THE ROLE AND IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS

HAC
Google Scholar
f
744-750
0
0
To share
Mamatqulova, G. (2023). THE ROLE AND IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Modern Science and Research, 2(10), 744–750. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25831
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the role and importance of using interactive methods in teaching primary school students. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

744

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI O’QITISHDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA AHAMIYATI

Mamatqulova Gulnoza

Uzun tumani 20-maktab o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10164398

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda interfaol

metodlardan foydalanishning o’rni va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr
va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning

hamkorlikdagi faoliyati.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE METHODS IN

TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract.

This article talks about the role and importance of using interactive methods in

teaching primary school students. Reasonable opinions and comments are used throughout the
article.

Key words:

Education of primary school students, cooperative activity of teacher and

students.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В

ОБУЧЕНИИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ.

Аннотация.

В данной статье говорится о роли и значении использования

интерактивных методов в обучении учащихся начальных классов. На протяжении всей
статьи используются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

Обучение младших школьников, совместная деятельность

учителя и учащихся.

Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda

shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.

Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida

o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish
qobiliyatiga ega bo‘ladi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi,

ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda
o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi.

Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi,

o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal
etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-

tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi
imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-
ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish,
sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy
maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni
oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish
jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi

bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki
chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu
prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha
farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari
kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv
mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash
orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv

jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini
o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

746

o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi,
bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda

«Aqliy hujum», «Fikrlar

hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6»,
«Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan
qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay»

kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.

Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida

foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf
o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi,
mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay
darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.

Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda

yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil
fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi.

Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida

o‘rganiladi.

Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv

jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars
mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir
fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda
hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va
mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda
ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida
o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy
yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning:

«Har qarichi muqaddas bo‘lgan

ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish
uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik»

[1], - degan fikrlariga

javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga
erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi

O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod

alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini

shakllantirish;

hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli

bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish

vazifasini topshirish;

o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash

maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari
hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

747

Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy

mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.

Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy

tushunchalar tizimini yaratadi;

o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar

va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning

puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish
mumkin.

1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi

mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy
natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z
(tushuncha, fikr) beriladi.

O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.
Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha

qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.

Uy hayvonlari:

sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.

So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida

axloqiy tarbiya beriladi.

Namuna:

Ot - insonning eng ishonchli do‘sti.

O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat

uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.

«Videotopishmoq» metodi

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye,

radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni
tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot
vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam
beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi.

O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini
bildirishadi.

Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga

milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.

Navro‘z udumlari

(foydalanish uchun matnlar)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

748

Navro‘z kuni odam ota-onasi, yaqin kishilari bilan diydorlashadi. Ginali odamlar Navro‘z

kuni yarashadi.

Navro‘z arafasida keksalar maxsus idishlarga yetti xil don ekib, ularning unib chiqishiga

qarab, kuzda olinadigan hosil cho‘g‘ini chamalashgan.

Ba'zi joylarda esa Navro‘z kunlarida paydo bo‘lgan kamalakka qarab yerga suv sepiladi.

Shunday qilinsa, go‘yo yil seryog‘in va barakali bo‘lar ekan.

Navro‘z kunlari bog‘dagi o‘rik daraxtlariga arqon solib arg‘imchoq yasaladi. Qiz-

juvonlar yig‘ilishib, navbatma-navbat arg‘imchoq uchadilar. Navro‘zda arg‘imchoq uchsa bir
yillik gunohi to‘kiladi deyilgan.

Bu metodni 2-sinfda o‘quvchilarning unli va undosh tovushlar haqidagi bilimlarini sinash,

uni mustahkamlash maqsadida ham qo‘llash mumkin. Masalan, ekran orqali unli tovushlar
ko‘rsatiladi. Galma-galdan shu tovush bilan boshlanadigan so‘zlarni ifodalaydigan rasmlar
ko‘rsatiladi. O‘quvchilar rasmlardagi narsa, buyum nomlarini daftarlariga yozadilar. Bunda
o‘quvchilarning xotiralari mustahkamlanadi, so‘z boyligi oshadi.

Namuna:

Unlilar

A - atirgul


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

749

O‘ - o‘rik

Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish
va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot
bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy
talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda
axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini
kafolatlaydi.

Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy

texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Farmoni.

3.

Tolipov U.K. Sharipov Sh.S.O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning
pedagogik asoslari. – T., Fan, 2012.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

750

4.

Yo‘ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga
joriy qilish. – T: Fan va texnologiya, 2008.

5.

B.X.Xodjayev. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. “Sano-standart”
nashriyoti.T:2017. 92-bet.


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.

Tolipov U.K. Sharipov Sh.S.O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari. – T., Fan, 2012.

Yo‘ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. – T: Fan va texnologiya, 2008.

B.X.Xodjayev. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. “Sano-standart” nashriyoti.T:2017. 92-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов