TECHNICAL-TACTICAL LEARNING PROBLEMS PERFORMED BY YOUNG MINI-FOOTBALLERS

HAC
Google Scholar
To share
Muxsinov , S. (2023). TECHNICAL-TACTICAL LEARNING PROBLEMS PERFORMED BY YOUNG MINI-FOOTBALLERS. Modern Science and Research, 2(12), 226–228. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27185
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, technical and tactical learning problems performed by young mini football players Technical and tactical learning problems performed by young mini football players.


background image

226

YOSH MINI FUTBOLCHILAR TOMONIDAN BAJARILADIGAN

TEXNIK-TAKTIK OʻRGANISH MUAMMOLARI

Muxsinov Shohjahon Uygʻun oʻgʻli

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tayanch doktoranti

Аnnotatsiya.

Mazkur maqolada Yosh mini futbolchilar tomonidan bajariladigan texnik-

taktik oʻrganish muammolari Yosh mini futbolchilar tomonidan bajariladigan texnik-taktik
oʻrganish muammolari

Kalit so’zlar:

mini futbolchilar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Osiyo futbol

jamolari, olimpiada oʻyinlari.

TECHNICAL-TACTICAL LEARNING PROBLEMS PERFORMED BY YOUNG

MINI-FOOTBALLERS

Abstract.

In this article, technical and tactical learning problems performed by young

mini football players Technical and tactical learning problems performed by young mini football
players

Key words:

mini football players, physical education and sports development, Asian

football teams, Olympic Games.

ЗАДАЧИ ТЕХНИКО-ТАКТИЧЕСКОГО ОБУЧЕНИЯ В ИСПОЛНЕНИИ

ЮНЫХ МИНИ-ФУТБОЛИСТОВ

Аннотация.

В этой статье рассматриваются задачи технического и

тактического обучения, выполняемые юными игроками в мини-футбол. Технические и
тактические задачи обучения, выполняемые юными игроками в мини-футбол.

Ключевые слова:

мини-футболисты, физическое воспитание и развитие спорта,

сборные Азии по футболу, Олимпийские игры.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni

rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. Oʻzbekiston sporti milliy
madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanib, u keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda
tarbiyalashda va salomatligini mustahkamlashda muhim vositalardan biri boʻlib qoldi.
Mamlakatimizda yashovchi xalqlar asrlar davomida xilma-xil jismoniy mashqlar va milliy
musobaqalar turlarini yaratdiki, bu oʻz navbatida yoshlarning jismoniy va maʼnaviy tarbiyasiga
jiddiy taʼsir koʻrsatdi.


background image

227

Hech bir narsa mamlakatni sport kabi dunyoga mashhur qila olmaydi. Sport qadimdan to

hozirgi kunga qadar insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Jahon mamlakatlari qatori yurtimizda ham sport rivojlanib bormoqda. Respublikamizda

sport umumdavlat ishi hisoblanib, jismoniy madaniyat bilan birga aholining barcha qatlamlarini
va yoshlar guruhini qamrab olgan. Mamlakatda 50 dan ziyod sport turi ommalashgan, ulardan
30 turi olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”, “Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga
qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”, “Ommaviy sport
targʻibotini yanada kuchaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari mamlakatimizda
sportning yanada rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Sport sohasida turli unvonlar taʼsis etildi, shuningdek sport matbuoti shakllandi.

Qoʻllanma axborot kutubxona markazlarida sport haqidagi adabiyotlarni targʻib qilish va sportga
bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda kutubxonachilarga yordam berish maqsadida tuzildi hamda
keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

Oʻzbekistonda futbolning rivojlanayotgani haqida nafaqat gapirishyapti, balki oʻz

koʻzimiz bilan ham koʻrib turibmiz. Bu yerda hukumatning futbolga boʻlgan munosabati haqida
juda koʻp eshitasiz va amalga oshirilayotgan ishlarni ham koʻrishingiz mumkin. Qolaversa, mini-
futbolga boʻlgan munosabat yana ijobiy tomonga oʻzgardi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
yangi klublar tashkil etildi, faoliyat yuritayotgan klublar esa professional maqomiga oʻtmoqda
(2,3).

Mustaqillikdan soʻng oʻzbek futbolchilari bir qancha halqaro musobaqalarda qatnashib

yaxshi natijalar koʻrsatdi. Ammo, shularning ichida eng katta yutugʻ Xerosima shahrida
oʻtkazilgan, 1994-yilgi XII Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 1 – oʻrinni
egallashidir. Bundan tashqari Osiyo futbol jamolari oʻrtasida oʻtkaziladigin, Osiyo chempionlar
Kubogi va Osiyo kubok egalari kubogi musobaqalarida, Oʻzbekiston futbol jamoalari yetakchi
klublari bilan tengma-teng baxs olib borishdi.

Hozirgi kunda mini futbol boʻyicha oʻyinlarda ham oʻgʻil bolalar ishtirokidagi,

Oʻzbekiston terma jamoamiz, Osiyo chempionatida oʻyinlarda kuchli uchtalikka kira oladi.
Misol uchun 2001-yilli Tegeranda, 2002-yilli Djakartada, 2004-yilli Makaoda, 2005-yilli
Tegeranda 2006-yilli Toshkentda va 2007-yilli Yaponiyadagi oʻtkazilgan mini futbol boʻyicha
oʻgʻil bolalar ishtirokidagi musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallashgan.


background image

228

Futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi 2012-yilgi Osiyo chempionatining final qismi

Kuvaytda oʻtkaziladi. Mazkur turnirning saralash bosqichiga mezbonlik esa Oʻzbekistonga
berilishi, Oʻzbekistonda

futzal sport turining rivojlanayotganidan talolat boʻla oladi.

Oʻzbekiston 2012-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining Gʻarbiy, Janubiy va Markaziy
Osiyo davlatlari klublari uchun saralash bosqichiga mezbonlik qiladigan boʻldi.

Toshkent uchinchi marta qitʼa chempoinatini oʻzida qabul qiladi. Shuning oʻziyoq

OFKning bizga boʻlgan ishonchini anglatib turibdi. Musobaqani muvaffaqiyatli oʻtkazishdan
tashqari, oʻz uyimizda muvaffiyatli toʻp surish vazifasi ham turibdi. Muxlislar yaxshi bilishadi,
2006-yilgi turnirda biz "kumush"ga ega boʻlgandik. Bizning eng asosiy maqsadimiz 2012-yilda
boʻladigan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan iborat.

Biz yuqoridagi taʼkidlab oʻtgan yutuqlarimiz bizning mini futbolchilarimizda texnik-

taktik harakatlarida kamchiliklar betaraf etildi degani emas. Bizga Osiyoda hamon qarshilik
qilayotgan Eron, Taylan, Yanoniya, J.Koreya terma jamoalari mavjud. Ular bilan olib
boriladigan bahslarda mini futbolchilarning oʻyin davomida turli chizigʻilarda bajariladigan
texnik, taktik harakatlari samarasiz harakatlarini koʻrishimiz mumkin. Bundan terma
jamoalarimizning oʻyinlarida ham raqibga qarshilik koʻrsatishlarida mini futbolchilarni texnik
hatoliklar koʻp maraotaba amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari terma jamoa oʻyinlarida boʻsh va kuchsiz oʻyin koʻrsatishlari

futbolchilarning texnik-taktik harakatlarni pastligida deb taʼkidlaydi. Shundan kelib chiqib,
maydonda mini futbolchilarning texnik-taktik harakatlari hozirgi kun futbolida dolzarb masala
hisoblanadi. Shuning uchun mazkur ish mavzusi tanlangan.

Shundan kelib chiqib biz yuqoridagi fikrlardan mini futbol oʻyinlarini oʻrganishimiz,

ular tomondan bajarilayotgan texnik-taktik harakatlarda yoʻl qoʻylayotgan kamchiliklarni
bartaraf etishga qaratishimiz kerak. Bundan tashqari mini futbol boʻyicha mavzu ilmiy jihatdan
oʻrganilmaganligi bildradi.

References

REFERENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов