ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
428
AVESTODA IJTIMOIY AXLOQ MASALALARI
O‘ng‘arov Fayzullo To‘lqin o‘g‘li
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Ijtimoiy ish yo’nalishi 3-bosqich talabasi
e-mail:
Jovbo‘riyev Javohir Toshtemir o‘g‘li
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Ijtimoiy ish yo’nalishi 3-bosqich talabasi
e-mail:
Jahongir Toshniyozovich Ibragimov
Ilmiy rahbar: SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali
Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi assistenti
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.10115244
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O‘zbek xalqi tashkil
qilgan jamiyat ko‘pming yillik ijtimoiy munosabatlar tarixiga egaligi, Avestoda tarixiy shakllanish
jarayonida insonlar va jamiyatlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari
haqida yuritilgan fikrlar zamonaviy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Avesto, Zardusht, zardushtiylik, tarbiya, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal,
yaxshilik va yomonlik.
ISSUES OF SOCIAL ETHICS IN AVESTO
Abstract.
In this article, The opinions of the peoples of Central Asia, including the Uzbek
people, about the fact that the organized society has a history of many years of social relations,
the peculiarities of social relations between people and societies in the process of historical
formation in Avesto, are analyzed from a modern point of view.
Keywords:
Avesto, Zarathustra, Zarathustra, nurture, noble thought, noble word, noble
deed, good and evil.
ВОПРОСЫ СОЦИАЛЬНОЙ ЭТИКИ В АВЕСТЕ
Аннотация.
В данной статье анализируются с современной точки зрения
представления о том, что общество, созданное народами Центральной Азии, в том числе
узбекским народом, имеет многовековую историю общественных отношений, об
особенностях социальных отношений между людьми и обществами в процессе
исторического формирования в Авесте.
Ключевые слова:
Авеста, зороастризм, зороастризм, воспитание, добрая мысль,
доброе слово, доброе дело, добро и зло.
Kirish
Xalqimizning ma’naviy merosi juda ham boy va teran bo‘lib, bir necha ming yilliklarga
borib taqaladi. xususan, xalq turmush tarzida aks etuvchi milliy an’ana va urf-odatlarimiz
xalqimizning chinakam boyligidir. Bu milliy merosimizning asoslaridan biri – AVESTOdir.
Zardushtiylik e’tiqodining muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda o‘sha davrda yashagan
xalqlarning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasi aks etgan. Jumladan, xalq turmush tarziga oid ma’lumotlar,
jamiyatning boshqaruvchi qonun-qoidalar, xalqni ruhiy va siyosiy, hamda madaniy jihatdan
nazorat qiluvchi qoidalar kitobda aks etgan. Dualism falsafasiga asoslangan bu e’tiqod shaklida
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
429
jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteriga turli sharhlar va chizgilar
berilgan.
Asosiy qism:
Avesto nafaqat diniy, balki o‘sha davrda istiqomat qilgan xalqlarning ijtimoiy ahvoli,
geografik, tarixini aks ettirgan muhim qo‘lyozma ham hisoblashimiz mumkin. Unda bayon etilgan
asosiy g‘oya diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg‘ambar nomi bilan
bog‘langan.
“Avesto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir.
Mazkur asar g‘oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning
tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo‘lamiz.
“Avesto” diniy xarakterga ega bo‘lish bilan birga, o‘zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy
masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g‘oyalari xususida so‘z borganda, ularning
to‘g‘rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanib olov, suv, yer, chorva,
daraxt hamda o‘simliklar ulug‘lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi.
Hayvonlarga zulm o‘tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo‘limda shaxsiy
gigiyenaga amal qilishga oid qoidalar-tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr
bildiriladi.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g‘oyalariga ko‘ra,
shaxsning ijtimoiy axloqiy xislatlarga ega bo‘lishi adolat o‘lkasini qaror toptirishda tayanch omil
bo‘lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo‘riqlaridan biri ham Axuramazdaning ko‘makchisi
sanalgan inson sahovatli bo‘lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasm-
rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo‘l-yo‘riqlarni bajarish
har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e’tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning
mohiyati ham ochib beriladi.
“Yaxshi fikr” iborasining mazmuni o‘zida ilohiy qonun ruhidagi g‘oyalarga ega bo‘lish,
yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko‘rsatish, muhtojlarga ko‘maklashish, yovuzlikka qarshi
kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo‘lida harakat qilish, ahillik,
qabiladoshlar bilan birga do‘stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar
musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli
kishi darg‘azab bo‘lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik
haqida o‘ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.
“Avesto” dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo‘lsa, ular qadimgi
zamon kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo‘lib tushadi. Fikr, so‘z va ishning
birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi
tasawurlari o‘zi mansub bo‘lgan jamoa bilan uzviy bog‘langan, Jamoaning fikri uning ham fikri,
jamoaning so‘zlari uning ham so‘zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo‘lgan. Ijtimoiy va
shaxsiy manfaatlarning uyg‘unligi-urug‘chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har
qanday topshirig‘ini bajarish uning a’zolari uchun muqaddas qonun edi. Uning so‘zi, fikri hamda
ishi ezgu bo‘lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu
axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan. Zero,
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
430
unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo‘lgan
muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arb xalqlarining
ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy
hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy va amaliy
ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo’lishiga olib kelgan.
Xulosa
. Ushbu asar ijtimoiy jamoaviy birdamlikning shakllanishida poydevor vazifasini
bajargan. Ijtimoiy jarayonlarning shakllanishida Zardushtiylik dini mafkuraviy bo’shliqqa barham
bergan.
“Avesto” asarida insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri hamda ishi ezgu
bo‘lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy
uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan. Zero,
unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo‘lgan
muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arb xalqlarining
ham muhim ma'naviy merosi bo‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy
hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy va amaliy
ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
REFERENCES
1.
B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.-T."Sano
standandarf'nashiriyoti. 2017.
2.
Avesto. O‘zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001.
3.
«Avesto»dan (tarj. M. Ishoqov). O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999, # 2-4
4.
Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969
5.
Abu Bahr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. - T.: 1966A.
6.
Qayumov. Qadimiyat obidalari. - T.: 1971
