ADVANTAGES OF ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS OF PRIMARY CLASSES WITH NON-STANDARD ISSUES

HAC
Google Scholar
f
218-221
0
0
To share
Karimova, K. (2023). ADVANTAGES OF ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS OF PRIMARY CLASSES WITH NON-STANDARD ISSUES. Modern Science and Research, 2(10), 218–221. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26050
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, it is necessary to ensure the active participation of a school student in the teaching process, to bring to the surface the possibility of full-fledged use of the abilities and capabilities of students through the use of various issues aimed at creative thinking, independent work. The article describes the opportunities that can be achieved in the educational process through non-standard issues.

Similar Articles


background image



218

BOSHLANG‘ICH SINFLAR O‘QUV JARAYONINI NOSTANDART MASALALAR

BILAN TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI

Karimova Kunduz Ruzibaevna

Urganch davlat instituti katta o‘qituvchisi(PhD)

E-mail:

q_karimova@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10205886

Annotatsiya.

Bugungi kunda o‘qitish jarayonida maktab o‘quvchisining faol ishtirokini

ta’minlash, ijodiy fikrlovchi, mustaqil ishlashga yo‘naltiruvchi turli xil masalalardan foydalanish

orqali o‘quvchilar qobiliyati va imkoniyatlaridan to‘la-to‘kis foydalanish imkonini yuzaga

chiqarish zarur. Maqolada nostandart masalalar orqali o‘quv jarayonida erishish mumkin

bo‘lgan imkoniyatlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar

: Boshlang‘ich sinf, matematik tafakkur, mantiqiy fikrlash, matematika,

topshiriq, mantiqiy masala, nostandart masala.

ADVANTAGES OF ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS OF

PRIMARY CLASSES WITH NON-STANDARD ISSUES

Abstract.

Today, it is necessary to ensure the active participation of a school student in the

teaching process, to bring to the surface the possibility of full-fledged use of the abilities and

capabilities of students through the use of various issues aimed at creative thinking, independent

work. The article describes the opportunities that can be achieved in the educational process

through non-standard issues.

Keywords:

elementary class, mathematical thinking, logical thinking, mathematics,

assignment, logical issue, non-standard issue.

ПРЕИМУЩЕСТВА ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ С НЕСТАНДАРТНЫМИ ЗАДАЧАМИ

Аннотация.

Сегодня необходимо обеспечить активное участие школьника в

процессе обучения, дать возможность в полной мере использовать способности и

возможности учащихся, используя различные вопросы, направленные на творческое

мышление, самостоятельную работу. В статье описаны возможности, которые могут

быть достигнуты в процессе обучения с помощью нестандартных задач.

Ключевые слова:

начальный класс, математическое мышление, логическое

мышление, математика, задание, логический вопрос, нестандартный вопрос.


background image



219

Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni buyuk ajdodlarimizga mos va yuksak salohiyatli,

ma’rifatparvar qilib tarbiyalashga bugungi kunda juda katta e’tibor qaratilmoqda. Matematika

ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,

O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti

faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi

prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi(PQ-4387) qarori quyidagicha boshlanadi: “Muhammad al

Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek singari ulug‘ ajdodlarimiz

tamal toshini qo‘ygan matematika fani ilm-fan va texnikaning zamonaviy tarmoqlari jadal

rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, raqamli iqtisodiyot sohasida va boshqa

ko‘plab sohalarda uning roli ayniqsa ortdi”.

Matematika fanini o‘rgatishga va o‘rganishga bo‘lgan e’tibor juda kuchli bo‘lgan hozirgi

davrda, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish zamon talabidir.

Matematika ancha murakkab fan bo‘lishi bilan birga u aniq va juda qiziqarli fandir. O‘quvchilarga

aynan matematikaning qiziqarli jihatlarini ochib ko‘rsatish orqali o‘quvchini fanga nisbatan

qiziqishini orttirish mumkin, bu esa juda muhimdir.

Maktab darsliklarining qaysi biri bo‘lmasin fanlarning o‘ziga jalb qiluvchi, shu bilan birga

yo‘naltiruvchi kuchi o‘ziga xos “topshiriq”lardir. Har bir fanda berilgan topshiriqni bajarish

usullariga ko‘proq e’tibor beriladi lekin masalani real hayotda qay tarzda qo‘llanishiga, ularning

mohiyati va umumiy jihatlariga e’tibor qaratilmaydi.

O‘quvchining ongli faoliyati, fikr yuritishi, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi topshiriq bilan

ya’ni mavzu yuzasidan beriladigan o‘quv topshiriqlari bilan bog‘liqdir. O‘quv faoliyatining

yo‘nalishlari – qayta esga tushirib ijod qilish, yangi bilimlarni o‘rganib turli o‘quv jarayonlariga

tatbiq qilish, olgan bilimlarni umumlashtirib, o‘z-o‘zini nazorat qilish o‘quv topshiriqlari bilan

bevosita bog‘liq bo‘lib, topshiriqlar esa ta’limni rivojlantiruvchi vosita hisoblanadi. Topshiriqlar

turlicha berilib, maktabda o‘qish jarayonida o‘rganiladigan topshiriqlar o‘quv-biluv

topshiriqlaridir. Bunday topshiriqlar orqali o‘quvchi shaxsi rivojlantiriladi. O‘quv topshiriqlari

o‘quvchining bilimi, ko‘nikmasi, malakasi, ijodiy fikrlashi, tevarak-atrofidagi hodisalarga

munosabatini shakllantiradi va rivojlantiradi.

O‘quvchilar fikrlashini, tafakkurini rivojlantirishda fanlar ichida “Matematika” fani

yetakchi fan sanaladi. Bu fan orqali o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy

rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini shakllantirish va rivojlantirishga,

erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila


background image



220

olish ko‘nikmalarini egallashlariga erishish mumkin. Buning uchun esa boshlang‘ich ta’lim

jarayonlaridayoq ar’anaviy ta’lim jarayonlarida bir xillikka barham bergan holda turli

topshiriqlardan, mavzuga oid rebus va krossvordlardan, qiziqarli tezkor savol-javoblardan,

mantiqiy masalalardan, umumiy qilib aytganda nostandart topshiriqlardan foydalanish juda

muhimdir. Bular orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada

rivojlantirishga, o‘quvchilarning dars jarayonida faol bo‘lishiga erishiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ya’ni bolalarning aynan shu yosh vaqtlarida ularning

aqliy qobiliyatlarini jadal rivojlanish jarayoni sodir bo‘lib, bu davrda o‘quvchilarning intellektual

salohiyatini rivojlanishi uchun fundament yaratiladi. O‘quv jarayonida nostandart masalalardan

foydalanish orqali o‘quv jarayonini qiziqarli va mahsuldor qilish hisobiga o‘quvchida mavzuni

chuqur anglab olishga intilishi ortadi; mustaqil ishlash va o‘zini-o‘zi rivojlantirish ko‘nikmasi

rivojlanadi; har bir o‘quvchining o‘zlashtirishi ta’minlanadi; har bir o‘quvchining o‘z fikrini erkin

namoyon qilishiga va fikrlashiga, bilish hissiyotini, maqsad sari intilishlariga, matematik

tafakkurlarini rivojlanishga erishiladi; sinfdagi barcha bolalarning faol ishlashi ta’minlanadi.

O‘qitish va berilgan bilimni anglab tushunish - bu murakkab jarayon bo‘lib, ular birinchi

navbatda o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun o‘qituvchi nafaqat

o‘z mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’lumot berishi, balki o‘quvchining o‘quv faoliyatini rejalashtirishi,

tashkillashtirishi, nazorat qilishi, fikrlash qobiliyatlarini va bilimlarini amalda qo‘llash

qobiliyatlarini rivojlantirishi lozim. Agar o‘qituvchi boshlang‘ich qadamlardayoq o‘quvchilarning

turli nostandart topshiriqlarni yechishni, masalalarni turlarga ajratgan holda yechishni o‘rgatsa,

o‘quvchilar nafaqat matematika darslarida, balki, boshqa fanlarni o‘qish jarayonida ham har

qanday vazifani bajarish ketma-ketligini to‘g‘ri tanlagan holda, keng fikrlilik bilan bajarishga

o‘rganadi. Bularning barchasi esa o‘quvchiga o‘qish davomida va keyinchalik ish jarayonida ham

yordam beradi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika ta’limi va

fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi

Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-4387-son Qarori // https://lex.uz/docs/4409503.


background image



221

2.

Karimova K.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matematik tafakkurini shakllantirishda

mantiqiy masalalar. Pedogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) diss. – Toshkent,

2023. – 149 b.

3.

Kasimov F.M. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida ijodiy topshiriqlar tizimi.

Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan diss. - Buxoro,

2007. – 202 b.

4.

Karimova K.R. Mantiqiy masalalar va ularning turlari. Современная психология и

педагогика: проблемы, анализ и резултаты. 2020. – B. 576-581.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son Qarori // https://lex.uz/docs/4409503.

Karimova K.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matematik tafakkurini shakllantirishda mantiqiy masalalar. Pedogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) diss. – Toshkent, 2023. – 149 b.

Kasimov F.M. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida ijodiy topshiriqlar tizimi. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan diss. - Buxoro, 2007. – 202 b.

Karimova K.R. Mantiqiy masalalar va ularning turlari. Современная психология и педагогика: проблемы, анализ и резултаты. 2020. – B. 576-581.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов