THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM IS A PRIORITY OF STATE POLICY

HAC
Google Scholar
To share
Xasanova, N. (2023). THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM IS A PRIORITY OF STATE POLICY. Modern Science and Research, 2(10), 1018–1021. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26400
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the current task of preschool education and the essence of Decision PQ-2707 "On measures to further improve the preschool education system in 2017-2021" are studied from a scientific and theoretical point of view. Reasonable opinions and comments are given throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1018

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR

YO‘NALISHI

Xasanova Nilufar Tuymurodovna

Buxoro shahar 22DMTT ning tayyorlov guruh tarbiyachisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10251753

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

maktabgacha ta’lim sohasining dolzarb vazifasi va “2017-

2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati ilmiy va nazariy tomondan o’rganilgan.
Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish.

THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM IS A PRIORITY OF STATE

POLICY

Abstract.

In this article, the current task of preschool education and the essence of Decision

PQ-2707 "On measures to further improve the preschool education system in 2017-2021" are
studied from a scientific and theoretical point of view. Reasonable opinions and comments are
given throughout the article.

Key words:

preschool education, further improvement of the preschool education system.

СИСТЕМА ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ – ПРИОРИТЕТ

ГОСУДАРСТВЕННОЙ ПОЛИТИКИ

Аннотация.

В данной статье с научной и теоретической точки зрения

исследованы современная задача дошкольного образования и суть Постановления PQ-2707
«О мерах по дальнейшему совершенствованию системы дошкольного образования в 2017-
2021 годах». На протяжении всей статьи даются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

дошкольное образование, дальнейшее совершенствование

системы дошкольного образования.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o‘zlashtirishi,

maktabga moslashuvning yengil o‘tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning
maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etilganligi, ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga
egadir.

Shuni aytish joizki, shahar va qishloq muassasalari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lib,

uning asosiy sabablari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

-

olis tuman va qishloqlarida ijtimoiy infrastrukturaning talab darajasida emasligi;

-

qishloq hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari binolarning eskirganligi;

-

maktabgacha ta’lim muassasalariga oylik to‘lovlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar;

-

joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi;

-

malakali kadrlar yetishmasligi;

-

sifatli oziq-ovqat ta’minotining pastligi;

-

malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida maktabgacha ta’lim muassasalarida nisbatan

ota-onalar ishonchining yo‘qolishi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1019

Ushbu holatlarni bartaraf etish va bolalar qamrovini oshirish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti 2016 yil 29 dekabr kuni “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi.

“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati.

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning

yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda
inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri
uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol
o‘ynasa, maktabgacha ta’lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas
bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan.

Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni matbuotda

e’lon qilingan

“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani

bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz.

Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar

tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 25 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
rahnamoligida mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga
oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi
shakllantirildi. YA’ni, yosh avlodning maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta’limgacha
bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shartsharoitlar yaratish davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini rivojlantirish, bolalarni

maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni
tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib,

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida
rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida
ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga
munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.

Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini

yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturda keng ko‘lamli
strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir.

Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada yechimini

kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni
quvontiradi.

Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika

bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim
muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-
metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1020

2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani ushbu qaror o‘z ichiga nechog‘lik keng
ko‘lamli vazifalarni qamraganligini ko‘rsatadi.

Haqiqatdan ham, bugungi kunda qishloq joylarida maktabgacha ta’lim muassasalari sonini

keskin oshirish zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun
bolalar bog‘chasi masalasi hayotiy ehtiyojga aylangan.

Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim muassasalari, birinchidan, maktab

yoshiga qadar bo‘lgan bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan
g‘ururlanish hissini uyg‘otish, Konstitutsiyani o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini
berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy
huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi.

Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy

massivlarida yosh oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo
bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq, ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning
iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o‘rinli 50 ta
zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining bunyod etish hamda mavjud muassasalarning
1167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirish nazarda
tutilmoqda. Bu orqali bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga
erishiladi.

Shu bilan birga, qarorga ko‘ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-

onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilayotgani kam ta’minlangan va ko‘p
bolali oilalar uchun yengillik yaratadi.

Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to‘liq javob bera oladigan

kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg‘or usullar
orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini
takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi.

Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun

pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy
pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilangani
ayni muddaodir. Chunki, biz o‘z oldimizga farzandlarimizning har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadini qo‘ygan
ekanmiz, shubhasiz, pedagog-tarbiyachilarning malakasini oshirish borasidagi mavjud tajribalarni
zamonaviy talablar darajasida takomilashtirishimiz zarur. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim
muassasalarini psixolog, defektolog kabi mutaxassislar bilan ta’minlash ham bugungi kun
talabidir.

Shuning barobarida maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni

maktabga tayyorlashda qisqa muddatli tayyorlov guruhlarining roli muhim sanaladi. Ayni shu
sababli kelgusida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa
muddatli guruhni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Qolaversa, maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalarni maktab ta’limiga

tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish ham maqsadga muvofiq
sanaladi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1021

muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan
ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgani bolalarni
ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash darajasini yuksaltiradi.

Shu o‘rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy,

axloqiy jihatdan tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabga sifatli
tayyorlash maqsadida turli to‘garaklar, ma’naviyat va ekologiya xonalari, kichik muzey,
kutubxonalar tashkil etish borasidagi an’analarni izchil davom ettirish maqsadga muvofiq. Chunki
kitobga, san’atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga bo‘lgan qiziqish
bolalarda ayni shu davrda shakllanadi.

Muxtasar aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi

hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga
bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim
faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama qulay
shartsharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning
barkamol va yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

REFERENCES

1.

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-
sonli Farmoni.

2.

“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.

3.

“Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentabrdagi PQ-3276-
sonli Qarori.

4.

“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-
sonli Qarori.

References

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.

“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.

“Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentabrdagi PQ-3276-sonli Qarori.

“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-sonli Qarori.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов