ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
908
OILAVIY KORXONANING FUQAROLIK HUQUQI MAQOMINI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Esonov Xumoyun Abdurashitovich
Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining sudyasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10207546
Annotatsiya.
Mazkur maqolada oilaviy korxonaning fuqarolik huquqi maqomini
takomillashtirish masalalari haqida so’z boradi. Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr
va mulohazalar keltirib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
oilaviy korxonaning fuqarolik huquqi, milliy iqtisodiy majmua, ishlab
chiqarish jarayoni.
ISSUES OF IMPROVING THE CIVIL LAW STATUS OF THE FAMILY
ENTERPRISE
Abstract.
This article talks about the issues of improving the civil law status of the family
enterprise. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout
the article. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.
Key words:
civil law of family enterprise, national economic complex, production process.
ВОПРОСЫ УЛУЧШЕНИЯ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОГО СТАТУСА
СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИЯТИЯ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы совершенствования
гражданско-правового статуса семейных предприятий. Обоснованные мнения и
комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей статьи. Выводы и
предложения даны в конце статьи.
Ключевые
слова:
гражданское
право
семейного
предприятия,
народнохозяйственный комплекс, производственный процесс.
Har qanday mamlakatning milliy iqtisodiy majmuasida markaziy oʻrinni korxonalar
egallaydi, chunki aynan ular milliy daromadni yaratadi, bir vaqtning oʻzida ishlab chiqaruvchi
vazifasini bajaradi hamda oʻzini oʻzi taʼminlash va mustaqillikka asoslangan takror ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshiradi.
Maʼlumki, yaratilgan yalpi milliy mahsulot hajmi, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi, mamlakat aholisining moddiy va maʼnaviy manfaatlarini qondirish darajasi mustaqil
korxonalarning muvaffaqiyatlariga bogʻliq.
Korxonaning foydalilik darajasi minimal ishlab chiqarish xarajatlari bilan fan va texnika
yutuqlaridan foydalangan holda eng qulay sharoitlarni va shu bilan birga yuqori sifatli
mahsulotlarni samarali ishlab chiqarishga imkon yaratishidir, boshqacha qilib aytganda, korxona
bu – iqtisodiyotni tashkil qilishning shunday shakli boʻlib, u yerda yakka isteʼmolchi va ishlab
chiqaruvchi uchta yirik iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun bozor orqali oʻzaro aloqada
boʻladi: nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish kerak?
Shu bilan birga, tadbirkorlarning va tashkilotlarning birortasi ongli ravishda ushbu
iqtisodiy muammolarning uchligini hal qilish bilan shugʻullanmaydi (bozor elementida har kim
ularni individual darajada hal qiladi).
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
909
Maʼlumki, bozor tizimida hamma narsa oʻz narxiga ega. Bozor iqtisodiyoti insonlar va
korxonalarni narxlar va bozorlar tizimi orqali ongsiz ravishda muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Agar bozorlarning barcha xilma-xilligini oladigan boʻlsak, unda oʻz-oʻzidan narxlar va ishlab
chiqarish muvozanatini sinov va xatolar orqali taʼminlaydigan keng tizimga ega boʻlamiz.
Oʻzbekistondagi korxonalar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona,
valyuta, moliya, investitsiya va boshqa qonun hujjatlarini oʻz ichiga olgan qonunchiligi bilan
tartibga solinib, mamlakatimizdagi korxonalarning ayrim xususiyatlarini, jihatlarini va faoliyatini
tartibga soladi.
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy
korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk,
shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan
kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy
mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy
shakllaridan biridir.
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi
mumkin. Oilaviy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘lishi, o‘z nomidan mulkiy va
shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi,
sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lgan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli bo‘lmaganda oilaviy
korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq
subsidiar javobgar bo‘ladi.
Oilaviy korxona qonunchilikka muvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik
tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonunchilikda belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p
bo‘lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz
bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega
bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “oilaviy korxona”
degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning
qisqartirilgan nomini va “oilaviy korxona” degan so‘zlarni yoki “OK” abbreviaturasini o‘z ichiga
olishi kerak.
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning
boshlig‘i ish ko‘radi.
Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshlig‘i bo‘lishi mumkin, unga oilaviy
korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish muomalasida o‘z nomlaridan ishtirok etish
huquqini beradi.
Oilaviy korxona boshlig‘i vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt
bo‘lmagan taqdirda, u o‘z vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning
qolgan ishtirokchilari bilan kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
910
Oilaviy korxona quyidagi huquqlarga ega:
mustaqil ravishda tovarlar ishlab chiqarishga (ishlar bajarishga, xizmatlar ko‘rsatishga)
doir faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tasarruf etish va
ularga narx belgilash;
mustaqil ravishda o‘z moliyaviy mablag‘larini shakllantirish va qarz mablag‘larini jalb
etish, shu jumladan dastlabki (boshlang‘ich) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olish;
lizing va sug‘urta xizmatlaridan foydalanish;
shartnomalar tuzish, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish va
realizatsiya qilish uchun shartnomalar tuzish;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
o‘z firma nomi yozilgan muhrlardan, blankalardan va shtamplardan foydalanish hamda
tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga) ega bo‘lish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Oilaviy korxona boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan shartnomalar
tuzish;
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
ishonchnomalar berish.
Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat
qilishda ishtirok etish;
oilaviy korxona ta’sis shartnomasining shartlariga bog‘liq holda foydadan o‘z ulushini
olish;
oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, oilaviy korxonaning fuqarolik huquqi maqomini
takomillashtirish masalalari bugungi kunda ijobiy hal etilmoqda va shu bilan birga yaxshi
natijalarga erishilinmoqda. Mamlakatda oilaviy korxonalar qanchalik ko’p bo’lsa va faoliyati
ijobiy baholangan holda huquqiy ko’mak berilsa, ko’zlangan natijaga erishish mumkin.
REFERENCES
1.
Abduganiev A, Abduganiev A.A. Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti. —T.: 2004. 304b
2.
Abdullaev A. Muftaydinov K. Aybcshov X. Kichik biznesni boshqarish. -T.: Moliya. 2003.
192 b.
3.
Akromov E. A. Korxonaning faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, Toshkent, TDIU, 2000
