THE ROLE OF CIVIL SOCIETY INSTITUTIONS IN COMBATING CORRUPTION IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamedova, Z. . (2023). THE ROLE OF CIVIL SOCIETY INSTITUTIONS IN COMBATING CORRUPTION IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(12), 770–776. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27194
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about the participation of non-governmental non-profit organizations and other institutions of civil society in the fight against corruption in our country, as well as the main methods of participation of citizens' self-government bodies, non-governmental non-profit organizations in the fight against corruption.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

770

O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING ROLI

Mamedova Zarifa Xakimjonovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

E-Pochta:

mamedova83@internet.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda nodavlat notijorat

tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari korrupsiyaga qarshi kurashishdagi

ishtiroki shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat

tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishining asosiy usullari haqida

so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Korrupsiya, nodavlat notijorat tashkilot, fuqarolik jamiyati, halollik

vaksinasi, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, plyuralizm, deklaratsiya,

jamoatchilik nazorati.

THE ROLE OF CIVIL SOCIETY INSTITUTIONS IN COMBATING

CORRUPTION IN UZBEKISTAN

Abstract.

This article talks about the participation of non-governmental non-profit

organizations and other institutions of civil society in the fight against corruption in our country,

as well as the main methods of participation of citizens' self-government bodies, non-

governmental non-profit organizations in the fight against corruption.

Key words:

Corruption, non-governmental non-profit organization, civil society, honesty

vaccine, conflict of interests, legal consciousness, legal culture, pluralism, declaration, public

control.

РОЛЬ ИНСТИТУТОВ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В БОРЬБЕ С

КОРРУПЦИЕЙ В УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

В данной статье говорится об участии негосударственных

некоммерческих организаций и иных институтов гражданского общества в борьбе с

коррупцией в нашей стране, а также об основных способах участия органов
самоуправления граждан, негосударственных некоммерческие организации в борьбе с

коррупцией.

Ключевые слова:

Коррупция, негосударственная некоммерческая организация,

гражданское общество, вакцина честности, конфликт интересов, правосознание,

правовая культура, плюрализм, декларация, общественный контроль.

Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, mamlakatimizda demokratik huquqiy

davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida

qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq

tizimini isloh qilish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Tarixan

qisqa

davr

ichida

mamlakatda

qonuniylik

va

huquq-tartibotni

ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi

kurashning samarali tizimi yaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirishda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

771

milliy qonunlarga xalqaro huquqiy umume’tirof etilgan normalarni singdirish masalasiga

alohida e’tibor berildi.

Shu bilan birgalikda, mamlakatimizdagi yuksalishlarga jiddiy to‘siq bu korrupsiya

balosi ekanligini qayd etish zarur. Davlat va jamiyat

boshqaruvini

yanada

demokratlashtirish hamda modernizastiya qilish, davlat boshqaruvi sohalarini liberallashtirish

sharoitida davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish

bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi davlat hokimiyatining obro‘sizlanishiga, davlatning

siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etishiga, natijada, davlat hokimiyati faoliyati

samaradorligining susayishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, ushbu illatga qarshi kurashish va barham

berish siyosati davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va

huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid

huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, korrupsiyaga imkon beruvchi

sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun

javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi chora-tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy

islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha

qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari,

ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak

marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning

barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak

”, deb haqli ravishda ta’kidlaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, korrupsiya muammosi so‘nggi yillarda xalqaro

miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama

qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni

keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga

e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning ayrimlari korrupsiya balosiga o‘z vaqtida muvaffaqiyatli

kurashib, ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishgan.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida

ham korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi. Xususan, Taraqqiyot

strategiyasida davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga

oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng

jamoatchilikni jalb qilish (4-maqsad), korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash,

korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga

nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish (84-maqsad) nazarda tutildi.

Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish

belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya

qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, davlat xizmatida manfaatlar

to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

772

kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish

(83-maqsad) kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi

1

.

Qonunchilikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish

yo‘nalishida xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratayotgani

quvonarli hol. Bundan tashqari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor

shaxslari va xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini

oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishi majburiy etib belgilangan.

Jamiyat, jumladan, fuqarolik jamiyati murakkab turli tuzilmalar va fuqarolarning

birikmasidan iborat. Unda davlat, uning organlari bilan birga, boshqa tuzilmalar ham faoliyat

ko‘rsatadi. Bu tuzilmalar o‘z xarakteri, vazifasiga qarab alohida yo‘nalishlar bo‘yicha davlat

huquqiy, konstitutsiyaviy, ijtimoiy-siyosiy masalalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ular huquqiy, ilmiy

manbalarda “institutlar” deb ataladi.

Yuridik ensiklopediyada: institut – huquqiy yoki ijtimoiy siyosiy hodisa (borliq) va ularga

qaratilgan huquqiy normalar va ular bilan bog‘liq ijtimoiy normalar yig‘indisidir, deya ta’rif

berilgan.

Fuqarolik jamiyati institutlari ham davlat-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda

ishtirok etadi, alohida tuzilma hisoblanadi va faoliyati huquqiy, ijtimoiy normalar bilan tartibga

solinadi. Ular fuqarolik jamiyatining eng muhim xususiyatlari – siyosiy plyuralizm (turli

fikrlilik), ko‘ppartiyaviylik va boshqalarni ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi va jamiyat rivojlanib

borgan sari, ularning jamiyat ishlaridagi ishtiroki kengayib boradi, ular o‘z zimmasiga yangi

vazifalarni oladi.

Ana shunday vazifalardan biri – korrupsiyaga qarshi kurashdir. Korrupsiya har qanday

jamiyat, tizimda uchraydigan eng jirkanch, o‘ta makkor va xavf-xatardir. Unga faqat davlat

organlari bilangina qarshi kurashib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda

prezidentimizning quyidagi so‘zlari diqqatga sazovor:

“... korrupsiyaning har qanday

ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarziga aylanishi shart. Bu illatga qarshi

kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy

axborot vositalari, umuman har bir fuqaro safarbar etilishi zarur”

.

Prezident Sh.Mirziyoyev o‘z prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridayoq,

“Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir”

, - deb e’tirof etdi.

Shuningdek, prezidentlik lavozimiga ikkinchi muddatga kirishishi munosabati bilan o‘tkazilgan

marosimda so‘zlagan nutqida esa

“... so‘nggi besh yilda korrupsiyaga qarshi kurashni davlat

siyosati darajasiga olib chiqdik”

, deb qayd qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat katta imkoniyatlarga ega, korrupsiyaga qarshi

kurashuvchi, unga tegishli choralar ko‘ruvchi davlat organlari mavjud. Bu organlarning

faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi korrupsiyaga qarshi

kurashish Milliy kengashi, hududlarda hududiy kengashlar tashkil qilingan. Mamlakatimizda

tashkil qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi”ga katta umid bilan qaralmoqda.

1

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

773

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, korrupsiyaga faqat davlat organlari faoliyati orqali

kurashish yetarli bo‘lmayapti. Bunga keng jamoatchilikni jalb qilmasdan ko‘zlangan maqsadga

erishish mumkin bo‘lmasligi ayon bo‘lmoqda. Shuning uchun keyingi paytlarda korrupsiyaga

qarshi kurashga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Chunki jamiyat illati bo‘lmish korrupsiyaga jamiyatning barcha elementlari birdek urush e’lon

qilishi, kurashish zaruriyat bo‘lib qolmoqda.

Bular avvalo jamoat birlashmalaridir. Jamoat birlashmalari konstitutsiyaviy tuzilma

bo‘lib, bu Konstitutsiyaning XIII bobida belgilab qo‘yilgan. Uning 70-moddasida:

“O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari,

xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy

uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari

sifatida e’tirof etiladi”, deb mustahkamlangan

2

.

Bundan keyingi yo‘l – fuqarolik jamiyati institutlarini faoliyatini yanada rivojlantirishga

qaratilishi belgilanib, ularning o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlashga

alohida e’tibor berish zarurligi belgilangan.

Fuqarolik institutlari nimaga asosan korrupsiyaga qarshi kurashadi? – degan savol kelib

chiqishi mumkin. Qonunlarda bu masala turlicha tarzda o‘z o‘rnini topgan. Lekin barcha

fuqarolik jamiyati institutlari uchun bu masalada umumiy vazifalar mavjud, ya’ni qonunlarga

asosan, fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya

qilish; fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini rivojlantirish; jamoatchilik nazoratini

amalga oshirishda ishtirok etishi kerak.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali usul va mexanizmlarini

tatbiq qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari

rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini mukammallashtirishga erishish, joylarga

chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholini qiynayotgan eng muhim ehtiyojlarni

hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish nafaqat davlat organlari, balki nodavlat notijorat

tashkilotlarning ham muhim vazifasidir. Shubhasiz, mavjud muammolarni hal qilishga birgina

davlatning kuchi yetmaydi. Bunda nodavlat tashkilotlarning yordami zarur. Bejiz nodavlat

notijorat tashkilotlar xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikka qiyoslanmaydi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat

va davlat ishlari boshqarilishida ularning o‘rni hamda ahamiyatini kuchaytirish, aholining

ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish,

insonlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etish sohalarida

“uchinchi sektor” faolligini oshirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Dunyo tobora jadal

rivojlanmoqda. Hozir bir joyda depsinib turib bo‘lmaydi. Faqat harakat, intilish, tashabbuskorlikni

hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Vaholanki,“Davlathokimiyati va boshqaruviorganlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi,

“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa

qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi aholining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining,

2

Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

774

nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik institutlarining jamiyat hamda davlat ishlari

boshqaruvidagi ishtirokining huquqiy kafolatlarini sezilarli darajada mustahkamladi.

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati boshqa

institutlarining davlat organlari qarorlarini ishlab chiqishda, qonun loyihalarini tayyorlash va

muhokama qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar

ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashish huquqi mustahkamlangan.

Buning barobarida, 1991 yilda atigi 95 tani tashkil etgan NNTlar soni bugungi kunga kelib, o‘n

mingga yaqinlashdi.

Korrupsiya esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolarning huquq va erkinliklariga salbiy ta’sir qiladi,

moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga to‘sqinlik qiladi, har bir fuqaroning ijtimoiy hayotda

teng ishtirokini chegaralaydi. Bundan quyidagicha xulosa qilish mumkin: a) jamoat birlashmalari

fuqarolarning ixtiyoriylik asosida tuziladigan uyushma, ular qonunda belgilangan tartibda

ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak; b) fuqarolarning birlashmalari yuqorida sanab o‘tilganlar bilan

cheklanmaydi, ya’ni boshqa uyushmalar ham tuzish mumkin.

Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan jamoat birlashmalari tizimida ikki jamoat birlashmasining

fuqarolar, jamiyat va davlat hayotidagi muhim roli hisobga olinib, alohida qayd qilingan. 73-

moddada: “Kasaba uyushmalari” ning vazifasi, 74-moddada “Siyosiy partiyalar”ning vazifasi

belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolik jamiyati tizimida nodavlat va notijorat tashkilotlari alohida o‘rin tutadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari

jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik

asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan

hamda olingan daromadlar (foyda)ni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlaydigan o‘zini

o‘zi boshqarish tashkilotlaridir.

Demak, NTT

bu o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti. U jismoniy shaxslar yoki yuridik

shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tuziladi. Asosiy maqsadi daromad (foyda) olish emas.

Faoliyati davomida daromad (foyda) vujudga kelsa a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi. Lekin bu

belgilar NTTining barcha vazifasini qamrab olmagan. Ular, yuqoridagilardan tashqari, o‘z

a’zolarini qonuniy manfaatlarini, ijtimoiy hayotdagi zarur demokratik qadriyatlarni himoya

qilish; a’zolarni ma’naviy va turli nomoddiy ehtiyojlarni qondirish; eng muhimi, xayriya

faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi. Korrupsiya esa, shu qayd qilingan masalalarga

to‘sqinlik qiladi, shuning uchun ham NTT korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlarining eng

yaqin hamkoridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida

korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qatorida davlat va fuqarolik jamiyatining

hamkorligi alohida prinsip sifatida ko‘rsatilgan

3

. Bu prinsip fuqarolik jamiyati institutlari

faoliyati orqali ta’minlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlari qonunda

belgilangan bo‘lib, ularning orasida, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini

yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish qayd

qilingan.

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi

O‘RQ-419-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 9.11.2021-y., 03/21/729/1064-son

.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

775

Mana shu vazifani ro‘yobga chiqarishda fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etishi

zarur va ularda etarli imkoniyatlar mavjud. Bu ularning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunida, ularni

tuzishdan maqsadlardan biri – ular o‘z vakillari orqali jamiyat va davlat ishlarida ishtirok

etishidir. Bunday ishtirok etish turli usullar bilan birga, jamoatchilik nazorati orqali ham amalga

oshiriladi

4

. Boshqa fuqarolik institutlari hujjatlarida ham shunday vazifalar mavjud. Qonunda

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, NTTning korrupsiyaga qarshi kurashishda

ishtirok etishining asosiy usullari belgilab qo‘yilgan.

Bular:

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni

ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda

korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etish;

- korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

yuzasidan takliflar kiritish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik

qilish hisoblanadi.

Fuqarolik jamiyati institutlari faqat korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlari

ishlab chiqishda ishtirok etmasdan boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ham ishtirok etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashishda

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksak bo‘lishi muhim omildir. Ana shu

masalalarning yuksakligiga erishishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki muhimdir.

Ularning ishtirokisiz aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish qiyin

masala. Huquqiy ong va madaniyat yuksak bo‘lmasa korrupsiyaga qarshi kurashish samara

bermaydi. Avvalo korrupsiya buzg‘unchi illat ekanligini fuqarolik institutlarining har biri o‘z

a’zolari ongiga singdirishi, korrupsiyaga nisbatan nafrat uyg‘otishi zarur. Huquqiy ong, bilimga

ega bo‘lish masalaning bir tomoni, faqat u bilan qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ongni,

bilimni hayotda qo‘llash kerak. Buning uchun esa huquqiy madaniyat kerak. Yuksak huquqiy

madaniyatga erishish ongga erishishga qaraganda murakkab masala. Buning uchun fuqarolik

jamiyati institutlari tashviqot-targ‘ibot ishlaridan tashqari, shaxsiy o‘rnak, namuna bo‘lish

orqali fuqarolarning huquqiy madaniyatiga ta’sir qilishi kerak. Qisqasi, qonunlarni bilish emas,

uni bajarish shartligi fuqarolar ongiga kiritilib, qonunga itoat etish, unga hurmat qilish hissini

shakllantirish zarur.

Fuqarolik institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashida, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi

sabablarga qarshi kurashi ustuvor faoliyat bo‘lish kerak. Bunda, ayniqsa, NNT a’zolari

o‘rtasida qonunga hurmat ruhini shakllantirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari va

uni keltirib chiqaruvchi sabablarga murosasizlik kayfiyatini yaratish, korrupsiya jinoyatlariga

nafratni

vujudga

keltirish

muhimdir. Korrupsiyani vujudga keltiruvchi sabablar:

4

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi

O‘RQ-337-I-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son

.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

776

xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik, kamchiliklarni ko‘rib turib, uni ko‘rmaslikka olish,

tanqidga chidamsizlik, jur’atsizlik, beparvolik, beg‘amlik ham hisoblanadi. NNT bor

imkoniyatlardan foydalanib, shu illatlarga qarshi kurashishi zarur.

REFERENCES

1. Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish

to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,

9.11.2021-y., 03/21/729/1064-son;

3. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi

O‘RQ-337-I-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y.,

03/21/722/0960-son;

4. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi

O‘RQ-588-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 8.05.2022-y.,

03/22/770/0424-son;

5. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi

organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik

maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

6. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi

O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y.,

03/22/771/0448-son;

7.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 25 sentabrdagi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi

O‘RQ-376-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son;

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y.,

06/23/21/0085-son.

Internet saytlari

9. www.lex.uz

10. www.norma.uz

11. www.huquqiyportal.uz

References

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 9.11.2021-y., 03/21/729/1064-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-337-I-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-588-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 8.05.2022-y., 03/22/770/0424-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 25 sentabrdagi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-376-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов