Authors

  • Quyoshoy Iskandarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.27237

Abstract

In this article, the semantic-structural significance of the lexeme "side" is explained, the syntagmatic significance of the lexeme, its use in the text, its polysemous nature, and the use of other words instead of the lexeme are explained.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

898

YON

LEKSEMASINING SEMANTIK-STRUKTUR XUSUSIYATI

Iskandarova Quyoshoy

NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti

3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10408164

Annotatsiya

. Ushbu maqolada “yon” leksemasining semantik-strukturaviy ahamiyati

yoritilgan, yon leksemasining sintagmatik ahamiyati, matnda qo‘llanishi, ko‘p ma’nolik
xususiyati va yon leksemasi o‘rnida boshqa so‘zlarning qo’llanishi izohlanadi.

Kalit so‘zlar

: “yon” leksemasi, ko‘p ma’noli so‘zlar, omonim so‘zlar, fe’llar, sintagmatik

ma’no.

SEMANTIC-STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF THE SIDE LEXEMA

Abstract.

In this article, the semantic-structural significance of the lexeme "side" is

explained, the syntagmatic significance of the lexeme, its use in the text, its polysemous nature,
and the use of other words instead of the lexeme are explained.

Key words:

lexeme "side", polysemous words, homonyms, verbs, syntagmatic meaning.

СЕМАНТИКО-СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА БОКОВОЙ ЛЕКСЕМЫ

Аннотация.

В статье раскрывается семантико-структурное значение лексемы

сторона, поясняется синтагматическое значение лексемы сторона, ее употребление в
тексте, ее многозначность, а также употребление других слов вместо лексемы сторона.

Ключевые слова:

лексема «сторона», многозначные слова, омонимы, глаголы,

синтагматическое значение.


Tilning lug‘at tarkibi til qurilishining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Har bir

tilning, jumladan, o‘zbek tilining ham lug‘at boyligi, uni qay darajada ekanligi, u yoki bu xalqning
shakllanish jarayoni, turmush sharoiti hamda keyingi o‘sish va rivojlanish tarixi bilan bog‘liq.
O‘zbek tili turkiy tillar tizimidagi o‘ziga xos til, uning lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi ham
o‘ziga xos. Har bir leksemani semantik-struktur jihatdan o‘rganar ekanmiz, avvalo bu so‘zga ta’rif
berib o‘tamiz. Tilshunoslikda struktura atamasi turli ma’noda talqin qilinadi. Ulardan keng
tarqalgani ikki xildir. Birinchisida “struktura o‘zaro bog‘langan va shartlangan munosabatda
bo‘lgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi. Strukturaga bunday yondashuv
o‘rganilayotgan obyektni uni tashkil etgan elementlar o‘rtasida ichki aloqa va bog‘liqlikni
yoritishni talab etadi. Ikkinchi yo‘nalishda esa struktura sof shakllar va munosabatlar sifatida
tushuniladi. Shakl esa konkret qo‘llanishidan uzilgan holda talqin qilinadi”.

1

Mazkur maqolamizda y

on

leksemasining semantik-struktur ahamiyati va qo‘llanishidagi

o‘ziga xps xususiyatlarni ko‘rib o‘tamiz.

“Yon” leksemasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da quyidagicha ta’riflangan.

YON1 Tananing yelkadan songacha bo’lgan shuningdek, biror narsaning o‘ng yoki chap qismi

2

.

Otabek o‘ng yoniga bosib ko‘rpachaga burkandi. A.Qodiriy, O‘tkan kunlar. Mingboshi qo‘lini
yoniga tushirdi. M.Ismoiliy Farg‘ona tong otguncha.

1

R. Rasulov. Umumiy tilshunoslik. Toshkent.2010.-B 196

2

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME, 2006. -B.36.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

899

Endi yon leksemasining ko‘p ma’noliligini ko‘rib chiqamiz.
YON2 Umuman o‘ng yoki chap tomon; taraf; atrof.

Yon qo‘shni. Xudoyor huzuriga kiradigan

eshikning ikki yonida oybolta ko‘targan ikki jallod surat kabi qotganlar.A.Qodiriy Mehrobdan
chayon.

YON 3 Yoqa, chet, qirg‘oq. Ariq yoni.

Devorning yoni bilan kelgani uchun ham Oyqiz ko‘rmay

qolgan edi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli.

YON 4 Cho‘ntak, kissa.

Yonimda pul yo‘q. Ahmad Chalabiy oqchadan yoniga ko‘proq solib

olishini tayinladi. Mirmuhsin, Me’mor

.

YON 5 Qo‘shni, o‘zaro yaqin.

Tamanno yon qishloqdagi kasalxonada ishlashi kerak. Qumri va

Tamanno

3

.

Alisher Navoiy ham o‘z g‘azallari va asarlarida yon leksemasidan mohirona foydalangan

ijodkor. U bu so‘zga omonim sifatida qaragan va ularning izohini bergan: Va tush lafzida ham bu
na’v uch ma’ni bor. Va yana yon lafzida va yoq lafzida ham bu holdur va bu na’v lafziki, anda uch
ma’ni bo‘lg‘ay, had va hasrdin ko’prak topilur”

4

. Alisher Navoiy yon omonimining uch xil

ma’noga ega ekanligini qayd etadi, lekin ma’nolarini keltirmagan.

Bu omonim so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham ishlatiladi:
Yon I “tomon”; yon II “olovning harakati”; yon III “qaytmoq”. Faqat “qaytmoq”

ma’nosidagi

yon

so‘zi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanmaydi.

5

Yon (yoki qo‘yin, cho‘ntak) daftarcha. Cho‘ntakka solib yurishga mo‘ljallangan daftarcha.

Yon daftarchasiga nimalarnidir yozib, ko‘kka qaradi. S.Karomatov, Oltin qum

6

.

Quyida

yon

leksemasi o‘rnida boshqa so‘zlarning qo‘llanishi kuzatiladi.

Hali ma’ruzaga

aytgan kishi bilan ayol Fotimaning o‘zini, otasining ismini so‘rab, cho‘ntak daftarchasiga yozib
olishdi. T. Ashurov , Oq ot. Bir piyola qahvadan keyin mehmon o‘ziga kelib, qo‘yin daftarchasini
oldi

7

.

YON leksemasi qo‘shma fe’l shaklida kelganda turli ma’nolarni keltiradi. Masalan,

yon bermoq

shaklidagi birikma orqali

atay

yengilmoq, andisha qilmoq, rozi bo‘lmoq, kechirmoq, qo‘llamoq

kabi lisoniy va nutqiy ma’nolarini bildiradi.

Ilgari Ashurdaqalarga darrov yon berardi. P.

Qodirov, Qadrim

8

.

Yon bosmoq

birikmasi esa

tarafini olmoq, yoqlamoq; homiylik qilmoq

ma’nolarini

anglatadi.

Bir taraf sohib qoriga, ikkinchi taraf Adolatga yon bosdi. I. Rahim Chin muhabbat.

9

Yoniga kirmoq,

Yordamlashmoq, ko‘maklashmoq; o‘sib, ulg‘ayib yordam beradigan

yoshga yetmoq

. Achinsang, yonimga kir, qizchalarga yordamlashaylik. Oybek

10

.

3

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME, 2006. -B.37.

4

Alisher Navoiy.Muhokamat ul- lug‘atayn.Toshkent: Tafakkur, 2011.B-7.

5

Zulxumor Xolmonova. Omonimlar tafakkur omili.Toshkent: "Oʻzbekiston til va madaniyat" 1: 30-44

6

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME, 2006. -B.37.

7

Abdulla Qahhor. Oʻtmishdan ertaklar.Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019-y.B-276.

8

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME, 2006. -B.37.

9

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME, 2006. -B.37.

10

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME, 2006. -B.37.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

900

Yoniga tushmoq 1 foyda qilmoq

.

Mirzakarimboy soqolini selkillatib kuldi va bu yozuvdan rozi

bo‘lganini bildirdi; “Durust. O‘n so‘lkavoy yoniga tushadiku, maqtamaydimi?” Oybek.
Tanlangan asarlar

.

Yoniga tushmoq 2 himoya qilmoq

,

tarafini olmoq

. G

‘idi-bidi avjiga chiqdi. Ona o‘g‘il yoniga

tushdi.

“Yon” leksemasini semantik-strukturaviy jihatdan o‘rganishimiz o‘quvchilar uchun

tushunarlilikni oshiradi. O‘quvchilar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish va leksemalarni
to‘g‘ri tanlay olish, to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini oshiradi. Polesemantik leksemalar
o‘quvchilarning matn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi, fikrlash doirasini kengaytirib,
ularning lug‘at boyligining oshishi uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 8000dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi.J.I.-Toshkent: OʻzME,
2006.

2.

Alisher Navoiy.Muhokamat ul- lug‘atayn.Toshkent: Tafakkur, 2011.

3.

R. Rasulov. Umumiy tilshunoslik. Toshkent. 2010

4.

N. Shayxislomov. Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. Toshkent. 2021

5.

Abdulla Qahhor. Oʻtmishdan ertaklar.Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019-y.

6.

Zulxumor Xolmonova. Omonimlar tafakkur omili.Toshkent: "Oʻzbekiston til va
madaniyat" 1: 30-44