UZBEK FAIRY TALES AND THEIR IMPORTANCE IN CHILD EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Bo’riyeva , N. (2023). UZBEK FAIRY TALES AND THEIR IMPORTANCE IN CHILD EDUCATION. Modern Science and Research, 2(10), 316–317. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25143
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Explaining the importance of fairy tales in raising children


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

316

O'ZBEK ERTAKLARI VA ULARNING FARZAND TARBIYASIDAGI

AHAMIYATI

Bo'riyeva Nilufar

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10090727

Annotatsiya.

Farzand tarbiyasida ertaklar ahamiyatli ekanligini tushuntirish.

Kalit so'zlar:

Ertaklar, Xalq og'zaki ijodi, Xudoyberdi To'xtaboyev, oynoma va asarlar.

UZBEK FAIRY TALES AND THEIR IMPORTANCE IN CHILD EDUCATION

Abstract.

Explaining the importance of fairy tales in raising children

Key words:

Fairy tales, Folk oral art, Khudoyberdi Tokhtaboyev, mirror and works.

УЗБЕКСКИЕ СКАЗКИ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ В ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ.

Аннотация.

C

Объяснение значения сказок в воспитании детей.

Ключевые слова:

Сказки, Народное устное творчество, Худойберди Тохтабоев,

зеркало и произведения.

Inson bolasi tug'ilganidan boshlab uning onasi nutqi yaxshi rivojlanishi va tasavvuri

kengayib borishi uchun ertaklar aytib beradi. Ertak xaql og'zaki ijodida og'izdan og'izga ko'chib

o'tishi, yoki yozma holatda biror yozuvchi tomonidan yozilishi mumkin.

Ertaklarni dunyoning deyarli har qanday madaniyatida uchratish mumkin. Ajablanarlisi

shundaki, masalan, Zolushka haqidagi hikoyalarni Misr va Islandiya kabi uzoq mamlakatlarda,

shuningdek, Xitoy, Angliya, Koreya, Sibir, Frantsiya va Vetnamda topish mumkin. Ertaklar

qanchalik ommalshsa, shunchalik uning obro'si ham yuksalaveradi.

O'zbek ertaklari haqida gapiradigan bo'lsak, o'zbek ertaklari asosan o'zbek milliy urf-

odatlaridan, an'analarida kelib chiqqan holada, asosan, milliylikni namoyon etadi. O'zbek xalq

ertaklarida "Zumrad va Qimmat", "Malikai Husnobod", "Kenja botir", "Ur to'qmoq" singari

ko'plab ertaklar mashxurlikka erishib ulgurgan. O'zbek ertaklari yaxshilik qilish, ota-onaga

hurmat, yolg'on gapirmaslik, do'stlikka vafodorlik singari mavzularni qamrab oladi. O'zbek xalq

ertaklaridan tashqari, O'zbekiston xalq yozuvchisi va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat

xodimi Xudoyberdi To'xtaboyev ertakshunoslikka juda katta hissa qo'shdi va o'z asarlari bilan

ertaklarni boyitdi.

Xudoyberdi To'xtaboyev 1932-yil, 17-dekabrda Farg'ona viloyatining O'zbekiston

tumanida tavallud topgan. Uning bolalik yillari urush davriga to'g'ri kelgani uchun ota-onasida erta


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

317

yetim qolgan. Hayoti davomida bir necha oliygohlarni bitirib, "Yosh kuch", "Sharq Yulduzi",

"Gulxan" singari mashxur oynomalarda faoliyat olib bordi. Xudoyberdi To'xtaboyev "Sariq devni

minib" , "Sariq devning o'limi", "Yovvoyi Echkilar", "Omonboy va Davronboy sarguzashtlari",

"Mungli ko'zlar" va yana ko'plab durdona asarlarni bizga meros qoldirdi. O‘zbekiston xalq

yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari nafaqat

respublikamizda, balki chet ellarda ham ma’lum va mashhurdir.

“Sariq devni minib” sarguzasht romani esa bolalar hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning

sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l halol mehnat, yaxshi

xulq-odob va qunt bilan o‘qishda ekanligi ta’kidlanadi.Ushbu kitob dunyoning 30 dan ziyod

mamlakatda rus, ingliz, fransuz va nemis tillarida nashr etilgan.

Mening fikrimcha, inson qancha ko'p ertak o'qisa uning xayoloti, tasavvuri shunchalik

kengayib boradi. Afsuski, bugun aksariyat oilalarda ertak kitob o'rniga uyali aloqa vositalaridan

musical tinglash va videolar tomosha qilish avj olmoqda. Farzand nimani ko'rsa, nima bilan

ulg'aysa, shu bilan hayot kechiradi va o'zining sevimli qahramoniga o'xshagisi keladi. Shuni

unutmasligimiz kerakki, hech bir multfilm yoki kino kitob o'qish zavqini bera olmaydi.

References

A

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов