FORMATION OF TOURISM CULTURE AMONG YOUTH AND ADVANTAGES OF TOURISM

HAC
Google Scholar
To share
Abirova , D. . (2023). FORMATION OF TOURISM CULTURE AMONG YOUTH AND ADVANTAGES OF TOURISM. Modern Science and Research, 2(10), 618–620. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25689
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Development of the tourism sector, formation of the tourist culture of young people is one of the important foundations of the development of our country. This article talks about the benefits of tourism organization and tourism culture.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

618

YOSHLAR O'RTASIDA SAYYOHLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH VA

TURIZM AFZALLIKLARI

Abirova Durdona Muhammad qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi

E-mail:

abirovadurdona262@gmail.com

Telefon: +998 (94) 510 23 09

https://doi.org/10.5281/zenodo.10143893

Annotatsiya.

Turizm sohasini rivojlantirish, yoshlarning sayyohlik madaniyatini

shakllantirish davlatimiz rivojining muhim poydevoridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada
turizm tashkil qilishning afzalliklari va sayyohlik madaniyati haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar:

Sayohat, turizm rivoji, qonun hujjatlari, ekspeditsiya, zamonaviy boshqaruv,

ta'lim, madaniy meros, sayr, ta'lim dasturi, yoshlar bilan ishlash, islohotlar, sog'lom turmush tarzi,
turistik tashkilotlar.

FORMATION OF TOURISM CULTURE AMONG YOUTH AND ADVANTAGES

OF TOURISM

Abstract.

Development of the tourism sector, formation of the tourist culture of young

people is one of the important foundations of the development of our country. This article talks
about the benefits of tourism organization and tourism culture.

Key words:

Travel, tourism development, legislation, expedition, modern management,

education, cultural heritage, excursion, educational program, youth work, reforms, healthy
lifestyle, tourism organizations.

ФОРМИРОВАНИЕ ТУРИСТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ СРЕДИ МОЛОДЕЖИ

И ПРЕИМУЩЕСТВА ТУРИЗМА

Аннотация.

Развитие туристической сферы, формирование туристской культуры

молодежи является одной из важных основ развития нашей страны. В данной статье
говорится о преимуществах организации туризма и культуры туризма.

Ключевые слова:

Путешествие, развитие туризма, законодательство, экспедиция,

современный менеджмент, образование, культурное наследие, экскурсия, образовательная
программа, молодежная работа, реформы, здоровый образ жизни, туристические
организации.

"Yangi O'zbekiston" da hozirgi kunda o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini

rivojlantirish, ularni har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o'rni
hamda turizmni amalga oshirish ishlari tobora oshib bormoqda. Barchamizga ma'lumki, sayohat
o'quvchilarda do'stlik, birodarlik, oliyjanoblik, bir-birini qo'llab-quvvatlash, ularning tabiat bilan
iliq munosabatda bo'lishi kabi fazilatlarini tarbiyalaydi va yoshlarning jismoniy faolligini
ta'minlaydi.

Bu yo'lda bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, ularda yoshlarimizning xavfsiz

sayohati va erkin bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan: "Ta'lim to'g'risida"
gi (2020 y.), "Turizm to'g'risida" gi (1999 y.) qonunlar, "Sihat-salomatlik yili to'g'risida" gi (2004
y.), " Barkamol avlod yili to'g'risida" gi (2010 y.), "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi (2019 y.) qarorlar. Shu bilan bir qatorda, yoshlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

619

o'rtasida turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlik madaniyatini shakllantirish, sayohatlar
tashkillashtirish va o'tkazish masalalari bilan respublikamizda E.Sh.Ermatov, R.Abdumalikov,
R.Qosimova, T.Xoldorov, X.Tulenova va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini o'tkazishgan, tadqiqot
natijalariga ko'ra amaliy tavsiya va o'quv qo'llanmalar chop etishgan.

Shuningdek, ular sayohatlarning yoshlarni sog'lom turmush tarzini kechirishdagi o'rniga

ham e'tibor berib, "sayr-sayohatlar o'quvchi yoshlarni kun tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan
(chekish, spirtli ichimliklar ichish) saqlanish, jismoniy chiniqish, organizmni tashqi muhit
ta'sirlariga (issiq, sovuq, shamol va b.) chidamliligini oshirib, ular salomatligini saqlash,
mustahkamlash, unumli mehnat qilish hamda uzoq va sermazmun hayot kechirish uchun zamin
yaratadi", - deb ta'kidlashgan. Qadimdan ma'lumki, sayr-sayohat faqatgina dam olish emas, balki
bo'sh vaqtdan unumli foydalanish, ko'proq harakat orqali jamoa jismoniy salomatligini, shaxsning
yuqori kayfiyatini ta'minlashdan iboratdir.

Shu bilan bir qatorda, turizmning yana bir afzalliklaridan biri boshqa davlatlarda

yashaydigan xalqlarning madaniyatini o'rganish va ular bilan aloqalarni o'rnatishga ko'maklashadi,
yoshlarimizga

ma'naviy,

ma'rifiy

madaniyatimiz

tarixini

chuqur

o'rganish,

milliy

qadriyatlarimizni, hozirgi davr mafkurasini mohiyatan anglab yetishlari uchun poydevor bo'ladi.
Bu yo'lda mamlakatimizda O'zbekiston turizm kompaniyasi va turli xalqaro jamg'arma
uyushmalarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turizm, turli xil sayohatlarning yoshlar
jismonan va ma'nan barkamol bo'lib voyaga yetishlarida katta o'rni bor.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning tasavvur dunyosi ortishida

sayohatlar katta ko'makchidirlar. So'nggi yillarda mamlakatimizda turizm va sport sohalarini
yanada rivojlantirishga qaratilayotgan katta e'tibor ham shular jumlasidandir. Ammo
yaratilayotgan barcha imkoniyatlarga qaramasdan turizm, sport sohasini rivojlantirish borasidagi
ishlar, raqamlashtirish, ta'lim sifatini oshirish borasidagi o'z yechimini topmagan masalalarni hal
qilishga bo'lgan talab oshib bormoqda.

Turizm o'zining yo'nalishi va faoliyat xarakteriga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: sayohat

(ekskursiya), aylanish (progulka), sayr (poxod), ekspeditsiya. Aylanishlar - qisqa vaqtli bo'lib,
hamma uchun qulay bo'lgan tur (piyoda aylanish, chang'ida aylanish, velosipedda aylanish)
hisoblanadi. Sayohat - ekskursiyada qandaydir muzeylarga, tarixiy yodgorliklar va b. jamoa bo'lib
boriladi. Sayr - piyoda, chang'ida, velosipedda, qayiqda o'tkazilishi mumkin. Bularning barchasi
yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o'lkani o'rganish, ma'naviy olamni boyitish, dunyo
qarashini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Turizm o'zining osonligi va qiziqarliligi bilan xalq
ommasini o'ziga jalb qiladi.

Bu soha nafaqat maktab yoshidagi bolalar, balki talaba yoshlarimiz hayotida ham muhim

ahamiyat kasb etadi. Talabalarimizning 2+2 shaklda ta'lim olishlari ham turizmning bir ko'rinishi
hisoblanadi. Ular ikki yil O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida bilimlarini oshirgan holda ikki yil
chet el oliy ta'limini olishlari, ta'lim bilan birgalikda chet davlat madaniyatini o'rganishlari ham
mumkin. Hozirgi kunda talaba yoshlarimizning aksariyati chet elda davlat granti asosida ta'lim
olishayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. Ularning o'zga yurtda ham jismonan ham ma'nan
barkamol, El koriga yaraydigan yoshlar bo'lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar
yaratilmoqda. Bu borada Erasmus+ professional ta'limni rivojlantirish, yoshlarni kamolotga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

620

yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo'yicha Yevropa Ittifoqining dasturini alohida ta'kidlab
o'tish maqsadga muvofiqdir.

Dastur talabalar, ilmiy xodim va o'qituvchilar o'zaro almashinuvi hamda oliy ta'lim

muassasalari uchun bir qator imkoniyatlarni taklif etadi. Tashkilotning maqsadi- milliy ehtiyojlar
va intilishlarni hisobga olgan holda Lissabon konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi
maqsadlarini alohida sohalarda ilgari surish va erishish uchun maxsuslashtirilgan bilimlar manbai
sifatida faoliyat yuritishdir. Umuman olganda, sayohatlarning jismoniy va ma'naviy jihatdan o'ziga
xos tarbiyaviy jihatlari mavjud. Ularni ilmiy pedagogik jihatdan o'rganish hozirgi kunning muhim
tomonlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuni ta'kidlashimiz lozimki, turizm tarixi, uning
asosiy yo'nalishlari, umuman turizm ilmi bilan bog'liq barcha bilimlarni berish katta ahamiyatga
ega. Demak, o'quvchi - yoshlarni turizmga qiziqtirish har bir pedagogning, ota - onaning
vazifasidir.

REFERENCES

1.

"Turizm to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasining 1999.

2.

O'zbekiston Respublikasi " Ta'lim to'g'risida " gi qonuni // Turkiston. - 2020. - 1
oktabr.

3.

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi statistikasi
ma'lumotlari. Toshkent. 2018.

4.

PF - 5611- sonli O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. 05.01.2019y.

5.

PQ - 3514- son. Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari.
07.02.2018.

6.

PF - 5987- son. Sport va turizmni rivojlantirish masalalari.

7.

Aliyeva. M. T., Xo'jayev O'. X., Norchayev A. N. Turizm rivojlanishini
prognozlash: O'quv qo'llanma. - T.: 2006. - 214b.

8.

Irmatov M.M., Aliyeva M.T. va boshqalar. Turizmni rejalashtirish: O'quv
qo'llanma. -T.: 2005. - 167b.

References

"Turizm to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasining 1999.

O'zbekiston Respublikasi " Ta'lim to'g'risida " gi qonuni // Turkiston. - 2020. - 1 oktabr.

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi statistikasi ma'lumotlari. Toshkent. 2018.

PF - 5611- sonli O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. 05.01.2019y.

PQ - 3514- son. Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari. 07.02.2018.

PF - 5987- son. Sport va turizmni rivojlantirish masalalari.

Aliyeva. M. T., Xo'jayev O'. X., Norchayev A. N. Turizm rivojlanishini prognozlash: O'quv qo'llanma. - T.: 2006. - 214b.

Irmatov M.M., Aliyeva M.T. va boshqalar. Turizmni rejalashtirish: O'quv qo'llanma. -T.: 2005. - 167b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов