Authors

  • K.I. Marayimova
  • N.T. Abduhalimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.27226

Keywords:

scholar, hadith

Abstract

This article provides extensive information about the creative ways of Imam Bukhari, who is considered one of our great ancestors, as well as the hadiths and works written by him, as well as the processes of further formation of our national values and thoughts by students through the study of these works and hadiths.

background image


331

IMOM BUXORIYNING “AL-JOME AS-SAHIH” ASARI XUSUSIDA

OʻQUVCHILARDA MILLIY QADRIYAT VA TAFAKKUR

JARAYONLARINI SHAKLLANTIRISH

K.I.Marayimova

FarDU kata o‘qituvchisi, p.f.b.f.d (PhD)

N.T.Abduhalimova

FarDU 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10407387

Annotatsiya.

Mazkur maqolada, buyuk ajdodlarimizdan biri hisoblangan, Imom

Buxoriyning ijod yoʻllari hamda ular yozgan hadislari va asarlari haqida shuningdek,

oʻquvchilarning bu asarlar va hadislar oʻrganish orqali ularning yanada milliy qadriyatlarimiz

va tafakkurlarini yanada shakllantirish jarayonlari haqida keng ma’lumotlar berilib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

alloma, hadis, oʻzlashtirish, faylasuf, tarbiya, milliy qadriyatlar, buyuk

allomalar, madaniyat, ma’rifat.

IN PARTICULAR OF IMAM BUKHARY'S WORK "AL-JOME AS-SAHIH".

NATIONAL VALUES AND THINKING IN STUDENTS

FORMATION OF PROCESSES

Abstract.

This article provides extensive information about the creative ways of Imam

Bukhari, who is considered one of our great ancestors, as well as the hadiths and works written

by him, as well as the processes of further formation of our national values and thoughts by

students through the study of these works and hadiths.

Key words:

scholar, hadith, mastering, philosopher, education, national values, great

scholars, culture, enlightenment.

В ЧАСТНОСТИ РАБОТЫ ИМАМА БУХАРИ «АЛЬ-ДЖОМЕ АС-САХИХ».

НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ И МЫШЛЕНИЕ СТУДЕНТОВ

ФОРМИРОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ

Аннотация.

В данной статье представлена обширная информация о путях

творчества имама Бухари, считающегося одним из наших великих предков, и написанных

им хадисах и произведениях, а также о процессах дальнейшего формирования наших

национальных ценностей и мысли студентов посредством изучения этих произведений и

хадисов.

Ключевые слова:

учёный, хадис, усвоение, философ, образование, национальные

ценности, великие учёные, культура, просвещение.


background image


332

Tarixning shodon kunlaridan maʼlumki, IX asrda Markaziy Osiyoda turli din ilmlari,

tabobat va aljabr fanlarini chuqur oʻzlashtirib, ularning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan allomalar

yetishib chiqqan. Jumladan, buyuk faylasuf Abu Nasr al-Forobiy, jugʻrofiya fani olimi Abul

Abbos Ahmad ibn Muhammadin Muhammad ibn Nasir Al-Fargʻoniy, mashhur tabib Abu Ali Ibn

Sino, hadis ilmi podshosi va “Sahih ul Buxoriy” kitobining muallifi Muhammad ibn Ismoil Al-

Buxoriy kabi buyuk allomalar davri edi. Bizga hadislarni xifzu-himoyasida saqlab olib kelgan

Imom Buxoriy yirik olimgina boʻlib qolmay, u kishi oʻzlarining axloqlari bilan bizga namuna

bo‘ldilar. Goʻzal namunaliklari muruvvatliklari, diyonatliklari, saxovatliklari bilan boshqa

insonlardan osmondagi oy kabi tamomila ajralib turadilar. Shuningdek, juda oʻtkir zehn egasi va

yodlash qobiliyatlari boʻlganlar, ilm-maʼrifatga boʻlgan ishtiyoqlari bilan tanilganlar. Manbalarda

esa Al-Buxoriyning 600 000ga yaqin hadislarni yoddan bilganliklari aytiladi va ular ichidan 200

000 sahifasini ajratib tasnif qilganlar.

Buxoriy hazratlarining cheksiz ilmga boʻlgan muhabbati barchani hayratda qoldirdi.

Ularning mashaqqat va chekkan ulkan zahmati islom poydevorini yuksaltirib, qalblarga Allohga

va Rasulimiz sallollohu alayhi vasallamga boʻlgan alangali muhabbatni uygʻotib qoʻydi: Hadis

ilmiga boʻlgan intilish, ularning toʻplashga qaratilgan yuksak eʼtibor bu kabi din ilmining inson

ruhi va qalbini poklovchi ekanini va ilmga boʻlgan qatʼiyatligini koʻrsatib beradi. Ogʻir va

mashaqqatli yillarni bosib oʻtsada, biz avlodlarga oʻzlarining boy merosini qoldirganlar. Bu nodir

meros boʻlgan asarlarning soni 20tadan ortiqdir. Ulardan eng sahih hadislar jamlangani “Sahil ul-

Buxoriydir. Va shuningdek, “At-tarix al-avsat”, “At-tarix as-sagʻir”, Al-adab al-mubrad”, “Barr

ul-volidayn” kabi qimmatli asarlar yozganlar. “Sahih ul-Buxoriy”ning ajralib turadigan xislati

shundan iboratki, ungacha hadis jamlagan barcha muhaddislar eshitgan barcha hadislarini

sanadlari va ishonchli tomonlariga eʼtibor qilmay kiritaverganlar.

Ammo hadis ilmining gultoji boʻlmish imom Buxoriy roviylarga va sanadlarga alohida

eʼtibor qaratib, ularning ishonchli boʻlganlarini ajratib, alohida kitob shaklda keltirganlar. Bu asar

oʻz ichiga takrorlanadigan hadislar, bular 7275tani, takrorlanmaydigan holda esa 4 000 ta hadisni

oladi.Bu hadislarni yigʻish jarayoni muhaddisdan juda hatto qiyinchiliklarni talab qilgan boʻlsa-

da, hazrat bu sharafli ishni birinchi boʻlib bajarganlar. Bu asar yozilganiga 1 200 yildan oshgan

boʻlsa-da, hanuzgacha u barcha islom diyorlari va musulmon xonadonlarida Qurʼoni karimdan

keyin turuvchi muqaddas manba hisoblanadi.

Hatto koʻplab islom taʼlim muassasalarida hadis ilmining tayanchi boʻlib kelmoqda. Har

yerda yaxshilik boʻldiki, albatta uning ziddi ham boʻladi. Imom Buxoriy ilm safaridan

qaytganlaridan soʻng, koʻhna Buxoroda koʻplab ishtiyoqli shogird va ulamolarga hadis ilmidan


background image


333

saboq bera boshladilar. Omma ichida ulkan hurmatni qozongan boʻlsalarda, baʼzi hasadgoʻy

kimsalarga gʻarazli tuygʻular kurtak ocha boshladi.Bu kishilar xatti-harakati bilan imom

Buxoriyning oʻsha paytdagi Buxoro amiri boʻlgan Xolid ibn Ahmad bilan munosabatlari buzilib

qoldi. Bunga yetarlicha sabablar ham bor edi: Sabab shundan iborat ediki, amir al-Buxoriyni

huzuriga chaqirtirib, “Sahih al-Buxoriy” va “At-tarix” kitoblarini oʻqib berishini buyuradi. Lekin

amirning bu talabi Buxoriyga yoqmadi va shunday javob beradilar: “Men ilmni xor qilib, uni

hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak boʻlsa, oʻzi izlasin. Lekin Alloh oxirat

kuni ilmni yashirmay uni tabiblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, Bu voqeadan keyin amir

imom Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin Buxoriy Samarqandga

boradilar.Oʻsha yerda bir oz muddat yashab, shogirdlarga taʼlim beradilar va ogʻir kasallikka

chalinib qoladilar. Falakning eng ogʻir yoʻqotishi, qalblarni zabt etgani tufayli yoʻqligi koʻz yosh

va ogʻir sogʻinchga sabab boʻlgan buyuk muhaddis 60 yoshlarida milodiy 870 yil Allohning

rahmatiga ketadilar.

Imom Buxoriy juda taqvodor, kam ovqat tanovul qiladigan inson edilar. Kechalari oz

uxlardilar. Hatto bir kechada 18 marotabagacha turar, hamda shamchiroqni yoqib zehnlaridagi

narsalarni yozib qoʻyardilar. U zotni hadisdan boshqa narsa band qilmas edi. Kechayu kunduz

faqat hadis bilan shug‘ullanar edilar. U zotga raddiya beruvchi insonlar bilan juda odobli tarzda

gaplashar edilar. Ulardan hadis rivoyat qilinmaydigan roviy haqida haddan oshmasdan gapirar

edilar.

Misol uchun, “Muhaddislar u kishi haqida jim boʻldilar”, deb aytardilar. U zotni zehnlari haqida

koʻplab rivoyatlar kelgan. Yuqorida ulardan ayrimlarini keltirdik. U zot mujtahid olimlardan

boʻlganlar.

Alloma asarlarida axloqiy tarbiyaga oid taʼlimotlarining markazida komillik, insonlarning

oʼzaro mehribon boʼlishlari, bir – birlariga har doim yordam berish, ahil – totuv yashash kerakligi,

halol mehnat qilish, yaxshilik, ezgulik gʼoyalari yotadi. Imom Buxoriy qalbi pok, iymonli,

atrofdagilariga umuman zarar yetkazmaydigan, odamlarga faqat yaxshilik qiladigan va yordam

beradigan insonlarnigina axloqan barkamol deb hisoblaydi. Imom Buxoriy hadislaridan:

“Insonlarga yomonlik qilishdan uzoq tur. Zero bu oʼzingga sadaqadir”. Yaʼni, boshqalarga foydasi

tegadigan odam eng yaxshi insondir. Islom insonning manman, xudbin boʼlib, faqat oʼz manfaatini

oʼylab, ish tutishini maʼqul koʼrmaydi. Аlloh boshqalar uchun fidoyi, samimiy va hojatbaror

bandalarini qadrlaydi. Bugungi kunda xalqimiz oʼz oldiga qoʼygan buyuk maqsadlarga, ezgu

niyatlarga erishish, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga


background image


334

oshirilayotgan islohotlar rejalarning samarasi, avvalambor yuqori malakali, yuksak tafakkurga ega

boʼlgan mutaxassislarni tayyorlash, tarbiyalash taraqqiyotimizning asosiy sharti hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi

Oʼzbekistonning taraqqiyot startegiyasi” toʼgʼrisidagi farmonida belgilangan (7 ta ustivor

yoʼnalish), “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga

olib chiqish” yoʼnalishida, “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʼrganish va

targʼib etish” maqsadga muvofiqligi, dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari va ilmiy tadqiqot

markazlari, universitetlar bilan hamkorlikda, buyuk ajdodlarimizning boy – ilmiy – maʼnaviy

merosini keng oʼrganish hamda targʼib qilishga katta eʼtibor qaratilayotganligi diqqatga

sazovordir. Bunda asosan, Imom Buxoriy taʼlimotlarni oʼrganish, milliy va umuminsoniy

qadriyatlar asosida Yangi Oʼzbekiston yoshlarining maʼnaviy barkamol jihatdan kamolotga

erishishlari, egallagan bilim va malakalarni oʼz faoliyatlarida, jamiyatimiz taraqqiyoti yoʼlida toʼla

namoyon etish imkoniyatiga ega boʼladigan darajada tarbiyalash muhim vazifalardandir. Аlbatta,

bu ezgu vazifani ijobiy hal etishda xalqimiz maʼnaviy merosining ahamiyati kattadir. Shu sababli

maʼnaviy merosimizni tiklash, oʼrganish va hayotga tatbiq etish, jahon andozalari darajasiga

koʼtarishga alohida eʼtibor qaratish darkordir.

Xulosa qilganda

, Imom al-Buxoriy hadislarining jahonshumul ahamiyati insoniylik,

insonparvarlik Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go‘zallik

tuyg‘ularini mujassamlashtiradi. Ilm-fanda “Hadis ilmining amiri” deb bir ovozdan tan olingan

Imom Ismoil al Buxoriy hadislari mehroqibat, sahiylik, ota-ona va kattalarga omad, yetim-

yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik, turli xalqlarning o‘zaro do‘st,

tinch-totuv yashashlari kabi insoniy fazilatlari barkamol avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga

ega boʻlgan.

REFERENCES

1.

Ahmad Muhammad Tursun. Sohilsiz dengiz (Imom Buxoriyning hayot sahifalari).

Toshkent: Hilol-NASHR 2022.

2.

“Imom Buxoriy taʼrifi” (tarjima va izohlar muallifi Saidazim Muhammad Ali), Toshkent:

Choʻlpon 1996.

3.

Oltin Silsila: 1 –juz.Sahihul Buxoriy – Toshkent, “Hilol - nashr”, 2016

4.

1001 mavzuda 1001 hadis (Sharh va ilovalari bilan) – Oʼzbekiston, NMIU, 2020 yil


background image


335

5.

https://lex.uz/uz/docs/5841063//Oʼz.Res.Prezidentining Farmoni “2022-2026 yillarga

moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot startegiyasi” toʼgʼrisida.PF – 60 son,

28.01.2022 yil

6.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. Muqaddima. 1-Juz. – T.:

Sharq, 2004.

7.

1001 mavzuda 1001 hadis (Sharh va ilovalari bilan). O‘zbekiston, NMIU, 2020-yil.

8.

Oltin Silsila: 1-juz. Sahihul Buxoriy. – Toshkent: “Hilol-nashr”, 2016. 4. Qobulov N.

“Sahihu-l-Buxoriy”ning yozilishi tarixi va uslubi // Imom Buxoriy saboqlari, 2009.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyayevning Oliy majlisga murojatnomasi.

10.

Xo‘jageldi Alimov.Din psixologiyasi.- “Qaqnus media”.Toshkent-2019.B-11

11.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" T. : Davlat ilmiy nashiryoti, 2003.

12.

Shovosil ZIYODOV, Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishning samarali modeli

13.

Bobomurod ogli, O. B., & Abdulla ogli, J. B. (2023). IMOM AL BUXORIYNING

HADISLARINI YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN ORNI.

14.

Egamberdiyev, O. A. O., Turdaliyev, A. Y. O., & Maxamadjonov, J. Z. O. (2021). Kasbiy

kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari.

Science and Education

,

2

(11), 985-

991.

15.

Zarnigor, R. A. Q., Egamberdiyev, O. A. O. G. L., & Sotvoldiyeva, O. M. R. Q. (2021).

Pedagogik kompetentlikning: nazariy va amaliy tahlili.

Science and Education

,

2

(9), 309-

314.

16.

Egamberdiyev, O. A. O., Sotvoldiyeva, O. M. Q., & Turdaliyev, A. Y. O. (2021).

PEDAGOGIK MAHORATNING MUAMMOLI O’ZLASHTIRISH YO’LLARI.

Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(10), 535-542.

17.

Yusufovich, A. A., & O’G’Li, E. O. A. (2022). BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING

KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOIK

ASOSLARI.

Science and innovation

,

1

(B3), 40-46.

18.

Alisher o‘g‘li, E. O. (2022). O ‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT TARIXI

MASALALARI.

Journal of new century innovations

,

14

(3), 33-36.

19.

Alisher o'g'li, E. O. (2022). O’QUVCHILARNI TANQIDIY FIKRLASHGA O'RGATISH

DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

Journal of new century innovations

,

4

(1), 52-59.

20.

Alisher o‘g‘li, Y. O. (2022). IJTIMOIY MUHITNING SHAXS RIVOJLANISHIGA

TA’SIRI.

PEDAGOGS jurnali

,

18

(1), 220-225.


background image


336

21.

Yusufovich, A. A. (2020). ISSUES OF FORMATION OF COMMUNICATIVE

COMPETENCE, WHICH IS AN INTEGRAL PART OF PROFESSIONAL-

PEDAGOGICAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN THE EDUCATIONAL

PROCESS.

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol

,

8

(7).

22.

Tojimamatov, J., & Egamberdiyev, O. (2022). THE IMPORTANCE OF PHYSICAL

EDUCATION IN THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL HEALTH OF A

PERSON.

23.

Egamberdiyev, O., Kholdarova, Z., & Khusanova, M. (2022). THE ORDER OF THE

APPEARANCE OF THE PEOPLE'S DIPLOMACY OF THE GREAT SILK ROAD

COUNTRIES.

24.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022).

NEED TO FORM CREATIVE COMPETENCE IN EDUCATORS.

Educational Research

in Universal Sciences

,

1

(3), 162-165.

25.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). USE

OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL ACTIVITY OF

EDUCATIONAL ORGANIZATIONS.

Educational Research in Universal Sciences

,

1

(3),

166-169.

26.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022).

DIFFERENT APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH.

Educational Research in Universal Sciences

,

1

(3), 158-161.

27.

Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative

Competence in Future Teachers.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN

NONFORMAL EDUCATION

,

2

(4), 63-65.

References

Ahmad Muhammad Tursun. Sohilsiz dengiz (Imom Buxoriyning hayot sahifalari). Toshkent: Hilol-NASHR 2022.

“Imom Buxoriy taʼrifi” (tarjima va izohlar muallifi Saidazim Muhammad Ali), Toshkent: Choʻlpon 1996.

Oltin Silsila: 1 –juz.Sahihul Buxoriy – Toshkent, “Hilol - nashr”, 2016

1001 mavzuda 1001 hadis (Sharh va ilovalari bilan) – Oʼzbekiston, NMIU, 2020 yil

https://lex.uz/uz/docs/5841063//Oʼz.Res.Prezidentining Farmoni “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot startegiyasi” toʼgʼrisida.PF – 60 son, 28.01.2022 yil

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. Muqaddima. 1-Juz. – T.: Sharq, 2004.

1001 mavzuda 1001 hadis (Sharh va ilovalari bilan). O‘zbekiston, NMIU, 2020-yil.

Oltin Silsila: 1-juz. Sahihul Buxoriy. – Toshkent: “Hilol-nashr”, 2016. 4. Qobulov N. “Sahihu-l-Buxoriy”ning yozilishi tarixi va uslubi // Imom Buxoriy saboqlari, 2009.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyayevning Oliy majlisga murojatnomasi.

Xo‘jageldi Alimov.Din psixologiyasi.- “Qaqnus media”.Toshkent-2019.B-11

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" T. : Davlat ilmiy nashiryoti, 2003.

Shovosil ZIYODOV, Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishning samarali modeli

Bobomurod ogli, O. B., & Abdulla ogli, J. B. (2023). IMOM AL BUXORIYNING HADISLARINI YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN ORNI.

Egamberdiyev, O. A. O., Turdaliyev, A. Y. O., & Maxamadjonov, J. Z. O. (2021). Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari. Science and Education, 2(11), 985-991.

Zarnigor, R. A. Q., Egamberdiyev, O. A. O. G. L., & Sotvoldiyeva, O. M. R. Q. (2021). Pedagogik kompetentlikning: nazariy va amaliy tahlili. Science and Education, 2(9), 309-314.

Egamberdiyev, O. A. O., Sotvoldiyeva, O. M. Q., & Turdaliyev, A. Y. O. (2021). PEDAGOGIK MAHORATNING MUAMMOLI O’ZLASHTIRISH YO’LLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 535-542.

Yusufovich, A. A., & O’G’Li, E. O. A. (2022). BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOIK ASOSLARI. Science and innovation, 1(B3), 40-46.

Alisher o‘g‘li, E. O. (2022). O ‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT TARIXI MASALALARI. Journal of new century innovations, 14(3), 33-36.

Alisher o'g'li, E. O. (2022). O’QUVCHILARNI TANQIDIY FIKRLASHGA O'RGATISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Journal of new century innovations, 4(1), 52-59.

Alisher o‘g‘li, Y. O. (2022). IJTIMOIY MUHITNING SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. PEDAGOGS jurnali, 18(1), 220-225.

Yusufovich, A. A. (2020). ISSUES OF FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE, WHICH IS AN INTEGRAL PART OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(7).

Tojimamatov, J., & Egamberdiyev, O. (2022). THE IMPORTANCE OF PHYSICAL EDUCATION IN THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL HEALTH OF A PERSON.

Egamberdiyev, O., Kholdarova, Z., & Khusanova, M. (2022). THE ORDER OF THE APPEARANCE OF THE PEOPLE'S DIPLOMACY OF THE GREAT SILK ROAD COUNTRIES.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). NEED TO FORM CREATIVE COMPETENCE IN EDUCATORS. Educational Research in Universal Sciences, 1(3), 162-165.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL ACTIVITY OF EDUCATIONAL ORGANIZATIONS. Educational Research in Universal Sciences, 1(3), 166-169.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). DIFFERENT APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH. Educational Research in Universal Sciences, 1(3), 158-161.

Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative Competence in Future Teachers. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 63-65.