THE ROLE OF TECHNOLOGY IN LEARNING ENGLISH

HAC
Google Scholar
To share
Nasriddin, S. (2023). THE ROLE OF TECHNOLOGY IN LEARNING ENGLISH. Modern Science and Research, 2(10), 609–611. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24520
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In today's developing era, technologists are becoming an important factor in every industry. Likewise, these technologies are also gaining a foothold in language learning. This article examines the dominant and powerless aspects of technology in language learning (primarily English).

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

609

INGLIZ TILINI O`RGANISHDA TEXNOLOGIYANING O`RNI

Safarov Nasriddin Sadriddin o`g`li

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo`nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10019400

Annotatsiya.

Bugungi rivojlanayotgan davrda har bir sohada texnologiylar muhim bir

omilga aylanib bormoqda. Xuddi shuningdek, ushbu texnologiyalar til o`rganishda ham o`z
o`rniga ega bo`lib bormoqda. Ushbu maqolada til o`rganishda (asosan ingliz tili)
texnologiyalarning ustun va ojiz taraflari ko`rib chiqiladi.

Kalit so`zlar:

innovatsion texnologiyalar, robotexnologiyalar, smartfonlar, gadjetlar,

duolingo.

THE ROLE OF TECHNOLOGY IN LEARNING ENGLISH

Abstract.

In today's developing era, technologists are becoming an important factor in

every industry. Likewise, these technologies are also gaining a foothold in language learning. This
article examines the dominant and powerless aspects of technology in language learning
(primarily English).

Keywords:

innovative technologies, robotics, smartphones, gadgets, duolingo.

РОЛЬ ТЕХНОЛОГИЙ В ИЗУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

Аннотация.

В сегодняшнюю развивающуюся эпоху технологии становятся

важным фактором во всех отраслях. Точно так же эти технологии также находят свое
место в изучении языков. В этой статье рассматриваются превосходные и слабые
стороны технологий в изучении языков (в основном английского).

Ключевые слова:

инновационные технологии, робототехника, смартфоны,

гаджеты, Duolingo.


Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan 21-asrda texnologiyalar kirib bormagan soha

qolmagan desak, adashmagan bo`lamiz. Hayotimizning har bir soniyasida, qandaydir maqsadda u
yoki bu turdagi texnologiyalardan foydalanamiz. Bu bir tarafdan hayotimizni, shaksiz, ancha
yengillashtirdi, ammo boshqa jihatdan insonlarning borgan sari nimadir qilish uchun faqat
texnologiyaga suyanib qoladigan darajagacha olib boryapti. Albatta, hayotimizning yengillashishi
yaxshi, lekin ba`zan jismoniy harakatlar qilish yoki aqliy jihatdan ozgina harakat qilish ham
yomon oqibatlarga olib kelmaydi desak haqiqatga yaqin bo`ladi.

Bu esa o`z o`rnida hamma ishlarni ham faqat texnologiyalar bilan qilaverish kerak degan

gapdan yiroqlashishga chaqiradi. Qadimdan ma`lumki, ko`pgina dehqonchilik ishlari va albatta
sanoat sohasida odamlar ko`proq qo`l mehnatiga asoslanishgan va bu o`z o`rnida ko`pchilikni ish
bilan ta`minlagan. Ammo yil o`tgan sari inson omili o`rniga har bir sohada robotexnologiyalar
atamasi kirib kelmoqda.

Bu o`z o`rnida tarjimonlik va til sohasiga ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolgani yo`q. Har

bir til o`rganuvchi talaba yoki abiturientlar bugungi kunda smartfonlar yoki turli xil gadjetlardan
til o`rganishda foydalanishmoqda, shuningdek hammaning yordamchisiga aylanib ulgurgan

Google tarjimon

” kabi ilovalardan ham omma keng ravishda foydalanmoqda. Quyida shu va shu

kabi ilovalar, smartfonlar, gadjetlar va texnologiyalar haqida batafsilroq ma`lumot beriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

610

Google translate” -

matn, hujjatlar va veb-saytlarni bir tildan boshqa tilga tarjima

qilish uchun google tomonidan ishlab chiqilgan ko'p tilli neyron mashina tarjimasi xizmati

.

2006-yilning aprel oyida statistik mashina tarjimasi xizmati sifatida ishga tushirilgan u lingvistik
maʼlumotlarni yigʻish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Parlamenti hujjatlari va
transkriptlaridan foydalangan.

Tillarni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilish o'rniga, u avval matnni ingliz tiliga tarjima qiladi,

so'ngra kataloncha-ispanchani o'z ichiga olgan bir nechta istisnolardan tashqari til birikmalarining
ko'pchiligida maqsadli tilga aylanadi. 2013-yil may oyida kompaniya 200 milliondan ortiq kishiga
xizmat ko`rsatganini e`lon qiladi, shundan so`ng 2016-yil aprel oyiga ko`ra foydalanuvchilar soni
500 milliondan oshadi va kuniga 100 milliard so`z tarjima qilinadi. 2022-yil ma`lumotlariga ko`ra

Google translate

” turli darajadagi 133 tilni qo`llab quvvatlaydi va kunlik 200 million foydalanish

darajasigacha chiqadi.

Bundan ko`rinib turibdiki, “

Google translate

”dan foydalanish statistikasi yildan yilga

oshib bormoqda va shunga yarasha tarjima qilish darajasi ham sifati ham yaxshilanmoqda. Ba`zan
ushbu platformadan foydalanish foydali bo`lishi mumkin, lekin ko`pgina konferensiya va shu kabi
jarayonlarda baribir inson tarjimasi kerak bo`ladi va bu o`z o`rnida shuni anglatadiki, ushbu
platforma, ba`zi bir iboralar va so`z birikmalarini o`z maromiga keltirib tarjima qila olish
qobiliyatiga ega emas. Bu esa ushbu platformaning hali yanada takomillashuvini talab qiladi.

Endi turli xildagi ilovalar va gadjetlarga keladigan bo`lsak, butun dunyo bo`ylab,

hammamizga ma`lum-u mashhur bo`lgan “

Play market”

orqali ko`plab til o`rgatuvchi ilovalar

yuklab olinmoqda va shu orqali til o`rganishga harakat qilinmoqda. Shuningdek, aynan til
o`rganishga moslashtirilgan turli xil gadjetlar ishlab chiqarilmoqda. Ulardan eng mashhurlari
haqida gaplashamiz.

“Duolingo”

til o`rganuvchi dasturlarni ishlab chiqaruvchi va til sertifikatini taqdim etuvchi

Amerika ta`lim texnologiyalari kompaniyasidir. U ingliz va ispan kabi mashhur tillardan tortib
uels, irland va suahili kabi kam o‘rganiladigan tillargacha 40 dan ortiq tilda kurslarni taklif etadi.
2022-yilgi ma`lumotlarga ko`ra oylik faol foydalanuvchilar soni 60.7 million kishini tashkil etadi

va shubhasiz bugungi kunga kelib ushbu raqamlar yana bir necha barobarga oshgan bo`lishi
haqiqatga yaqinroqdir.

Albatta, bu ilovaning foydali jihatlati ko`pligidan darak beradi. Shuning uchun ham

foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Shuningdek, “

Duolingo”

sertifikati ham joriy

qilingan bo`lib butun dunyo bo`ylab ko`pgina universitetlarda qabul qilina boshlangan. Bu ham
o`z o`rnida ushbu ilovaning tanlanishiga olib keladi. Albatta, ilova yaxshi ishab chiqilgan bo`lib,
unda foydalanuvchi turli xil o`yinlar orqali va turli xil qiziqarli usullar orqali til o`rganishi ancha
osonlashadi. Ammo ba`zan shu va shunga o`xshash ilovalar tufayli ba`zi bir yoshlar telefonga
mukkasidan ketishi va sog`lig`ida muammolar paydo bo`lishi mumkin. Buning oldini olish
maqsadida esa ota-onalar o`z farzandlarini yoki umuman olganda istalgan til o`rganuvchi shaxs,
albatta, offlayn darsga qatnashishi lozimligini anglab yetadi.

Bu ilovadan foydalanish mumkin emas degani emas, aksincha foydalanganda ham o`z

o`rnida, ya`ni ma`lum bir me`yorlarga asoslangan holatda foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Nafaqat ushbu ilovadan, shu va shunga o`xshash ilova va gadjetlardan o`z o`rnida va ma`lum bir
me`yorlarga asoslangan holatda foydalanilsa, nur ustiga a`lo nur bo`lgan bo`lardi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

“Robotexnikalar”

asrida yashayapmiz va borgan sari ushbu soha rivojlanyapti desak

mubolag`a bo`lmaydi. Chunki, yildan yilga har bir sohada robotlar o`z o`rniga ega bo`lib
bormoqda va xuddi shuningdek, til sohasida ham. Robotlar orqali tarjima qilish yoki til o`rganish
hamyonbop bo`lsada, ko`pgina kamchiliklari ko`zga tashlanishi mumkin. Ustun jihatlaridan biri
bu, albatta, mustaqil shug`ullanish va hamyonbopligidir.

Ammo istalgan biron bir so`z o`rganmoqchi bo`lsangiz yoki istalgan biron bir tilni

o`rganmoqchi bo`lsangiz, sizga o`qituvchi zarur bo`ladi! Nega? Chunki, o`qituvchi sizga u yoki
bu robotexnika orqali o`rgana olmagan narsangizni osonroq yo`l bilan o`rgatishi mumkin. Bundan
ko`rinib turibdiki, til o`rganish jarayonida, ba`zi bir jihatlari bor ekanki, u jihatlarini hech qaysi
bir texnika yoki robotexnika o`rgata olmas ekan. Bu degani esa, inson omili albatta til o`rganishda
muhim ro`l o`ynashini anglatadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, til o`rganishimizda istalgan turdagi texnikaning ham va

o`z o`rnida insonning ham o`rni bor va saqlanib qoladi. Yillar o`tgan sayin, texnologiya dunyosi
qanchalik rivojlanmasin, insonlarnig til o`rganishida texnologiya uddalay olmaydigan bosqichlar
bo`ladi. Shundan, ko`rinib turibdiki, texnologiya yoki istalgan ilovadan foydalanishni ma`lum bir
qoida va qonunlarga ko`ra yoki ma`lum bir rejimda olib borilsa til o`rganish darajasi va sifati
butun dunyo bo`ylab yanada oshadi va insonlarning til o`rganishida muammolar bir muncha
kamaygan bo`ladi.

REFERENCES

1.

Abdisheribov, S., Yo'Ldosheva, M., & Jumayeva, M. (2022). IMPLEMENTING
CREATIVE WRITING IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING CLASSROOMS. Science
and innovation, 1(B8), 1343-1347.

2.

Jumayeva,

M.

(2021).

CHET

TILLAR

O’QITISHNING

ZAMONAVIY

TENDENSIYALARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
TAJRIBASI. IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI.

3.

Jumayeva, M. B. (2022). OLIY TA’LIMDA INNOVATSION USUL VA VOSITALAR.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue
20), 214-226. doi: 10.24412 (Vol. 226). 2181-1784-2022-20-214.

4.

Jumayeva, M., & Qarshiyeva, M. (2022). THE ROLE OF INTERACTIVE LEARNING
TECHNOLOGIES IN THE EFL CLASSES. Science and innovation, 1(B8), 1273-1277.

5.

Jumayeva, M., & Rashidova, M. (2022). THE ROLE OF USING GAME TECHNOLOGY
IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Science and innovation, 1(B8), 1448-1452.

6.

Kamiljanovna, Z. D., O'G'Li, A. S. J., & Jumayeva, M. B. (2022). THE ANALYSIS OF
HIGHER ORDER THINKING SKILLS. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 672-
676.

References

Abdisheribov, S., Yo'Ldosheva, M., & Jumayeva, M. (2022). IMPLEMENTING CREATIVE WRITING IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING CLASSROOMS. Science and innovation, 1(B8), 1343-1347.

Jumayeva, M. (2021). CHET TILLAR O’QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH TAJRIBASI. IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI.

Jumayeva, M. B. (2022). OLIY TA’LIMDA INNOVATSION USUL VA VOSITALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 20), 214-226. doi: 10.24412 (Vol. 226). 2181-1784-2022-20-214.

Jumayeva, M., & Qarshiyeva, M. (2022). THE ROLE OF INTERACTIVE LEARNING TECHNOLOGIES IN THE EFL CLASSES. Science and innovation, 1(B8), 1273-1277.

Jumayeva, M., & Rashidova, M. (2022). THE ROLE OF USING GAME TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Science and innovation, 1(B8), 1448-1452.

Kamiljanovna, Z. D., O'G'Li, A. S. J., & Jumayeva, M. B. (2022). THE ANALYSIS OF HIGHER ORDER THINKING SKILLS. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 672-676.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов