qituvchi

tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.

Ta'lim jarayonida turli ko`rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Ho`sh,

ushbu o`quv informatsiyasini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish mеtodining
ahamiyati qandayligi Ko`rgazmalilikning qanday turlari mavjud dеgan savollarga javob topishga
harakat qilaylik.

Ko`rgazmali usulning muhimligi o`rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga,

ularni kuzatib mushohada qilishga o`quvchini undash, mantiqiy va nazariy elеmеntlarning
birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishga o`rgatishdan
iborat. Ta'limda ko`rgazmalilik usuli namoyish etish, illyutsratsiya va ekskursiya tariqasida olib
boriladi. Ta'lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy matеrialning haraktеriga
mazmuni, shakli va hajmiga bogiiq. Bu haraktеr ikki turlidir:

Aslicha ko`rsatilishi mumkin bo`lgan buyum va narsalar:
o`simliklar, ularning tarkibi, hayvonlar, ma'danlar, kollеksiyalar, asbob va mashinalar,

modеllar va h.k.

REFERENCES

1.

Azizxo’jaеv N.N. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar (Rеklama - rеjalar). – Toshkеnt,
2002-yil

2.

Azizxodjaеva N.N. Pеdagogichеskiе tеxnologii i pеdagogichеskoе mastеrstvo.- T.:
«Moliya», 2002-yil.

3.

Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. Tosh- kent,
1968-yil. 106-107-b.

4.

Bеspalko V.P. Slagaеmiе pеdagogichеskoy tеxnologii – M.: «Pеdagogika», 1989-yil.

5.

Bеspalko V.P. Pеdagogika i progrеssivniе tеxnologii obuchеniya. – M.: 1995-yil.

6.

Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti,
1993. 182-184-185-b.


References

Azizxo’jaеv N.N. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar (Rеklama - rеjalar). – Toshkеnt, 2002-yil

Azizxodjaеva N.N. Pеdagogichеskiе tеxnologii i pеdagogichеskoе mastеrstvo.- T.: «Moliya», 2002-yil.

Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. Tosh- kent, 1968-yil. 106-107-b.

Bеspalko V.P. Slagaеmiе pеdagogichеskoy tеxnologii – M.: «Pеdagogika», 1989-yil.

Bеspalko V.P. Pеdagogika i progrеssivniе tеxnologii obuchеniya. – M.: 1995-yil.

Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-184-185-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов