THE ROLE OF FAMILY AND MARRIAGE IN THE PARADIGM OF GENDER EQUALITY OF WOMEN IN SOCIETY

HAC
Google Scholar
f
823-825
0
0
To share
Xushvaqtova, E. . (2023). THE ROLE OF FAMILY AND MARRIAGE IN THE PARADIGM OF GENDER EQUALITY OF WOMEN IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 823–825. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25989
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the role of family and marriage in the context of striving for gender equality in society. Also, the problems of introducing gender equality in relation to the Family Institute and their traditional alternatives were studied in comparison.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

823

JAMIYATDA XOTIN-QIZLARINING GENDER TENGLIGI PARADIGMASIDA

OILA VA NIKOHNING ROLI

Xushvaqtova E'zoza Mirobid qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10203406

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jamiyatda gender tengligiga intilish sharoitida oila va

nikohning roli muhokama etiladi. Shuningdek, oila institutiga nisbatan gender tenglashtirishni
joriy etish muammolari va ularning an’anaviy muqobillari qiyosan o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

gender tenglik, gender muvozanat, liberallashtirish, qadriyatlar

transformatsiyasi, oila instituti, oila inqirozi.

РОЛЬ СЕМЬИ И БРАКА В ПАРАДИГМЕ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА

ЖЕНЩИН В ОБЩЕСТВЕ

Аннотация.

В этой статье обсуждается роль семьи и брака в контексте

стремления к гендерному равенству в обществе. Также сравнительно изучены проблемы
внедрения гендерного равенства в отношении института семьи и их традиционные
альтернативы.

Ключевые слова:

гендерное равенство, гендерный баланс, либерализация,

трансформация ценностей, институт семьи, семейный кризис.

THE ROLE OF FAMILY AND MARRIAGE IN THE PARADIGM OF GENDER

EQUALITY OF WOMEN IN SOCIETY

Abstract.

This article discusses the role of family and marriage in the context of striving

for gender equality in society. Also, the problems of introducing gender equality in relation to the
Family Institute and their traditional alternatives were studied in comparison.

Keywords:

gender equality, gender balance, liberalization, value transformation, Family

Institute, Family Crisis.

KIRISH

Ma`lumki, bugungi global taraqqiyot talablari (demokratlashtirish, liberallashtirish, gender

tenglik, bozor munosabatlari) umumbashariy tamoyillar darajasiga ega bo‘lib, ularga rioya qilish
jahondagi barcha mamlakatlar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning
jahondagi o‘rni mana shu talablarni bajarishni qanchalik uddalay olishiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Ba’zida bunday talablar an’anaviy ijtimoiy munosabatlar va institutlarga asoslangan mamlakatlar
oldiga shunday muammolarni ilgari suradiki, ularni an’anaviylik bazasida hal etish juda keskin va
ziddiyatli muammolarni ham keltirib chiqaradi. Amalda modernizatsiya jarayoni ana shunday
muammolarning oldini olishga va hal etishga qaratilsa-da, shu bilan birga, u jamiyat barqarorligini
ta’minlash uchun ma’lum darajada an’anaviy munosabatlar va institutlarni saqlab qolishga intiladi.

ASOSIY QISM

Gender amaliyotining jahonda, xususan, G‘arb dunyosida erishgan yutuq va

kamchiliklaridan kelib chiqib, an’anaviy jamiyatlarda gender munosabatlarni shakllantirish
borasida ba’zi yo‘nalishlarni belgilab olish ham metodologik, ham nazariy- amaliy ahamiyatga ega
[1].

Ijtimoiy hayotda gender munosabatlarni, xususan, gender tenglikni ta’minlash muhim


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

824

prinsipial mohiyat kasb etadi. Aynan gender tenglik demokratik taraqqiyotga erishganlikning
va fuqarolik jamiyati shakllanganligining muhim mezonlaridan biri bo‘lib qoldi. Shuning uchun
“bugungi kunda postsovet makoni mamlakatlarida, shu qatori, Markaziy Osiyoda gender
muammosi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammoga aylandi. Uni hal etish ijtimoiy
hayotning barcha sohalarini barqarorlashtiradi, ularni muvaffaqiyatli modernizatsiya qilishga
yordam beradi”[2]. Biroq, modernizatsiya sharoitida yoki undan boshqa holatlarda genderga
barcha ijtimoiy muammolarning “kaliti” sifatida qarash, bizning fikrimizcha, bir tomonlamalik va
soddalikdir. Muammoning murakkablik jihati shundaki, jamiyat hayotida gender munosabatlarni
amalda shakllantirish kun tartibiga og‘riqli savollarni qo‘ymoqda. Aytish mumkinki, bunday
savollarning markazida gender tenglik masalasi turibdi.

Gender muvozanatni tashkil etish maqsadlarida inson hayotiy faoliyatining turli xil

tomonlariga differensiyalashtirilgan yondashuv taklif qilinadi. Boshqacha aytganda, gap uyg‘un
gender makonini shakllantirishga yo‘naltirilgan u yoki bu muammolarni hal etish maqsadiga
erishishning turli xil metodlari (ixcham yondashuvlar), vositalari haqida ketmoqda” [3]. Misol
uchun gender tadqiqotchilarining doimiy diqqat- markazida turuvchi oila ichidagi va uning
tashqarisidagi munosabatlarga gender tenglikni joriy qilishda yuqoridagi konsepsiyaga asoslanilsa,
masala yanada oydinlashadi. Chunki oila o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi, funksiyasi, oilaviy
munosabatlarning ierarxik tuzilishga moyilligi va nisbatan barqarorligi bilan boshqa ijtimoiy
munosabatlar va institutlardan jiddiy farq qiladi.

Gender muammolarini hal etishning eng og‘riqli tomoni ham oilaviy munosabatlar

sohasiga tegishlidir. Chunki oila individ hayotining gender tenglik prinsipi to‘liq qamrab
ololmaydigan, qat’iy ravishda o‘rnatilgan nisbiy ierarxik tizimli (ota-onalar va farzandlar, aka-
ukalar, opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar) munosabatlari doirasini o‘z ichiga oladi. Odatda,
bunday munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlariga qaraganda qarindoshlik
aloqalari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, uning zamirida ruhiy- emotsional yaqinlik, doimiy va
barqaror bo‘lgan o‘zaro ishonch, o‘ta xudbinona qarashlar doirasidan chetga chiqib ketuvchi
samimiy va umumiy manfaatlarni anglash yotadi. Aksincha, deyarli har lahza yuz beradigan hayot
uchun kurash kundalik hayotni ziddiyatlar o‘pqoniga to‘ldirib yuboradi. Jamiyatda o‘zaro aloqalar
manfaatlarning darajasi va amal qilish muddatlariga bog‘liq tarzda tashkil etiladi. Natijada individ
ruhiy jihatdan “begona” muhitda, o‘zaro aloqalarning nobarqaror va o‘zgaruvchan sharoitida
o‘zini yolg‘iz his eta boshlaydi hamda oila deb atalmish “panohgoh”ga kuchli ehtiyoj sezadi. Faqat
undagina ruhiy xotirjamlik, sokinlikka erishadi, o‘zining insoniy qadrini topadi. Misol uchun,
Caucasus Barometer (CB) tomonidan 2013 yilda o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, nikohi buzilgan
ayollar va bevalar o‘zlarini baxtsiz his qilishlarini bildirganlar[4]. Shuningdek, boshqa tadqiqotlar
ham buni tasdiqlaydi. Masalan, CIGNA global sog‘liq xizmati kompaniyasi tomonidan 2018 yilda
AQShda amerikaliklarda yolg‘izlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganish uchun o‘tkazilgan
tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, oilasi bilan kam muloqot qiladiganlar va yolg‘iz
ona/otalar hattoki so‘qqaboshlardan ko‘ra o‘zini yolg‘iz his qilishar, yolg‘izlikdan ko‘proq aziyat
chekar ekanlar.

Ayollarning huquqlarini himoya qilishda amalda haddan ortiq erkinlikka e’tibor qaratilishi

va o‘zga madaniyatlar kontekstiga noto‘g‘ri tatbiq qilinishi oqibatida u oilaning zavol topishiga
sezilarli darajada sabab bo‘lmoqda. Ularning oilaviy munosabatlar jabhasida gender tenglikni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

825

ta’minlash borasidagi maqsadlari qanchalik adolatli bo‘lmasin, amalda buning uddasidan chiqa
olmayapti. Negaki, oilaning muqobili yo‘q, unga muqobil bo‘la oladigan biron-bir ijtimoiy variant
haligacha topilmagan. Hattoki, sotsial-utopistlarning amaliyotchilari ham bunga qo‘l urishganida
inson tabiatidagi ota- onalik hissining naqadar yengib bo‘lmas kuchini, oilaning jamiyat va inson
oldidagi beqiyos ahamiyatini hisobga olmadilar. Alal-oqibat tarixda shunchaki puch va xayoliy
g‘oyalar sifatida qoldi va unutilib ketdi.

XULOSA VA MUNOZARA

Jahonda ikki xil tendensiya kuzatiladi: birinchisi, oilaviy munosabatlarda mutloq gender

tenglikni targ‘ib qilishga qarshi G‘arb bo‘lmagan jamiyatlar uning G‘arb dunyosidagi ko‘rinishi
va keltirib chiqargan salbiy oqibatlaridan qattiq hadiksirasalar, ikkinchi tomondan, feministlar
oilaning ma’naviy-axloqiy jihatlariga shubha bilan qaraydilar hamda gender tenglikka qarshi
chiquvchi va bartaraf etilishi lozim bo‘lgan so‘nggi to‘siq, kuch (birgina radikal feminist Simone
de Beovoning “Onalik instinkti bekor qilinmaguncha, ayollar qulligicha qolaveradi” degan
so‘zlarini yodga olish kifoya) deb baholaydilar. Mana shu nuqta gender qarashlar va o‘zga
madaniyatlarning murosasiz bahs maydoniga aylandi. Ushbu bahs-munozaralarda mohiyatan
konsensusga erishish imkoni yo‘q bo‘lsa-da, kompromissga erishish juda muhim.

REFERENCES

1.

Shirmatova G. Gender tengligini shakllantirish jamiyatni modernizatsiyalash omili
sifatida// Falsafa va huquq. 2018. No 1. -B. 84.

2.

Mur S.M. Zamonaviy jamiyatda gender tadqiqotlari // Evroosiyo xavfsizligi.2011. -№ 1.
-B. 192.

3.

Timoti J. Uinter. XXI asrda islom. Postmodern dunyoda qiblani topish. –T.: Sharq, 2015.
–B. 97-99.

4.

Timoti J. Uinter. XXI asrda islom. Postmodern dunyoda qiblani topish. –T.: Sharq,
2015. –B. 95.

5.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). The Role of Parental
Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in A Child. Eurasian
Scientific Herald, 21, 54-58.

6.

Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF THE RELATIONSHIP
BETWEEN AGRESSIVENESS AND RELIGION IN ADOLESCENTS (IN MUSLIM
AND CHRISTIAN TEENAGERS). Modern Science and Research, 2(7), 802-808.

7.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). RELIGIOUS BELIEFS AS A
FACTOR OF PERSONAL PSYCHOLOGICAL AND PHYSIOLOGICAL HEALTH.
International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 45-47.

8.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF
EDUCATION

AND

DEVELOPMENT

ACCORDING

TO

THE

CHILD'S

TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

9.

Muhiddinova, D., & Saydaliyeva, M. (2023). MANIFESTATION OF DESTRUCTIVE
RELIGIOUS BEHAVIOR IN PERSONAL CHARACTERISTICS. Modern Science and
Research, 2(6), 934-938.

References

Shirmatova G. Gender tengligini shakllantirish jamiyatni modernizatsiyalash omili sifatida// Falsafa va huquq. 2018. No 1. -B. 84.

Mur S.M. Zamonaviy jamiyatda gender tadqiqotlari // Evroosiyo xavfsizligi.2011. -№ 1. -B. 192.

Timoti J. Uinter. XXI asrda islom. Postmodern dunyoda qiblani topish. –T.: Sharq, 2015. –B. 97-99.

Timoti J. Uinter. XXI asrda islom. Postmodern dunyoda qiblani topish. –T.: Sharq, 2015. –B. 95.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in A Child. Eurasian Scientific Herald, 21, 54-58.

Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF THE RELATIONSHIP BETWEEN AGRESSIVENESS AND RELIGION IN ADOLESCENTS (IN MUSLIM AND CHRISTIAN TEENAGERS). Modern Science and Research, 2(7), 802-808.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). RELIGIOUS BELIEFS AS A FACTOR OF PERSONAL PSYCHOLOGICAL AND PHYSIOLOGICAL HEALTH. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 45-47.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

Muhiddinova, D., & Saydaliyeva, M. (2023). MANIFESTATION OF DESTRUCTIVE RELIGIOUS BEHAVIOR IN PERSONAL CHARACTERISTICS. Modern Science and Research, 2(6), 934-938.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов