317
HIS-TUYG‘UNING TELEPORTATSIYASIGA OID BIR TAJRIBA: NATIJALAR
TAHLILI
Alibek Omonturdiyev
TerDU Adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10073212
Annotatsiya.
Ushbu maqolada shoir Usmon Azimning bir she’rida berilgan satrlar
vositasida his-tuyg‘uning teleportatsion xususiyatlari ijtimoiy so‘rovnoma metodi orqali
tekshirilgan. Foizlar kesimida ko‘rsatilgan natijalarga tayanib, ma’lum xulosalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Badiiy teleportatsiya, Usmon Azim, kuz, ijtimoiy so‘rovnoma, muxlis,
adabiyotshunos, ijodkor, foizlar.
AN EXPERIMENT ON THE TELEPORTATION OF EMOTION: AN ANALYSIS
OF THE RESULTS
Abstract.
In this article, the teleportation properties of emotion were investigated using the
lines of a poem by the poet Usman Azim using the social survey method. Based on the results
shown in the section of percentages, certain conclusions are stated.
Key words:
Artistic teleportation, Usman Azim, fall, social survey, fan, literary critic,
creator, percentages.
ЭКСПЕРИМЕНТ ПО ТЕЛЕПОРТАЦИИ ЭМОЦИЙ: АНАЛИЗ
РЕЗУЛЬТАТОВ
Аннотация.
В данной статье телепортационные свойства эмоций исследовались
на основе строк стихотворения поэта Усмана Азима методом социального опроса. На
основе результатов, представленных в разделе процентов, делаются определенные
выводы.
Ключевые слова:
Художественная телепортация, Усман Азим, падение, соцопрос,
поклонник, литературный критик, творец, проценты.
Har qanday nazariy bilim isbotini topishi yoki ma’lum nazariy qarashlar haqida muayyan
tasavvur hosil qilish uchun o‘tkazilgan tajribalar, sinovlar va taalluqli ijtimoiy fikrlar xilma-
xilligining yig‘indisiga ko‘ra ma’lum darajada xulosalar berish mumkin.
Biz, tadqiqotimiz uchun tanlagan mavzu ham adabiyotga, so‘zga befarq bo‘lmagan ana
shunday ijtimoiy fikrlarga tabiiy ravishda ehtiyoj sezadi.
Shu bois ham shoir Usmon Azim she’riyatida his-tuyg‘ularning teleportatsion
xususiyatlarini tekshirish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek ziyolilari mavjud
318
adabiy-nazmiy segmentlarida – she’riyatga ixlosmand bo‘lgan yuzlab foydalanuvchilar ko‘z
o‘ngida shoirning ayrim satrlari misolida ijtimoiy-adabiy so‘rovnoma tashkil etdik. Bu
so‘rovnoma kategoriyalashtirilgan bo‘lib, quyidagi uch guruh asosida fikrlar olindi:
1)
Ko‘p sonli muxlislar (shartli ravishda omma. Soni: ming nafardan ortiq);
2)
Adabiyotshunos olimlar (xoslar; mutaxassislar. Soni: o‘n nafar);
3)
Yosh shoirlar (xoslar; ijodkorlar. Soni: o‘n nafar).
Shoir
Usmon Azimning:
“Kim deding? Men seni tanimayman, kuz. / Kunlaring kunimning
begonasidir. / Kuz degan fasl yo‘q. Bog‘dagi ma’yus / Vaqt asli bahorning vayronasidir
[1.205.]
”
satrlari bilan boshlanuvchi she’rida
“bahorning vayronasi”
(za’faron rang –
A.O
.) o‘quvchi
hislarini “kuz”ga tayyorlaydi. Ana shu she’rning keyingi bandidagi satrlar so‘rovnomamizda aks
ettirildi. So‘rovnoma matni quyidagicha:
“She’rda his-tuyg‘ularning teleportatsion xususiyati haqida tadqiqot o‘tkazyapmiz. Ustoz
Usmon Azimning:
“Kuz yo‘q. O‘rindiqda – chorbog‘da – bu choq
Mung‘ayib o‘tirar qarigan bahor”
– satrlarida nimani his etdingiz, “ko‘rdingiz”? Fikringiz
muhim! Iltimos!” [2].
Ushbu satr bo‘yicha 6 ta ehtimoliy variantga tartib berildi. Ular quyidagilar:
1)
Kuz, xiyobon, o‘tirg‘ich, xazonrezni his qildim. Tasavvurimda kuzak manzaralari
jonlandi.
2)
Chorbog‘. O‘rindiqda o‘tirgan sobiq bahor (kuz) g‘amgin keksa odam bo‘lib ko‘rindi.
Mahzun bo‘ldim.
3)
Yuqloridagi ikki holatni ham tuydim va ilohiyot va tabiat sinoatlari qarshisida
ojizligimni sezdim.
4)
To‘g‘risini aytsam, bu satrlarni o‘qib nimalarnidir his qildim lekin buni tushunirib
berolmayman.
5)
Hech narsani his qilganim yo‘q.
6)
Fojeani his etdim. Nahotki bir paytlar go‘zal bo‘lgan fasl yoki odam tanib bo‘lmas
darajaga kelsa?! [2].
Ushbu anonim so‘rovnoma telegram ijtimoiy tarmog‘idagi ikkita adabiy-nazmiy kanalda
(“Usmon Azim” va “Alibek Anvariy”) e’lon qilingan bo‘lib, uni jami to‘qqiz mingga yaqin
foydalanuvchi kuzatdi va
mingdan ortiq odam
ovoz berdi.
319
Telegram ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek segmentidagi “Usmon Azim” nomli adabiy-
nazmiy telegram kanalida 2023-yilning 21-may kuni e’lon qilingan so‘rovnoma
[3].
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, e’lon qilingan satrni o‘qigan (2023-yilning 15-iyun holatiga
ko‘ra) 516 nafar ovoz beruvchining 11 foizi (57,09 nafar)
1-variantdagi
; 34 foizi (176,46 nafar)
2-variantdagi
; 19 foizi (98,61 nafar)
3-variantdagi;
13 foizi (67,47 nafar)
4-variantdagi;
4 foizi
(20,76 nafari)
5-variantdagi
hamda 41 foizi (212,79 nafar)
6-variantdagi
hissiy holatni tuyganini
bildirgan.
Anglashiladiki, adabiyotga, she’riyatga ixlosmand bo‘lgan
omma
ning ham aksariyat
qismining ong-u shuuriga, ko‘ngliga (2- va 6-variantni belgilagan foydalanuvchilar) berilgan
she’riy parcha mutolaasi orqali “Chorbog‘. O‘rindiqda o‘tirgan g‘amgin keksa odam qiyofasidagi
sobiq bahor (kuz)” manzarasi subyektiv his-tuyg‘uni badiiy-teleportasiya qilgan (34 foizga). 212
nafar foydalanuvchi esa mazkur satrni o‘qigach “fojeani his etgan”ini bildirib, “Nahotki bir paytlar
go‘zal bo‘lgan fasl yoki odam tanib bo‘lmas darajaga kelsa?” degan taajjubli to‘xtamga kelgan.
320
Telegram ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek segmentidagi “Alibek Anvariy” nomli adabiy-
nazmiy telegram kanalida 2023-yilning 20-may kuni e’lon qilingan so‘rovnoma
[2].
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, e’lon qilingan satrni o‘qigan (2023-yilning 15-iyun holatiga
ko‘ra) 531 nafar ovoz beruvchining 13 foizi (69,03 nafar)
1-variantdagi
; 32 foizi (169,93 nafar)
2-variantdagi
; 19 foizi (100,89 nafar)
3-variantdagi;
14 foizi (74,34 nafar)
4-variantdagi;
6
foizi (31,86 nafari)
5-variantdagi
hamda 40 foizi (212,4 nafar)
6-variantdagi
hissiy holatni
tuyganini bildirgan.
Shuningdek, o‘n nafar
adabiyotshunos
, she’rshnos olimlarga ham ayni anonim
so‘rovnoma bilan yuzanib, qaysi variantni belgilaganligini ham ochiqlashlarini bildirdik.
Shundan 7 nafar qatnashchi
2-variant
ni, 2 nafari 6-
variant
ni, qolgan 1 nafari esa mutlaqo
boshqa tuyg‘uni his qilganligini, boshqa manzaralar ko‘z o‘ngida gavdalanganligini bildirdi.
Ijtimoiy so‘rovnomamizda qatnashgan o‘n nafar
yosh shoir
ning fikr-u tasavvurlari ham
qalam ahli nuqtai nazari jihatidan e’tiborga molik. O‘n shoirning 6 nafari berilgan satrlarni o‘qish
321
orqali 2
-variant
dagi, 1 nafari 1
-variant
dagi, qolgan uch nafari esa bir xil –
3-variant
dagi holatni
his etganligi ma’lum qildi.
Bizningcha esa:
..Kuz yo‘q. O‘rindiqda – chorbog‘da – bu choq
Mung‘ayib o‘tirar qarigan bahor
[1.205].
–
satrlari o‘quvchini seskantirib yuboradi:
kuzning aslida “kuz emas”, bir paytlar bahor bo‘lgani va aniq tasvir orqali vizual funksiyasini aniq
bajarayotgan his-tuyg‘u – “chorbog‘da, keksa odam yanglig‘ o‘rindiqda o‘tirgan kuz (sobiq bahor
– yoshlik – ehtiros –
A.O.
)”ning g‘amgin manzarasi o‘quvchi tasavvurida akslanadi.
Mazkur so‘rovnoma yuz foizlik kutilgan natijani bermasligi tabiiy esa-da, shaxsiy va
umumfikrlar o‘rtasidagi mutanosiblik “chizig‘i”ni ko‘rsatib beradi.
Shundan kelib chiqib, keltirilgan uch guruhning umumiy nuqtai nazari foizlarini quyidagi
diagrammaga asosan shartli ravishda ajratishimiz mumkin.
Uch guruhga ajratilgan tarmoq foydalanuvchilarining anonim so‘rovnoma bo‘yicha
fikrlari foizlarda aks etgan diagramma.
O‘tkazilgan tajribamizga tayanib xulosa qilishimiz mumkinki, xoh omma, xoh xos bo‘lsin,
aksariyat she’riyat ixlosmandlarining mazkur satrlar borasida bildirgan taassurotlari, his-
tuyg‘ularining shoir nazarda tutgan manzaraga mutanosiblashishi, she’rdagi tasvirlar o‘quvchi
shuurida “harakatga kelishi”, she’rning vizualizatsiyasi, tuyg‘uning teleportatsiyasi ma’lum
ma’noda parallellashadi.
20%
45%
35%
Anonim so‘rovnoma bo‘yicha uch guruh vakillarining nuqtai
nazari
Muxlis
Mutaxassis
Ijodkor
322
REFERENCES
1.
Усмон Азим. Куз. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,
2001.
–
448 б.
2.
https://t.me/Alibek_Anvariy/643
3.
