THE IMPORTANCE OF PROMOTING NATIONAL VALUES AND SPIRITUAL HERITAGE IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUTH

HAC
Google Scholar
To share
Yaxyayev, D. (2023). THE IMPORTANCE OF PROMOTING NATIONAL VALUES AND SPIRITUAL HERITAGE IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUTH. Modern Science and Research, 2(12), 717–721. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27180
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about the importance of our spiritual heritage and national values in raising the spirituality of young people in Uzbekistan. The attention paid to the heritage of our great scientists and scholars in our country is mentioned.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

717

YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA MILLIY QADRIYATLAR

VA MA’NAVIY MEROSNI TARG‘IB ETISHNING AHAMIYATI

Dilmurod Karimovich Yaxyayev

Toshkent shahar Uchtepa tumani

238-maktab Jismoniy tarbiya o’qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda

ma’naviy meros hamda milliy qadriyatlarimizning ahamiyati haqida so‘z boradi. Yurtimizda

buyuk olim va allomalarimiz merosiga qaratilayotgan e’tibor tilga olinadi.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, ma’naviyat, qadriyat, ma’naviy meros.

THE IMPORTANCE OF PROMOTING NATIONAL VALUES AND SPIRITUAL

HERITAGE IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUTH

Abstract.

This article talks about the importance of our spiritual heritage and national

values in raising the spirituality of young people in Uzbekistan. The attention paid to the
heritage of our great scientists and scholars in our country is mentioned.

Key words:

youth, spirituality, value, spiritual heritage.

ЗНАЧИМОСТЬ ПРОДВИЖЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И

ДУХОВНОГО НАСЛЕДИЯ В ПОВЫШЕНИИ ДУХОВНОСТИ МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье говорится о значении нашего духовного наследия и

национальных ценностей в повышении духовности молодежи Узбекистана. Отмечено

внимание, уделяемое наследию великих ученых и учёных в нашей стране.

Ключевые слова:

молодежь, духовность, ценности, духовное наследие.

O‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, buyuk ajdodlar xotirasini yodda

saqlagan holda, e’zozlab, yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni huquqiy, iqtisodiy va

ijtimoiy himoyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga

ko‘tarildi. Binobarin, xalqimizning siyosiy tafakkuri, ijtimoiy faolligi va olib borilayotgan

islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi tobora ortib borayotgan hamda bosib o‘tilgan shonli yo‘limizga

nazar tashlar ekanmiz, Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi 65-moddasida keltirilganidek,

“yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy

ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida”gi masalalarda davlat va

jamiyat g‘amxo‘rlik qiladi.

Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan bugungi kunda mamlakatimizga butun dunyoning

nigohi qadalgan, qadimiy madaniyatimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni jahon ahli tan olayotgan

bir davrda ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash va rivojlantirishga

alohida ahamiyat berilmoqda. SHunda biz, o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz: “Imom Buxoriy, Imom

Termiziy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Mansur Moturidiy,

Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz hayoti, faoliyati, asarlarida

o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalarida mujassam bo‘ldi”[1.16], deb ayta

olamiz. Ular qoldirgan ulkan ma’naviy merosdan o‘rnak va ibrat olib, bu g‘oyani yoshlar ongiga

tezroq etkaza olamiz hamda ularning ilmga, tariximizga bo‘lgan hurmat-ehtiromini yanada


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

718

oshiramiz, ularda milliy g‘urur shakllanishiga, ma’naviyatini yanada yuksaltirishga imkon

yaratgan bo‘lamiz.

Yangi O‘zbekistonning buyuk ne’mati bo‘lgan erki va ozodligi xalqimizning sa’y-

harakati, barakali mehnati va ijodiy faoliyatidan kelib chiqish bilan birga, Turon zaminda voyaga

etgan hamda jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shib, o‘z g‘oyalari, tafakkuri bilan o‘zbek

milliy g‘oyasiga asos solgan ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi va sermazmun tariximizga

ham tayanadi. Har bir millatning o‘ziga xos jihatlarini, xususan, ma’naviyatini shakllantirishda

eng avvalo, beqiyos ta’sir kuchiga ega bo‘lgan milliy qadriyatining o‘rni katta. Yoshlar

ma’naviyatini yuksaltirishda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, buyuk zotlar ma’naviy

merosining, xususan, allomalarimiz ta’limotlarining o‘rni va ahamiyati katta. Katta umidlar bilan

olg‘a qadam tashlayotgan O‘zbekiston bugungi kunga kelib, taraqqiyotning mutlaqo yangi

bosqichiga qadam qo‘ydi. Dunyo tamaddunida yurtimizni “Yangi O‘zbekiston”,

“Yangilanayotgan O‘zbekiston” kabi nomlar bilan e’tirof etmoqdalar. “Yangi O‘zbekistonda el

aziz, inson aziz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ezgu ishlarning amalga

oshirilayotgani bu yurtda istiqomat qilayotgan har bir insonning baxt-saodati uchun xizmat

qilmoqda. Bu e’tirof yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida tarixiy ishlarni amalga oshirgan

xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati, bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlari hamda olib

borilgan keng ko‘lamli islohotlarga nisbatan izhor etildi, deyish mumkin. Buyuk ajdodlarimizga

xos azmu shijoat, xalqimizning metin irodasi, tobora ulg‘ayib kelayotgan barkamol avlodimizga

tayanib, jamiyat hayotini tubdan yangilash yo‘lini izchil davom ettirish bugungi kunda eng

dolzarb vazifadir. O‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani

va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olimlardan biri, Ilk

Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini

yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon

Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida” gi PQ-361-

son qarori”[2] ning qabul qilinishi va unga ko‘ra, buyuk ajdodimiz yubiley tantanalarini

nishonlashga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilishi va munosib nishonlashga doir vazifalarning

belgilanishi ayni muddao bo‘ldi. Jumladan, 2022-2023 yillarda buyuk mutafakkir, qomusiy olim,

tabiatshunoslik asoschilaridan biri Abu Rayhon Beruniy majmuasi qurilishining rejalashtirilishi,

bog‘ barpo etilishi, kitoblarining chop etilishi va shu kabi ezgu ishlarning amalga oshirilishi

maqsad etib qo‘yilganligi yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi

.

O‘zbekistonda Beruniyning ijodiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Uning hayoti,

faoliyati va ilmiy merosi haqida H.Abdullaev, I.Mo‘minov, V.Zohidov, Ya.G‘ulomov,

U.Karimov, S.Bulgakov, A.SHaripov kabi olimlar risola, asarlar yaratdilar. Unga bag‘ishlangan

qator xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazildi va bugungi kunda ham bu ishlar davom

ettirilmoqda. Beruniyning “Qadimgi yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mas’ud qonuni”, “Geodeziya”,

“Saydana” kabi asosiy asarlarini o‘z ichiga oluvchi ko‘p tomli saylanma asarlari o‘zbek va rus

tillarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etilib, kitobxonlar jamoasiga etkazildi.

SHuningdek, 2010 yilda chop etilgan kitoblar orasida faylasuf olim B.Turaev tomonidan “Abu

Rayhon Beruniy” kitobchasi, 2019 yilda esa olima G.Masharipovaning “Xorazm Ma’mun


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

719

akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy merosining ijtimoiy tafakkur

taraqqiyotiga ta’siri” nomli monografiyasi ham nashr qilindi”[3].

Dunyo ilm-fani rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan ulug‘ alloma Abu Rayhon

Beruniyning nomi mangulikka daxldor. Uning ilmu ma’rifat o‘rganish orqali olamni ezgulikka,

taraqqiyotga etaklash maqsadida avlodlarga qoldirgan buyuk merosi insoniyat uchun bebaho

xazina, shu bilan birga, biz avlodlarga qoldirgan ilmiy va ma’naviy merosi beqiyosdir.

Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy Al-Xorazmiy, Forobiy va Ibn Sino bilan bir

qatorda turuvchi musulmon Sharqi “Uyg‘onish davri”ning eng mashhur namoyandasi. O‘z

davrida birinchi bo‘lib Erning shar shaklida ekanligini va u quyosh atrofida aylanishi g‘oyasini

ilgari surgan, keyinroq Er radiusini katta aniqlik bilan o‘lchagan.

Buyuk alloma o‘zidan so‘nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o‘z

davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq turli hajmdagi asarlari, yozishmalari

qolganligi bizga ma’lum. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari

astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya,

arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va

sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham

shug‘ullanib she’rlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi

quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko‘paytirish asoslari”, “Ptolemey

“Almagest”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar”, “Farg‘oniy

“Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar va karmatlar

haqida ma’lumotlar”, “She’rlar to‘plami”, “Al-Muqanna haqidagi ma’lumotlar tarjimasi”, “Ibn

Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir. Bularning bari Yangi O‘zbekistonda amalga

oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy

merosining keng o‘rganilishi, yoshlar qalbi va ongiga milliy g‘oyaning chuqur

singdirilayotganligi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbekistonning bugungi yoshlari sharoit va yangi

imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk allomalar va

ustozlardan ibrat olib ish yuritsalar, jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini to‘liq egallaydilar,

mamlakat taraqqiyoti, yuksalishi uchun etuk va malakali kadrlar bo‘lib etishadilar.

Yangi O‘zbekistonda boshlangan islohotlar, kelajak sari tashlanayotgan dadil qadamlar

bardavom bo‘lishini ta’minlashda dunyoda o‘ziga yarasha yuksak salohiyati, benazir nufuziga

mos ravishda o‘rin egallayotgan mustaqil O‘zbekiston atalmish davlat bor ekan, bu yurtda ana

shu nomga munosib millat yashamoqda. Bu yurtda uning ota-bobolari, avlod-ajdodlari, buyuk

zotlari yashab o‘tgan. Ayni paytda bu borada to‘plangan tajriba, ana shu buyuk zotlarimizning

bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, o‘zbek millatining kelajagi

buyuk davlat qurishda jahon ayvonida turib, o‘z iymoni, e’tiqodlari, ma’naviy ruhlari bilan

qo‘llab-quvvatlab, olg‘a etaklaydi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH.M.Mirziyoyev 2022 yil 20 dekabrda Parlament va o‘zbek xalqiga qilgan Murojaatnomasida

ta’kidlaganidek” “Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat,

inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil

ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning

ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda

barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur”[4].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

720

Yangi O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida mamlakat

taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yilgan hozirgi davrda Uchinchi renessans

poydevorini yaratishga bel bog‘langan. Ana shu maqsadni ko‘zlagan Prezident Sh.M.Mirziyoyev

ta’kidlaganidek, “milliy ma’naviyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ allomalarimiz,

mutafakkir bobolarimizning turli mamlakatlardagi muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan

qo‘lyozmalarini o‘rganish, mavjud nusxalarini yurtimizga olib kelish, atroflicha tadqiq qilib,

xalqimizga etkazish borasida muhim ishlar amalga oshirilishi”[5.34] yo‘lida amaliy harakatlarga

undab kelmoqda. Ana shu maqsadda Yangi O‘zbekistonda buyuk allomalarimizning bebaho

merosini chuqur o‘rganish va uni keng jamoatchilikka etkazish ustuvor masalalardan biriga

aylangan. Zero, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk

ajdodlarimiz hamda jadid bobolarimiz, xalqimizning ma’rifatparvar farzandlari Mahmudxo‘ja

Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla

Qodiriy kabi buyuk bobolarimiz vasiyatlari va ular qoldirgan ulkan ma’naviy merosdan o‘rnak

va ibrat olib, bu g‘oyaviy ta’limotni yoshlar ongiga singdira qanchalik darajada singdira olsak,

ularning tariximizga bo‘lgan hurmat-ehtiromini yanada oshirgan bo‘lamiz.

Vatanimiz kelajagi bo‘lgan barkamol avlodni etishtirish uchun millatimizning har bir

vakili o‘z farzandini milliy g‘oyamiz, qadriyatlarimiz, tilimiz, qadimiy tariximiz, madaniy boy

o‘tmishimizda chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarimizga muhabbat va hurmat ruhida

tarbiyalash bilan birga, jahoniy o‘zigagina xos bo‘lgan insonparvarlik, baynalmilallik,

samimiylik va bag‘rikenglik ruhida ham tarbiyalashimiz, bugungi kunda har qachongidan ham

zarurroqdir.

Yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining

sababi, avvalo, aholining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yoshlar miqdor jihatidan yirik

qatlam, katta kuch hisoblanadi. SHuningdek, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli bo‘lgani

uchun ular boshqa guruhlarga nisbatan faol, yangiliklarga ochiq, innovatorligi va

tashabbuskorligi bilan ajralib turadi.

Shu bois, Prezident, “biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini

barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar,

Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni

yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini

qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari

bo‘lib xizmat qilishi lozim”[6], deb ta’kidlagani ham bejiz emas.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.–Toshkent:O‘zbekiston, 2021.–

B.16.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk olim Abu

Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash

to‘g‘risida”gi PQ-361 sonli qaror www.xabar.uz › jamiyat › abu-rayhon-beruniy-

https://lex.uz/docs/6172044.

3. Masharipova G. Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy

va ma’naviy merosining ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri. Monografiya. –

Toshkent: Navro’z, 2019.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

721

4.

www.xabar.uz › jamiyat › shavkat-mirziyoyevn..

Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20

dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

5. Mirziyoyev SH.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.–

B.34.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi

https://president.uz/uz/lists/view/4057

References

Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.–Toshkent:O‘zbekiston, 2021.–B.16.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361 sonli qaror www.xabar.uz › jamiyat › abu-rayhon-beruniy- https://lex.uz/docs/6172044.

Masharipova G. Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy merosining ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri. Monografiya. – Toshkent: Navro’z, 2019.

www.xabar.uz › jamiyat › shavkat-mirziyoyevn..Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

Mirziyoyev SH.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.– B.34.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi https://president.uz/uz/lists/view/4057

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов