ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
647
KIMYO FANINI O‘QITISHDA YANGI METODLARDAN FOYDALANISH
Ulug'berdiyeva Farzona Abdunazar qizi
Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikum kimyo fani o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10148446
Annotatsiya
. Ushbu ilmiy maqolada Kimyo fanini oʻqitish jarayonida qiziqarli mashqlar
orqali oʻrganamiz, yangi metodlardan foydalanib darslarni yaxshi oʻtamiz.
Kalit soʻzlar:
kimyo, metodlar, jarayon, oʻqituvchi, yozuv, rangsiz, eritma, oʻquv
topshiriqlar.
USING NEW TECHNIQUES IN TEACHING CHEMISTRY
Abstract.
In this scientific article, we will learn chemistry through interesting exercises in
the process of teaching, pass lessons well using new techniques.
Keywords:
chemistry, methods, process, teacher, writing, colorless, solution, Study
assignments.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ХИМИИ
Аннотация.
В этой научной статье мы изучим химию с помощью интересных
упражнений в процессе обучения, хорошо проведем занятия, используя новые методы.
Ключевые слова:
химия, методы, процесс, учитель, письмо, бесцветный, раствор,
учебные задания.
KIRISH
.
Bugungi kunda ta'lim tizimiga e'tibor yanada kuchaytirilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz
tomonidan bir qator fanlarni rivojlantirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirildi. Muhtaram
yutrboshimiz Shavkat Mirziyoyev o'zlarining "1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami
munosabati bilan o'tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida shunday degan edilar. "Matematika
hamda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish bo'yicha qarorlar qabul qildik. Ularga asosan har
bir tuman va shaharlarda ana shu fanlarga ixtisoslashgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil
etiladi. Shu yilning o'zida kimyo-biologiya yo'nalishida 27 ta maktab tashkil etilgani bu ishlarning
boshlanishidir"
Shunday ekan biz kimyo fani o'qituvchilari o'quvchilarga fanning sir asrorlarini
o'zimizning mahoratimiz, iqtidorimizni ishga solib, yetkazib bera olishimiz kerak.
Ta’lim – pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo’lib, o’quvchi-talaba bilan o’qituvchi
(pedagog) ning shaxsga yo’naltirilgan o’zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng
bo’lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda. Hozirda
ko’plab olimlarimiz tomonidan turli metod, texnologiya va innovatsiyalar dars jarayoniga tadbiq
etilib kelinmoqda.
ASOSIY QISM.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali
pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan
maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
648
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy
faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan.
Sehrli siyohlar" qiziqarli tajribaviy metodi.
Ta'rif: Bunda o'qituvchi mavzu nomini yoki biron-bir tushunchani oq qog'ozga fenolftalein
eritmasidan foydalanib yoziladi. Yozuv bir oz ochiq havoda quritiladi. Qog'ozda hech qanday
yozuv ko'rinmaydi. Chunki fenolftalein eritmasi rangsiz. Qog'ozni yozuv taxtasiga ilib qo'yish
mumkin. Qog'ozga "Mavzu: Asoslarning olinishi va ishlatilishi" deb yozish mumkin. Suv
purkagich idishga natriy gidroksid eritmasi avvaldan quyib qo'yiladi. U ham rangsiz. Eritmani
qog'ozga purkaladi. Oppoq qog'ozda to'q pushti rangli yozuv "Mavzu: Asoslarning olinishi va
xossalari" paydo bo'ladi.
Qo'llanilishi: Bu metoddan barcha sinflarga kimyo darsini o'tishda, 7- 8-sinflarda asoslarga
oid mavzularni o'tishda, indikatorlar haqida ma'lumot berilganda foydalanish mumkin.
Natijaviyligi: Bu metoddan foydalanib o'quvchilarni hayratini, fanga bo'lgan qiziqishini,
intilishini oshirish, kimyoni mo'jizakor ekanini ko'rsatish, o'quvchilar fikrini darsga qarata olish,
mavzuga doir amaliy bilim bera olish mumkin. Bu esa mavzuni to'la tushunishlariga yordam
beradi. Mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga
intiladi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni
tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.
XULOSA
.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud.
Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat
qiladi);
madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini
tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni
ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar.
REFERENCES
1.
I. R. Asqarov, N. X. To'xtaboyev, K. G'. G'opirov - Kimyo 7-sinf darsligi. :
Toshkent-2013.
2.
I. R. Asqarov, K. G. G'opirov, N. X. To'xtaboyev. -:Kimyo 9-sinf darsligi Toshkent-
2019.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
649
3.
https://cyberleninka.ru/article/n/kimyo-fanini-o-qitishda-yangi-usul-metodlardan-
foydalanish
4.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "1-oktabr-O'qituvchi va
murabbiylar kuni "bayramidagi nutqi.
5.
https://fayllar.org/kimyo-fanini-oqitishda-yangi-usul-metodlardan-foydalanish-
sapa.html
