Authors

  • Orzugul Yusufjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.24865

Keywords:

development, agricultural sector, literary language, agriculture.

Abstract

In this article, the dialectal problems and certain conclusions that occur in the speech of students of the agricultural field of education are described.

background image



323

AGRAR SOHA TA’LIM YO’NALISHLARI TALABALARI NUTQIDA

UCHRAYDIGAN DIALEKTAL MUAMMOLAR

Yusufjonova Orzugul Husan qizi

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Agrobiologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

B.A.Raxmanov

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.10073255

Annotatsiya.

Ushbu maqolada agrar soha ta’lim yo’nalishlari talabalari nutqida

uchraydigan dialektal muammolar va ma’lum xulosalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

taraqqiyot, agrar soha, adabiy til, qishloq xo’jaligi.

DIALECTAL PROBLEMS ENCOUNTERED IN THE SPEECH OF STUDENTS

OF AGRICULTURAL EDUCATION

Abstract.

In this article, the dialectal problems and certain conclusions that occur in the

speech of students of the agricultural field of education are described.

Key words:

development, agricultural sector, literary language, agriculture.

ДИАЛЕКТНЫЕ ПРОБЛЕМЫ, ВСТРЕЧАЮЩИЕСЯ В РЕЧИ СТУДЕНТОВ

СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье описаны диалектные проблемы и некоторые выводы,

возникающие в речи студентов аграрного направления образования.

Ключевые слова:

развитие, аграрный сектор, литературный язык, сельское

хозяйство.

Aksariyat, rivojlangan davlatlari taraqqiyot tendensiyasiga qarasak, barcha sohadagi

islohotlar qatorida milliy til rivojiga ham alohida ahamiyat berganiga guvoh bo’lamiz. Ular tilni

rivojlantirishda ichki va tashqi konsepsiyaga asoslanadi. Ya’ni, birinchi bosqichda mamlakat

ichida ona tilining ustuvorligiga, sofligiga, barcha tomonidan hurmat qilinishiga urg’u beriladi.

1

Ikkinchi bosqichda esa o’z tillarini boshqa davlatlarda keng yoyilishiga va obro’ qozonishiga

harakat qilishadi.

Ta’kidlash joizki, o’tgan yillar davomida mazkur ikki yo’nalish bo’yicha ona tilimiz

ravnaqi yo’lida qilingan ishlar imkoniyatlarimizdan ancha past. Ayniqsa, o’zbek tilini xorijiy

1

Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va b.


background image



324

davlatlarda o’rganilishi, qo’shni davlatlarda yashovchi o’zbek diasporasi vakillarining o’z ona

tillarida ta’lim olishlari borasida etarlicha muammolar mavjud.

2

Bu yo’nalishda, Prezidentimiz

tomonidan oxirgi yillarda qabul qilingan bir qator qaror va farmonlar sohada yig’ilib qolgan

muammolarni hal qilishda asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21 oktabrdagi пф-5850- sonli

“O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari

to’g’risida”gi qarori asosida barcha OTMlarda o’zbek tili fani o’qitilishi belgilandi. Mana ikkinchi

yildirki, barcha yo’nalishlar qatori agrar sohada ta’lim olayotgan talabalarga ham o’zbek tilining

sohada qo’llanilishi fani o’qitilmoqda.

Fanning namunaviy dasturi asosida tashkil etilayotgan o’zbek tili darslarida fanning

bo’limlarini o’qitish orqali talabalarda ona tilga bo’lgan mas’uliyatni oshirish, og’zaki va yozma

nutqni takomillashnirish, hamda sohaga oid atamalarni o’zlashnirish ko’zda tutilgan.

Albatta, o’zbek tili darslarini tashkil etishda bir qator muammolar ham mavjud. Xususan,

fan dasturlarini imkon qadar sohaga yaqinlashtirish zarur. Mashg’ulotlarning katta qismini amaliy

darslar tashkil etishini hisobga olib, ko’proq talabalar faolligini taminlash, zamonaviy

texnologiyalardan samarali foydalanish zarur.

3

Ozbek tili darslarida duch kelayotgan asosiy muammolardan biri talabalar nutqidagi

dialektal nuqsonlardir. Ular muloqot jarayonida sof adabiy tilda gapirishga qiynalishadi.

Aksariyatida, nutqiy faollik past darajada, so’zlashish jarayonida varvarizmlarni

4

, mahalliy sheva

so’zlarni faol ishlatadi. Shu kabi omillarni hisobga olib fan dasturlariga adabiy til va shevalar

munosabatiga oid mavzular ham kiritilsa yaxshi bo’lardi. Zero, o’zbek tili darslarini tashkil

etishdan ko’zlangan asosiy vazifalardan biri ham yoshlarimizni sof adabiy tilda ravon va burro

so’zlashish malakasini hosil qilishdan iboratdir. Dialektlar haqida gap ketganda nozik bir jihatga

etibor qaratish zarur. Talabalarni sof adabiy tilda so’zlashishga o’rgatishda, ularning ongiga

shevalarni adabiy til “dushmani” sifatida singdirmaslik kerak. Aksincha shevalar ham milliy

tilimizning ajralmas bir qismi ekanligi, uni ham adabiy tilda so’zlash talab etilmaydigan joylarda

bemalol ishlatish mumkinligini ta’kidlash zarur.

Agrar sohada tahsil olayotgan talabalarga shevalarning boshqa aloqador jihati ham bor.

Ya’ni, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq ko’plab so’z va atamalar dialektal xususiyatga ega. Ko’plab

sohaga oid ilmiy terminlar mahalliy nomiga ham ega. Ayrimlari esa faqat shevaviy ko’rinishda.

2

Kun.uz telegram kanalida tilshunos olim I.Azimovning 2021 yil 13 oktabrda e’lon qilgan

maqolasiga qarang

3

Ko’proq tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq

4

Boshqa tildagi so’zlarni qo’llash. Masalan, I, prostoy, otdelni, znachit kabi.


background image



325

Masalan, chorvachilikka oid to’xli, axta, shishak, tuvcha, ushaxmol, to’l olmoq kabi leksemalar

hali adabiy tilga to’la o’zlashgani yo’q. Lekin chorvadorlar nutqida ishlatiladi. Yoki qotqorin,

moyukol, o’tkasal, qorao’pka, uchma, pitari kabi veterinariyaga oid so’zlar ilmiy nomlanishi bilan

birga ishlatiladi. Polizchilikka oid; itqovun, dostoroshkadi, amirqovun, novvotqovun.

Uzumchilikka oid; olomonto’ydi, osma, kishmish, jovuz. Hashorat turlari; boyqo’ng’iz, itchivin,

zambur, govzambur, bingak, toshbingak kabi.

Xulosa qilib aytganda, agrar ta’lim yo’nalishlarida o’zbek tili fanini o’qitish bilan bog’liq

quyidagi masalalar hal qilinishi lozim deb hisoblaymiz.

1.

Talabalar nutqidagi dialektal nuqsonlarni bartaraf etish.

2.

Agrar sohaga oid bir tushunchani ifodalaydigan ammo ilmiy nomi boshqacha, mahalliy

nomi boshqacha ataladigan terminlarni yig’ish, taqqoslash va ularning lug’atini yaratish.

3.

O’zbek tili darslarini tashkil etishda talabalarning og’zaki va yozma nutqini

takomillashtirishga qaratilgan ilg’or informatsion va pedagogik texnologiyalardan faol

foydalanish.

References

references