EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES IN FIGHTING AGAINST CORRUPTION

HAC
Google Scholar
To share
Mexriniso, O. (2023). EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES IN FIGHTING AGAINST CORRUPTION. Modern Science and Research, 2(10), 139–142. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25054
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes corruption, the concept of combating corruption, issues of responsibility for corruption-related crimes in developed foreign countries, and their experience in preventing corruption. In particular, the legislative documents of Singapore, Malaysia, New Zealand, China, South Korea, Germany, Great Britain, USA, Georgia, Spain and a number of other countries were studied and analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN DAVLATLAR

TAJRIBASI

Oripova Mexriniso Murodjonovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi

“Umumta`lim fanlar” kafedrasi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10083953

Annotatsiya.

Ushbu maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi,

korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlarda javobgarlik masalalari va
korrupsiyani oldini olish bo’yicha ularning tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan
Singapur, Malayziya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
AQSh, Gruziya, Ispaniya va boshqa bir qator davlatlarning qonunchilik hujjatlari o’rganilib,
tahlil qilindi.

Kalit so’zlar:

korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish,

hokimiyatni suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, mansabdorlik jinoyatlari.

ОПЫТ РАЗВИТЫХ СТРАН В БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ

Аннотация.

В

данной

статье

анализируется

коррупция,

концепция

противодействия коррупции, вопросы ответственности за коррупционные преступления
в развитых зарубежных странах, их опыт предупреждения коррупции. В частности, были
изучены и проанализированы законодательные документы Сингапура, Малайзии, Новой
Зеландии, Китая, Южной Кореи, Германии, Великобритании, США, Грузии, Испании и
ряда других стран.

Ключевые слова:

коррупция, коррупционные преступления, борьба с коррупцией,

злоупотребление служебным положением, взяточничество, должностные преступления.

EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES IN FIGHTING AGAINST

CORRUPTION

Abstract.

This article analyzes corruption, the concept of combating corruption, issues of

responsibility for corruption-related crimes in developed foreign countries, and their experience
in preventing corruption. In particular, the legislative documents of Singapore, Malaysia, New
Zealand, China, South Korea, Germany, Great Britain, USA, Georgia, Spain and a number of
other countries were studied and analyzed.

Key words:

corruption, corrupt crimes, fight against corruption, abuse of power, bribery,

official crimes.

Bugungi kunda jamiyat va davlatning rivojlanishiga erishish bir tomondan sohalardagi

muammolarni aniqlash hamda uni izchillik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq
bo‘lsa, boshqa tomondan bu vazifalarning amalga oshirilishi kadrlar siyosati shaffofligini
ta’minlash hamda uni korrupsiyadan holi qilish zaruriyatini taqozo etadi.

Davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ish faoliyatida favoritizm,

nepotizm, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki hokimiyatni suiiste’mol qilish kabi
korrupsiyaning bir necha shakllari ko‘zga tashlanishi mumkin. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda
boshqa tarmoqlardagi singari kadrlar bilan ishlash masalasida ham korrupsiyaga qarshi
kurashishga oid mexanizmlar amaliyotga joriy etilgan. Xususan,- ishga qabul qilishda ta’lim


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

140

jarayonida olingan baholar (Germaniya) yoki ishga kirish imtihonlaridan a’lo darajada o‘tishga
asosiy e’tibor qaratiladi (Janubiy Koreya);- korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning ushbu
lavozimda qayta ishlashiga cheklov o‘rnatilgan;- ish vaqtidan tashqari ishlash taqiqlanadi;-
xususiy kompaniyalarga egalik qilish soni cheklangan;- korrupsiyaviy omillar haqida xabar berish
(whistle blowing) va boshqalar.

Inson resurslarini boshqarishda mansabni suiiste’mol qilish alomatlariga barham berishda

o‘ziga xos tendensiyalarni amalga oshirgan davlatlardan biri AQSH bo‘lib, ushbu davlatda
korrupsiyaga qarshi qonunchilik anchayin murosasiz xarakterga ega.AQSHda davlat xizmatchilari
orasida korrupsiya profilaktikasini ta’minlash maqsadida, “Ma’muriy axloq” qoidalari ishlab
chiqilgan. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisi lavozim maoshi summasining 15 foizidan yuqori
bo‘lgan haq evaziga tashqi o‘rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi taqiqlanadi. Bu cheklov
AQSH senati a’zolaridan tashqari barcha mansabdor shaxslarga taalluqli hisoblanadi. AQSHning
korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining yana bir muhim qoidasi bu – mansabdor shaxsning
sovg‘a olishiga nisbatan taqiq qo‘yilganligidir. Qoidaga muvofiq, barcha davlat idorasi
xodimlarining bir kalendar ish yili mobaynida umumiy qiymati 100 AQSH dollardan oshadigan
sovg‘alarni qabul qilishi taqiqlanadi (AQSH Kongressi xodimlari 250 AQSH dollargacha).
Bundan tashqari, Ma’muriy axloq qoidalariga binoan, sayohat bileti shaklida sovg‘a olishga ham
cheklov bor. Bunda, mamlakat ichida sayohat qilishda 3 kun (ikki kecha), chet elga esa, 7
kungacha (olti kecha) chegara belgilangan. Bunday cheklov hattoki senatorning oila a’zolariga
ham tatbiq qilinadi.

Buyuk Britaniyada xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida korrupsiyaviy omillar urchishiga

yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Davlat xizmati kodeksi” ishlab chiqilgan. Ushbu kodeks normalariga
amal qilish barcha davlat xizmatchilari ish faoliyatining asosiy sharti hisoblanib, halollik,
haqgo‘ylik, obyektivlik va xolislik tamoyillariga asoslangan. Qoidalarga ko‘ra, barcha vazirlik
xodimlari o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganligi yoxud sovg‘a-salom olgan
yoki olmaganligidan qat’iy nazar har 6 oyda elektron deklaratsiyani to‘ldirishi lozim. O‘z
navbatida deklaratsiya to‘ldirilishi bilanoq tashkilot rahbari avtomatik ravishda xabardor qilinadi
va rahbarlar 5 ish kunida deklaratsiya ma’lumotlarini ko‘rib chiqishi hamda tegishli choralarni
ko‘rishi joiz. Shuningdek, Buyuk Britaniyada xodimlarning tengligi va ish haqi to‘lanishida
shaffoflikka erishish maqsadida “Rahbar xodimlar ish haqini tekshirish organi (Review Body on
Senior Salaries)” tashkil etilgan. Ushbu organ yuqori lavozimli davlat xizmatchilari, sud tizimi,
harbiylar, politsiya xodimlari va Angliya sog‘liqni saqlash xizmatining yuqori martabali xodimlari
uchun mehnatga haq to‘lash borasida maslahat beradi. Shu bilan birga, barcha vazirlik va
idoralarda faoliyat yurituvchi xodimlarning qancha maosh olishi Hukumatning veb-saytida
muntazam ochiq e’lon qilib borilishi qoida tariqasida amal qiladi. Aytish joizki, Buyuk Britaniyada
ish samaradorligiga erishish va korrupsiyani oldini olishda shuningdek, tashkilotlarda ichki audit
tomonidan xarajatlar auditi nazoratga olingan. Bunda har bir tashkilotda ish vaqtida amalga
oshirilgan barcha xarajatlar jumladan, xodimlarning xizmat safarlardagi xaridlarining cheklari
ham 3 yilgacha saqlanishi talab etiladi. Ichki audit istalgan paytda korxonaning yoki xodimning
xarajatlarini tekshirish huquqiga ega.

Ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi Yaponiyada ham korrupsiyaga qarshi kurashning muhim

yo‘nalishi kadrlar siyosati bilan bog‘liq. Yaponiyada kadr boshqaruvi siyosati meritokratiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

(ta’limda erishilgan natijalarga ko‘ra ishga yollash) va xizmatga yo‘naltirilganlik tamoyili asosida
qurilgan bo‘lib, o‘z navbatida munosib ish haqi ham kafolatlangan. Bundan tashqari, mamlakatda
korrupsiya yoki uyushgan jinoyatchilikda ayblangan shaxslar reyestri yuritilib, faktlar ommaviy
axborot vositalari orqali jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi shaxslarning o‘z xatti-harakatlarini
nazorat qilishiga imkon yaratadi.

Germaniyada mansabdor shaxslar uchinchi shaxslar manfaatini ko‘zlashi natijasida ishdan

bo‘shatilganda 5 yilga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan (AQSHda 2 yil).
Xitoyda yuqori martabali rahbarlarning farzandlari yoki qarindoshlariga biznes ishi bilan
shug‘ullanish, bu sohada agent yoki maslahatchi bo‘lish taqiqlanadi.

Toʻgʻri, korrupsiyaga qarshi kurashish turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻladi.

Ammo davlat xizmatida oʻgʻrilamaslik uchun dunyoda faqat ikkita retsept tan olinadi: 1.
Shveysariya — vaqtni qisqartirish.

2. Xitoy — hayotni qisqartirish.
Albatta, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keskin kurashish choralari koʻrilmoqda.

Tadqiqotlar biror-bir illatga barham berishda eng samarali vosita illatning oʻzi bilan emas, balki
sababi bilan kurashish ekanini koʻrsatmoqda.

Bizningcha, bu yaramas illatga qarshi kurashishni quyidagi muammolarning yechimidan

boshlash tavsiya etiladi: agentlik tomonidan korrupsiya tarkibiy qismiga kiradigan qonun hujjatlari
qayta koʻrib chiqilishi; davlat muassasalari ustidan jamoatchilik nazorati (ochiqlik indeksi)
oʻrnatilishi; hokimlar va vazirlar parlament hamda mahalliy Kengashlar tomonidan tasdiqlanishi;
barcha davlat xizmatlari “Yagona oyna” markazlariga oʻtkazilishi, sud tizimi mustaqilligi
mustahkamlanishi; davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi, mansabdor shaxslarning ish haqini
biznesdagiga oʻxshash ish haqidan 2-3 baravar koʻp boʻlishiga erishilishi (Gruziya tajribasi) kerak.

Buning uchun mustaqil komissiya va markazlarni tuzish, haqiqiy ahvolni jiddiy oʻrganish,

barcha tadqiqotlar hamda axborotlarni muntazam yigʻib boradigan yagona markaz tezda ish
boshlashi talab etiladi. Chunki qiladigan ish va vazifa oʻn yillarga yetgulik.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida inson

resurslarini boshqarish jarayonini korrupsiyadan jilovlashda avvalambor yuqori mansabdor
shaxslarni korrupsiyadan tiyib turuvchi mexanizmlar yaratilishiga, shaffof ish haqi paketlari
taqdim etilishiga, ochiqlik tamoyilining ilgari surilishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Zero, har
qanday soha faoliyatini rivojlantirilishiga bel bog‘lash dastavval yuqori davlat boshqaruv organlari
va uning quyi bo‘g‘inlarini korrupsiyaning tub ildizlaridan xalos etish zaruriyati bilan
chambarchas bog‘lab turadi.

Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har

qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisi bir asrlik
mustamlakachilik davrida yoʻqotilgan moddiy hamda maʼnaviy boyliklar oʻrnini qayta tiklash,
iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy oʻzlikni asrash yoʻlida kechayu kunduz mehnat qiladigan davr
keldi. Yaponlar ham, xitoyliklar ham, singapurliklar ham xalq ruhiyatini saqlab qolish, diniy
qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvarlik mafkurasini ongga singdirish orqali milliy
taraqqiyotga erishdi. Biz ham shu nurli yoʻldan yurishga munosib xalqmiz. Zero, ozodlik, erkinlik
yaratgan boy imkoniyatdan toʻlaqonli foydalanish Oʻzbekistonda korrupsiya muammosi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

142

yechilishiga, qolaversa, uchta hokimiyatning oʻzaro tiyib turish tamoyiliga nechogʻli amal
qilishiga chambarchas bogʻliq boʻladi.

Muxtasar aytganda, korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi

xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʻlishi
zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan boʻlamiz.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni. //
https://lex.uz/docs/-3088008 / (Law of the Republic of Uzbekistan on Combating
Corruption);

2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. //
https://lex.uz/docs/-4355387 / Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 29.05.2019y.,
5729-son. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures for further
improvement of the Anti-Corruption System in the Republic of Uzbekistan");

3.

[Elektron manba].URL: https://kun.uz/30443880

4.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi. // [Elektron manba].
URL: https://lex.uz/docs/-1461329 (United Nations Convention Against Corruption);
URL:https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl










References

O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni. // https://lex.uz/docs/-3088008 / (Law of the Republic of Uzbekistan on Combating Corruption);

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. // https://lex.uz/docs/-4355387 / Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 29.05.2019y., 5729-son. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures for further improvement of the Anti-Corruption System in the Republic of Uzbekistan");

[Elektron manba].URL: https://kun.uz/30443880

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi. // [Elektron manba]. URL: https://lex.uz/docs/-1461329 (United Nations Convention Against Corruption); URL:https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов