THE STRUCTURE OF THE CARDIOVASCULAR SYSTEM AND THE TYPES OF CONGENITAL HEART DEFECTS AND THEIR CAUSES.

HAC
Google Scholar
To share
Rasulova , S. (2023). THE STRUCTURE OF THE CARDIOVASCULAR SYSTEM AND THE TYPES OF CONGENITAL HEART DEFECTS AND THEIR CAUSES. Modern Science and Research, 2(10), 232–235. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25077
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Through this article, we will get acquainted with information about the structure of the heart and blood vessels and anomalies that occur in other organs, including the lungs and veins, during congenital heart pathology, and the resulting symptoms.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

232

YURAK - QON TOMIRLAR TIZIMINING TUZILISHI HAMDA TUG’MA YURAK

NUQSONLARINING TURLARI VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI.

Rasulova Sarvinoz Sanjar qizi

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti

2-bosqich talabasi

sarvinozsanjarovna17@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10086980

Annotatsiya.

Biz mazkur maqola orqali yurak - qon tomirlarining tuzilishi hamda

tug’ma yurak patologiyasi vaqtida boshqa organlarda jumladan o’pka va tomirlarda yuz
beradigan anomaliyalar, bular oqibatida kechadigan belgilar haqidagi ma’lumotlar bilan
tanishib olamiz.

Kalit so’zlar:

Yurak, tomirlar, to’qimalar, miokard, yurak hujayralari, bo’lmacha,

qorincha, fallo tetradasi, koronar arteriya, ateroskleroz, xolesterin.

THE STRUCTURE OF THE CARDIOVASCULAR SYSTEM AND THE

TYPES OF CONGENITAL HEART DEFECTS AND THEIR CAUSES.

Abstract.

Through this article, we will get acquainted with information about the

structure of the heart and blood vessels and anomalies that occur in other organs, including
the lungs and veins, during congenital heart pathology, and the resulting symptoms.

Key Words:

Heart, vessels, tissues, myocardium, heart cells, compartment, ventricle,

tetrad of phallus, coronary artery, atherosclerosis, cholesterol.

СТРУКТУРА СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТОЙ СИСТЕМЫ, ВИДЫ
ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ СЕРДЦА И ИХ ПРИЧИНЫ.

Аннотатция.

Благодаря этой статье мы познакомимся с информацией о

строении серца и сосудов, и аномалиях, возникающих в других органах, в том числе
легких и венах, при врожденной потологии серца, и возникающих симптомах.

Ключевые слова:

Серце, сосуды, ткани, миокард, клетки серца, компартмент,

желудочек, тетрада фаллоса, коронарная артерия, атеросклероз, холестерин.


KIRISH:

“Asosiy vazifamiz – tibbiyot sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan, chinakam

xalqchil tizimga aylantirishdan iborat“.

SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEV.
ASOSIY QISM:

Yurak mushakli a’zo nasos vazifasini bajarib, qonni tomirlarga ritmik ravishda haydab

beradi. Yurak uch qavat mushaklardan; endokard, miokard va epikarddan iborat. Yurak to’rt
kamera ikkita bo’lmacha va qorinchaga bo’linadi. Yurak – qon tomiri tizimini funsional
sinflash bosimlar farqiga qarab bo’lingan: yuqori bosimli va past bosimli. Uch xil qon tomiri
mavjud; arteriya, vena va kapillyar.

Tug’ma yurak nuqsonlari – bu guruhli kasallik bo’lib, yurakning anatomik

yetishmovchiligi

(klapan,

tomir),

onaning

qornida

kechadigan,

yurak

ichi

va

gemodinamikaning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasalliklardir. Tug’ma yurak nuqsonlari –
bu yurak va yirik qon tomirlar kasalligi bo’lib, qon oqimi o’zgarishlari, yurak


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

233

yetishmovchiligiga olib keladi. Asosiy belgilari terining oqarishi, ko’karish belgilari, yurak
shovqinlari, rivojlanishdan ortda qolish, nafas va yurak yetishmovchiligi belgilaridir.

Yurak nuqsonlari kelib chiqishining sabablari bu xromosomadagi o’zgarishlar, gen

mutatsiyasi, tashqi muhit ta’sirlari va poligen faktoriyalarga moyillik. Homila rivojlanishining
birinchi uch oyligida tug’ma yurak nuqsonlarining hosil bo’lish ehtimoli yuqori darajaga yetgan
bo’ladi. Ona qornida qizilcha virusi bilan zararlanish, uchta kasallik glaukoma yoki katarakta,
karlik va yurak nuqsonlari (Fallo tetradasi, magistral tomirlar transpozitsiyasi, klapan
yetishmovchiligi va o’pka arteriyasi stenozi) ga olib kelishi mumkin.

Tug’ma yurak nuqsonlarining bir necha xil turlari mavjud.
1.O’pka orqali juda ko’p qon o’tishiga olib keladigan muammolar.
Bu nuqsonlar kislorodga boy qonni o’pka orqali aylanishiga yordam beradi, natijada esa

o’pkada bosim va stressni keltirib chiqaradi. Quyidagi muammolar sabab:

* Patent arterioz kanali tug’ilishdan keyin arterioz kanali yopilmay qolishi. Bunda

qo’shimcha qon aortadan o’pkaga o’tadi va o’pkaning ’’to’lib ketishi’’ tez nafas olish va
yomon vazn ortishiga sabab bo’ladi.Bu nuqson ko’pincha erta tug’ilgan chaqaloqlarda
kuzatiladi.

* Arterial septal nuqson bunday holatda yurakning ikki yuqori kamerasi – o’ng va chap

bo’lmachalar o’rtasida teshik bo’ladi. Bu teshik yurak orqali normadan ortiq ko’p qon olib
keladi. Ba’zi bolalarda alomatlar bo’lmasligi va sog’lom ko’rinishi mumkin.

* Ventrikulyar septal nuqson bunda esa chap va o’ng qorinchalar devorida teshik paydo

bo’ladi. Ushbu teshik ochilishi tufayli chap qorinchadagi qon shu qorinchadagi yuqori bosim
orqali o’ng qorinchaga qaytadi. Bu o’ng qorincha tomonidan o’pkaga qo’shimcha miqdorda
qon quyilishiga olib keladi va shu paytda o’pkaga tiqilib qolishi mumkin.

2.O’pka orqali juda kam miqdorda qon o’tishiga olib keladigan muammolar.
Bu orqali tana yetarli kislorod olmaydi va chaqaloq siyanotik bo’lishi mumkin yoki ko’k

ranga ega bo’lib qoladi. Bularning ham sabablari bor:

*Tricuspid atresia - bunday holatda uch tabaqali klapan hosil bo’lmaydi. Shuning uchun

o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga qon o’tmaydi. Va natijada o’pkaga yomon qon oqimi,
kislorod yetishmasligidan kelib chiqqan teri va shilliq pardalarning ko’k rangi (sinoz) bunda
o’pkaga qon oqimini oshirish va alohida qon aylanishini o’rnatish uchun ko’pincha bir qator
jarrohlik muolajalari talab qilinadi.

*Fallo tetradasi yurak tug’ma anomaliyasi, sianoz bilan kechadi va quyidagi vaqtlarda

kuzatiladi o’pka arteriyasining stenozi, o’ng qorincha gipertrofiyasi, aortaning o’nga siljishi,
qorinchalararo to’siq nuqsoni. Sianozga sabab – qorinchalararo to’siq nuqsoni natijasida o’ng
qorinchadagi venoz qon chap qorinchadagi arterial qon bilan aralashadi. ’’Tet spells’’ –
chaqaloq terisida vaqtincha (1minutdan kam) sianoz kuzatiladi. Bu holat chaqaloq yig’laganda
va harakat qilganda kuzatiladi.

3.Tanaga juda kam qon ketishiga olib keladigan muammolar.
Ushbu nuqsonlar yurak kameralarining kam rivojlanganligi, qon tomirlarining tiqilib

qolishi natijasida yuzaga keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

234

*Aorta koarktatsiyasi- bu holatda aorta toraygan. Bu tananing pastki qismidagi qon

oqimiga to’sqinlik qiladi va siqilishdan yuqori qon bosimini oshiradi. Odatda bola tug’ilishida
alomatlar yo’q, lekin ular hayotining birinchi haftasidayoq rivojlanishi mumkin.

4.Koronar yurak kaslligi ,shuningdek koronar arteriya kasalligi sifatida tanilgan,

yurakning asosiy tomirlari (koronar arteriyalar)tiqilib qoladigan va torayib oqimni
cheklaydigan keng tarqalgan yurak kasalligi.Yog’, xolesterin va boshqa moddalar to’planib ,
ateroskleroz deb ataladigan jarayon orqali arteriyalarda blyashka hosil qiladigan blokirovkalar
paydo bo’lishi mumkin. Blyashka qon laxtalarini (tromboz) hosil qilishi mumkin, agar arteriya
devoridan ajrlaib chiqsa, tanadagi qon oqimini to’xtatadi. Kislorod yetarli bo’lmasa, yurak
to’g’ri ishlay olmaydi. Bu ko’krak og’rig’I (angina) ga olib kelishi mumkin. Agar qon ivishi
yurakda qon oqimini to’sib qo’ysa yoki to’xtatsa, bu hayot uchun xavfli yurak xurujiga olib
kelishi mumkin.

Koronar yurak kaslligining uch xil turi mavjud.
A.Obstruktiv koronar arteriya kasalligi.
Ateroskleroz deb ham ataladigan blyashka to’planishi tufayli koronar arteriyalar asta-

sekin torayganida yuzaga keladi. Blyashka xolesterin konlaridan iborat.

B.Nonobstruktiv koronar arteriya kasalligi.
Koronar arteriyalar bilan bog’liq boshqa muammolar orqali kelib chiqadi. Bunga

blyashka to’planishi sabab bo’lmaydi. Buning o’rniga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:

* Yurak mushaklaridan siqilish (miokard ko’prigi)
* Noto’g’ri siqilish (koronar vazospazm)
*Arteriya shilliq qavatining shikastlanishi (endotelial disfunktsiya)
* Kichik arteriya shoxlarida buzilishlar (mikrovaskulyar disfunktsiya)
D.Spontan koronar arteriya kasalligi.
O’z-o’zidan koronar arteriya parchalanishi, koronar arteriya devoridagi kuch bilan

otilyotgan qon oqimini qisman yoki to’liq to’sib qo’yganda sogir bo’ladi. Bu kabi yoki boshqa
koronar arteriya kasalliklarining asosiy sababi bu aterosklerozdir. Ateroskleroz –bu bolalikdan
boshlanishi mumkin bo’lgan asta sekin rivojlanib yomonlashadigan kasallik. Aniq sabab
noma’lum. Bu arteriya ichki qatlamining shikastlanishi bilan boshlanishi mumkin.

XULOSA

Xulosa o’rnida aytib o’tadigan bo’lsam hozirgi kunda bolalar kardiologiyasining asosiy

muammolaridan biri bu tug’ma yurak nuqsoni bo’lgan bolalarni, hayotining birinchi yilida
operativ davolash usuli hisoblanadi. Har bir yurak tug’ma nuqsoni holatiga ko’ra davolanadi.
Ko’plab operatsiyalar sianozli yurak tug’ma nuqsonlari uchun olib boriladi.

Bugungi kunda yurak- qon tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak

hamda yirik tomirlar tuzilishidagi tug’ma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya
yo’li bilan davolanadi. Operatsiyalarni oldini olish uchun yurak poroklariga sabab bo’ladigan
kasalliklarni o’z vaqtida davolash lozim. Yuqorida aytganimdek bunday tug’ma nuqsonlar
homila hayotining birinchi uch oyligida boshlanadi. Bu davrda ona hech qanday kasalliklarga
chalinmasligi kerak. Sog'lom avlod dunyoga kelishi uchun avvalambor ona sog’lom bo’lishi
darkor.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

235

Men tibbiyot sohasining talabasi ekanman hozirda yurtboshim tomonidan yaratilyotgan

tibbiyot sohasidagi qo’shimcha shart-sharoitlar, imkoniyatlardan unumli foydalib, mana shu
sohaga munosib hissa qo’shish va Ibn Sino bobom kabi bemorlarga shifo ulashuvchi malakali
kadr bo’lish asosiy maqsadimdir. Hozirgi yangilanayotgan O’zbekistonda tibbiyot sohasiga
katta e’tibor qaratilmoqda va eng so’ngi texnologiyali tibbiyot asboblari kirib kelmoqda. Va biz
yosh avlod o’qib o’rganishimiz, ulrni amaliyotda tatbiq etishimiz lozim bo’lmoqda.


REFERENCES

1.

*

Sharopov O’.B., G’afforova F.K., Shodmonov U.I., Ichki kasalliklar , T., 2003.

Mahmud Pirnazarov.

2.

*Sulaymonov A.S. va boshqalar , Bolalar xirurgiyasi ,T ., 2000; Xaydarov G’.O.,
Ermatov Sh. X., Ichki kasalliklar, T ., 2002.

3.

*Avitsenna. uz

4.

*t.me\med_english_bsmi., Fatilloyev Ogabek.

5.

*Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlari bilan o’tkazgan muloqotidagi
nutqidan. 18.03.2022-yil.



References

*Sharopov O’.B., G’afforova F.K., Shodmonov U.I., Ichki kasalliklar , T., 2003. Mahmud Pirnazarov.

*Sulaymonov A.S. va boshqalar , Bolalar xirurgiyasi ,T ., 2000; Xaydarov G’.O., Ermatov Sh. X., Ichki kasalliklar, T ., 2002.

*Avitsenna. uz

*t.memed_english_bsmi., Fatilloyev Ogabek.

*Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlari bilan o’tkazgan muloqotidagi nutqidan. 18.03.2022-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов