222
YOSH AVLOD TARBIYASIDA HADISLARNING O‘RNI
Azizova Saodat Tursunniyozovna
Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.10205931
Annotatsiya.
Maqolada hadislar va ularning ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi ahamiyati
haqida, xususan, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-Mufrad” asari haqida fikrlar bayon
etilgan. Ushbu asardagi hadislardan namunalar tahlil qilingan.
Shuningdek, o‘quvchida inson sifatlarini va insoniylik xislatlarini shakllantirish hamda
rivojlantirishda hadislarning o‘rni borasida so‘z yuritilgan. Hadislar bo‘yicha ilm berishda
o‘quvchilarning psixofiziologik jihatlari e’tiborga olinishi zarurligi ochiqlangan.
Kalit so‘zlar:
hadis, Imom Ismoil al-Buxoriy, “Al-adab al-Mufrad”, yosh avlod.
THE ROLE OF HADITHS IN THE UPBRINGING OF THE YOUNGER
GENERATION
Abstract.
This article discusses the significance of hadiths and their role in the educational
process, particularly focusing on Imam Ismail al-Bukhari’s work “Al-Adab al-Mufrad.” Examples
of hadiths from this work are analyzed, and the importance of using hadiths in shaping and
developing personal qualities and human values in students is emphasized.
The article also highlights the necessity of considering students” psychophysiological
aspects in teaching hadiths.
Keywords:
hadith, Imam Ismail al-Bukhari, “Al-Adab al-Mufrad,” youth.
РОЛЬ ХАДИСОВ В ВОСПИТАНИИ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ
Аннотация.
В статье изложены мнения о хадисах и их значении в учебно-
воспитательных процессах, в частности, о работе имама Исмаила Аль-Бухари “аль-адаб
аль-муфрад”. Примеры из хадисов в этом произведении проанализированы.
Читателю также рассказывается о роли хадисов в формировании и развитии
человеческих качеств и человеческих качеств. Выявлено, что при изучении хадисов
необходимо учитывать психофизиологические аспекты учащихся.
Ключевые слова:
хадис, имам Исмаил аль-Бухари, “аль-адаб аль-муфрад”, молодое
поколение.
223
KIRISH
Hadislar, Islomda fiqh, aqida, ibodat, axloq-odob va boshqa bir nechta jihatlarlari bilan
boshqa asarlardan ajralib turadi. Ular jamiyatida insonlar uchun ruknlar bilan mustamlaklangan
amaliy qo‘llanmalarni takomillashtirish uchun muhim manba hisoblanadi.
“
Hadislar Islom dini tarixida Muhammad Rasulullohning so‘z va amallarini o‘z ichiga
olgan qadimiy yozuvlar hisoblanadi
”, – deyiladi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
hazratlarining “Hadis va hayot” asarida. Bu hadislar, Islom shar’iyati va sunnatlarini tushuntirish,
bajarish va tarqatish uchun, insonlarni muhim manbalardan biri sifatida qabul qilingan. Tarixda
bizga ma’lumki ikki xil hadislar bo‘lgan, ya’ni hadislar ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi sahih
hadislar. Bu hadislar ishonchli va tasdiqlangan manbalardan keltiriladi. Tahlillashda
o‘zgartirilmagan hadislar hisoblanadi. Sahih hadislar, Islom shariyatining amaliy qismi uchun
asosiy manbalar hisoblanadi. Ikkinchisi
g‘ayrisahih
hadislardir.
G‘ayrisahih
hadislar manbasi aniq
bo‘lmagan yoki ishonchli manbasi mavjud emas, mazmuni o‘zgartirilgan yoki hadisni o‘zgartirish
va so‘zlash qobiliyatiga ega odamlar tomonidan ko‘rsatilgan hadislar hisoblanadi.
G‘ayrisahih
hadislardan foydalanish amalda tavsiya etilmaydi.
Tahlillar
“Al-Adab al-Mufrad” asari Imom
Ismoil al-
Buxoriy tomonidan yozilgan va hadislar
turlarini hamda ishonchli amallarini o‘rgatadigan Islom dini tarixidagi eng nodir asarlardan biri
hisoblanadi. Imom
Ismoil al-
Buxoriyning o‘zlari esa Islom jamiyati uchun muhim bo‘lgan sahih
hadislarni to‘plash va tarqatishga ulkan hissa qo‘shgan muhaddislarning sardori hisoblanadi-
deyiladi www.ziyouz.com kutubxonasidan olingan ma’lumotlarda.
“Al-Adab al-Mufrad” asari hadislar to‘plamidan iborat. Bu nodir kitobda ota-onaga va
o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, hayotiy odob ko‘nikmalarini shakllantirish,
insonlarning boshqalar bilan munosabatlarda o‘zaro axloqiy munosabatlarni mustahkamlash,
insonlar bilan muomala madaniyatini saqlashni o‘rgatishga bag‘ishlangan hadislar jamlangan. Shu
bois ta’lim jarayonida o‘quv adabiyotlarida mazkur asardagi hadislardan namunalar berilgan.
Asarning 1-24-boblari ota-onaga yaxshilik qilish, ularni hurmat qilishga bag‘ishlangan.
1-bobda
“Alloh taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo‘lishiga va uning g‘azabi ham
otaning g‘azabiga bog‘liqdir”
-deyilgan hadisi sharhlangan.
2-bobda ona roziligini olish haqidagi hadislar keltirilgan. Jumladan, eng avval yaxshilikni
inson o‘z onasiga qilishi kerakligi qayta-qayta ta’kidlangan hadislar yoritib berilgan. Asarning 24-
bobigacha ota-ona zulm qilsa ham, ularga yaxshilik qilaverish, ota-onaga muloyim gapirish, gunoh
224
bo‘lmagan hollarda ota-ona amriga itoat qilish, ota-onasini rozi qilgan kishining umri uzoq bo‘lishi
hamda ularning duosi, ota-onaning do‘stlariga yaxshilik qilish haqidagi boblar kiritilgan.
Ilk boblarni o‘qiganimizdayoq bu asarni nimaga “Adab durdonalari” deb nomlanganini
anglaymiz. “Al-Adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asari Imom al-Buxoriyning odob-axloq
xususidagi eng sahih hadislarni o‘zida jamlagan, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega benazir
to‘plamdir. Uning arabcha nashri ikki marta bosilib, 1990-yilda esa olim Sh.Boboxonov
tomonidan asarning o‘zbekcha tarjimasi ham nashr etilgan. Imom al-Buxoriyning bu asaridagi
1322 hadis va xabarlar 644 bobda jamlangan bo‘lib, u Hindiston, Turkiya va Misrda bir necha
marta chop etilgan. Asarning bir qancha qo‘lyozma nusxalari ham saqlangan. Hindistonlik olim
as-Sayiyd Fazlulloh al-Jiloniy bu asarning tanqidiy nashrini sharhi bilan birgalikda
“Fazlullohisamad fi tavziyhil-Adab al-Mufrad” nomi bilan chop etgan.
Asarning 14-bobini tahlil etish bilan o‘rtoqlariga so‘kinib gapiradigan, tarbiyasi og‘irroq
o‘quvchilarimizni tartibga chaqiramiz. Bu bobda quyidagi hadis keltirilgan:
“Abdulloh ibn Amr
Oss aytdilar: “Rasululloh: “Kishi o‘z ota-onasini so‘kishi katta gunohdir”, – dedilar. Sahobiylar:
“Yo, Rasulalloh, kishi o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?” – deb so‘rashganda, Rasululloh: “U kishi
bir odamni so‘kadi, u odam ham avval so‘kkan kishining otasini ham, onasini ham so‘kadi
”,
dedilar
”. Demak, kishi birovni so‘ksa, keyin o‘sha odam uning ota-onasini ham so‘kadi, shu bilan
u bilvosita o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi. “
Kimki ota-onasining so‘kilishiga sababchi bo‘lsa,
Alloh taolo oldida katta gunohga qoladi
” – dedilar.
“Al-Adab al-mufrad” asarida adabiyot, inson huquqlari, ota-onalar bilan munosabatlar,
do‘stlik va qo‘shnichilik haqlari haqidagi hadislar bayon qilinadi. Ta’kidlash o‘rinliki, “Al-Adab
al-mufrad” asari insonlarni yaxshi xulq va odobga erishishlariga yordam beradigan qoidalar va
nasihatlar mazmunidagi hadislar bilan to‘ldirilgan.
Mazkur asar Islom adabiyoti va insonlarning o‘zaro munosabatlarini tuzatishga
ko‘rsatilgan ahamiyatli bir manba sifatida taniladi.
Bu kitob, islomiy adabiyotni o‘rganish uchun asosiy qo‘llanma hisoblanadi va insonlar
orasidagi munosabatlarda adabiyotni yaxshi tushuntiradi. [Imom
Ismoil al-
Buxoriy
“Al-Adab al-
Mufrad” asari, 6-12-betlar]. Uning tarixi va ilmiy ma’naviyati islomiy adabiyotning yuqori
darajada qadriyat qilinadi.
“Al-Adab al-mufrad” kitobi ko‘plab mavzularni o‘z ichiga oladi, misol uchun:
Ota-onalar va farzandlar orasidagi munosabatlar;
Qo‘shnilar bilan munosabatlar;
Do‘stlar va yaqinlar bilan munosabatlar;
225
Ommaviy odatlar va inson huquqlari.
Asarning 110-bobidan 135-bobigacha yaxshilik haqidagi hadislar berilgan. Jumladan,
yuqoridagi boblarda odamlarga yaxshiliklari uchun tashakkur aytish kerakligi, yaxshilikka
yaxshilik qilish haqida, ozor beradigan narsalarni chetga olib qo‘yish kerakligi kitobxonga
uqtiriladi.
121-bobda esa joyiz bo‘lmagan hazillarning salbiy oqibatlari bayon etilgan:
Abdulloh ibn Soibning bobosidan rivoyat qilindi: “Men Rasulullohdan: “Hech qaysingiz
oshnasining narsasini hazil qilib ham olmasin. Bittangiz birodarining asosin (hassasini) olsa, uni
egasiga qaytarib bersin”, – degan gaplarni eshitdim”, – dedilar
.
Birovning narsasiga hazillashib olish, birinchidan, o‘sha odamni tahqirlash hisoblansa,
ikkinchilan, o‘g‘rilik bilan ayblanadi, hazilning tagi zil bo‘lib, jazo olishi tayin.
139-bobdagi hadislarda qizg‘anchnqlikni salbiy illat ekanligi yomon xastalikka
qiyoslanadi. 166-167-boblarda kattalardan avval fikr aytmaslik, o‘zidan yoshi katta insonning
so‘zini bo‘lmaslik hamda yoshi ulug‘larni e’zozlash haqidagi hadislar berilgan.
Bugungi kundagi shoshqaloq, so‘zlamoqchi bo‘lgan paytida hech kimga e’tibor bermasdan
gapiradigan, ustozlarini, yoshi ulug‘larning suhbatlarida luqma tashlab turadigan o‘quvchi-
yoshlarimizga bu hadislarni o‘rgatish ularning axloqli, odobli bo‘lishlariga yordam beradi [Imom
Ismoil al-
Buxoriy
“Al-Adab al-Mufrad” asari 41-bet]
Asarning 174-bobida insonlarni yer yuzidagi hayvonlarga marhamatli bo‘lishga
chaqiriladi. Asarda, shuningdek, tabiat hosisalariga oid hadislar ham keltirilgan. Shamol esishi,
momaqaldiroq gumburlashi, yashin chaqnashi kabi tabiat hodisalarini so‘kmaslik, noshukrlik qilib
so‘zlamaslik kerakligi bayon etilgan. Tabiat hodisalarini xushnudlik bilan, xayrixohlik bilan
qarshilash lozimligi ta’kidlangan.
448-bobdan 533-bobgacha salomlashish odoblari, salomlashishning fazilatlari haqidagi
hadislar berilgan. Salom berganda to‘liq va eshitilarli salom berilishi, alik ham shu taxlitda olinishi
kerakligi ta’kidlangan.
Xulosalar
Ulug‘ muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Adab al-
mufrad” asari hayotimizda juda zarur bo‘ladigan odob-axloqqa oid hadislar jamlanmasi bo‘lishi
bilan qiymatli. Asarda axloq masalasiga alohida e’tibor berilgan. Unda keltirilgan hadislarda
insonning kamolga yetishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, bular
mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko‘ngillik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga
g‘amxo‘rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni
ulug‘lash, halollik, poklik, o‘zaro do‘st, tinch-totuv bo‘lish kabilardan iboratdir. Bundan tashqari,
226
inson o‘zini yomon illatlardan tiyishi, har qanday yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand-
nasihatlari ham o‘z ifodasini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karim ko‘rsatmalaridan kelib
chiqadi va komil insonni shakllantirish mezonlari hisoblanadi.
Hadislarda insonning ma’naviy kamoloti mezoni, uning tafakkur doirasi,
dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallagani, o‘z bilimi bilan
atrofdagilarga, jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib yetushishida muhim omil – chiroyli xulqli
bo‘lish, deb ko‘rsatilgan. Shu bois hadislarni o‘quvchilarning yosh fiziologiyasi va idrok etish
inkoniyati e’tiborga olinib, o‘quv adabiyotlarida mavzuli tarzda berish maqsadga muvofiq
sanaladi.
REFERENCES
1.
Imom
Ismoil al-
Buxoriy. Al-Adab al-Mufrad.
2.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Zikr ahlidan so‘rang. – Toshkent: Hilol-
Nashr, 2020.
3.
Al-Faqih Abu Lays AS-Samarqandiy. Tanbehul G‘ofilin. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,
2007.
4.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. Elektron kitob. 2008.
5.
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri. 1-kitob. – Toshkent: Munir, 2022.
6.
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri. 2-kitob. – Toshkent: Munir, 2022.
7.
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri. 3-kitob. – Toshkent: Munir, 2022.
8.
Mavlono Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviyi. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2021.
9.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Yaxshilik va silayi rahm. Elektron kitob.
2008
10.
Imom Abu Abdurahmon Sulaymiy. Tasavvuf va uning haqiqati haqida. Elektron kitob.
2008.
