THE ROLE OF ARTISTIC DETAIL IN CHARACTER OPENING

HAC
Google Scholar
To share
Rustamova , I. ., & Azimova, N. (2023). THE ROLE OF ARTISTIC DETAIL IN CHARACTER OPENING. Modern Science and Research, 2(10), 61–67. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25247
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the main role of artistic detail in revealing the character of the characters of the work.


background image



61

XARAKTERNI OCHISHDA BADIIY DETALNING O’RNI

Rustamova Ibodatxon Ikromovna

FarDU, adabiyot kafedrasi dotsenti,

Filologiya fanlar nomzodi.

Azimova Nodirabonu Baxtiyorjon qizi

FarDU magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10106542

Annotatsiya.

Ushbu maqolada badiiy detalning asar qahramonlari xarakterlarining

ochilishida asosiy vazifani bajarishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

detal, xarakter, qahramon, hikoya, obraz.

THE ROLE OF ARTISTIC DETAIL IN CHARACTER OPENING

Abstract.

This article discusses the main role of artistic detail in revealing the character

of the characters of the work

Key words:

detail, character, image, store.

РОЛЬ ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ДЕТАЛИ В РАСКРЫТИИ ХАРАКТЕРА

Аннотация.

В этой статье рассматривается, как художественная деталь

выполняет основную функцию в раскрытии характеров героев произведения.

Ключевые слова:

деталь, характер, герой, история, образ.

KIRISH

“Hayotni tipiklashtirishda, uni badiiy ifodalashda, qahramon xarakteri qirralarini ochishda,

asar g’oyasini ifodalashda, uning emotsional ta`sir kuchini oshirishda badiiy detallar katta rol

o’ynaydi”

1

. Badiiy asarda uchraydigan har qanday predmet yoki chizgilar ham detal bo’lib

kelavermaydi. Detal, avvalo, “lo’nda, aniq, yorqin va obrazli bo’lib, asosan, tasvir obyektini

sintezlashib ko’rsatishga xizmat qiladi. Detal badiiy asar kompozitsiyasida o’z o’rnini

topgandagina vazifasini o’tay oladi. U yozuvchini ko’p so’zlikdan, “adabiy laqmalik”dan saqlaydi.

Qisqa-yu sermazmunlikka erishish – badiiy detalning xarakterli xususiyatidir” (T.Boboev). Badiiy

detal xarakter qirralarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy detal biz asar

qahramonlarining ichki va tashqi dunyosini anglab borishimiz uchun aniq bir vosita bo’lib xizmat

qiladi. Masalan, Nazar Eshonqul “Momoqo’shiq” hikoyasidagi personajlaridan biri Shamsi

Solohning ruhiyatida kechayotgan tushkunlikni “qarg’a” detali orqali ochib beradi. Qarg’a,

1

T.Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. -T: “O’zbekiston”. 2002. B 74.


background image



62

bilamizki, qora rangda, bu rang zulmatni anglatadi. Demak, muallif ham Shamsi Salohning qalbi

qanchalar zulmatga cho’kkanini, uning boshida “to’da-to’da bo’lib izg’ib yurgan” qarg’alar orqali

ko’rsatishga harakat qiladi. Uning ustiga qarg’a hojatini chiqarib ketishi uning har qancha

Muazzamni jaholat botqog’idan qutqarib, iste’dodini xalqqa ko’rsatishga urinishlari samarasiz

yakun topganligini ko’rsatadi. Yuqoridagi badiiy detallar Shamsi Salohning xarakterini ochishda

ma`lum darajada rol o’ynaydi, ya’ni Shamsi Salohni jamiyat qoloqligi tufayli ne-ne iste’dodlar

hali ochilmay turib, yo’q bo’lib ketayotgani, hali ham yurtdoshlarini qoloq hayot kechiryotgani,

odamlar oila, bola-chaqa g’amida mehnatdan boshi chiqmay dunyoda yuz berayotgan

o’zgarishlarda bexabar qolayotgani chuqur o’yga toldiradi. Muallif Shamsi Salohning qalbida

jo’sh urayotgan bunday ziddiyatlar orqali uning ichki dunyosini (ruhiyatini) to’laqonli ochib

berishda yuqoridagiday badiiy detallardan unumli foydalana olgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Badiiy asarga olib kirilayotgan hamma unsurlar birgalashib, aniq bir maqsadga, ya`ni

xarakterni ochishga xizmat qiladi. Shular qatori badiiy asarda uchragan detallar ham xarakterni

ochish uchun xizmat qiladi. Rus adabiyotshunosi S. Antonov detalga quyidagicha ta’rif beriladi:

“Detal – san`at asari uchun misoli gavhar”

2

. Albatta, bu ta’rif detal uchun juda mos topilgan,

chunki detal badiiy asarda ko’plab funksiyalarni bajaradi. Masalan, badiiy asarda keltirilgan detal

yozuvchini, yuqorida aytganimizdek, oshiqcha laqmalikdan saqlaydi, ya`ni muallif biror bir

elementni yoritmoqchi ekan, unga oshiqcha tafsilotlar berib o’tirmasdan birgina detal bilan

ifodalaydi. Misol qilib, Sobir O’narning “Bibisora” hikoyasini olaylik, hikoya qahramonlaridan

biri Faxriddinning xarakterini ochish uchun “qora plash” detalidan foydalanadi. Bilamizki,

ko’pchilik badiiy asarlarda yovuz odamlar qora plash kiygan holda tasvirlanadi. Ayni shu kabi

Faxriddinni qora plash kiyib yurishi, uni bizga jirkanchli, yovuz niyatli, yomon kimsa sifatida

ko’rsatadi. Demak, muallif bizga Faxriddinni yomon, qora niyatli, buzuq, hech kimni

mensimaydigan, odamlarni qo’rquv ostida ushlab turadigan, yolg’onchi, muttaham kimsa deb,

ta’riflab o’tirmasdan “Qora plash kiyib yurarmish” deyish bilan kifoyalanadi. O’quvchi yuqoridagi

mazmunni shu gapdan anglab oladi. Detal badiiy asarning ta’sirchanligini oshiradi, yozuvchining

badiiy mahoratini ko’rsatadi, eng asosiysi detal xarakterni ochishda eng ahamiyatli vositadir.

Shunday ekan, biz quyida detalni xarakterni ochishdagi rolini hikoyalar asosida ko’rib chiqamiz.

Nazar Eshonqulning “Momoqo’shiq” hikoyasidagi xarakterlar qo’llanilgan detallar orqali

ochib berilgan. Nazar Eshonqul Ismoil Alining xarakterini ochib berish uchun quyidagi detaldan

2

Adabiy turlar va janrlar. T: O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fan” nashryoti. 1991-y. b ,76.


background image



63

foydalanadi. Ismoil Ali brigadir Otaqul bilan qilinajak ishlar haqida gaplashib turar ekan, Ismoil

Alining holati quyidagicha tasvirlanadi: “U yigitni nazariga unchalik ilmayotgani shunday

ko’pchigan yuzidan ko’rinib turardi: u brigadirning gapini qoshini jiyirib tinglar va nomigagina

bosh irg’ardi”. Bu detal bizga Ismoil Alini manmansiraganligini, qishloqning sodda odamlarini

nazariga ham olmasligini ko’rsatib turadi. Demak, muallif Ismoil Alining xarakteriga oshiqcha

tavsilotlar berib o’tirmasdan birgina Otaqul bilan suhbat qurayotgan holatini chizib, shu orqali

uning xarakterini ko’rsatib beradi. Hikoyada bundan tashqari ko’plab xarakterni ochuvchi ko’plab

detallarni uchratishimiz mumkin. Hikoyada yoritilgan davr kishilarini xarakterini ochish uchun

detallar o’z o’rnida qo’llangan. Qishloq bolalarining qishlog’iga hasharchilar kelgandagi holatini

ko’raylik : “ular bu ajabtovur va o’zlarining ota-onalariga allaqayerlari o’xshab, allaqayerlari

o’xshamaydigan odamlarni qiziqsinib tomosha qilib turishardi, - tomoshaga kelganlar ichida beton

ariqda yoshgina toyxarchasini bog’lab qo’ygan qop-qora, to’qqiz yoshlardagi bola ham bor edi, u

tinmay burnini tortar, toyxariga qop-qora tirsaklari bilan suyanib, hasharchilarga juda qiziqsinib

qarab turardi”. Bu detal orqali qishloq kishilarining umumlashgan ko’rinishini ko’rishimiz

mumkin. Qishloq odamlari o’sha davrda qanchalar qoloq bir ahvolda ekanligi, ularni

madaniyatdan, dunyodan uzilib qolganligi bolalarning odam ko’rmaganday ota-onalariga

allaqayerlari o’xshab, allaqayerlari o’xshamaydigan hasharchilarga qiziqsinib qarab turishidan

anglaymiz. Muallif bu holat orqali o’sha davr qishloq bolalarigagina xos emas, balki katta

yoshdagi qishloq odamlari ham dunyodan uzilgan bir holatda ekanligini ko’rsatib o’tadi. Ular faqat

qorni to’ysagina shunga xursand bo’lib yashayveradilar. Mehnat bilan ovara bo’lib, dunyodan

uzilib qolganlar. Ularni shoir Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha” she`ridagi tilla balliqchaga

qiyoslashimiz mumkin. Tilla baliqcha dunyoni shu mittigina ko’lmakchadan iborat deb bilishi kabi

bu odamlar ham shu qishloqdan tashqariga chiqmay mehnatda umrini qanday o’tib ketganini

sezmay ham qoladilar. Bu omillar ularning xarakterini ko’rsatib turadi. Kuzatilgan maqsad detal

orqali o’quvchiga darhol yetib borishi lozimligi nazariy adabiyotlarda aytib o’tilgan

3

.

“Momoqo’shiq” hikoyasidagi detallar ham qahramonlar xarakterini ochishda muhim bir maqsad

bo’lib xizmat qiladi. Hikoya qahramonlaridan biri Otaqul Shamsi Soloh bilan suhbatlashgani

kelganida besonaqay gavdasidan hijolat tortishi, uning xarakterini ochish uchun xizmat qiladi. Bu

detal orqali Otaqul xarakterida soddalik, uyatchanlik, oriyat kabi xislatlar uyg’unlashganligini

ko’ramiz. Otaqul oddiygina qishloq odami, u qoloq bir muhitda yashasa ham boshqa

qishloqdoshlaridan qaysidir xarakteri bilan ajralib turadi. U shaharliklar tili bilan aytganda

3

Qarang. Adabiy turlar va janrlar.T: O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fan” nashryoti. 1991-y.


background image



64

“yovvoyi” emas, balki tushungan, chuqur mulohazali odam. Uning ruhiyat tasviri shunchalar

go’zal tasvirlanganki, buni asarni o’qiyotgan o’quvchi bemalol qiynalmasdan tushuna oladi.

Badiiy asar markazida inson turar ekan, avvalo, uning xarakteri ochilishi kerakligi hammaga

ma’lum. Sobir O’nar hikoyalaridagi qahramonlar boshqa ijodkorlarimiz yaratgan qahramonlardan

g’oya va maqsadi, xarakteri jihatdan ajralib turadi. Yozuvchi hikoyalarining qahramonlari

milliylikdan yiroqlashmaganligi bilan xarakterlanadi. Masalan, yozuvchining “Chambilning

oydalasi” hikoyasini olaylik, hikoyada Otaqulning tilidan aytilgan xalq og’zaki ijodi

namunalarining yuksak ko’rinishi bo’lmish “Go’ro’g’li” dostonodan parchalarni ham uchratamiz.

Bu narsa milliy qadryatlarimizni, ya`ni xalqimizning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan

ma`daniyatini o’quvchi ruhiga singdirishda katta ahamiyatga ega. “Chambilning oydalasi”

hikoyasidagi qahramonlar xarakterini ochishda badiiy detalning ahamiyati katta. Hikoya

markazida turadigan qahramon Otaqulning odamlar tomonidan “Qirg’iy” deb atalishi uning

xarakterini ochishda muhim detal bo’lib xizmat qiladi. Otaqulning “Qirg’iy” laqabi orqali uning

xarakteri umumlashgan holda ko’rsatib turadi. Bilamizki, qirg’iy yirtqich qush. Unda

shiddatkorlik, o’z o’ljasiga rahm qilmaydigan shavqatsizlik, ko’zini o’tkirligi kabi ko’plab

xususiyatlar mujassamlashgan. Otaqul xarakterida ham cho’rtkesarlik, ushlagan joyidan uzub

olishlik, uzoqni ko’ra bilishlik, to’g’rilik, mehnatkashlik kabi xislatlarni ko’ramiz, shu kabi

xislatlar uni odamlar tomonidan “Qirg’iy deb nomlanishiga sabab bo’lgan. Otaqul milliy

qadiryatlarni hurmat qiladigan ma`naviyatli shaxs. Uning xalq dostonlarini yig’lab eshitishi va

ko’plab dostonlarni yoddan bilishidan ruhiyati pok inson ekanligiga va tafakkuri baland

ekanligidan dalolat beradi. Hikoyada insoniylik tuyg’ulariga nisbatan xiyonatkorlik, tubanlik,

manfaatparastlik kabi xislatlar o’zaro zid qo’yiladi. Qahramonlarning xarakteri kishi ruhiyatiga

chuqur ta`sir o’tkazadi. Tuban kimsalarning o’z manfaati yo’lida xiyonatga qo’l urishi jirkanchli

bir holat ekanligi bir necha personajlar orqali ochib tashlanadi. Muallif bu kimsalarning

xarakteriga ko’rsatib berishda oshiqcha tafsilotlarga o’rin berib o’tirmaydi. Ammo biz ularning

xarakterini detallar orqali anglaymiz. Masalan, Abdumalikni olaylik, u o’z manfaati yo’lida hech

qanday xiyonatdan qaytmaydi. Shuning uchun ham o’z manfaati yo’lida do’stini o’ldirish

darajasigacha boradi. Uning xarakterini ochishda “tilxat” detail muhim ahmiyatga ega. Tibbiyot

rivojlangan bir davrda shifoxonada joni uzilgan kimsani yorib ko’rish uchun oila azolaridan rozilik

tilxati so’rashi hammaga ma`lum. Bu narsa bizning millatimizda ko’pchilik tomonidan yaxshi

qabul qilinmaydi. Abdumalik do’stining vafot etganini oilasidagilar bexabarligidan foydalanib,

murdani yorishga rozi ekanligi haqida tilxat yozib, operatsiyaga roziligi uchun tilxat deb qo’l

qo’ydirishga urinishi, uning ruhiyatida naqadar jirkanchli hislar joylanganligidan darak berib


background image



65

turadi. U do’stini o’ldirib ham ko’ngli tinchimasdan, balki uning murdasini ham xo’rlashga

urinadi. Bu uning insoniylikdan yiroqlashganligini belgilaydi. Uning shu kabi tubanlashgan kishi

ekanligi shu birgina “tilxat” detali orqali ko’rsatib beriladi. Hikoya davomida Abdumalikning oila

azolari ham yaxshi fazilatlarga ega emasligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, uning turmush

o’rtog’ini olaylik. Hikoyada u deyarli qatnashmasa-da, uning xarakterini birgina chizilgan portireti

orqali bilib olishimiz mumkin. “Doim qovoq-tumshug’iga besh kilo tosh osilganday bir alpozda

yuradi, gap-so’zlariyam zardaliymi-ey, ko’zlari nuqul odamni taftish qiladi, o’tirganingda ko’zi

qadalgan joylaring og’riyotganday bo’laverasan kishi. Turib ketging keladi”. Abdumalikning

xotinini bu holati uning ruhiyatida ham yaxshi xislatlar joy olmaganligini ko’rsatadi. Bu esa

Abdumalikning o’zi emas, balki oilasidagilarning ham yomon xulqli kishilar ekanligini ko’rsatadi.

Bu omillar Abdumalik va uning oilasi xarakterini oyna kabi aks ettiradi. Hikoyada yana bir

personaj, ya`ni institutning direktori Sherali Vaqqosovichning xarakteri belgilashda quyidagi

detalni ko’rsatish mumkin. Ilmiy konferensiyada so’zga chiqqan Sherali Vaqqosivich “ikki qo’lini

shimining cho’ntagida turishi” uning olifta, boshqalarni nazarga ilmasligi, odob-ahloqdan yiroq

ekanligini bildiradi. U garchan ilmiy institutning rahbari bo’lishiga qaramasdan ma`naviyatdan

yiroqlashgan, madaniyatsiz kishi sifatida ko’rsatiladi. Uning bu xarakterini yuqoridagi detal orqali

umumlashgan holda ko’ramiz.

Yozuvchi Sobir O’narning “Inqilob kechasi” hikoyasidagi qahramonlar xarakterini bir ikki

portretik detallar chizish bilanoq g’oyat chuqur mazmunni lo’nda va yorqin qilib chizib bergan.

Ustalik bilan topilgan detallar qahramonlarning ruhiyat tasvirini ochiq oydin ko’rsatib turadi va

kitobxonda chuqur taassurot qoldiradi. Hikoyada sobiq sho’ro davridagi talabalarning paxta

yig’im-terimidagi hayoti ko’rsatiladi. O’sha davrlarda paxta yig’im-terimiga chiqqan talabalarning

hayoti qanchalar qiyin ahvolda bo’lganligini muallif shunday yorqinlik bilan chizganki, bu narsa

hikoyaning badiiy saviyasini oshirib, estetik qiymatini ko’taradi. Muallif qo’llagan detallarning

nihoyatda tabiiyligi va hayotni juda aniq ifodalaganligi kitobxon qalbini larzaga keltiradi.

Masalan, paxta yig’im-terimiga otryad rahbari bo’lib borgan domlaning xarakterini quyida

keltirilgan portretik detallar orqali bilib olishimiz mumkin. “Asli ismini eslayolmayotibman, Qorin

domla derdik, yettilardan o’tib, uyqudan turardi, o’gil bolalar hojatxonasini naqt qirq minut bant

qilib turgach, har gal domlalarga mo’njallangan qo’l yuvgichda suv topolmay, samovarchiga

baqira ketar, yuz chaydi-qo’l chaydi irimini qilgach, bizlarni lineykaga chorlardi… Talabalar

dalaga tarqalishgach, Qorin domla bir tovoqqina go’shtni oshpazga qovurtirib nonushta qilib olib,

tag’in pichagina pinakka ketib olar”. Ushbu parchaning o’zida domlaning xarakterini ochuvchi

detallar qo’llangan. Uning “qorin domla” deb atlishi, “yettidan o’tib uyqudan turishi”, hojatxonani


background image



66

qirq minut band qilib o’tirishi”, “samovarchiga baqirishi”, “bir tovoq go’shtni quvurtirib nonushta

qilishi”, “yana uyquga ketishi” kabi detallar birgalikda domlaning xarakterini konkret ravishda

o’quvchi ko’z oldida gavdalantiradi.

Hikoyadagi yana bir qahramon Jalolning xarakterini ham portretik detallar orqali

ko’rishimiz mumkin. Uning hamma dalaga ketgandan so’ng uyqudan turib, dalaga borishini

muallif quyidagicha chizadi: “na yuz-qo’lini yuvish bor, na bir piyola choy ichish bor, yog’li

paxmoq sochlari tikkaygancha yelkasiga etakni tashlab, sudralib egat boshiga jo’naydi. Bu oliftaga

na Qorin domlaning, na boshqasining gapi o’tadi. Domlalarni shunchalik odam o’rnida ko’rib atay

paxtaga kelganiga xursand bo’lishimiz kerak emish, komissarning aytishicha”. Bu parchada

Jalolning uyqudan turib “yuz-qo’lini yuvmasligi”, “paxmoq sochlari”, “unga hech kimning gapi

o’tmasligi” kabi detallar uning xarakterini ko’rsatadi. Bu detallardan shuni bilishimiz mumkinki,

Jalol odob doirasidan chetga chiqqan, tarbiyasi buzuq, ma`naviy saviyasi past bir bezori bola.

Jalolning bezori va tarbiyasizligini uning ismiga “nashavand” so’zini qo’shib atashganidan ham

bilsa bo’ladi, bu ham bo’lsa Jalolning xarakterini ko’rsatuvchi bir detal vazifasini o’taydi. Shunday

qilib yuqorida keltirilgan detallar Jalol xarakterini to’laqonli va konkret ravishda jonli ochib

beradi.

“Inqilob kechasi” hikoyasida keltirilgan “kuygan bayroq” detali ham qahramonlar

xarakterini konkret ravishda ochib berish bilan bir qatorda hikoyaning g’oyaviy maqsadini ham

belgilaydi. Bayram kuni bir uchi olovda kuydirib qo’yilgan bayroq hammani qo’rquv ostiga olib

qo’yishi, individual umumlashma bo’lib, sho’ro hukumati odamlarni qanchalar qo’rquv ostiga

ushlab turganligini bildiradi. Bayroqni bir uchigina kuyishi natijasida hamma sukutga cho’madi.

Ularning sukutga cho’mishi shuni bildiradiki, ular mavjud hukumatni sevganligidan emas, balki

mavjud hukumatdan qo’rqqanligidan ruhan ezilishadi. Bu narsa yuqoridagi fikrimizga yana bir

bor isbot bo’ladi. Hikoyaning nomi ham bekorga “Inqilob kechasi” deb atalmagan, u ham shu

bayroq kuygan bayram kechasini bildiradi. Muallif birgina detal orqali sho’ro hukumati davri

odamlarining ruhiy holatini, ularning ichki dunyosiga kirib borib, ularning intellektual olamini

kitobxon ko’z o’ngida gavdalantirishga erishgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, detal muaayyan yuz berayotgan voqelikni umumlashtirish

bilan birga badiiy asarda xarakterlarning ochilishida ham asosiy vazifani bajaradi. Detal orqali biz

asarning mazmun - mohiyatini yana ham izchilroq tushunamiz, undan tashqari detal asarning

estetik qiymatini oshirish bilan bir qatorda uning o’quvchi ongiga kirib borish ta’sirini

kuchaytiradi. Badiiy asarning qurilishi mayda detallardan boshlanadi. Shu mayda detallarsiz


background image



67

badiiy asarni qurib bo’lmaydi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, katta imorat solish uchun har xil

qurilish materiallaridan foydalaniladi, agar bu qurilish materiallari talabga javob bermasa, bu

imoratning mustahkam chiqishi va uzoq umr ko’rishi amrimahol. Xuddi shu kabi badiiy asar ham

mayda detallardan tashkil topadi, agar bu detallar mahorat bilan qo’llanilmas ekan, asar mazmun-

mohiyati sayoz bir holatga kelib qoladi va bunday badiiy asarni uzoq umr ko’rishiga hech kim

kafolat bermaydi. Shunday ekan, yozuvchidan xoh u moddiy detal, xoh ruhiy detal bo’lsin mahorat

bilan qo’llash talab qilinadi.

REFERENCES

1.

I. Sulton. Adabiyot nazaryasi. – T.: O’qituvchi nashriyot – Matbaa ijodiy uyi, 2005.

2.

T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: O’zbekiston, 2002.

3.

D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 2004

4.

Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla

Oripov.

The American Journal of Social Science and Education Innovations

,

3

(01),

556-559.

5.

Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX

CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION.

Конференции

.

6.

Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov.

Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume: 10, Issue:

11, November.

7.

Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative

concept in world literature. In

the Conference

.

8.

Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in

Uzbek Literature.

ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English

Language and American Studies

,

7

(4), 47-51.

References

I. Sulton. Adabiyot nazaryasi. – T.: O’qituvchi nashriyot – Matbaa ijodiy uyi, 2005.

T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: O’zbekiston, 2002.

D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004

Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции.

Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume: 10, Issue: 11, November.

Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative concept in world literature. In the Conference.

Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов