CONSIDERATIONS IN THE FIELD OF FURTHER IMPROVEMENT OF THE PROCEDURE FOR WRITING CIVIL STATUS DOCUMENTS

HAC
Google Scholar
To share
Abdunazarova, M. (2023). CONSIDERATIONS IN THE FIELD OF FURTHER IMPROVEMENT OF THE PROCEDURE FOR WRITING CIVIL STATUS DOCUMENTS. Modern Science and Research, 2(10), 375–377. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25159
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the measures implemented in the field of further improvement of the procedures for writing civil status documents in the Republic of Uzbekistan. The article describes the changes in the procedures for writing civil status documents, the experience of foreign countries and suggestions for further improvement of the field.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

375

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH TARTIBINI

YANADA TAKOMILLASHTIRISH SOHASIDAGI MULOHAZALAR

M.R.Abdunazarova

Jizzax viloyati yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchis.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10091890

Annotatsiya.

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik holati

dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish sohasida amalga oshiriliyotgan
chora-tadbirlarga bag‘ishlanadi. Maqolada Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
tartiblaridagi o‘zgarishlar, xorijiy davlatlar tajribasi va sohani yanada takomillashtirish
borasidagi takliflar yoritib berilgan.

Kalit so‘zlari:

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, tug‘ilganlik

to‘g‘risidagi guvohnoma, o‘lim haqidagi guvohnoma, ularni berish tartibi.

СООБРАЖЕНИЯ В ОБЛАСТИ ДАЛЬНЕЙШЕГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

ПОРЯДКА НАПИСАНИЯ ДОКУМЕНТОВ ГРАЖДАНСКОГО СОСТОЯНИЯ

Aннотация.

Данная статья посвящена мерам, реализуемым в сфере дальнейшего

совершенствования порядка написания документов гражданского состояния в Республике
Узбекистан. В статье описаны изменения в порядке написания документов гражданского
состояния, опыт зарубежных стран и предложения по дальнейшему совершенствованию
сферы.

Ключевые слова:

Органы регистрации актов гражданского состояния,

свидетельство о рождении, свидетельство о смерти, порядок их выдачи.

CONSIDERATIONS IN THE FIELD OF FURTHER IMPROVEMENT OF THE

PROCEDURE FOR WRITING CIVIL STATUS DOCUMENTS

Abstract.

This article is devoted to the measures implemented in the field of further

improvement of the procedures for writing civil status documents in the Republic of Uzbekistan.
The article describes the changes in the procedures for writing civil status documents, the
experience of foreign countries and suggestions for further improvement of the field.

Key words:

Civil status registration bodies, birth certificate, death certificate, procedure

for issuing them.

Oilada farzand dunyoga keldi. Ota-onaning dastlabki vazifasi, dilbandiga chiroyli, ma’noli

ism tanlamoq. Chunki bu nom bolaga bir umrga hamrohlik qiladi. O‘zbek xalqi mentaliteti
bo‘yicha ismni tanlash oilaning yoshi ulug‘ insonlariga ishonib topshiriladi. Ular o‘z davomchilari
uchun, albatta, eng chiroyli ismlarni tanlaydilar.

Ammo, Paqirov, Akulov, Baqayev, Mamat….. degan ism, familiyalar qayerdan kelib

chiqayapti? Ismlaridan kelib chiqqan g‘alati ma’nolar sababli ular endi bir umr uyalib, tortinib
yashashga majbur. Bu xatolik nafaqat o‘z umri davomida balki ularning avlodlarini ham ta’qib
qiladi. Uni tuzatish mumkin, lekin bu yana ovaragarchilik, vaqt va mablag‘ talab qiladi. To‘g‘ri,
bu jarayonda mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi xatoliklar ko‘pligini tan olishimiz lozim. Lekin,
afsuski, bugun ham bunday holatga barham berildi, deb aytolmaymiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

376

Dunyoning Turli davlatlarida tug‘ilganlikni qayd etish turli organlar tomonidan amalga

oshiriladi

Turkiyada tug‘ilish va o‘limni ro‘yxatga olish tartiblari Aholi va fuqarolik ishlari Bosh

boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Rossiyada tug‘ilishni ro‘yxatga olish jarayonlari tug'ilish sodir bo'lgan joydagi ZAGS

(ZAGS) idoralari tomonidan amalga oshiriladi. ZAGS idorasi kerakli hujjatlarni tekshiradi va
tug‘ilishni ro‘yxatga olish jarayonini yakunlaydi.

Fransiyada tug‘ilish va o‘limni ro‘yxatga olish tartib-qoidalari Meriya idoralari (Meri)

tomonidan amalga oshiriladi. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani chaqaloq tug‘ilgan
shifoxonadan olinadi. Ushbu hujjatda tug‘ilgan sana, tug‘ilgan joy va ota-onalarning ismlari
mavjud. Chaqaloqning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki Fransiyada keng tarqalgan milliy
ID karta) uchun ariza berish mumkin.

Germaniyada Kasalxonada bola tug‘ilgandan so‘ng, sertifikatlash bir necha kun ichida

ro‘yxatga olish idorasida o‘tkaziladi. Tegishli shakllar shifoxonada to‘ldirilishi va imzolanishi
mumkin. Agar siz FHDYo bo‘limiga borib, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun ariza
topshirmoqchi bo‘lsangiz, siz bilan birga quyidagi hujjatlar bo'lishi kerak: ikkala ota-onaning
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma (nikohsiz ota-onalar
uchun: otalikni tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiya va ehtimol otalikni tan olish to‘g‘risidagi
deklaratsiya, vasiylik), shaxsiy guvohnomalar yoki pasportlar.

Bizga

ma’lumki,

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

2022-yil 28-sentabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 540-sonli Qaroriga asosan tug‘ilganlik holati
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot
muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berish va
ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur qarorga asosan tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati

dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida,
2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etildi.

Mazkur qaror qabul qilingandan so‘ng Jizzax viloyatidagi FHDYo bo‘limlari tomonidan

bugungi kunga qadar jami 16 109 ta tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan
bo‘lib, shundan 15 587 tasi tibbiyot muassasalari tomonidan qayd etilgan.

Yuqori natijalarga erishish bilan bir qatorda, bugungi kunda tibbiyot muassasalari

tomonidan tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd etishda tibbiyot
muassasasining mas’ul xodimi tomonidan qonun hujjatlari rasmiylashtirish bo‘yicha belgilangan
talablarni yetarli darajada bilmasligi oqibatida, dalolatnoma yozuvlarini xato va kamchiliklar bilan
qayd etish va yuborish holatlati ortib bormoqda. Misol uchun, qaror qabul qilingandan so‘ng
Jizzax viloyati misolida oladigan bo‘lsak, 718 ta holatda tibbiyot muassasalari tomonidan
xatoliklar bilan yuborilganlik oqibatida FHDY bo‘limlari tomonidan qaytarilgan.

FHDY bo‘limlari tomonidan bolaning ismi, familiyasi va ota ismini yozishda imloviy

xatoliklarga yo‘l qo‘yilishining oqibatida fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligi hamda
dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish uchun ortiqcha davlat boji to‘lashiga olib kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

377

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan

birgalikda “Tug‘ilish va o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotlarni rasmiylashtirishga mas’ul bo‘lgan
xodimni FHDY sohasida bilimini oshirish va tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini
qayd etishda qonunchilik talablarini amaliyot bilan birga o‘rganish tartibi mavjud emas.

Men ushbu orqali orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash

vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Tug‘ilish va o‘lim
haqidagi tibbiy ma’lumotlarni rasmiylashtirishga mas’ul bo‘lgan xodimni FHDY bo‘limlarida
stajirovka o‘tash tartibi va adabiy til me’yorlari bo‘yicha qayta tayyorlov kursidan o‘tishi
to‘g‘risida” qo‘shma buyruqni tasdiqlanishi lozimligini aytib o‘tmoqchiman. Stajirovka davomida
yuridik fakt hisoblangan– tug‘ilganlikni qayd etishdan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish,
ularni tilning imlo qoidalari asosida qayta o‘qitish zarur.

Xulosam shundan iboratki, agar yuqoridagi taklif inobatga olinsa, bu holatlar bilan bog‘liq

ovaragarchiliklarning oldini olgan va insonlarning vaqti va mablag‘i tejalgan bo‘ladi. Natijada
har kim o‘z ismi bilan faxrlana oladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi -30.04.1998-yil.

2.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 540-sonli Qarori- 2022-yil 28-sentabr.

3.

3.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagai yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
“ gi Buyruq-2013-yil 31-dekabr.

References

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi -30.04.1998-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 540-sonli Qarori- 2022-yil 28-sentabr.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagai yo‘riqnomani tasdiqlash haqida “ gi Buyruq-2013-yil 31-dekabr.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов