ECONOMIC AND POLITICAL ANALYSIS OF BRICS COUNTRIES

HAC
Google Scholar
To share
Abdusattorova, M. (2023). ECONOMIC AND POLITICAL ANALYSIS OF BRICS COUNTRIES. Modern Science and Research, 2(12), 699–703. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27362
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article provides information about BRICS, one of the organizations that occupy an important place in the world's political and economic structure. In addition, the economic and political situation of the member states of the structure was analyzed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

699

BRICS MAMLAKATLARINING IQTISODIY-SIYOSIY TAHLILI

Abdusattorova Malikaxon

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10419863

Annotatsiya.

Ushbu maqolada dunyo siyosiy-iqtisodiy tuzilmasida muhim o‘rin egallagan

tashkilotlardan biri BRICS haqida ma’lumot berilgan. Qolaversa, tuzilmaga a’zo davlatlarning
iqtisodiy-siyosiy ahvoli tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

: BRICS, iqtiosod, siyosat, assambleya, yalpi ichki mahsulot,

telekommunikatsiya, elektron tijorat reytingi.

ECONOMIC AND POLITICAL ANALYSIS OF BRICS COUNTRIES

Abstract.

This article provides information about BRICS, one of the organizations that

occupy an important place in the world's political and economic structure. In addition, the
economic and political situation of the member states of the structure was analyzed.

Keywords

:

BRICS,

economy,

politics,

assembly,

gross

domestic

product,

telecommunications, e-commerce rating.

ЭКОНОМИЧЕСКИЙ И ПОЛИТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СТРАН БРИКС

Аннотатция

. В данной статье представлена информация о БРИКС, одной из

организаций, занимающих важное место в мировой политической и экономической
структуре. Кроме того, было проанализировано экономическое и политическое положение
государств-членов структуры.

Ключевые слова

: БРИКС, экономика, политика, сборка, валовой внутренний

продукт, телекоммуникации, рейтинг электронной коммерции.

BRICS – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika mamlakatlaridan tuzilgan

tashkiloti bo‘lib, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi kelajakda jahon iqtisodiyotini istiqbolli
rivojlantirishga qaratilgan. Dastlab, BRICS faqat 2001 yilda Jim O‘Nil tomonidan yaratilgan
bo‘lib, iqtisodchilar va siyosatshunoslar tomonidan kelgusi ellik yilga mo‘ljallangan yuqori
iqtisodiy o‘sishga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga murojaat qilish uchun foydalanilgan
va o‘zlarini katta global salohiyat sifatida mustahkamlagan nomenklatura edi.

Biroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 61-Bosh assambleyasida, 2006-yilda Braziliya,

Rossiya, Hindiston va Xitoy allaqachon keng tarqalgan nomenklaturani diplomatik tarzda
rasmiylashtirishga qaror qildilar va bu mamlakatlarga ko‘proq kollektiv iqtisodiy va katta aloqalar
uchun imkoniyat yaratdilar. 2011 yilda esa Janubiy Afrika rasman BRICS tarkibiga kiritilgan.

1

BRICS a’zolari iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan yirik mamlakatlar sifatida ifodalanadi.

Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganligini, ijobiy barqarorligini, ham kuchliligini va
jahon iqtisodiyoti uchun resurslari ko‘pligini ko‘rishimiz mumkin: Braziliya - Jahon iqtisodiyotida
yalpi ichki mahsulot tengligi bilan dunyoda 7- o‘rinda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga boy;
Rossiya - Jahon iqtisodiyotida mineral resurslarga boy shu bilan birga yalpi ichki mahsulot
bo‘yicha 5-6 o‘rinda, eng yirik hududga ega va dunyodagi ikki yirik yadroviy kuchlardan biridir;
Hindiston - jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik bilan dunyoda 3- o‘rinda, bir

1

Пробуждение БРИК / под ред. В. А. Никонова. – М., 2009. – С. 9.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

700

milliarddan ortiq aholisi bor. Intellektual resurslarga ega, aholisi ikki xil tabaqaga bo‘lingan boylar
va qashshoqlar, atomi bilan katta kuchga ega; Xitoy - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsuloti
hamda iqtisodiyoti rivojlanishi bilan 1- o‘rinda shu bilan birga dunyoda birinchi eksport (“dunyo
zavodi”), dunyodagi eng yirik valyuta zaxiralariga ega, dunyodagi eng yirik aholi va atom
elektrenergiyasiga egadir; Janubiy Afrika - Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik va
iqtisodiyoti bilan 25-29 o‘ringa ega, tabiiy resurslarga boy.

BRICS iqtisodiy blokning bir qismi emasligini, shunchaki ittifoq tuzishini yoki nizomisiz

xalqaro norasmiy mexanizmni - global senariyda umumiy iqtisodiy va siyosiy manfaatlar uchun
kuchlarni birlashtirishga intilishini ta’kidlash muhimdir. Bu iqtisodiy blok bo‘lmaganligi sababli,
BRICS mamlakatlari orasida umumiy bozor, savdo va bojxona kelishuvlari, shuningdek,
a’zolarning bir ovozdan siyosati mavjud emas. Ushbu ittifoqning bir qismi bo‘lgan mamlakatlarda
juda ko‘p muammolar mavjud, chunki ular dunyo aholisining taxminan 40 foizini va kambag‘allik
chegarasida bo‘lganlar sonining yarmidan ko‘pini jamlaydi.

2

Siyosat bilan bog‘liq holda, BRICS bankining yaratilishi Durban (Janubiy Afrika) da bo‘lib

o‘tgan BRICS V sammitida muhokama qilingan bo‘lib, u nafaqat ittifoq mamlakatlarini, balki
boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarni ham iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilishi kerak
edi.

22-24 avgust kunlari Yoxannesburgdagi sammitda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya

Arabistoni, Eron, Argentina, Misr va Efiopiya ushbu iqtisodiy blokka a’zo bo‘lish uchun rasmiy
taklif oldi. Ularning to‘liq a’zoligi 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni
damda jami 23 davlat BRICSga qo‘shilish istagini bildirgan.

Raqamli iqtisodiyotning (RI) so‘nggi yillarda BRICS tashkilotiga a’zo mamlakatlar yalpi

ichki mahsulotiga qo‘shgan hissasi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da 2 foiz va Rossiyada 4
foizdan, Hindistonda 6,9 foizgacha, Xitoyda 7,8 foizni shuningdek, Braziliyada 22% ni tashkil
etadi. BRICSga a’zo mamlakatlar birgalikda global axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
eksportining qariyb 30 foizini va global raqamli xizmatlar eksportining atigi 11 foizini tashkil
qiladi.

2. BRICS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar nisbatan rivojlangan raqamli

infratuzilmaga ega. Aholining qariyb 90% 3G/4G mobil tarmoqlari bilan qamrab olingan va
hozirda 5G tarmoqlari keng tarqala boshladi.

3

2021-yil oxiriga kelib, Xitoyda 5G abonentlari soni 387 millionga yetdi va 2025 yilga kelib

bu raqam 450 millionga oshishi kutilmoqda. Janubiy Afrika Respublikasida yetakchi
telekommunikatsiya operatorlari hali 5G tarmog‘ini rivojlantirishning dastlabki bosqichida.
Braziliya va Hindiston 2023 yil boshida 5G xizmatlarini kengaytirishni, Rossiya esa 5G ni ishga
tushirishni rejalashtirmoqda.

4

3. Oxirgi 20 yil ichida BRICS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlarda internetdan

foydalanuvchilar soni keskin oshdi, Internetga ulanish sifati barqaror ravishda yaxshilandi. Biroq,

2

Goldman Sachs. Global Economics Paper No: 99. Dominic Wilson, Roopa Purushothaman. Dreaming With

BRICs: The Path to 2050.

3

Давыдов, В. М. Особенности сотрудничества в формате БРИК и роль России / В. М. Давыдов // БРИК:

предпосылки сближения и перспективы взаимодействия. – М. : ИЛА РАН, 2010.

4

Совместное заявление глав государств и правительств стран-участниц Второго саммита БРИК (г. Бразилиа,

15 апреля 2010 г.).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

701

BRICSga a’zo mamlakatlarda mobil internet narxi hali ham jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan
yuqori, shuningdek, ayollarning Internetdan foydalanish imkoniyatlarini ham yanada kengaytirish
zarur. Internetdan foydalanuvchi ayollar ko‘rsatkichining eng yuqori foizi Braziliya va Rossiyada
85% bo‘lsa, undan keyin esa Xitoy 71% ko‘rsatkichga ega. Hindistonda ayollarning atigi 15 foizi
Internetdan foydalanadilar.

4. Elektron tijorat raqamli iqtisodiyotning muhim segmenti bo‘lib, global onlayn chakana

savdo 2019-yildagi 16% dan 2020-yilda 19% gacha o‘sdi.

BRICS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar yirik elektron tijorat bozorlariga ega

boʻlsa-da, Internetdan foydalanuvchilar orasida onlayn xarid qiluvchilarning ulushi Hindiston va
Janubiy Afrika Respublikasida 20 foizdan, Braziliya va Rossiyada 40 foizgacha, Xitoyda esa
deyarli 80 foizni tashkil qiladi. 2021-yilda Xitoyda 1,37 trillion dollarni, Hindistonda 85,4 milliard
dollarni, Rossiyada 42,6 milliard dollarni, Braziliyada 39,3 milliard dollarni va Janubiy Afrika
Respublikasida 7,3 milliard dollarni tashkil etgan biznesning elektron tijorat segmenti sezilarli
o‘sdi.

5

5. BRICS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar milliy va xalqaro elektron tijorat

platformalarini yaratdilar va elektron tijorat pandemiyadan tiklanish davrida savdoning tez
o‘sishini ta’minlashga hissa qo‘shdi. Xitoy dunyodagi eng yirik onlayn chakana savdo
bozorlaridan biriga ega bo‘lib, 2020-yilda 1,8 trillion dollarga baholangan. Xitoyning eng yirik
elektron tijorat firmalari orasida Alibaba, JD.com va Pinduoduo 873 milliard dollarlik uyali aloqa
tijorati bilan elektron savdo bozorida yetakchilik qiladi.

6. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari – ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va

tarqatish orqali raqamli iqtisodiyotda asosiy rol o‘ynaydi. Biroq, dunyodagi ma’lumotlar
markazlarining deyarli 80 foizi (4 714 ta) rivojlangan mamlakatlarda, asosan, Shimoliy Amerika
va Yevropada joylashgan.

6

BRICS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlardagi ma’lumotlar markazlari bozori

mahalliy kompaniyalarning bozor ulushi ortib borayotgani sababli tez o‘sishi kutilmoqda.
Braziliyada maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari bozori 2026 yilga borib 2,6 milliard dollarga,
Rossiyada 2,02 milliard dollarga, Xitoyda 36,2 milliard dollarga, Hindistonda 4,6 milliard
dollargacha oʻsishi kutilmoqda. 2021-yildagi 88,1 milliard dollardan 2026-yilda 180,2 milliard
dollargacha o‘sishi kutilmoqda. BRICSga a’zo mamlakatlarda smartfonlar va raqamli to‘lovlar
odatdagidan tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda, BRICS tarkibiga kiruvchi mamlakatlardagi uyali
aloqa abonentlarining taxminan 85-98 foizi smartfonlardan foydalanadi.

2021-yilga kelib, Rossiya va Xitoyda 15 yoshdan oshganlarning deyarli 87 foizi raqamli

toʻlovlarni amalga oshirgan yoki raqamli to‘lovlar orqali o‘z hisoblariga pul mablao‘larini
olishgan. Raqamli to‘lovlarni amalga oshirish yoki ularni qabul qilib olishda Janubiy Afrika
Respublikasida 81%, Braziliyada 77% va Hindistonda 35% ulush bilan Xitoyga nisbatan biroz
pastroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.

5

Таблицы составлены на основе данных Goldman Sachs. Dominic Wilson, Contantin Burgi, Stacy Carlson. A

Progress Report on the Building of the BRICs. July 22, 2011.

6

Carlos Eduardo Lins da Silva. O brasil, os BRICS ea agenda international / Carlos Eduardo Lins da Silva //

Бюллетень НКИ БРИКС. – 2012. – № 7 (июль).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

702

Braziliyada onlayn tranzaktsiyalarni bajarishda asosiy usullar kredit kartalari va raqamli

to‘lovlar bo‘lsa, raqamli hamyonlar (QIWI, Yandex Money va Web Money kabilar) tobora
ko‘proq foydalanilayotgan bir vaqtda Rossiyada hali ham mahsulotni yetkazib berishda naqd pul
orqali hisob-kitob qilinmoqda.

7

Hindistonda kartalar va naqd pul orqali yetkazib berish afzal

ko‘rilgan usullardan hisoblanadi. Visa, Mastercard va American Express kartalari Hindistonda
RuPay (ichki karta) kabi keng tanilgan va ko‘p foydalaniladigan kartalardandir. Xitoyda esa
mahalliy raqamli hamyonlar (asosan WeChat Pay, Tenpay va Alipay) afzal ko‘rilgan onlayn toʻlov
usuli boʻlib qolmoqda.

8. Kelgusi yillarda global sun’iy intellekt (AI) bozori tez sur’atlar bilan o‘sishi 2025-yilga

kelib 126 milliard dollarga yetishi taxmin qilinmoqda. Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)
ning kengroq o‘zlashtirilishi 2027-yilga kelib 103 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda.
BRICSga a’zo mamlakatlaridagi yirik va kichik kompaniyalar ko‘plab an’anaviy tarmoqlarni,
jumladan energetika, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, soo‘liqni saqlash va moliya sohalarini
tubdan o‘zgartirishi kutilayotgan AI (sunʼiy intellekt) texnologiyalarini qo‘llashni boshlaydi.
Braziliya yalpi ichki mahsuloti 2030-yilga borib sunʼiy intellektni keng koʻlamda joriy etish
natijasida 7,1 foizga oʻsishi mumkin.

8

Rossiya AI bozorining qiymati 2021-yilda 3,8 milliard

dollarga baholandi, shuningdek, bozor o‘sish sur’ati 9,6 foizni tashkil etdi. 2020-yilda 168 ta AI
startaplari va 480 ga yaqin sunʼiy intellektni rivojlantirish firmalari mavjud edi.

9

Sberbank 2024-yilgacha AIni (sunʼiy intellektni) rivojlantirish uchun 112 milliard rubl

(1,96 milliard dollar) ajratdi. Celsius loyihasi doirasida COVID-19 tashxisi uchun AI
texnologiyalaridan foydalanadi. Kaspersky Cybersecurity Lab yangi sun’iy intellekt yordamida
xavfsizlik monitoringi tizimini ishlab chiqdi. 2019-yildan boshlab bir qancha AIdan (sun’iy
intellektdan) foydalanuvchi yetakchi yirik firma va kompaniyalar, jumladan Yandex, MTS,
Sberbank, Gazprom va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamo‘armasini o‘ziga qamrab
olgan holda “Ixtiyoriy axloq kodeksi” ga qo‘shildi.

2025-yilga borib Hindistonning sunʼiy intellekt bozori 7,8 milliard dollarga yetishi

kutilmoqda. AI (sunʼiy intellekt) texnologiyalari va xizmatlarining asosiy isteʼmolchisi Hindiston
chakana savdosi bo‘lsa, undan keyin ikkinchi oʻrinda telekommunikatsiya va fintech (moliyaviy
texnologiya kompaniyalari) hisoblanadi.

10

2025-yilgacha BRICS tashkikloti tarkibiga a’zo

mamlakatlar raqamli texnologiyalarning quyidagi sohalarida, masalan, raqamli tafovutni bartaraf
etish (raqamli infratuzilma sohasida axborot almashinuvi, loyihalarni moliyalashtirish, kompyuter
savodxonligi kabi yo‘nalishlar) sohasida, raqamli boshqaruv masalalarini muhokama qilishni
osonlashtirish va yordam berish (xalqaro forumlarda), raqamli iqtisodiyotning o‘lchov
me’zonlarini yaxshilash va takomillashtirish, xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi
raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish
ko‘zda tutilgan.


REFERENCES

7

Никонов В. А. Пробуждение БРИК / В. А. Никонов. – 01.10.2009.

8

В. М. Давыдов // БРИК: предпосылки сближения и перспективы взаимодействия. – М. : ИЛА РАН, 2010.

9

Декларация, принятая по итогам саммита БРИКС (г. Санья, о. Хайнань, Китай, 14 апреля 2011 г.).

10

РосБизнесКонсалтинг. Д. Медведев: Реформа мировой финансовой системы не учитывает роли БРИКС.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

703

1.

Давыдов, В. М. Особенности сотрудничества в формате БРИК и роль России /

2.

В. М. Давыдов // БРИК: предпосылки сближения и перспективы взаимодействия. –
М. : ИЛА РАН, 2010.

3.

Никонов В. А. Пробуждение БРИК / В. А. Никонов. – 01.10.2009.

4.

Совместное заявление лидеров стран БРИК.

5.

Совместное заявление стран БРИК по глобальной продовольственной безопасности.

6.

Совместное заявление глав государств и правительств стран-участниц Второго
саммита БРИК (г. Бразилиа, 15 апреля 2010 г.).

7.

7.Декларация, принятая по итогам саммита БРИКС (г. Санья, о. Хайнань, Китай, 14
апреля 2011 г.).

8.

РосБизнесКонсалтинг. Д. Медведев: Реформа мировой финансовой системы не
учитывает роли БРИКС.

9.

Делийская декларация (принята по итогам IV саммита БРИКС).

10.

Саммит БРИКС в Южно-Африканской Республике // Сайт президента РФ. – 2012. –
URL: http://www.kremlin.ru/news/17752

11.

Таблицы составлены на основе данных Goldman Sachs. Dominic Wilson, Contantin
Burgi, Stacy Carlson. A Progress Report on the Building of the BRICs. July 22, 2011.

12.

Составлено на основе IMF World Economic Outlook, October 2012.

13.

Хенкин, С. М. Восходящие государства-гиганты БРИКС: роль в мировой политике
стратегии модернизации / С. М. Хенкин // Бюллетень НКИ БРИКС. – 2012. – № 7
(июль).

14.

Carlos Eduardo Lins da Silva. O brasil, os BRICS ea agenda international / Carlos Eduardo
Lins da Silva // Бюллетень НКИ БРИКС. – 2012. – № 7 (июль).

References

Давыдов, В. М. Особенности сотрудничества в формате БРИК и роль России /

В. М. Давыдов // БРИК: предпосылки сближения и перспективы взаимодействия. – М. : ИЛА РАН, 2010.

Никонов В. А. Пробуждение БРИК / В. А. Никонов. – 01.10.2009.

Совместное заявление лидеров стран БРИК.

Совместное заявление стран БРИК по глобальной продовольственной безопасности.

Совместное заявление глав государств и правительств стран-участниц Второго саммита БРИК (г. Бразилиа, 15 апреля 2010 г.).

7.Декларация, принятая по итогам саммита БРИКС (г. Санья, о. Хайнань, Китай, 14 апреля 2011 г.).

РосБизнесКонсалтинг. Д. Медведев: Реформа мировой финансовой системы не учитывает роли БРИКС.

Делийская декларация (принята по итогам IV саммита БРИКС).

Саммит БРИКС в Южно-Африканской Республике // Сайт президента РФ. – 2012. – URL: http://www.kremlin.ru/news/17752

Таблицы составлены на основе данных Goldman Sachs. Dominic Wilson, Contantin Burgi, Stacy Carlson. A Progress Report on the Building of the BRICs. July 22, 2011.

Составлено на основе IMF World Economic Outlook, October 2012.

Хенкин, С. М. Восходящие государства-гиганты БРИКС: роль в мировой политике стратегии модернизации / С. М. Хенкин // Бюллетень НКИ БРИКС. – 2012. – № 7 (июль).

Carlos Eduardo Lins da Silva. O brasil, os BRICS ea agenda international / Carlos Eduardo Lins da Silva // Бюллетень НКИ БРИКС. – 2012. – № 7 (июль).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов